O‘quv qo‘llanma toshkent 2020


Download 0.69 Mb.
bet13/93
Sana14.10.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1702357
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   93
Bog'liq
O‘quv qo‘llanma toshkent 2020-fayllar.org

B) kontrar passiv

  1. To‘ldiruvchi schyotlar:


Bunday schyotlarni tartibga soluvchi schyotlar deb atalishga sabab ular buxgalteriya hisobini boshqa schyotlaridagi ko‘rsatkichlarni tartibga solish xususiyatiga egaligidadir.


Masalan: kontraktiv schyotlar passiv schyotlar bo‘lib, balans aktividagi mablag‘lar hisob uchun mo‘ljallangan ba’zi schyotlar ko‘rsatkichlarni tartibga solib turadi.
0200 - «Asosiy vositalarning eskirishi» kontraktiv schyotlar asosiy vosita boshlang‘ich (joriy) qiymatini aks ettiruvchi 0100- «Asosiy vositalar» schyotlar ma’lumotlarini tartibga soladi.
0500 – «Nomoddiy aktivlarning eskirishi» schyota esa, 0400- «Nomoddiy aktivlar» schyotidagi ko‘rsatkichlarni tartibga soladi.
Misol uchun: Korxonadagi nomoddiy aktivlar boshlang‘ich qiymati 150.000 so‘m 0400 – «Nomoddiy aktivlar» schyotida aks ettirilgan va balans aktivida ko‘rsatilgan. Nomoddiy aktivlar qoldiq qiymatini aniqlash uchun 0500 – «Nomoddiy aktivlarning eskirishi» kontraktiv schyotidagi ma’lumotdan foydalanish zarur. Unga ko‘ra, nomoddiy aktivlar eskirish summasi 45.000 so‘mni tashkil etadi deb faraz qilsak, nomoddiy aktivning qoldiq qiymati quyidagiga teng bo‘ladi:
150.000 so‘m – 45.000 so‘m = 105.000 so‘m.
Savdo korxonalarida tovarlar hisobi 2910 – «Tovarlar» aktiv schyotida yuritiladi. Ushbu schyotda tovarlarni sotish bahosi aks ettiriladi. Ushbu tovarlarni sotib olish bahosini aniqlash uchun, tartibda soluvchi kontraktiv schyot 2980 – «Savdo ustamasi» dagi ma’lumotlardan foydalanish zarur.
Masalan: korxonadagi tovarlar qoldig‘i 2910 – «Tovarlar» schyoti debetida 4.500.000 so‘m deb aks ettirilgan, 2980 – «Savdo ustamasi» schyoti kreditidagi qoldiq esa, Shu tovarlarga belgilangan savdo ustamasi miqdorini bildiradi, bu summa 675.000 ni tashkil etadi deb faraz qilaylik.
4 500 000– 675 000 = 3 825 000 so‘m.
3 825 00 so‘m korxonadagi tovarlar sotib olish bahosini bildiradi.
Kontrpassiv schyotlar aktiv schyotlar bo‘lib, ular ba’zi xo‘jalik mablag‘lari tashkil topish manbalari ma’lumotlarini tartibga solish uchun mo‘ljallangan. Masalan: 8600- «Sotib olingan o‘z aksiyalarini hisobga oluvchi schyotlar»
To‘ldiruvchi schyotlar tegishli mablag‘ va ular tashkil topish manbalari hisobini yuritishga mo‘ljallangan schyot ma’lumotlarini to‘ldirish uchun mo‘ljallangan.
Masalan: 1510 – «Materiallarni tayyorlash va sotib olish», 1610 – «Materiallarning qiymatidagi farq» schyotlari to‘ldiruvchi schyotlar hisoblanadi.

Taqsimlovchi schyotlar.
Ushbu schyotlar mablag‘lar va ular tashkil topish manbalari ba’zilarini kalkulyatsiya ob’ektlariga yoki davrlar bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlanishini ta’minlaydi.
Taqsimlovchi schyotlar ikkiga bo‘linadi:
  1. Yig‘ib taqsimlovchi.


  2. Hisobot davrlari bo‘yicha taqsimlovchi.


Yig‘ib taqsimlovchi schyotlariga 2310 –«Yordamchi ishlab chiqarish», 2510-– «Umumishlab chiqarish xarajatlari» schyotlarni misol tariqasida keltirish mumkin.


Masalan: asosiy ishlab chiqarishdagi asosiy vositalar yordamchi ishlab chiqarish yordamida ta’mirlandi. Yordamchi ishlab chiqarish tomonidan bajarilgan ta’mirlash xarajatlari 2310 – «Yordamchi ishlab chiqarishlar» schyot debetida yig‘iladi va ta’mirlash ishlari tugatilgach asosiy ishlab chiqarish xarajatlariga qo‘shiladi. Agarda ishlab chiqarishda bir necha mahsulot tayyorlanayotgan bo‘lsa, Shu mahsulot tannarhiga mahsulot to‘rini ishlab chiqarishda band bo‘lgan asosiy vositalar qiymatiga ko‘ra mos ravishda taqsimlanadi.
Yig‘ib taqsimlaydigan schyotlardan yana biri 2510- «Umum ishlab chiqarish xarajatlari» schyot bo‘lib, uning debetida umum ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlar jamlanadi va ushbu xarajatlarni alohida hisobga olish ob’ektlari o‘rtasida (A mahsulot, V mahsulot yoki yordamchi ishlab chiqarish) taqsimlash tartibi tegishli normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Hisobot davrlari bo‘yicha taqsimlanadigan schyotlarga 31 – «Kelgusi davrlar xarajatlari», 4910– «Shubxali qarzlar bo‘yicha zahiralar», 8910 – «Kelajakdagi xarajatlar va to‘lovlarning zahirasi» larni misol qilib keltirish mumkin.
Kelgusi davr xarajatlari 3100- «Kelgusi davrlar xarajatlari» schyotida yuritilib, aktiv schyot hisoblanadi. Kelgusi davr bilan bog‘liq xarajatlar sarflanganida ushbu schyotlarning debetida aks ettiriladi. Xarajat qo‘shilishi zarur bo‘lgan hisobot davrlari kelganda esa, 3100 – «Kelgusi davrlar xarajatlari» schyotida yig‘ilgan xarajatlar summasi shu schyot kreditida va tegishli ishlab chiqarish xarajatlari schyotlari yoki muomala xarajatlari schyoti debetida aks ettirib borish yo‘li bilan taqsimlanadi.
Masalan: Korxona 2014 yilni noyabr oyida kelgusi 2015 yil uchun 60.000 so‘mlik obuna to‘lovi hisoblandi va hisoblashish schyotdan to‘landi.
Obuna to‘lovi hisoblanganda:
Dt – 3190 60.000 so‘m
Kt – 6990 60.000 so‘m
Obuna to‘lovi nashriyotlarga o‘tkazilganda:
Dt – 6990 60.000 so‘m
Kt – 5110 60.000 so‘m
2015 yilni yanvar oyida esa, obuna Shu oy uchun ham amalga oshirilganligi e’tiborga olinib, kelgusi davr xarajati emas, balki joriy davr xarajati sifatida aks ettiriladi.
60.000 so‘m: 12 oy = 5.000 so‘m.
Dt – 9430 5.000 so‘m
Kt – 3190 5.000 so‘m
Xuddi shu buxgalteriya provodkasi 2005 yilni barcha oylarida aks ettirilib boriladi va 2006 yil boshiga 2005 yil uchun sarflangan obuna xarajatlari qoldig‘i qolmaydi.
8910- «Kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlari yuzasidan zahira» schyoti xususiyati ham xuddi shunday xarajatlarni hisobot davralari bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlashga mo‘ljallanganligidadir.


Kalkulyatsiya schyotlari
Ushbu schyotlar korxona faoliyatida ishlab chiqarish mahsulotlar, sotilgan tovarlar, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar tannarxini aniqlash uchun xarajatlarni hisobini yuritishga mo‘ljallangan. Kalkulyatsiya schyotlari debeti mahsulot(ish, xizmat) ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlar aks ettiriladi. Kreditida esa, ishlab chiqarishdan tayyor mahsulot (yarim tayyor mahsulot, ish, xizmat)lar chiqarilganda mehnat haqiqiy tannarxi aks ettiriladi. Kalkulyatsiya schyotlari bo‘yicha qoldiqlar, debet tomonda bo‘lib, tugallanmagan ishlab chiqarish miqdori hisoblanadi. Kalkulyatsiya schyotlariga 2010, 2310, 1510 schyotlar misol bo‘ladi.


Taqqoslovchi schyotlar
Bunday schyotlarga quyidagi schyotlar misol bo‘ladi:
9210 – «Asosiy vositalarning sotilishi va boshqacha chiqib ketishi»
9220 – «Boshqa aktivlarning sotilishi»
9910 – «Yakuniy moliyaviy natija»
2610 – «Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulot» va boshqalardir.
Ushbu schyotlar orqali ma’lum bir jarayon natijasi taqqoslanadi.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling