O‘quv qo‘llanma toshkent 2020


Materiallar sarflanishini hisobga olish


Download 0.69 Mb.
bet43/93
Sana14.10.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1702357
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   93
Bog'liq
O‘quv qo‘llanma toshkent 2020-fayllar.org

7.4. Materiallar sarflanishini hisobga olish
Materiallar korxona ishlab chiqarish zaruriyati xo‘jalik ehtiyojlari uchun va ortiqcha va keraksiz bo‘lganlarini esa chetga sotishi mumkin. Shuningdek, korxonalar ayrim materiallarni chetga qayta ishlash uchun berishi mumkin.
Korxonada ishlab chiqarish zaxiralarining to‘gri sarflanishini nazorat qilish va rasmiylashtirish uchun tegishli tashkiliy tadbirlar ishlab chiqiladi. Moddiy qiymatliklarning tejamli sarflanishining zaruriy shartlaridan biri reja-iqtisod bo‘limi tomonidan har bir mahsulot (xizmat) va bajariladigan ishlar birligiga sarflanadigan normalar va ular asosida belgilanadigan limit katta ahamiyatga egadir.
Barcha korxonalarga moddiy qiymatliklarning sarflanishi va chetga berilishiga ruxsat beruvchi shaxslarning ro‘yxati tuzilishi va ularning imzolarining nushasi buxgalteriyada bo‘lishi shart. Berilayotgan materiallar aniq o‘lchangan, sanalgan va tortilgan bo‘lishi zarur.
Materiallarning omborlardan berilishi eng avvalo korxonada ishlab chiqarish va mehnatning qanday tashkil qilinganligi, va qaysi soxaga tegishli ekanligiga bog‘liqdir. Ushbu xususiyatlardan kelib chiqqan holda moddiy qiymatliklarni qay tarzda berish va rasmiylashtirishning tartiblari belgilanadi.
Ishlab chiqarishga va boshqa extiyojlar uchun har kundagi sarflanadigan materiallar limit-zabor kartalari rasmiylashtiriladi. Ularni reja-iqtisod yoki ta’minot bo‘limi bir yoki bir necha nushada bir oy muddatga yozib beradi. Ularda xo‘jalik jarayonining turi, ombor nomeri, ulchov birligi, harajat ishlari va oylik sarfning limiti ko‘rsatiladi.
Limit-zabor kartasining bir nushasi oluvchiga, ikkinchisi esa ombor mudiriga beriladi va materiallar limtda belgilangan miqdorda beriladi.
Limit-zabor kartalarining qo‘llanishi har kuni ombordan ishlab chiqarish va boshqa maqsadlar uchun beriladigan materiallar hisob-kitobini yengillashtiradi va bir martalik xujjatlarni qisqartiradi.
Agar ishlab chiqarish zaxiralari ombordan muntazam berilmasa yuk xati-talabnomalarga asosan beriladi. Bunda yuk xati talabnoma ikki nushada yoziladi va bir nushasi omborchida ikkinchisi esa materialni olgan shaxsga beriladi.
Boshqa korxonalarga materiallarni berish uchun (shartnoma yoki naryadlar asosida) ikki nushada "CHetga materiallarni berish”yuk xati talabnomasi yoziladi. Birinchi nushasi omborchida koldiriladi va u materiallarni hisobdan uchirish, shuningdek, hisob-to‘lov operatsiyalari uchun asos bo‘ladi, ikkinchi nushasi esa materiallarni qabul qilgan shaxsga beriladi.
Materiallar boshqa korxonalarga avtotransport orqali jo‘natilsa yuk xati o‘rniga tovar-transport yuk xati yoziladi.
Korxonalarda materiallar sarfini dastlabki xujjatlarda aks ettirmasdan ombor hisob kartochkasida yuritish ham mumkin. Bunda ishlab chiqarish bo‘limlarining materiallarni olish huquqiga ega bo‘lgan vakillari bevosita ombor hisob kartochkasiga imzo chekadilar.
Ishlab chiqarish hajmi katta bo‘lmagan va materiallarning harakati bilan bog‘liq bo‘lgan xo‘jalik jarayonlari unga ko‘p bo‘lmagan korxonalarda materiallarning sarfi maxsus dastlabki xujjatlarni rasmiylashtirmasdan amalga oshiriladi. Bunday korxonalarda haqiqatda sarflangan materiallar mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotish to‘gri sidagi hisobot yoki dalolatnomalarda aks ettiriladi. Dalolatnoma yoki hisobotlar har un kunda mas’ul shaxs tomonidan tuziladi va korxona raxbari tasdiqlagandan so‘ng ular moddiy javobgar shaxslardan tegishli materiallarni hisobdan uchirish uchun asos bo‘ladi.
Korxonada beligilangan kunlarda materiallarning kirimi va chiqimi to‘gri sidagi barcha xujjatlarni qabul qilish -topshirish reestrining birinchi nushasi bilan birga buxgalteriyaga topshiriladi, reestrning ikkinchi nushasiga buxgalter dastlabki xujjatlarni qabul qilganligi to‘grisida imzo chekib moddiy javobgar shaxsga qaytarib beriladi.
Xulosa
Materiallar- bu korxona faoliyati uchun zarur bo‘lgan va mahsulot asosini tashkil qiladigan xo‘jalik mablag‘laridir. Ularning asosiy xususiyatlari - xo‘jalik operatsiyalari ta’sirida o‘zining tashki ko‘rinishini o‘zgartirib, qiymatini ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga o‘tqazishidir.
Ularni ishlab chiqarishga sarflashda baholashning FIFO, LIFO va o‘rtacha qiymat usullari mavjud.
Ishlab chiqarish zaxiralarini hisobga olish uchun buxgalteriya hisobining schyotlar rejasida quyidagi schyotlar tayinlangan:
1000 "Materiallar", 1100 "Bokuvdagi xayvonlar"(qishloq xo‘jaligi korxonalarida); 15 "Materiallarni tayyorlash va sotib olish"; 16 "Materiallarning qiymatidan chetlanishi".
Shuningdek balansdan tashqari schyotlar 002 "Javobgarlik uchun qabul qilingan tovar-moddiy qiymatliklari", va 003 "qayta ishlash uchun qabul qilingan materiallar".
1000"Materiallar”schyotiga quyidagi subschyotlar ochilishi mumkin:
1010 "Xom-ashyo va materiallar";
1020 "Sotib olingan yarim fabrikatlar, komplektlovchi materiallar, konsturksiya va detallar";
1030 "Yoqilg‘i";
1060 "Tara va tara materiallari";
1040 "Ehtiyot qismlar";
1090 "Boshqa materiallar";
1070 "Chetga qayta ishlash uchun berilgan materiallar";
1080 "inventar va xo‘jalik ashyolari".
Yuqoridagi materiallarning har biri o‘z guruhi ichida turlari, o‘lchamlari, sortlari, markalari va boshqa ko‘rsatkichlari bo‘yicha guruhlarga ajratiladi. Materiallarning har biriga nomenklatura nomerlari beriladi va ularni maxsus reestrlarga yozib qo‘yiladi. Ushbu reestrlar nomenklatura baholari deyiladi va unda har bir materiallarning qat’iy hisob bahosi ko‘rsatiladi.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling