O‘quv qo‘llanma toshkent 2020


Mehnat va ish haqi hisobini rasmiylashtirish hujjatlari


Download 0.69 Mb.
bet46/93
Sana14.10.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1702357
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   93
Bog'liq
O‘quv qo‘llanma toshkent 2020-fayllar.org

8.3. Mehnat va ish haqi hisobini rasmiylashtirish hujjatlari
Bir oylik mehnat haqining umumiy summasini aniqlash uchun birlamchi hujjatlarni guruhlash va har xil ajratmalarni amalga oshirish lozim. To‘lovga doir mehnat haqini o‘zida aks ettiruvchi hujjatlar nomi to‘lov va hisob qaydnomalari deb yuritiladi. Bu qaydnomalarda to‘lovga mehnat haqi korxonaning bo‘limlari, ishchilarning kategoriyalari, to‘lov turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bo‘ladi va u har xil hujjatlarni va hisoblarni tuzishda, shuningdek mehnat haqi fondini ishlatilishi ustidan nazoratini olib borishda ayniqsa qo‘l keladi. Shunday qilib to‘lov va hisob qaydnomalari ikki xil funksiyalarni bajaradi, birinchisida ular bo‘yicha ishchi va xodimlar bilan hisob kitob qilishda foydalaniladi, ikkinchi funksiyada esa, ular xodimlar bilan mehnat haqi yuzasidan hisob - kitob aniqlik hisobini yuritish shakli hisoblanadi va ular ko‘rsatkichlari asosida ma’lumotnomalar va mehnat bo‘yicha hisobot tuziladi. Yuqorida takidlab o‘tilganidek, buxgalteriya hisobini schyotlar rejasida mehnat haqining hisobga olishda “Xodimlar bilan mehnat haqi yuzasidan hisoblashishlar” schyoti belgilangandir.
Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob – kitoblar bo‘yicha analitik hisob har bir ishchi va xizmatchilarga ochilgan mahsus varaqlarda yuritiladi. Bu mahsus varaqlarda ishchining familiyasi, ismi, lavozimi, bajaradigan ishi, oy davomida qilgan mehnatiga yarasha hisoblangan mehnat haqi yozib boriladi. Deponent qilingan mehnat haqi bo‘yicha analitik hisob alohida deponent varaqlarida yuritiladi. Buxgalteriyada “Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisoblashishlar” hisob varag‘i bo‘yicha qaydnoma tuziladi. Qaydnomaga yozuvlar mehnat haqi hisoblash va xodimlarga mehnat haqining berilishini tasdiqlovchi hisob registrlariga asosan yoziladi. Har bir oyning oxiriga esa, qoldiq aniqlanadi va qilingan jarayonlarning umumiy summasi buxgalteriya daftariga yoziladi mehnat haqi mukofot va boshqa to‘lovlar kassadan hisoblab to‘lov qaydnomalaridan ko‘chirma asosida amalga oshiriladi.
Amaldagi qonunchilikka asosan mehnat haqi bir oyda ikki marta beriladi va unga (miqdori), muddatlari jamoa shartnomalarida bank bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Boshqa alohida kategoriyadagi xodimlarga to‘lovning boshqa (alohida) muddatlari ham o‘rnatilishi mumkin. Har yarim oy mehnat haqi to‘lovida bunakli va bunaksiz mehnat haqi o‘rnatilishi mumkin. Bunakli tartibda oyning birinchi yarmida bunak beriladi, oxirgi hisob - kitob esa oyning ikkinchi yarmida amalga oshiriladi. Bunakning miqdori jamoa shartnomasida kelishiladi, ammo u ishchining ta’rif stavkasi bo‘yicha ishlangan vaqt uchun beriladigan mehnat haqi summasidan kam bo‘lmasligi kerak. Bunak summasi uchun ishlangan ish vaqtini aniqlashda asos bo‘lib, tabel va tabel hisobi yuritiladi.
Mehnat haqini bunaksiz hisoblashda mehnat haqi bir oy haqiqiy ishlangan vaqt uchun balki bajarilgan ishlar aks ettirilgan hujjatlar asosida hisoblanadi. Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha quyidagi dastlabki hujjatlar to‘lgaziladi:

  1. T -1 shakli – “Ishga qabul qilinish to‘g‘risida buyruq” unda xodimning kasbi, mansabi va mehnat haqi ko‘rsatilib, kadrlar bo‘limida bir nushada to‘lgaziladi va mehnat daftarchasiga qayd qilinadi.


  2. T -2 shakli – “Xodimning shaxsiy varag‘i” kadrlar bo‘limi tomonidan har bir xodimga alohida to‘lgaziladi va xodim tomonidan imzo bilan tasdiqlanib, keying o‘zgartirishlar kiritib boriladi.


  3. T –3 shakli – “Boshqa ishga o‘tqazilganligi to‘g‘risida buyruq” Xodimlar korxona ichida boshqa ishga o‘tqazilganda ikki nusxada to‘lgazilib, bir nusxasi kadrlar bo‘limida, ikkinchi nushasi buxgalteriyada saqlanadi.


  4. T -6 shakli – “Ta’til berish to‘g‘risida qayd” . U har yilda va boshqa sabablar bilan ta’tilga chiqarilishda qo‘llaniladi va buxgalteriyaga ta’til haqini hisoblashda asos bo‘ladi. Agar xodim haq to‘lanmaydigan ta’tilga chiqarilsa, buxgalteriya tomonidan xodimga haq hisoblanmaydi.


  5. T -8 shakli - “Mehnat shartnomasi tugatilganligi to‘g‘risida buyruq” . U xodimlar ishdan bo‘shatilganda bir nusxada yoziladi. U kadrlar bo‘limi tomonidan mehnat daftarchasiga ko‘chiriladi va buxgalteriya ish asosida hisob – kitob qiladi.


  6. T –8 shakli - “Ish vaqtidan foydalanishni hisobga olishni va mehnat haqini hisoblash tabeli” xodimlarning ishga kelishini belgilaydi va Shunga asosan mehnat haqi hisoblanadi.


  7. T - 13 shakli – “Ish vaqtini hisoblash tabeli” da xodimlarning ishga kelishi belgilanib boriladi. Tabellarda ishga kelish kunlari, soatlari, kelmaganlik sabalari: ta’tilda, kasal, dam olish kunlari, bayram degan va boshqa belgilar qo‘yilib, ma’sul shaxslar tomonidan imzo chekiladi va har oyda buxgalteriyaga beriladi. Unga asosan mehnat haqi T -49 “Hisoblash - to‘lov qaydnomasi” da hisoblanadi. T – 49, T - 49a, T – 51, T - 53 va T - 53a qaydnomalari xodimlar bilan mehnat haqi bo‘yicha hisoblashish va uni to‘lash muomilalarini qayd qiluvchi jamgarma ma’lumotlarini ifodolovchi hujjatlardir. Korxona va firmalarda hisobot yildagi va haqiqiy mehnat haqi fondini hisoblash va rejadagi mehnat haqi fondidan foydalanishni nazorat qilish uchun 5 – “Turlari va ishchilarning toifalari bo‘yicha hisoblangan mehnat haqi bo‘yicha ma’lumot va ishchi xizmatchilar bilan hisoblashish bo‘yicha ma’lumot” har oyda to‘zilib boriladi.


Jadvalning birinchi qismida mehnat haqi fondiga kiritiladigan va kiritilmaydigan summalarning hisoblanishi, jadvalning ichida esa mehnat haqining turlari: ishbay, vaqtbay, mehnat ta’tili va shunga o‘xshashlar aks ettiriladi. Ikkinchi qismida esa xodimlar bilan hisoblashish holatining ma’lumotlari – korxonaning oy boshidagi qoldig‘i, oy davomida hisoblangan, to‘langan, ushlangan, chegirilgan summalar va oy oxiridagi qoldiq keltiriladi. Jadvalning bu qismidagi ma’lumotlar yordamida mehnat haqini hisoblash va to‘lash holati taxlil qilinadi. Ya’ni “Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisoblashishlar” hisobvarag‘ining ma’lumoti hamda har – xil ushlanmalar to‘g‘risida ma’lumotlar yig‘iladi. Ushbu ma’lumotlar 8 – jurnal order va 7 – qaydnomaga qilinadi hamda qoldiq summa (ishchi va xodimlarga bo‘lgan qarz) bosh daftar bilan taqqoslanadi. Ishchi va xizmatchilarning o‘z vaqtida olmagan summalari 3 yil davomida saqlanadi va “Turli debitor va kreditorlar bilan hisob – kitoblar” schyotining “Deponentga o‘tkazilgan mehnat haqi” ilova hisob varag‘ida hisobga olib boriladi.


Mehnat haqi yozish uchun quyidagi birlamchi hujjatlar asos bo‘ladi:

  • Mazkur shaxs korxona shtatiga ishga qabul qilinganligi haqidagi buyruq, unda xodimga tayinlangan maoshi va mayyan kasbkori bo‘yicha darajasi ko‘rsatiladi.


  • Ish vaqtidan foydalanishni hisobga olish tabelida vaqtbay mehnat haqini hamda vaqt asos qilib olingan boshqa hamma xil to‘lovlarni hisoblash uchun (bekor turib qolish, tungi vaqtda hamda ish vaqtidan tashqari ishlaganligi uchun qo‘shimcha haq, vaqtincha ishga yaroqsiz va boshqalar).


  • Mehnat haqi jamg‘aruv varaqalari – ishbay ishlovchi xodimlar uchun.


  • Qo‘shimcha mehnat haqi va vaqtincha ishga yaroqsizligi uchun nafaqalarning barcha turlari bo‘yicha tabel va kasallik varaqalari.


  • O‘tgan oy uchun hisob – kitob qaydnomalarida ushlangan soliqlar summasini hisoblash uchun.


  • Sudlov organlarining ijro varaqalari bo‘yicha ushlab qolish haqidagi qarorlari.


  • Oyning birinchi yarmi uchun ilgari berilgan bunakning to‘lov qaydnomalari.


  • Rejadan tashqari bunak berilganligi haqidagi kassa to‘lov orderlari.


  • Ish, bekor turib qolish, qo‘shimcha haqlar davlat yoki jamoat vazifalarini bajarish, kasallik qayd etib boriladigan birlamchi hujjatlar.


  • Mehnatda ishtirok koeffitsenti (MIQ) xususida brigadasining qarori.


Ishchi va xizmatchilar mehnat haqi tuzilgan tabellariga asosan (t) aniqlanadi. Tabelda ishchilarning oy davomida ishlagan kunlari chislolar bo‘yicha ko‘rsatiladi. Ishchi va xizmatchilar kasalliklar sababli ishga kelmay qolsa, tabelda kasalligi to‘g‘risida belgi (Q) qo‘yiladi. Magazin dam olish kuni ishlamasi, tabelda dam olish belgisi (d.o) qo‘yiladi. Tabel tuzish turli magazinlarda turlicha bo‘lishi mumkin. Bu narsa magazindagi xodimlar soniga bog‘liq bo‘ladi. Agar magazinda ishlaydigan xodimlar soni ko‘p bo‘lsa, ularning ishga kirishi mahsus xronometrlarda hisobga olinadi. Xronometrga ishchi va xizmatchilar o‘zlariga varaqani qo‘yib, ishga kelgan va ketgan vaqtlarini belgilaydi. Tuzilgan tabel magazin buxgalteriyasiga topshiriladi va unga asosan mehnat haqi hisoblanadi. Mehnat haqi hisoblashda magazin tovar oboroti necha % bajarilgani, mukofotlar tartibi albatta hisobga olinadi. Ishchilarga ajratilgan ish haqi alohida mehnat haqi hisoblash qaydnomalarida ko‘rsatiladi. Qaydnoma mehnat haqi berish kunlariga ko‘ra bir oyda ikki marta tuziladi. Birinchi qaydnomada mehnat haqi yuzasidan bunak berish, ikkinchisida esa oylik mehnat haqining to‘liq hisobi keltiriladi. Bu qaydnomada ishchilarga hisoblangan mehnat haqi summa va ushlab qolinadigan soliqlar summasi, kreditga olingan tovarlarning oylik to‘lovlari va boshqa summalar ko‘rsatiladi. Tuzilgan qaydnoma magazin bosh buxgalter va direktori tomonidan imzolanadi. Tuzilgan qaydnomaga asosan ishchi va xizmatchilarga mehnat haqi beriladi. Ba’zi magazinlarda ishchi va xizmatchilarga mehnat haqi berish uchun mehnat haqi hisobi qaydnomasiga asosan to‘lov qaydnomalari tuziladi. To‘lov qaydnomalarida ishchining familiyasi, vazifasi, unga berilishi kerak bo‘lgan ish haqlari summasi, uni olganligi to‘g‘risidagi imzosi ko‘rsatiladi. Agar biror sababga ko‘ra mehnat haqi olinmasa, summa to‘g‘risiga “Deponent” belgisi qo‘yilib, keyin qaydnoma topshiriladi.


Deponentlashtirilgan mehnat haqi summalarini korxona kassasidan berilishi har bir deponent summasi bo‘yicha alohida –alohida amalga oshiriladi. Buning uchun har bir deponentlashtirilgan summa egasi nomiga kartochka ochilib, unda quyidagi ma’lumotlar yoziladi. Xodimning ismi-sharifi, lavozimi, ishlaydigan bo‘limi, deponent summasi, muddati. Deponent summasini berish uchun buxgalteriya xodimi tomonidan kassa chiqim orderi tuzilib, unda ham xodimning ismi-sharifi, lavozimi, deponent summasi (raqam va so‘zda), order tuzilgan muddat, uni rasmiylashtirgan xodim ismi-sharifi va imzosi, bosh buxgalter va korxona rahbari (o‘rinbosari)ning imzosi va muhr qo‘yiladi va uning asosida kassadan deponentlashtirilgan summa beriladi. Mehnat haqi va unga haq to‘lash hisobini analitik hisobini yuritish natijasida xodimlar va ishchilar bilan mehnat haqi yuzasidan hisoblashishlarni detallashtirilgan ma’lumotlari olinadi va bu boradagi tezkor nazoratni olib borish ta’minlanadi.


Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling