O‘quv qo‘llanma toshkent 2020


Aks ettirish obyektiga ko‘ra


Download 0.69 Mb.
bet18/93
Sana14.10.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1702357
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   93
Bog'liq
O‘quv qo‘llanma toshkent 2020-fayllar.org

Aks ettirish obyektiga ko‘ra balanslar mustaqil va alohida balansga ajratiladi.

Mustakil balansni yuridik shaxs bo‘lgan korxonalar tuzadi.

Alohida balansni korxonaning tarkibiy bo‘linmalari (filiallar, sexlar, korxonaning avtotransport va turar-joy hamda kommunal xo‘jaliklari) tuzadi.

Tozalash usuliga ko‘ra balanslar brutto-balans va netto-balanslarga bo‘linadi.

Brutto-balans — tartibga soluvchi moddalarni o‘z ichiga oluvchi balansdir. "Asosiy vositalarning eskirishi", "Nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi", "Sotib olingan xususiy aksiyalar" singari tartibga soluvchi moddalarni o‘z ichiga oladi.

Netto-balans — qiymatidan tartibga soluvchi moddalar summasi chegirilgan balans bo‘lib, bunga tozalash deyiladi. O‘zbekistondagi barcha korxonalar netto-balans tuzadi (1993 yildan boshlab), ya'ni balans yakuniga asosiy vositalar, arzon baholi va tez eskiruvchi buyumlarning qoldiq qiymatda, qayta sotiladigan tovarlar esa tannarxi bo‘yicha kiritiladi.
Balansga qo‘yiladigan asosiy talablar quyidagilardir:

  • balansning to‘g‘riligi;


  • balansning realligi;


  • balansning yaxlitligi;


  • balansning izchilligi;


  • balansning tushunarliligi.




Balansning to‘g‘riligi balansni tuzishda asoslanilgan hujjatlarning to‘laligi va sifati bilan ta'minlanadi. Agar hisobot davrida xo‘jalik faoliyatining barcha muomalalari o‘z vaqtida hujjatli rasmiylashtirilmagan yoki noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan bo‘lsa, unda balans korxona ishining haqiqiy yakunini aks ettirmaydi. Buxgalteriya balansining har bir moddasi hujjatlar, buxgalteriya hisobvaraqlaridagi yozuvlar, buxgalteriya hisob-kitoblari va inventarlash bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Buxgalteriya balansi ma'lumotlarini qasddan buzish niqoblash deyiladi. Balansni niqoblash qoida buzilishlarini yashirish maqsadida atayin va balansni tuzish bo‘yicha ayrim qoidalardan bexabarlik oqibatida bilmasdan qilingan bo‘lishi mumkin.

Balansning realligi moddalar bahosining obyektiv voqelikka muvofiq kelishini anglatadi. Balansning "to‘g‘riligi" va "realligi" tushunchalarini bir-biriga aralashtirmaslik kerak. Balans to‘g‘ri, ammo noreal bo‘lishi mumkin, ya'ni balans ma'lumotlari hujjatlar asosida tuzilgan bo‘ladi va haqiqiy mavjud mablag‘larni ko‘rsatadi, ammo uning ayrim moddalari real sharoitni, masalan, asosiy vositalar ma'naviy eskirganligi, debitorlik qarzini talab qilib olib bo‘lmasligi va shu kabilarni ko‘rsatmaydi.

Balansning yaxlitligi balansni yagona hisobga olish va baholash tamoyillari bo‘yicha tuzilishini, ya'ni korxonaning barcha tarkibiy bo‘linmalarida va tarmoqlarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarining bir xildagi mazmuni, ularning korrespondentsiyasi va shu kabilar qo‘llanilishini anglatadi.

Balansning izchilligi har bir keyingi balans oldingi balansdan kelib chiqishi lozimligida ifodalanadi. Masalan, oldingi yil yakuniy balansi (yil oxiriga bo‘lgan ma'lumotlar) yil boshiga bo‘lgan boshlang‘ich balansi ma'lumotlari bo‘lishi kerak, chunki hisobot yili oldingi yilning davomi hisoblanadi.

Balansning tushunarliligi – balansni tuzuvchilar va uni o‘qiydigan hamda tahlil qiladiganlar tushunishi uchun qulayligidir. Balansni aniq va tushunarli qilish uchun moddalar rekvizitlari va nomlari ikki tilda (o‘zbek va rus tilida) bayon qilingan, uning shakli ancha soddalashtirilgan.

Xulosa
Buxgalteriya hisobining usullari quyidagilardan iborat:
hujjatlashtirish, inventarizatsiya, schyotlar tizimi va ikki yoqlama yozuv, baholash, kalkulyasiya, balansva hisobot.
Balans so‘zi tenglik tarozining ikki pallasi degan ma’nolarni bildiradi. Buxgalteriya balansining 2 qismi bo‘lib, ular Aktiv va Passivdan iborat.
Balans ikkala qismi jami summalari teng bo‘lishi shart Bu tenglik aktivda xo‘jalik mablag‘lari passivda esa shu mablag‘larning manbalari aks ettirilishi bilan izohlanadi
Balansdagi ma’lumotlar asosida korxona faoliyati o‘rganiladi, taxlil etiladi, ichki imkoniyatlar topiladi va umuman korxona boshqaruvi uchun xizmat qiladi. Bundan tashqari iqtisodiyotdagi tub o‘zgarishlar natijasida vujudga kelgan turli mulkchilik sharoitidagi tashqi foydalanuvchilar (aksiyadorlar, investorlar) uchun ham korxona haqida ma’lumotga ega bo‘lishida katta ahamiyat kasb etadi.
Xo‘jalik jarayonlarining balansdagi o‘zgarishlarga ta’sirini 4 turi mavjud.

Schyotlar tizimi xo‘jalik mablag‘larni tashkil topish manbalarini, xo‘jalik jarayoni natijasida ularni tarkibiy, miqdoriy va xarakat jihatidan o‘zgarib borishini iqtisodiy guruhlaSh va doimo tezkor nazorat qilib borishdir.


Korxona faoliyati yoppasiga, uzluksiz hisob qilib borilar ekan, korxona barcha mulkini o‘rganib, ularni xususiyatlarini yaxshilab anglab etmoq kerakdir. Korxona mulklari hisobi tuliq yuritilar ekan, hisob ishlarini osonlaShtirish, oqilona tashkil etish maqsadida schyotlar rejasi ishlab chikilgandir.
Ikki yoqlama yozuv-bu xo‘jalik jarayonida vujudga keladigan o‘zgarishlarni schyotlar tizimi orqali ifodalanishidir.
Ikki yoqlama yozuv usulini ahamiyati shundaki, uni yordamida, hisob ishlari to‘g‘ri yuritilayotganligini nazorat qilib borish imkoniyati yaratiladi. Xo‘jalik jarayonini bir schyotining debeti va ikkinchi schyotni kreditida aks ettirilishi buxgalteriya o‘tqazmasi deyiladi.
Schyotlarni ular ma’lumotlarni qay darajada aks ettirishiga qarab sintetik va analitik schyotlarga ajaratish mumkin. Sintetik schyotlarda xo‘jalik mablag‘lari va ular tashkil topish manbalari haqidagi ma’lumotlar umumlashtirib, pul o‘lchov biriligida aks ettiriladi. Sintetik schyotlar orqali yuritiladigan hisob esa, sintetik hisob deb ataladi.
Analitik schyotlar esa xo‘jalik mablag‘lar va ular tashkil topish manbalari haqidagi ma’lumotlarni ular alohida turlari bo‘yicha, aniq ko‘rsatkichlar orqali olishda foydalaniladi. Analitik schyotlar miqdori u qollanayotgan korxona, tashkilot va muassasaning xalq xo‘jaligi qaysi sohasida ekanligiga, ularning faoliyat turi katta yoki kichikligiga bog‘liq bo‘ladi. Analitik schyotlar bo‘yicha yuritiladigan hisob analitik hisob deyiladi.
Aylanma vedomostlari ikki xil bo‘ladi:
  1. Sintetik hisob sintetik schyotlari bo‘yicha aylanma vedomosti.


  2. Analitik hisob analitik schyotlari bo‘yicha aylanma vedomosti.


Buxgalteriya hisobi usuli elementlaridan biri hujjatlashtirish bo‘lib, uning ahamiyati xo‘jalikni yuritishda, boshqaruvni oqilona tashkil etishda, shuningdek hisob ishlarini yuritish oldiga qo‘yilgan vazifa hamda talablarga javob berishda zaruriydir.


Hujjatlar tuzilishi tartibiga, vazifasiga, xo‘jalik jarayonini aks ettirishiga, qayerda tuzilishi xususiyatlariga ko‘ra turkumlarga ajratiladi.
Dastlabki hujjatlar huquqiy kuchga ega bo‘lishi uchun majburiy rekvizitlarga ega bo‘lishi zarur.
Xo‘jalik jarayoni sodir etilganini isbotlovchi yoki jarayon sodir etilishiga asos bo‘luvchi hujjatlar bir necha ma’sul shaxslarda, bo‘limlarda, korxonalarda xarakatda bo‘ladi va o‘z mo‘ljali bo‘yicha xizmat qilib bo‘lganidan so‘ng, belgilangan tartibda arxivga topshiriladi, ya’ni hujjat aylanishi sodir bo‘ladi. Demak, hujjat aylanishi-birlamchi hujjatlarni to‘zilib, ularni qayta ishlab va umumlaShtirib, guruhlashdan so‘ng, arxivga topshirilguncha harakatidir.
Buxgalteriya hisobining memorial-orler shakli davlat korxonalari va kichik korxonatarda keng qo‘llaniladi.
Buxgalteriya hisobining jurnal-order shaklida yozuvlar yig‘ma va guruhlovchi qaydnomalarda (jurnal-orderlar), shuningdek, yordamchi qaydnomalarda guruhlab boriladi.

Buxgalteriya hisobining bosh jurnal shaklida jamlama hisob registri bosh jurnal orqali yuritiladi. Ushbu shaklda xronologik va sistematik yozuvlar bir hisob registrida, ya’ni bosh jurnalda olib boriladi.




Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling