O‘quv qiziqishlari Reja: Mazmuniga ko‘ra: shaxsiy va ijtimoiy


Shaxsning shakllanishi va uning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar


Download 439.32 Kb.
bet5/7
Sana18.06.2023
Hajmi439.32 Kb.
#1571378
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tasdiqlayman O`quv ishlari bo`yicha director o`rinbosari

Shaxsning shakllanishi va uning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar
Shaxs kishining hayot kechirishi sharoitlarida, faoliyati, mehnat qilishi, o‘qish jarayonida shakllanadi. Shaxsning shakllanishi jarayonlarida guruh va jamoalarda amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya yetakchi o‘rin egallaydi. Shaxsning shakllanishi ikki xil ma’noda qo‘llaniladi:
1. Shaxsning shakllanishi uning rivojlanishi, ana shu rivojlanish jarayoni va uning natijasi ekanligi. Bu ma’no shaxs shakllanishiga psixologik yondashuv hisoblanadi. Uning vazifasi biror maqsadga qaratilgan tarbiyaviy ta’sirlar o‘tkazish sharoitida rivojlanayotgan shaxsda nimalar mavjudligini (mavjud bo‘lgan, tajriba yo‘li bilan aniqlanadigan, namoyon bo‘ladigan) va nimalar bo‘lishi mumkinligini aniqlashdan iboratdir. Psixologiya ma’lum jamoadagi konkret insonlarda shaxsiy fazilatlar shakllanganligining boshlang‘ich darajasini, ma’lum ta’sirlarning natijasini, nimalar shakllandi-yu, nimalar vazifa bo‘lib qolganini, qaysi o‘zgarish bola shaxsining shakllanishiga samarali ta’sir etdi yoki samarasiz bo‘lganini, qanday qiyinchiliklarga duch keldi-yu, qanday yutuqlar bo‘lgani va boshqalarni aniqlaydi.
2. Shaxsni maqsadga yo‘naltirilgan tarzda tarbiyalash sifatida shakllantirish. A.S. Makarenko bu jarayonni «shaxsni loyihalash» deb atagan. Bu pedagogik yondashuv shaxsni jamiyat talablariga javob beradigan bo‘lishi uchun nimalar qilish va qanday qilib shakllantirish kerakligini aniqlash zarur deb hisoblaydi. Pedagogika tarbiya jarayonida nima shakllantiril gan bo‘lishi kerakligini aniqlaydi hamda o‘z usul va vositalarini tavsiya qiladi. Shaxsni shakllantirishda pedagogik va psixologik yondashuvni aralashtirib yuborib bo‘lmaydi. Turli davlat dasturlari, xususan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da, «Bolajon» davlat dasturida belgilangan vazifalar o‘qituvchi-murabbiylar e’tiborini bolalarda mavjud bo‘lgan shaxs xislatlariga emas, balki shakllantirish lozim bo‘lgan xislatlarga qaratadi. Bu ikki yondashuv aynan bir-biriga o‘xshamasa ham lekin bir-birini to‘ldiruvchi birlikni tashkil etadi. Inson shaxsining rivojlanishi to‘rt manbaga: irsiyat, ijtimoiy muhit, ta’lim-tarbiya, shaxsiy faollikka bog‘liqdir. Har bir odam o‘ziga xos
Download 439.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling