O‘quv modul birliklari: Kirish Quymani tayyorlab olish texnologiyasi


Download 79.36 Kb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi79.36 Kb.
#1553652
  1   2   3
Bog'liq
1 - Ma\'ruza

1 – Mavzu. Kirish. Quymani tayyorlab olish sxemasi, va quymaga qo‘yiladigan talablar

O‘quv modul birliklari:

1. Kirish

2. Quymani tayyorlab olish texnologiyasi

3. Quymadagi nuqsonlarni to‘g‘rilash usullari

Quymakorlik bu eng ko‘p rivojlangan va tarqalgan mashinasozlikda zagotovkalarini tayyorlab beradigan usuldir.

Quymakorlik bu eng ko‘p rivojlangan va tarqalgan mashinasozlikda zagotovkalarini tayyorlab beradigan usuldir.

Statistik ma’lumotlari bo‘yicha 70% zagotovkalar (massasiga muvofiq) quymakorlik usulida olinadi, ba’zi bir sohalarda bu raqam 90 – 95% tashkil qiladi.

Quymakorlik mohiyati suyuqlantirilgan, belgilangan kimyoviy tarkibga va sifatga ega bo‘lgan qotishmani oldindan tayyorlab qo‘yilgan qolipga quyishdir.

Quymakorlik sohasining mashinasozlikda boshqa (shtampovkalash, bolg‘alash) usullariga qaraganda afzalligi – amaliyotda har qanday murakkablikka ega bo‘lgan va minimal mexanik ishlov berib zagotovkalarni tayyorlab olish mumkin.

Bu muhim afzallik, chunki mexanik ishlovga harajatlarni kamaytiradi, mahsulotning tannarxini tushiradi va qotishma sarfini kamaytiradi.

Qotishmalar kristallanishi va sovishi jaryonida uning asosiy mexanik va ekspluatatsion xususiyatlari muayyan shakllanadi.

Quymalarning vazni bir necha grammdan bir necha tonnagacha bo‘lishi mumkin. Quymalarning shakli texnologik moslamalarga, qoliplarga bog‘liq bo‘ladi.

Quymalarning vazni bir necha grammdan bir necha tonnagacha bo‘lishi mumkin. Quymalarning shakli texnologik moslamalarga, qoliplarga bog‘liq bo‘ladi.

Quymalar devorining qalinligi 0,5 mm dan to 30 – 40 mm gacha bo‘lishi mumkin.

Bugungi kunda quymalar turli cho‘yanlardan, po‘latlardan, rangli qotishmalardan tayyorlab olinadi.

Qotishmalarni rafinirlab, modifikatsiya qilib, legirlab kerakli puxtalikni, kimyoviy tarkibi va boshqa xususiyatiga ega bo‘lgan quymalarni olish mumkin.

Quymakorlikning maxsus usullari yordamida yuqori aniqlikka ega bo‘lgan, mexanik ishlov berilmaydigan tayyor va aniq o‘lchovli detallarni olish mumkin. Bu usullarda metallning foydali ishlash koeffitsienti yuqori va quymaning sifati yaxshidir.


Download 79.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling