O‘quv qo‘llanma toshkent 2020


Ikki yoqlama yozuv va uning qo‘llanishi


Download 0.69 Mb.
bet14/93
Sana14.10.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1702357
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   93
Bog'liq
O‘quv qo‘llanma toshkent 2020-fayllar.org

3.7. Ikki yoqlama yozuv va uning qo‘llanishi
Korxona xalq xo‘jaligining qaysi tarmog‘iga qarashligidan qat’iy nazar, unda qanday xo‘jalik jarayoni ro‘y berishidan qat’iy nazar har doim ikki xil yoki undan ortiq xo‘jalik mablag‘i yoki ularining tashkil topish manbalari ishtirok etadi. Shuning uchun ham xo‘jalik jarayonlarini schyotlarida aks ettirishda 2 yoki undan ortiq schyotlardan foydalaniladi.
Quyidagi misollar orqali ikki yoqlama yozuv va uni amaliyotda qo‘lanilishini tushuntirib beramiz:

  1. Misol. Mehnat haqi berish uchun hisoblashish schyotidan kassaga pul olinadi. 70.000 so‘m Jarayonni taxlil qilib o‘rgansak, korxonaning bankdagi hisob-kitob schyotidagi mablag‘i kamayib, korxonaning kassasida esa naqd pul ko‘paydi. Sxema ko‘rinishida jarayonni schyotlarda aks ettirish quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi


Dt+ Kassa Kt- Dt+ Hisoblashish schyoti Kt-


70,0 70,0
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ikki yoqlama yozuv-bu xo‘jalik jarayonida vujudga keladigan o‘zgarishlarni schyotlar tizimi orqali ifodalanishidir.
Ikki yoqlama yozuv usulini ahamiyati shundaki, uni yordamida, hisob ishlari to‘g‘ri yuritilayotganligini nazorat qilib borish imkoniyati yaratiladi. Xo‘jalik jarayonini bir schyotining debeti va ikkinchi schyotni kreditida aks ettirilishi buxgalteriya provodkasi deyiladi. Buxgalteriya provodkasini ikki turi mavjud:
  1. Oddiy buxgalteriya provodkasi.


  2. Murakkab buxgalteriya provodkasi.


Oddiy buxgalteriya provodkasida faqat 2 schyot qatnashib, biri debetlanadi, ikkinchisi kreditlanadi.


Misol. Bankdan qisqa muddatga kredit olindi va hisoblashish schyotiga o‘tkazildi. 1000 000. Bank oldidagi qarz, shu bilan birga hisoblashish schyotidagi pul mablag‘i ham ko‘paydi. Bank bilan qisqa muddatli kreditlar yuzasidan hisoblashish schyoti passivligini va hisoblashish schyoti aktivligini inobatga olsak, bu jarayon quyidagi aks ettiriladi.
Dt-Bankning qisqa muddatli kreditlari Kt+ Dt+ Hisoblashish schyoti Kt-
1.000.000 1.000.000

Murakkab buxgalteriya provodkasida esa, 3 yoki undan ortiq schyotlar qatnaShib, bir schyot debetlanishi va 2 yoki undan ortiq schyot kreditlanishi va aksincha bir schyot kreditlanib, 2 yoki undan ortiq schyot debetlanishi mumkin.


1.Misol. Korxonadagi asosiy vositalarga eskirish summasi hisoblandi.
a) asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalarga 22.000
b) yordamchi ishlab chiqarishdagi asosiy vositalarga 3.000
v) ma’muriy boshqaruvdagi asosiy vositalarga 2.500

A A A KA


Dt+ 2010 Kt- Dt+ 2310 Kt- Dt+ 9420 Kt- Dt - 0250 Kt+
22000 3000 2500 27500
2. Misol. Umumiy ovqatlanish korxonasida ishchi - xodimlarga mehnat haqi hisoblanadi:
a) asosiy ishlab chiqarishdagi oshpazlarga 17. 000;
b) sotuvdagi xodimga 5. 000
v) boshqaruv xodimlariga 8.000
g) asosiy ishlab chiqarishdagi boshqa ishchilarga 7. 000
Dt - 6710 Kt+ Dt + 2010 Kt- Dt + 9410 Kt- Dt + 9420 Kt-
30.000 17.000 5.000 8. 000



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling