Stanoklarning aniqligi. Buyumlarga ishlov berish aniqligi asosan stanoklarning aniqligiga bog’liq. Stanoklarning aniqligi ularning geometrik va kinematik aniqligiga, bikirligi va tebranishga chidamliligi, issiqbardoshligi, ma’lum holatga o’rnatish aniqligiga bog’liq. Stanoklarning geometrik aniqligi undagi asosiy uzellarning o’zaro joylashishidagi jami chetlashishlar miqdori bilan aniqlanadi va u zamin detallarning tayyorlanish aniqligiga, shuningdek ularni o’rnatish va uzellarni sozlash aniqligiga bog’liq. Asosiy uzellarning o’zaro joylashishidagi chetlashishlar tekshiriladi, yangi stanoklarni o’rnatishda ularni ishlatish davrida vaqti-vaqti bilan joizliklarga taqqoslab turiladi. - Stanoklarning kinematik aniqligi ish bajaruvchi organlar harakati ko’rsatkichlarini muvofiqlovchi kinematik zanjirlar sifatida xizmat qiladi. Kinematik aniqlik tish ochish, rezba ochish va murakkab konturli ishlov beriladigan boshqa stanoklar uchun muhim ahamiyatga ega. Kinematik juftlarni tayyorlashdagi va o’rnatishdagi noaniqliklar sababli kinematik zanjirlardagi xatoliklar ish bajaruvchi organlarning muvofiqlashgan harakatlarini buzilishga olib keladi, provardida esa ishlov berilidigan sirt shakli buziladi.
- Stanoklarning samaradorligi.
- Biron mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etishda eng muhim texnika-iqtisodiy masalalardan biri texnologik uskunalarning mumkin bo’lgan bir necha variantlaridan maqbul variantini tanlashdan iborat. Buning uchun mumkin bo’lgan variantlar samaradorligini iqtisodiy tahlil etish zarur bo’ladi.
- Stanoksozlikda turli variantdagi stanoklarning o’zaro qiyosiy samaradorligini aniqlash uchun keltirilgan harajatlar ko’rsatkichi qo’llaniladi.
- Taqqoslanadigan stanoklar variantlari ichida qaysi birining keltirilgan harajatlari eng kam bo’lsa, o’shanisi maqbul hisoblanadi, ya’ni keltirilgan harajatlarning eng kam bo’lishi samaradorlik mezoni bo’ladi:
- Stanoklarning ish unumi deganda nimalarni tushunasiz?
- Stanoklarning aniqligi nimalardan iborat?
- Stanoklarning geometrik aniqligi nima?
- Stanoklarning kinematik aniqligi ahamiyati?
- Stanoklarning samaradorligi. Misollar keltirib izohlang?
Do'stlaringiz bilan baham: |