O‘quv qo‘llanma toshkent 2020


Materiallarning kelishini hisobga olish


Download 0.69 Mb.
bet42/93
Sana14.10.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1702357
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   93
Bog'liq
O‘quv qo‘llanma toshkent 2020-fayllar.org

7.3. Materiallarning kelishini hisobga olish
Materiallar asosan quyidagilardan kelib tushadi:
  • mol yetqazib beruvchilardan;


  • moddiy javobgar shaxslar orqali naqd pulga sotib olinadi;


  • o‘zining ishlab chiqarilishidan;


  • asosiy vositalarni jo‘natishdan;


  • inventarizatsiya natijasida ilgari hisobga olinmagan ishlab chiqarish zaxiralari aniqlanishi.


Har bir korxonada ishlab chiqarish rejasini bajarish uchun yil boshida ishlab chiqarish zaxiralariga bo‘lgan talab aniqlanadi va tegishli ta’minot tashkilotlari bilan shartnomalar tuziladi.


Korxonalarda moddiy resurslar bilan ta’minlash bilan moddiy texnika ta’minoti bo‘limi shug‘ullanadi. Ushbu bo‘lim moddiy texnika ta’minoti bo‘yicha tuzilgan shartnomalarning bajarilishi, ishlab chiqarish jarayoni uchun zarur bo‘lgan moddiy qiymatliklarning o‘z vaqtida kelib tushishi va kirimga olinishi ustidan nazorat olib boradi. Shuning uchun ham ushbu bo‘limda shartnomalarning bajarilishi bo‘yicha vedomostlar mashinogrammalarda operativ hisob yuritiladi. Ushbu vedomostlar mashinogrammalarda shartnomalarning qay darajada bajarilishi baholardagi va assortimentlardagi va miqdor o‘zgarishlari aks ettiriladi. Buxgalteriya esa operativ hisobning to‘gri va o‘z vaqtida yuritilishi hamda hisobotlarning belgilangan vaqtlarda tuzilishi ustidan nazorat olib boradi.
Mol yetqazib beruvchilar moddiy qiymatliklarni jo‘natish bilan birga, o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun asos bo‘luvchi tegishli xujjatlarni to‘lov talabnomalari, tovar-transport yuk xatlari, temir yul yuk xatlari va unga ilova qilinadigan kvitansiyalarni jo‘natadilar. Moddiy qiymatliklarning kelib tushishini aks ettiruvchi va hisob-kitob xujjatlar buxgalteriyaga kelib tushgandan so‘ng ularning to‘griligi va asosliligi tekshiriladi va ta’minot bo‘yicha mas’ul shaxslarga beriladi.
Ta’minot bo‘limi xodimlari moddiy-qiymatliklarni xujjatlardagi ko‘rsatkichlarga va shartnoma talablariga mos kelishi nuqta-nazaridan tekshirib ko‘radilar. Tekshirishdan so‘ng hisob-kitob va boshqa to‘lov xujjatlariga to‘lash uchun roziligini bildirib belgi qo‘yadilar. Ta’minot bo‘limida korxonaga kelib tushayotgan moddiy qiymatliklarni hisobga olish maxsus "kelib tushayotgan yuklarni hisobga olish jurnali”yuritiladi. Unda mol yetqazib beruvchilarning manzili, shartnoma nomeri va sanasi va boshqa ko‘rsatkichlar ilova qismida to‘langanligi haqidagi belgilar qo‘yiladi.
To‘lov talabnomalari ta’minot bo‘limida tekshirib ko‘rilgandan so‘ng buxgalteriyaga, transport tashkilotining kvitansiyasi esa ekspeditorga beriladi. Ekspeditor transport xaydovchisidan yoki tashkilotidan materiallarni qabul qilib olishi zarur.
Ekspeditor stansiyada yukni qabul qilib olish jarayonida sinchiklab tekshirishi zarur. Agar xujjatdagi ko‘rsatkichlardan farq qilsa yoki undagi materiallar buzilgan bo‘lsa kommersiya dalolatnoma tuzilishi zarur. Ushbu dalolatnoma transport tashkiloti yoki mol yetqazib beruvchilarga da’vo qilish uchun asos bo‘ladi.
Boshqa shaharlardan moddiy qiymatliklarni shartnomaga asosan korxonaning o‘zi olib kelishi lozim bo‘lsa ekspeditorga naryad va ishonch qog‘ozi beriladi. Unda mol yetqazib beruvchidan olish zarur bo‘lgan moddiy qiymatliklar ro‘yxati ko‘rsatiladi. Ekspeditor olib kelgan moddiy qiymatliklarni korxona ombor mudiriga kirim orderiga yoki yuk xatiga asosan topshiradi. Ushbu xujjatlarning tegishli joylariga qabul qilib olganligi to‘grisida ombor mudiri, topshirganligi to‘gri sida ekspeditor imzo chekadilar.
Mol yetqazib beruvchilar jo‘natgan moddiy qiymatliklarni omborga qabul qilish jarayonida komissiya tarkibida mol yetqazib beruvchi tomonidan vakil katnashmasa unda manfaatdor bo‘lmagan tashkilotdan vakil qatnashishi shart. komissiya materiallarni qabul qilish haqida dalolatnoma tuzadi. Mabodo dalolatnomadagi miqdor va sifat ko‘rsatkichlari mol yetqazib beruvchilar moddiy qiymatliklarga ilova qilib jo‘natgan xujjatlardagi ko‘rsatkichlarga mos kelmagan taqdirda komissiya tuzgan dalolatnoma transport tashkiloti va mol yetqazib beruvchiga da’vo qilish uchun asos bo‘ladi.
Materiallarni tashish avtotransport bilan amalga oshirilsa dastlabki xujjat sifatida tovar-transport yuk xati qo‘llaniladi va yuk jo‘natuvchi tomonidan to‘rt nushada tuziladi. Birinchi nushasi materiallarni hisobdan o‘chirish uchun asos bo‘ladi, ikkinchi nushasi mol oluvchi tashkilot materiallarni kirimga olish uchun asos bo‘ladi, uchinchisi transport tashkilotiga xizmati uchun qo‘yiladigan schyotga ilova qilinadi. To‘rtinchi nushasi transport xaydovchisining yo‘l varaqasiga ilova qilinadi va mehnat haqi to‘lash uchun asos bo‘ladi. Mol oluvchi korxona tovar-transport yuk xatida ko‘rsatilgan materiallarni omborga kirimga olish jarayonida farq aniqlansa bu materiallarni qabul qilish dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Korxonalar o‘zlari ishlab chiqargan materiallarni va qoldiqlarni yoki arzon baholi va tez eskiruvchi buyumlarni va asosiy vositalarni hisobdan chiqarish jarayonida olingan materiallarni va ehtiyot qismlarni va boshqalarni ikki nushada tuziladigan yuk xatlarga asosan kirimga olinadi.
Hisobdor shaxslar tomonidan naqd pulga sotib olinadigan materiallar tovar schyotlari yoki dalolatnomaga asosan kirimga olinadi. Hisobdor shaxslar materiallarni savdo korxonalaridan, kooperativlardan, bozorlardan yoki axolidan naqd pulga sotib oladi. Hisobdor shaxs avans tariqasida olgan pulni sarflaganligi to‘grisida avans hisobotini taqdim qilganda yuqorida nomlari zikr etilgan xujjatlarni o‘z hisobotiga ilova tariqasida qo‘shib topshiradi.
Ishlab chiqarish zaxiralarini hisobga olish uchun buxgalteriya hisobining schyotlar rejasida quyidagi schyotlar tayinlangan:
1000 "Materiallar", 1100 "Bokuvdagi xayvonlar"(qishloq xo‘jaligi korxonalarida); 15 "Materiallarni tayyorlash va sotib olish"; 16 "Materiallarning qiymatidan chetlanishi".
Shuningdek balansdan tashqari schyotlar 002 "Javobgarlik uchun qabul qilingan tovar-moddiy qiymatliklari", va 003 "qayta ishlash uchun qabul qilingan materiallar".
1000"Materiallar”schyotiga quyidagi subschyotlar ochilishi mumkin:
1010 "Xom-ashyo va materiallar";
1020 "Sotib olingan yarim fabrikatlar, komplektlovchi materiallar, konsturksiya va detallar";
1030 "Yoqilg‘i";
1060 "Tara va tara materiallari";
1040 "Ehtiyot qismlar";
1090 "Boshqa materiallar";
1070 "Chetga qayta ishlash uchun berilgan materiallar";
1080 "inventar va xo‘jalik ashyolari".
Yuqoridagi materiallarning har biri o‘z guruhi ichida turlari, o‘lchamlari, sortlari, markalari va boshqa ko‘rsatkichlari bo‘yicha guruhlarga ajratiladi. Materiallarning har biriga nomenklatura nomerlari beriladi va ularni maxsus reestrlarga yozib qo‘yiladi. Ushbu reestrlar nomenklatura baholari deyiladi va unda har bir materiallarning qat’iy hisob bahosi ko‘rsatiladi.


Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling