O‘quv qiziqishlari Reja: Mazmuniga ko‘ra: shaxsiy va ijtimoiy
Download 439.32 Kb.
|
Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha director o`rinbosari
E’tiqod – shaxsning shunday ongli bir yo‘nalishiki, unga o‘z qarashlari, prinsiplari va dunyoqarashlariga mos tarzda yashashga imkon beradi. E’tiqodning predmeti turlicha bo‘lishi mumkin: Vatanga e’tiqod, dinga, fanga, kasbga, axloqiy normalarga, oilaga, go‘zallikka e’tiqod va hokazo. E’tiqod va qiziqishlar har biri kishidagi dunyoqarashni shakllantiradi.
Dunyoqarash – tartibga solingan, yaxlit ongli tizimga aylantirilgan bilim, tasavvur va g‘oyalar majmui bo‘lib, u shaxsni ma’lum bir qolipda, o‘z shaxsiy qiyofasiga ega tarzda jamiyatda munosib o‘rin egallashga chorlaydi. Mustaqillik davrida shakllanayotgan yangicha dunyoqarash yoshlarda Vatanga sadoqatni, milliy qadriyatlar, an’analarni e’zozlashni, o‘z yaqinlariga mehribon va tanlagan yo‘liga, kasbi, maslagi hamda e’tiqodiga sodiqlikni nazarda tutadi. Yangicha fikrlash, ya’ni tafakkur aynan mustaqillik mafkurasi ruhida tarbiya topib, sayqal topgan milliy ong, dunyoqarash va e’tiqod hamdir. Qiziqish — shaxsning oʻzi uchun qimmatli va yoqimli boʻlgan muayyan narsa va hodisaga munosabati. Bunda insonning oʻziga xos xususiyati bevosita mujassamlashadi. Q. bilimlarni ongli, puxta, barqaror, anglagan holda oʻzlashtirishda, koʻnikma va malakalarni shakllantirishda qoʻl keladi, shaxs qobiliyati, zehni, uquvchanligini rivojlantirishga, olamni mukammalroq tushunishiga yordam beradi. Q. insonda intilish, faollik, ichki turtki, ehtiyojni roʻyobga chiqarish manbai vazifasini bajaradi. q. shaxsning borliqqa tanlab munosabatda boʻlishida, oʻziga xos qaror qabul qilishida, oʻzini oʻzi nazorat eta bilishida, maqsadga intiluvchanligida, yuzaga kelgan toʻsiqlarni yengishida ifodalanadi. Q.lar shaxsiy va ijtimoiy, bevosita va bilvosita, keng va tor, beqaror va barqaror boʻladi. Q. sinchkovlik, qiziquvchanlik, bilishni oʻz ichiga oladi. Odamlarni shaxsiy Q.ini idora qilishga oʻrgatish, bu ioʻnalishda mashqlantirish, treninglar, testlardan foydalanish intiluvchan, toliqmas xislatlarni shakllantirishga yordam beradi.. Download 439.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling