67
«Konstruktor» metodi tinglovchilarning mavzuga
oid egallagan bilimlarini
mustahkamlash,
ulardagi
mantiqiy
fikrlash
qobiliyatini
rivojlantirishga
yo‘naltirilgan bo‘lib, tinglovchilardan turli xil mantiqiy amallarni (tahlil qilish va
umumlashtirish, dalil va hodisalarni qiyoslash, ulardagi o‘xshashlik va farqli tomon-
larni
aniqlash, asosiy va ikkinchi darajali belgilarni ajratish va hokazo) bajarishni
talab etadi. Odatda, tinglovchilar noma’lum
hodisalar, yangi materiallarga duch
keladilar, yangi bilimlarni egallash va o‘quv muammosini h al qilish yo‘llarini izlab
topishni talab etadigan muammoli vaziyat paydo bo‘ladi.
Ushbu metoddan
mashg‘ulotlarning asosiy va yakuniy qismlarida foydalanish mumkin.
«Konstruktor» metodini qo‘
llash qoidalari:
– o‘qituvchi tinglovchilarga mavzuning qisqacha bayonini berganidan so‘ng
mavzuga oid uch yoki to‘rt yo‘nalishdagi ayrim tushunchalarni ajratib doskaga
yozib qo‘yadi (slayd orqali namoyish etilishi yoki tarqatma material sifatida har bir
tinglovchiga tarqatilishi ham mumkin);
– shundan so‘ng o‘qituvchi tinglovchilarga o‘zlari istagan yo‘nalishdagi
tushunchalar asosida o‘qituvchi tomonidan tavsiya
etilgan adabiyotlardan
foydalanib, mustaqil tarzda matn tuzishlari haqida topshiriq beradi va ulardan birini
namuna sifatida bajarib ko‘rsatadi;
– o‘qituvchi tinglovchilar mazkur topshiriqni bajarishlari uchun mavzu
mazmunidan kelib chiqqan holda muayyan vaqt
chegarasini belgilab beradi;
– tinglovchilar topshiriqni bajarib bo‘lganlaridan so‘ng o‘qituvchi mashg‘ulot
uchun ajratilgan vaqt taqsimotidan kelib chiqqan holda iloji boricha ko‘proq
tinglovchidan topshiriqqa yozgan javoblarini o‘qib berishlarini so‘raydi (shu
jarayonda o‘qituvchi bir tinglovchi o‘z fikrini bayon etib bo‘lganidan so‘ng qolgan
tinglovchilarga ushbu tinglovchi tomonidan xatolikka yo‘l qo‘yilgan yoki
qo‘yilmaganligini so‘rab murojaat qilish orqali munozarali vaziyatni vujudga
keltirishi mumkin);
Do'stlaringiz bilan baham: