O’quv materiallari a ma’ruzalar mavzulari bo`yicha reja, tayanch so`z va iboralar, asosiy matn


-jadval Menejment tamoyillari (A.Fayol bo‘yicha)


Download 1.79 Mb.
bet23/136
Sana16.06.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1512586
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   136
Bog'liq
Ma\'ruza Menejmenga kirish

4-jadval
Menejment tamoyillari (A.Fayol bo‘yicha)

Tamoyil

Tamoyilning mazmuni

Mehnat taqsimoti

Ish kuchidan samarali foydalanish uchun ishchilarni ixtisoslashtirish (ishlovchilarning harakatlari yo‘naltiriladigan maqsadlar sonini qisqartirish hisobiga)

Vakolatlar va javobgarlik

Har bir ishlovchiga ishni bajarish uchun javobgarlikka ega bo‘lish uchun etarli bo‘lgan vakolatlarni berish kerak

Intizom

Ishchilar rahbariyat bilan bitim shartlariga bo‘ysunishlari kerak, menejerlar intizomni buzuvchilarga nisbatan adolatli jazolarni qo‘llashlari kerak

YAkka hukmronlik

Xodim ko‘rsatmalarni oladi va faqat bitta bevosita boshliq oldida hisob beradi

Harakatlar birligi

Bir xil maqsadga ega bo‘lgan barcha harakatlar guruhlarga birlashtirilishlari va yagona reja bo‘yicha amalga oshirilishlari kerak

SHaxsiy manfaatlarni bo‘ysundirilishi

Tashkilot manfaatlari yakka shaxslar manfaatlaridan ustunlikka egalar

Xodimlarni mukofotlash

Xodimlar tomonidan o‘z manfaatlari uchun adolatli mukofotni olishi

Markazlashtirish

Markazlashtirish va markazlashtirmaslik o‘rtasida eng to‘g‘ri nisbatlarda eng yaxshi natijalarga erishiladi. Vakolatlar (hukmronlik) javobgarlikka mutanosib ravishda berilishi kerak

Qoyali zanjir

Buyruqlarning uzilmaslik zanjiri, u bo‘yicha farmoyishlar uzatiladi va ierarxiyaning barcha bosqichlar o‘rtasidagi kommunikatsiyalar amalga oshiriladi (“boshliqlar zanjiri”)

Tartib

Har bir xodim uchun i joyi va har bir xodim o‘zining ish joyida

Adolat

Ma’lum qoidalar va bitimlar qoyali zanjirning har bir bosqichida hayotga adolatli ravishda tadbiq etilishlari kerak

Xodimlarning barqarorligi

Ishlovchilarning tashkilot va uzoq muddatli ishga nisbatan sodiqligini o‘rnatish, chunki xodimlar qo‘nimsizligi samaradorlikni pasaytiradi

Tashabbus

Ishlovchilarni ularga topshirilgan vakolatlar va bajarilayotgan ilari doirasida mustaqil fikr yuritishni ishlab chiqishga rag‘batlantirish

Korporativ ruh

Xodimlar va tashkilot manfaatlarining uyg‘unligi harakatlar birligini ta’minlaydi (“kuch-birlashishda”)

Zamonaviy menejment uchun quyidagilar xarakterli:



  • Ishlab chiqarishning va umuman biznesning samaradorligini oshirishga muntazam intilish;

  • Firmaning bozordagi faoliyati oxirgi natijalariga javob beradigan shaxsga erkin qaror qabul qilishni ta`minlaydigan keng xo`jalik mustaqilligi;

  • Bozor holati va tashqi muhit o`zgarishlaridan bog’liq ravishda maqsadlar va dasturlarga doimiy tuzatishlar kiritish;

  • Faoliyatni rejalashtirilgan oxirgi natijaga erishish uchun qaratish;

  • Ko`p variantli hisoblar uchun zamonaviy axboror bazani qo`llash;

  • Joriy rejalashtirishdan strategik rejalashtirishga o`tishda rejalashtirish funktsiyalarini o`zgartirish;

  • EHMdan maksimal ravishda foydalanish;

  • Boshqarishda kompaniyaning hamma xodimlarini jalb etish;

  • O`zgarishlarni ko`zda tutish, o`zgaruvchan qarorlar asosida boshqarishni amalga oshirish;

  • Innovatsiyalarga e`tiborni kuchaytirish;

  • Har bir boshqarish qarorlarini chuqur tahlil qilish;

  • Oqilona tavakkal qilish va tavakkalchilikni boshqarish qobiliyati;

Marketing rolini tayanch darajasigacha ko`tarish



Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling