O’quv materiallari


Download 72.87 Kb.
bet5/6
Sana11.09.2023
Hajmi72.87 Kb.
#1675502
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-amaliy mashg\'ulot

Axborot resurslari. Axborot resurslari va axborot tizimlari. O’zbekiston Respublikasining 2003 yil 11 dekabrdagi 560-II son “Axborotlashtirish to’g’risida”gi Qonuniga binoan quyidagicha ta’rif berish mumkin.
Axborot resurslari — alohida hujjatlar, hujjatlarning alohida to‘plamlari, axborot tizimlaridagi (kutubxonalardagi, arxivlardagi, fondlardagi, ma’lumotlar banklaridagi va boshqa axborot tizimlaridagi) hujjatlar va hujjatlarning to’plamlari.
Ommaviy axborot – bunga cheklanmagan doiradagi shaxslar uchun mo’ljallangan hujjatlashtirilgan axborot, bosma, audio, audiovizual hamda boshqa xabarlar va materiallar kiradi.
Axborot tizimi — axborotni to’plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari.
Axborotning salbiy va ijobiy ta’siri. Axborotning ijobiy tomoni shundan iboratki, o’z vaqtida olingan to’g’ri va sifatli axborot turli sohalarda aniq qaror qabul qilish imkonini beradi. To‘g‘ri sifatli axborot insonlar, ayniqsa yoshlarning dunyoqarashini boyitishi, bilim olishi, zamonaviy bilimlar egasi bo‘lishi imkonini beradi, zero, farzandlari sog’lom yurt qudratli bo’lur.
Axborotning salbiy tomoni shundan iboratki, hozirgi kunda ayrim g‘arb davlatlaridan kirib kelayotgan bizning milliy qadriyatlarimizga yot bo‘lgan axborotlar va qarashlar hamda insonlar ongini zaharlovchi ma’lumotlar ham mavjud. Ayniqsa bunday ma’lumotlar Internet tarmog’i orqali keng tarqalmoqda. Internet va SMS xabarlar orqali tarqalayotgan jamiyatimizga, qadriyatlarimiz va an’analarimizga, davlatchiligimizga zid bo’lgan nojo’ya axborotlar yoshlarning ongini zaharlashi va ularni noto‘g‘ri yo’llarga boshlashi mumkin. Bunday holatlarning oldini olish bizning vazifamizdir. Har doim axborotdan o‘rinli va to‘g‘ri foydalanish zarur.
Til va yozuv
Dunyoga kelgan har bir bola haqiqiy inson bo‘lib yetishishi uchun juda ko‘p narsalarni bilishi kerak. U o‘ziga kerakli bilimni ko‘rib, eshitib va o‘qib
o‘rganadi. Eshitib, o ‘qib o ‘rganish til vositasida amalga oshadi va uning imkoniyati cheksizdir. Agar til bo‘lmay, har bir kishining tirikligi uning o‘z tajribasiga asoslangan bo‘lsa edi, inson shu kungacha hayvon qanday yashasa, shunday yashagan va bugungi moddiy-ma’naviy taraqqiyotga erishmagan bo‘lardi.
Tilning birligi, ma’rifiy ahamiyati shundan iboratki, til tufayli jamiyat a’zolarining har birida hosil bo‘lgan bilim ommalashib, uning ko'pchilik tomonidan rivojlantirilishiga imkon tug‘iladi. Undan tashqari, til tufayli bilim avloddan-avlodga og'zaki va yozma tarzda qoldiriladi, natijada yangi avlod o‘tgan avlodning ishini yangidan boshlamasdan, uni davom ettiradi.
Til ilm olishda zamon va makon g'ovini o'rtadan ko'taradi. U tufayli eng qadimgi ma’lumotlarga ega bo'lamiz va hatto kelgusiga oid ma’lumotlarni ham olamiz. Til tufayli sezgi a’zolari bilan bilib bo‘lmaydigan narsalarni ham o'rganamiz. Ko‘rinishi, shakli bir narsalarning aksi ongimizga o‘rnashishi mumkin, lekin shaklsiz narsalarni biz faqat so‘z shaklida o'zlashtiramiz. Xuddi shuningdek, mavjudotning ko‘rinmas ichki jihatlarini ham so‘z shaklida o'zlashtiramiz va til vositasi bilan o'zgalarga tushuntiramiz.
Tilni o‘rganish va o‘rgatishni osonlashtiradigan yana bir jihati shundaki, u umumlashtirish xususiyatiga ega. So‘z yordamida biz mavjudotni o‘rganib, umumiy tushunchalar hosil qilamiz va bu tushunchalar mavjudotning umumiy xossalarini o'rganishga, hatto ularning haqiqatini idrok etishga imkoniyat tugdiradi. Inson faoliyatida til borliqni bilish va fikr almashish vositasi vazifasini bajaradi.
Til vositasida insoniyat tomonidan jamg‘arilgan bilimlar qayd etiladi, saqlanadi va avloddan-avlodga yetkaziladi. Til millat ruhining ko‘zgusidir. Tilda millatning bor-yo‘g‘i, o‘y-fikri, dunyoqarashi, orzu-umidlari, Vatani, his-tuyg‘ulari gavdalanadi. Tildagi har bir so‘z, uning har bir shakli inson tafakkuri va tuyg‘usining natijasidir.Til yaxlit bir tizim sifatidagina ijtimoiy vazifani bajara oladi. Til asosiy birliklari: tovush, so‘z, qo‘shimcha, gaplar orqali grammatik jihatdan ohang vositasida va mantiqan o ‘zaro boglanishda borliq haqidagi hukmlarni ifodalaydi, nimanidir tasdiqlaydi yoki inkor qiladi.Til insoniyat tomonidan yaratilgan, unga xizmat qiladigan va har qaysi millatning ijtimoiy-madaniy taraqqiyotiga mos tarzda rivojlanib boradigan ij'timoiy hodisadir.
Tafakkur faqat insonlarga xos bo‘lgan mehnat va nutq faoliyati bilan bog‘liq holda mavjuddir. Inson tafakkuri nutq bilan bevosita bog‘langan holda yuzaga chiqadi va uning natijalari tilda qayd qilinadi. Demak, tafakkur jarayonining natijasi hamisha biron-bir fikrdan iborat bo‘lib, bu fikr tushuncha, hukm, xulosa tarzida faqat til vositasida namoyon bo‘ladi. Til tafakkur bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, fikrni reallashtiradigan, kishilarning fikr almashishlarini ta’minlab beruvchi quroldir.
Til– kishilarga fikrlashuv, fikrlash quroli bo‘lib xizmat qiladigan noyob ijtimoiy hodisa. Har bir til uning sohibi bo‘lmish jamoaning bebaho mulki bo‘lib, o‘zi mansub jamoaning nomi bilan ataladi: o‘zbek jamoasiga xizmat qiluvchi tilga o‘zbek tili deyiladi. O‘zbeklar o‘z tilidan ko‘p asrlar davomida foydalanib keladi. Dastlab og‘zaki muloqotni ta'minlagan o‘zbek tili keyinchalik yozma shaklda ham namoyon bo‘lgan. Yozma nutqda til hodisalaridan foydalanishning ma'lum me'yorlarini ishlab chiqish zaruriyati paydo bo‘lgan. Til hodisalaridan ma'lum me'yor asosida foydalanish adabiy o‘zbek tilining shakllanishiga olib kelgan.
So‘zlashuv asosida shakllanib, so‘zlashuv tili bilan yonma-yon yashab
kelayotgan adabiy o‘zbek tili ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lib, taraqqiyot bosqichlari nuqtayi nazaridan o‘tmish adabiy o‘zbek tili va hozirgi adabiy o‘zbektili deb ajratiladi. (Мустакил индив иш бериш керак.) Adabiy o‘zbek tili o‘z tarixiy taraqqiyotining har bir bosqichida ma'lum belgi-xususiyatlari bilan farqlanadi.
Til murakkab qurilishga molik bo‘lib, dastlab uning ikki holati lison va nutq farqlanadi. Lison– kishi miyasidagi til xotirasi qismida mavjud til birliklaridan va ulardan foydalanish qoidalaridan iborat boylik. Nutq esa ana shu boylikdan foydalanish jarayoni va shunday jarayonning hosilasi.
Lison kishi miyasidagi til xotirasi qismida mavjud mavhum hodisa
bo‘lib, aql bilan idrok qilinadi; nutq esa ana shu mavhum hodisadan foydalanish jarayoni natijasida yuzaga keladigan moddiy hodisa bo‘lib, uni talaffuz birliklari sifatida eshitamiz (yozuvda esa ko‘ramiz). Lisonda mavjud hodisalarga lisoniy birliklar deyiladi; lisoniy birliklarning nutq jarayoni natijasida moddiy shakl olgan holatiga nutqiy birliklar deyiladi.Har bir kishining miyasidagi til xotirasi qismida lisoniy birliklarning va ulardan foydalanish qoidalarining ramzlari mavjud, har bir kishi ehtiyojga qarab bu ramzlardan foydalanib nutq hosil qiladi.
Ayrim adabiyotlarda til bilan nutq o‘zaro dixotomiya, oppozitsiya hosil etuvchi hodisalar deb qaralib, til - nutq tarzida baholanadi. Nutqqa muqobil holda ajratiladigan hodisa deb til emas, balki lison ta'kidlanishi lozim. Bu munosabatni chizmada quyidagicha ko‘rsatish mumkin:


T i l

Lison nutq


Lison bilan nutq o‘zaro dixotomiya hosil etadi, lekin zidlanuvchi(oppozitiv) hodisalar emas, balki asos va hosila munosabatidagi hodisalar. Til hodisasi dastlab nutqda paydo bo‘ladi, takror-takror ishlatilishi natijasida miyaning til xotirasi qismida bu hodisaning ramzi shakllanadi, keyinchalik ana shu ramzdan nusxa olib nutqiy birlik hosil qilinadi. Demak, asli til hodisalari nutqdan lisonga ko‘chadi va keyin-gina lisondan nutqqa olib chiqiladi.
Lisonda bor imkoniyatlar-gina nutqda voqelanadi, lisonning imkoniyatlari
boy bo‘lib, nutqda uning ma'lum bir qismi-gina namoyon bo‘ladi deyishdan lison go‘yo azaliy, tug‘ma, mukammal degan fikr tushuniladi. Vaholanki hali
tili chiqmagan go‘dakning miyasidagi til xotirasi qismida hech qanday ramz bo‘lmaydi; go‘dak nutqni egallay boshlaganidan keyin-gina miyasida ramzlar
paydo bo‘ladi. Demak, lison azaliy(zot) emas, balki nutq asosida shakllanadigan, to‘ldiriladigan boylik. Tilning taraqqiyoti nutq yordamida voqe bo‘ladi. Har qanday yangilik, masalan, yangi leksema yasash, boshqa tildan leksema olish avvalo nutqda voqe bo‘ladi, bu yangilik til taraqqiyoti qonunlariga zid bo‘lmasa lisonda ramz sifatida muhrlanadi, ana shundan keyin lisondagi bu ramzdan nusxa olib nutq hosil qilinadi.
Tilni o‘rganish, o‘rgatish ham lison asosida emas, nutq asosida amalga
oshiriladi, chunki bevosita kuzatishda berilgan hodisa– nutq. Nutqni kuzatish orqali til qurilishini, til qurilishining lison deb ataladigan holatini anglashga harakat qilinadi. Tilshunosning tilni kuzatish, o‘rganish quroli– nutq. Tilga, lisonga xos hodisalarning mohiyati, bu hodisalar orasidagi munosabatlar nutqni kuzatish orqali aniqlanadi. Ushbu qo‘llanmada hozirgi adabiyo‘zbek tilining qurilishi mavhum fikrlash yo‘li bilan emas, balki bevosita kuzatishda berilgan nutqiy hodisalar tahlili asosida bayon qilinadi.

Til - aloqa quroli, u vosita. Nutq esa shu aloqa jarayonini amalga oshirishga xizmat qiladi. Til ham, fikr ham hayotning ongimizdagi ko‘rinishi va nutq yordamida boshqalarga ma’lum qilinuvchi voqelikdir. Tilni xalq yaratadi, shuning uchun bu Fanning maqsadi – iqtisodiyot sohasida bilimli, zukko, og‘zaki va yozma savodxonligi yetuk mutaxassisni tayyorlash uchun talabalarda iqtisodiy til bilimlarini – so‘z va terminlarni qo‘llash, gap va matnlarni to‘g‘ri va mantiqli tuzish, nutqiy etiket va notiqlik mahorati bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakani shakllantirishdir. Har kim o‘z qobiliyati, so‘z boyligi, savodi hamda nutq a’zolariga qarab gap tuzadi. Tilning umri uni yaratgan xalqning o‘zidek uzoq bo‘ladi. Nutqning umri esa qisqa. Og‘izdan so‘z yoki gap chiqdimi - uni qaytarib bo‘lmaydi. Shuning uchun nutq oldiga nihoyatda ulug‘ bir talab qo‘yiladi: o‘ynab gapirsang ham, o‘ylab gapir. Tana, ta’m-maza, ko‘rish, eshitish kabi sezgi a’zolari orqali olamni bilish barcha jonzotlarga xos xususiyatdir. Inson jonzotlarning eng oliy shakli sifatida ularga nisbatan yana bir qo‘shimcha bilish vositasiga - nutq orqali bilish qobiliyatiga ega. Shuning uchun ham Alisher Navoiy barcha mahluqotlarning zoti sharifi inson ekanligini ta’kidlaydi. Tilning xizmat doirasi juda keng, hajmi o‘lchovsiz bo‘ladi. Nutq esa aniq hajmli, shaklli bo‘ladi. Nutq yakka shaxs (monolog) yoki bir necha shaxslar orasida (dialog) yuz beradi. Tilning qonun-qoidalari uzoq yillar davomida saqlanib qoladi, silliqlashadi va boyib boradi. Nutq esa doim o‘zgarishda bo‘ladi; vaziyatga yoki nutq a’zolari faoliyatiga qarab so‘zning tovush tomoni o‘zgaradi. Nutq ikki shaklda bo‘ladi. 1. Og‘zaki nutq. 2.Yozma nutq. Og‘zaki nutq o‘zaro muomala tilidir, undan o‘zaro suhbatlarda, ma’ruzalarda, radioda, telefonda, uy va oila muomalasida foydalaniladi. Har ikki nutq shakli oldiga bir xil talablar qo‘yiladi. (1441-1501) Alisher Navoiy aytganidek: «So‘zingni buyuk qilsang, o‘zingga buyuklik keltirasan». (1849-1936) Birinchi bilish vositalarini mashhur ruhshunos Ivan Pavlov birinchi signal sistemasi, keyingisini esa ikkinchi signal sistemasi deb nomlagan. Inson ikkinchi signal sistemasiga egaligi bilan boshqa jonzotlardan ajralib turadi. 7 So‘zni to‘g‘ri qo‘llash, undagi tovushlarni to‘g‘ri va aniq talaffuz qilish (holxol, yod-yot, sof-sop, sher-she`r va b.), gapda so‘zlarni tartib bilan joylash kabilar vositasida fikrning tushunarli bo‘lishiga erishamiz. G‘o‘za va paxta o‘zaro juda yaqin tushunchani bildiradi, shunga qaramay, «g‘o‘za terildi», «paxta gulladi» deyish xatodir. Qo‘shimchalardan to‘g‘ri foydalanish (gishtin polli, zamonaviy bino; dadam va opam keldi...); so‘zlarni to‘g‘ri bog‘lash (qaror yozildi - qarorni emas), takror va keraksiz ifodadan qochish (turgan joyida turib qoldi), qo‘shma gapni me’yori bilan tuzish, chet so‘zlarni zo‘rma-zo‘raki - ehtiyojsiz ishlatish nutqni g‘aliz, mantiqsiz qiladi. Til va nutq umumiylik - xususiylik, imkoniyat - voqelik, mohiyat-hodisa qarama-qarshiligini o‘zida namoyon etib, bir-biriga zidlanadi, bunday zidlanish har bir til sathlariga xos birliklarning nomlanishida ham o‘z ifodasini topadi. Nutq faollashgan, bevosita yuzaga chiqqan til sanaladi. Hali voqelanmagan imkoniyat tarzidagi, ma’lum jamiyat a’zolari uchun barobar xizmat qiluvchi ijtimoiy-ruhiy aloqa vositasi - til, shu tilning muayyan shaxs nutqiy faoliyatida bevosita namoyon bo‘lishi, voqelanishi - nutqdir. Tilning fonetik sathi birligi fonema bo‘lsa, fonemaning real talaffuz qilingan, quloq bilan eshitilgan ko‘rinishi fon (allofon) yoki tovush hisoblanadi. O‘zbek tili aloqa-munosabat vositalaridan biridir. 1989-yilning 21- oktabr kuni o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Shundan boshlab ta’lim tarbiya ishlari, majlislar, ish qog‘ozlari, asosan, o‘zbek tilida yuritiladigan bo‘ldi. 1995-yil 21- dekabrda Oliy Kengash mazkur «Davlat tili» haqidagi Qonunni yangi tahrirda qabul qildi. Fikrning aniq va tushunarli bo‘lishi, jumlaning to‘g‘ri, ravon hamda ta’sirli tuzilishi har qanday nutqning bosh fazilatidir. (1857-1913) Ferdinand de Sossyur nutqiy faoliyatning til va nutq zidlanishi asosida amalga oshishini ta’kidlaydi hamda tilshunoslikda til va nutq tushunchalarini farqlaydi. 8 Qonunning 2-moddasida ko‘rsatilishicha, “O‘zbek tiliga Davlat tili maqomining berilishi Respublika hududida yashovchi millat va elatlarning o‘z ona tilini qo‘llashdan iborat Konstitutsiyaviy huquqlariga monelik qilmaydi”. I . Boshqa millat va xalqlarning tiliga hurmat. Fuqarolar o‘zaro muomalani va ta’lim olishning qaysi tilda bo‘lishini o‘z xohishlariga ko‘ra tanlab olishlari, boshqa millat va xalqlar zich yashaydigan joylarda maktabgacha bo‘lgan tarbiya, bolalar muassasalarini tashkil etishlari (5-modda), mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralariga o‘z tillarida murojaat qilishlari mumkin. Ular sudlov ishlari bilan o‘z tillarida ham tanishib chiqishlari va so‘zlashlari mumkin. Korxona, muassasa va birlashmalarda, agar ko‘pchilik davlat tilini bilmasa, ish yuritish, hisob-kitob, statistika va moliya hujjatlari boshqa tillarda ham olib borilishi mumkin. Xalqaro anjumanlarning tili va hujjatlari davlat tili bilan bir qatorda boshqa tillarda ham o‘tkazilishiga ruxsat etiladi. Agar talab etilsa, notarial harakatlar davlat tili bilan bir qatorda boshqa tillarda ham olib boriladi. Fuqarolar ariza, taklif, shikoyatlarini o‘z tillarida berishlari, radio, teleko‘rsatuvda o‘z tillarida gapirishlari, kitob, maqola yozishlari mumkin. Shu bilan birga, muassasa va tashkilot muhrlari, tamg‘alari, ish qog‘ozlari hamda hududlar, maydon, ko‘chalar, geografik obyekt nomlari davlat tilida bo‘ladi. Shuningdek, Qonunning 4-moddasida ko‘rsatilishicha, «Fuqarolarga So‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi axborot uzatish va axborotni qabul qilish faoliyati nutqiy faoliyat sanaladi. Nutqiy faoliyat muayyan jamiyatning aloqa vositasi hisoblanuvchi til yordamida yuzaga chiqadi. 9 davlat tilini o‘qitish bepul amalga oshiriladi»
Yozuv — muayyan bir tilda qabul etilgan va kishilar oʻrtasidagi muloqotga xizmat qiladigan yozma belgilar yoki tasvirlar tizimi. Yozuv— kishilik jamiyati madaniy taraqqiyotining tom maʼnodagi ibtidosi, bashariyatning uzoq va murakkab tadrijiy takomili jarayonidagi omillarning eng asosiylaridan biri. Yozuv tildan ancha keyin paydo boʻlgan (tovush tili 400—500 ming yillar ilgari yuzaga kelgan, Yozuvning paydo boʻlganiga esa 4—5 ming yillar boʻlgan). Ogʻzaki til (nutq)ning zamon (vaqt) va makon (masofa) nuqtai nazaridan cheklanganligi va uni bartaraf etish zaruriyati Yzuvning paydo boʻlishiga olib kelgan. Og‘zaki til talaffuz vaqtidagina va ayni paytda muayyan masofadagi (tovush toʻlqinlari yetib borishi mumkin boʻlgan) kishi uchungina mavjuddir. Boshka sharoitlarda tilga ehtiyoj paydo boʻlishi bilan inson dahosi bu ehtiyojni qondira oluvchi vositalarni qidira boshlagan, natijada belgilar tizimidan iborat. Yozuvning paydo boʻlishi va taraqqiyoti jamiyat rivoji, shuningdek, muayyan masofadagi kishilarning oʻzaro aloqa qilish ehtiyoji, siyosiy, huquqiy, diniy va estetik harakterdagi axborotlarni qayd etish, sakdash zaruriyati bilan bevosita bogʻliq. Xalklarning davlat sifatida birlashuvi nutqiy aloqa doirasini kengaytiradi va murakkablashtiradi va savdo kengayadi; boshqa xalqlar va davlatlar bilan harbiy, siyosiy va boshqa shartnomalar tuziladi; qonunlar paydo boʻladi va mustahkamlanadi; diniy qarashlar va mafkuraning boshqa turli koʻrinishlari shakllanadi; xalqlarning oʻz tarixini bilishga boʻlgan ehtiyoj kuchayadi. Bularning barchasini faqat ogʻzaki nutq vositasida amalga oshirish mumkin emas. Bu sharoitda Yozuv zaruriyatga aylanadi. Yozuv ogʻzaki tilga nisbatan ikkilamchi, qoʻshimcha aloqa vositasi boʻlsada, unga qaraganda koʻp afzalliklarga ega. Xususan, tilning asosiy vazifasi — kishilar oʻrtasidagi aloqani taʼminlashdir. Tilning kommunikativ vazifasi yozuvsiz amalga oshishi mumkin emas. Tilning estetik, gnoseologik (dunyoni bilish) kabi asosiy vazifalarini ham yozuvsiz tasavvur qilish qiyin. Ayniqsa, tilning insoniyat qoʻlga kiritgan tajribabilimlarni saqlash va avlodlarga yetkazishdan iborat vazifasi bevosita yozuv orqali bajariladi. Kishilik jamiyati yaratgan bilim va tajribalar, kashfiyotlar, soʻz sanʼati durdonalari va b. qimmatli axborotlarning barchabarchasi avlodlardan avlodlarga yozuv orqali yetib boradi. Til jamiyat tarixi bilan qanchalik bogʻliq boʻlsa, yozuv ham shunchalik bogʻliqdir. Dastlabki qarashlarda yozuvning kelib chiqishini ilohiyotga bogʻlash uchraydi. Bu aslida yozuvning tengsiz imkoniyatlarini tasavvurga sigʻdira olmaslik, yozuv magiyasi ("Yozuv sehrli qudratga ega" degan ishonch) oqibatida kelib chiqqan joʻn tasavvurlar mahsulidir. Yozuv kishilik jamiyatining zaruriy ehtiyoji asosida paydo boʻlib, rivojlanib borgan. Bugungi shaklini olgunga qadar uzoq va murakkab tadrijiy taraqqiyot yoʻlini bosib oʻtgan. Inson ahli yozuvday mukammal aloqa vositasini kashf qilguncha uzoq izlangan. Eng qad. davrlarda dunyo xalqlarining deyarli barchasida keng tarqalgan "eslatuvchi" belgilar ana shu izlanishlarning ilk koʻrinishlari edi. Mas, muayyan miqdorni ifodalash uchun turli toshlar, chigʻanoklardan foydalanilgan, tayoklar, daraxtlarga har xil iplar bogʻlash, tugunlar tugib qoʻyish va boshqa vositalar bilan muayyan axborotni esda saqlash yoki muayyan masofaga yuborishga harakat qilingan. Yoki bir xabarni uzok, masofaga yetkazish uchun tutun, gulxan, baraban ovozi va sh.k. qoʻllangan. Xabarni uzoq, vaqt saqlash uchun ramziy maʼno berilgan buyumlardan foydalanilgan: qoʻrgʻon — marhum koʻmilgan joy belgisi; slavyan qabilalarida nontuz — doʻstlik belgisi; trubka — tinchlik, sulh belgisi va b. "Buyumli yozuv" nomi bilan yuritiladigan bunday axborot vositalarining qoldiqlari hozirda ham baʼzan saqlangan. Mas, biror fikrni esdan chiqarib qoʻymaslik uchun roʻmolchaning uchini tugib qoʻyish odatini yodga olish mumkin. Rasmli yozuv (piktografiya) Yozuv yaratish yoʻlidagi birinchi qadam boʻlgan. Rasm bilan Yo. oʻrtasida uzviy bogʻliqlik mavjud, avvalo, har ikkalasi ham koʻrish orqali idrok qilinadi. Piktografik yozuvni ibtidoiy tasviriy sanʼat ichida yuzaga kelgan deyish mumkin. Arxeolog olimlarning bundan juda koʻp ming yilliklar ilgari insonlar tomonidan chizilgan turli rasmlarning mavjudligi haqidagi maʼlumotlari maʼlum. Toshlarga, suyaklarga, gʻor devorlariga oʻyib ishlangan xilma-xil hayvonlarning rasmlari, umumiy mazmunga birlashuvchi tasviriy lavhalar — bularning bari piktografik yozuvning asoslaridir. Ana shu ibtidoiy tasviriy sanʼat ikki yoʻnalishda — umuman rasmlar va muayyan axborot vositasi, yaʼni yozuv sifatida shakllana borgan. Buni dunyo tillarining juda koʻpchiligidagi "yozmoq" maʼnosidagi soʻzlarning etimologiyasiga eʼtibor qilganda ham bilish mumkin. Bunday soʻzlarning etimologiyasida asosiy mazmun rasm chizish jarayoni bilan boglits holda namoyon boʻladi. Masalan, qadimgi turkiy tillarda "yozmok," tushunchasi "bit(i)moq" feʼli ("bitik" — yozuv, kitob) bilan ifodalangan. Bu feʼlning oʻzagi xitoycha "bi" (moʻyqalam) soʻzi bilan aloqador boʻlib, dastlabki maʼnosi "oʻymoq, oʻyib bezamoq", undan keyin "yozmoq" demakdir. Slavyan tillardagi "pisati" (rus. "pisat" — "yozmok,") feʼlining maʼnosi ham dastlab moʻyqalamda rasm chizish bilan bogʻliq boʻlgan (rus. "jivopis" — rangtasvir soʻzi bilan qiyoslang). Bu feʼlning oʻzagi lot. "pingere" (rasm solmoq) soʻzi bilan aloqadordir, "pisati" feʼlining dastlabki maʼnosi, koʻrinadiki, "rasm solmoq", "bezamok,"dan iborat boʻlgan. Gotcha "melian" (yozmoq) feʼlining dastlabki maʼnosi ham moʻyqalamda "rasm solmoq" boʻlib, bu feʼl hoz. nemis tilida "malen" shaklida va "rasm solmoq" maʼnosida qoʻllanadi. Yunon tilidan koʻpgina tillarga oʻtgan "grafika" soʻzi ham etimologik jihatdan oʻyish, tirnash tushunchalarini ifodalaydi. Bu misollar Yo.ning rasm bilan benihoya bogʻliq ekanligini yaqqol koʻrsatadi, Yo. jarayoni mexanikasini ham ochib beradi. Rasmlar yordamida muayyan fikraxborotni ifodalash, yuborish mumkin ekanligini odamlar juda qad. davrlarda anglab yetganlar. Shuning uchun qadimgi rasmli yozuv piktografiya) dunyodagi mavjud barcha yozuvlarning kelib chiqishi uchun asos boʻlgan deyish mumkin. Piktografiyaning ogʻzaki til bilan bogʻliq boʻlmaganligi uning turli til vakillari tomonidan ham tushunilaverishini taʼmin etgan, ammo unda ifodalangan mazmunning turlicha, ixtiyoriy talqin etilishiga yoʻl qoʻygan, abstrakt tushunchalarni bunday yozuv orqali ifodalash deyarli mumkin boʻlmagan. Davlat tuzumi rivojlanib, turli yozishmalarga va bu yozishmalarning ayni bir xil talqin qilinishiga boʻlgan ehtiyoj kuchayib borgan sari piktografik yozuvning ojiz tomonlari koʻproq koʻzga tashlana boshlagan. Bu hol piktografik yozuvning taraqqiyotiga, ideografik va iyeroglifik yozuvning shakllanishiga olib kelgan. Rasmlarning soddalashuvi, ularning oʻzlari ifoda etgan buyumlarning nomiga, ramziga aylanishi va astasekin bu ramzlarning ogʻzaki til bilan doimiy bogʻlanishi yozuvning takomillashib borishini belgilab beradi. Yozuv belgilari ideografik, iyeroglifik belgilar sifatida muayyan soʻzlarning ifodachilariga aylanadi, bu Yo. "soʻz yozuvi" yoki "logografik yozuv" nomi bilan umumlashtiriladi. Eng qad. logografik Yo. tizimlari (misr iyeroglifikasi, shumer mixxatlari, xitoy iyeroglifikasi va b.) mil. av. 4ming yillikning oxiridan mil. av. 2ming yilliklarning boshlarigacha boʻlgan davrda shakllangan. Haqiqiy maʼnodagi yozuv tizimlari dastlab Qad. Sharqda vujudga kelgan. yozuvning keyingi taraqqiyot bosqichi boʻgʻin yozuvi boʻlib, u mil. av. 2ming yilliklarning oʻrtalarida paydo boʻlgan. Tildagi suzlar soniga qaraganda boʻgʻinlar soni ancha kam, shuning uchun ham boʻgʻin yozuvi logografik yozuvga nisbatan sezilarli darajada oz belgilar tizimi bilan ish kuradi. Masalan, devanagari (xind) yozuv boʻgʻin yozuvidir. Harftovush yozuvining shakllanishi butun yozuv taraqqiyoti tarixida inqilob boʻlgan. Bu yoʻnalishdagi ilk yozuv finikiy yezuvadir. Finikiy alifbosining paydo boʻlishi insoniyat uchun yozuvni takomillashtirish borasida olgʻa qoʻyilgan qadam boʻlgan. Birinchi marta sof tovush yozuvi, sanoqli harflardan iborat mukammal alifboning yuzaga kelishi jamiyatdagi yozuvni biladigan kishilar doirasini kengaytirib yuborgan. Shuning uchun ham finikiy yozuvi juda tezlik bilan boshqa xalqlar orasida ham tarqalgan. Bu jarayon mil. av. 9-asrdan boshlangan. Finikiyaliklar bilan iqtisodiy va madaniy aloqada boʻlgan qoʻshni xalklar mazkur yozuv bilan tanishib, tez orada uni oʻz tillariga moslashtirib olganlar. Hoz. kunda bizga maʼlum boʻlgan harftovush tizimidagi Yo.larning 4/5 qismidan koʻprogʻi finikiy yozuvidan kelib chiqqan. Nutqni eng kichik boʻlaklarga — tovushlarga ajratib tasavvur qilish, idrok etish dastlabki paytlarda u qadar oson ish boʻlmaganligi sababli harf-tovush Yo. i yoki alifboli Yo.ning paydo boʻlishi jarayoni uzoqdavom etdi. Bunda inson dastlab nutqni soʻzlarga, keyin boʻgʻinlarga, undan keyin esa tovushlarga ajratib tasavvur qila olishday behad murakkab va uzoq yoʻlni bosib oʻtgan. Tildagi tovushlarni alohidaalohida idrok qilish tovush Yo.ning ibtidosidir. Harf tovush yozuvning muhim afzalligi uning kam miqdordagi, yaʼni 20—30 atrofidagi belgilar bngina ish koʻra olishidir. Harf-tovush yozuvi dunyo xalqlari orasida juda tez tarqalgan va bu jarayon, asosan, oʻzlashtirish, u yoki bu tilning xususiyatini hisobga olgan holda moslashtirish yuli bilan boʻlgan. Oʻrta Osiyodagi xalklar, jumladan, oʻzbek xalqi turli Yo.lardan foydalanib kelgan. Bu yozuvlar avesto, paxlaviy, urxunenisey (runik), turkiy (uygʻur), soʻgʻd, arab, Kirill, lotin Yo.laridir. Yozuv bilan til oʻzaro chambarchas bogʻliq. Biror tilni shu tilning Yo.ini oʻrganmasdan, yoki aksincha, biror yozuvni shu yozuvga tegishli boʻlgan tilni bilmasdan oʻrganish mumkin emas. Ammo Yo. ogʻzaki til (nutq)ni aynan aks ettira olmaydi. Zotan, yozuv shunday xususiyatga ega boʻlganda, imlo kridalariga, talaffuz mezonlariga mutlaqo ehtiyoj qolmagan boʻlardi. Yuksak takomillashtirilgan alifbodagi bir harf muayyan bir tovushni ifodalashi, bir tovush muayyan bir harf bilan ifodalanishi lozim. Ammo dunyoda bunday alifbo yoʻq. Ana shunday maʼnodagi alifboga fin alifbosi birmuncha yaqinlashadi, lekin baribir toʻliq emas. Hoz. ingliz, fransuz va b. tillar alifbolari bunday mukammallikdan yiroq. Mana shu holat dunyo tillarining barchasida xilma-xil va juda koʻplab grafik va imlo qoidalarining ishlab chiqilishiga sabab boʻlgan. Yozuv bilan til oʻrtasida, alifbo va tilning tovush tizimi oʻrtasida bunday farqli holatlarni yuzaga keltirgan sabablar xilma-xil. Avvalo, dunyodagi hozirda mavjud alifbolarning deyarli hammasi ham mustaqil va tegishli til xususiyatlarini toʻliq hisobga olgan holda yaratilgan emas. Koʻpchilik xalklar oʻz yozuvlarini boshqa til yozuvini oʻz tillariga imkoniyat darajasida moslashtirish yoʻli bilan yaratganlar. Bu hol yozuv va til munosabatlarida oʻz izini qoldirgan. Ayni paytda yozuv va tilning taraqqiyoti bir xil, birbiri bilan toʻla moye keladigan jarayon emas. Tilning taraqqiyoti tarixiy va uzluksiz jarayon, odamlar tilga ataylab, ongli ravishda biron-bir oʻzgartirish kirita olmaydilar. Tildagi u yoki bu oʻzgarish tadrijiy ravishda, asta-sekin yuz beradi. Yozuv haqida esa bunday deb boʻlmaydi. Odamlar til xususiyatlariga yanada moslashtirish uchun Yo.ga turli uzgartishlar kiritadilar, islohotlar qiladilar, bir yozuv tizimini boshqasi bilan almashtiradilar va h.k. Masalan, oʻzbek xalqi ayerlar davomida arab alifbosidan foydalanib kelgan, 1923—26-yillarda bu Yo.ni oʻzbek tili tovush qurilishini toʻlaroq ifodalashga moslashtirish maqsadida bir qator harfiy oʻzgartirishlar kiritilgan. Oʻzbekistonda 1929-yildan lotin yozuvi asosidagi oʻzbek alifbosiga utilgan, 1940-yildan esa Kirill yozuvi joriy etilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1993-yil 2 sent.da "Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini joriy etish tugʻrisida"gi qonunni qabul qildi. Bu qonunga va uni amalga kiritish tartibi xaqidagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaroriga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995-yil 6 mayda oʻzgarishlar kiritadigan qonun qabul qildi. Bu hujjatga koʻra lotin yozuviga asoslangan yangi oʻzbek alifbosi 26 ta harf va 3 ta harflar qoʻshilmasidan iborat. Yangi alifboga toʻla oʻtish 1996-yildan boshlanib, 2005-yilda tugallanishi belgilangan. Yozuv taraqqiyoti tilning tabiiy tarak,qiyotidan ancha orqada yurganligi uchun muayyan soʻz yoki soʻz shaklining yozilishi bilan talaffuzi aynan moye kelavermaydi. Bu tabiiy va qonuniy hol boʻlib, yozuv va ogʻzaki nutq oʻrtasidagi bunday nomuvofiqliklarni imlo qoidalari tartibga solib turadi. Dunyodagi alifbolarning hammasida ham harflar soni tegishli tildagi tovushlar (fonemalar) sonidan sezilarli darajada kam. Tabiiyki, bu hol yozuvni oʻzlashtirishni osonlashtiradi. Shuning uchun ham alifbolardagi asosiy tamoyil undagi harflar sonini kupaytirish emas. Alifbo yozuvning asosini tashkil etadi. Tinish belgilari, yozma belgilar ham yozuvning unsurlari hisoblanadi.
Yozuv qadimgi madaniyatlarning siyosiy kengayishi natijasida kelib chiqqan axborot uzatish, moliyaviy hisob-kitob va tarixiy qaydlar olib borishga ehtiyoj tugʻilganida paydo boʻlgan, deb taxmin etiladi. Eramizdan avvalgi 4-ming yillikka kelib Mesopotamiyada savdo va maʼmuriyat murakkabligi odam xotirasi uchun haddan tashqari kattalashdi va yozuv qaydlar olib borish va saqlash uchun ishonchli usulga aylandi.[2] Qadimgi Misr va Amerikada yozuv ehtimol taqvimlash va tarixiy hamda ekologik hodisalar qaydini olib borish orqali rivojlangan. Xitoyda topilgan eng qadimgi yozuv namunasi esa qirollik mahkamasidagi folbinlik amaliyotini taʼriflaydi.
1- topshiriq. Matn asosida quyidagi savollarga javob bering:
1. Til ijtimoiy hodisa sifatida jamiyat taraqqiyotida qanday o‘rin tutadi?
2. Til va madaniyat tushunchalari o ‘rtasidagi bog‘liqlik nimadan iborat?
3. «Til robitayi vositayi olamiyondur» (Avaz O’tar) jumlasini izohlang. Maʼrifatparvar shoir Avaz Oʻtar soʻzi bilan aytganda til inson va olamni bogʻlab turuvchi vosita, koʻprikdir. 
4. Yozuv va uning turlari haqida ma’lumotlarni ayting.
5. Fikrlash bilan so‘zlash o‘rtasidagi bogliqlik va farqni tushuntiring.

Download 72.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling