O‘quv modul birliklari: Kirish Quymani tayyorlab olish texnologiyasi


Quymani tayyorlab olish texnologiyasi


Download 79.36 Kb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi79.36 Kb.
#1553652
1   2   3
Bog'liq
1 - Ma\'ruza

Quymani tayyorlab olish texnologiyasi

Quymani tayyorlab olish texnologiyasi

Quymakorlik sohasi mashinasozlikning va boshqa sohalarning asosiy zagotovkalar yetkazib beruvchi sohasidir.

Ko‘pgina sharoitlarda quyma usuli yakka – yagona murakkab quymani tayyorlab olish yo‘lidir.

Quyma zagotovkalar eng arzon va mexanik ishlov berishga minimal qo‘yim talab qiladi. Quymakorlik sohasining samaradorligi metallning foydali ishlatish koeffitsiyentiga baho berish ko‘rsatgichi bu – detalning massasini zagotovka massasiga tenglashtirilishidir.

O‘z navbatida qum – gilli qolipda quyma olish qo‘lda va mashinada (mexanizatsiyalangan) ishlab chiqish usullariga bo‘linadi. Quymakorlik maxsus usullariga:

- kokil usuli;

- eritib chiqaradigan moslama yordamida quymani tayyorlab olish;

- markazdan qochma kuch yordamida quyma olish;

- bosim ostida quyma olish;

- qoplamli qoliplar yordamida quyma olish va boshqalar kiradi.

Quymaning aniqligi

Quymaning aniqligi

GOST 26645 – 85 muvofiq quymalarning aniqligi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan belgilanadi:

- o‘lchamlari aniqligining sinfi;

- yuzasining aniqligi sinfi;

- massasining aniqligi sinfi;

- ajratish tekisligi bo‘yicha siljishi.

Quymalar yuzasining notekisligi

Quymalar yuzasining notekisligi

Texnik ko‘rsatkichlarda mashinasozlik qotishmalari uchun quyma yuzasining notekisligi ko‘rsatib beriladi. Masalan, SCh cho‘yan uchun GOST 1412 – 79 bo‘yicha quyma yuzasining notekisligi quymalar finish operatsiyalaridan o‘tib tozalangandan so‘ng 250 mkm, oddiy qoliplash mashinalarida tayyorlanganlari uchun tozalashdan oldin 500 mkm dan oshmasligi kerak.

Quymalarning germetikligi

Po‘latdan, rangli qotishmalardan va cho‘yandan ishlab chiqiladigan (radiatorlar) ba’zi – bir quymalarga germetikligi bo‘yicha balandroq talab qo‘yiladi va ularda gaz yoki shlak rakovinalar va g‘ovakli nuqsonlar taqiqlanadi. Unday quymalarni suv va havo bosimi bilan germetikligi tekshiriladi. Quymalarni sovitishda ularda yo‘naltiruvchi qotishishini hosil qilish kerak.


Download 79.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling