O‘quv qo‘llanma toshkent 2020


Mehnat haqi yuzasidan hisoblashishlarni sintetik hisobi


Download 0.69 Mb.
bet47/93
Sana14.10.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1702357
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   93
Bog'liq
O‘quv qo‘llanma toshkent 2020-fayllar.org

8.4. Mehnat haqi yuzasidan hisoblashishlarni sintetik hisobi
Yangi schyotlar rejasiga asosan, ishchi va xizmatchilar bilan hisob - kitobning sintetik hisobi 6710 - “Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob - kitoblar” nomli sintetik schyotlarda yuritiladi, bu schyot korxona ro‘yhatidagi va ro‘yhatda turmaydigan xodimlar bilan mehnat haqi to‘lash (barcha turdagi mehnat haqi, mukofotlar, ishlaydigan nafaqaxo‘rlarga beriladigan nafaqalar, hamda boshqa to‘lovlar) bo‘yicha, shuningdek, mazkur korxonaning aksiya va boshqa qimmatli qo‘gozlari yuzasidan daromadlarni to‘lash bo‘yicha hisoblashlar bo‘yicha axborotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangandir. Unda quyidagi schyotlar mavjud:
6710 “Xodimlar bilan mehnat haqi yuzasidan hisoblashishlar”.
6720 “Deponentlashtirilgan mehnat haqi”.
Ushbu schyotlarning kredit bo‘yicha quyidagi summalari aks ettiriladi: xodimlarga to‘lanadigan mehnat haqi summasi, bu summa ishlab chiqarish harajatlari va boshqa manbalar hisoblarga doir schyotlar bilan korrespondensiyalanadi.
Ishchi va xodimlarga mehnat haqi hisoblanganda tegishli harajat manbalarini o‘zida aks ettiruvchi schyotlar debetlanib, 6710 “Xodimlar bilan mehnat haqi yuzasidan hisoblashishlar” schyoti esa, kreditlanadi.
Agar asosiy ishlab chiqarishda band bo‘lgan xodimlarga mehnat haqi hisoblansa, quyidagi buxgalteriya provodkasi orqali hisobga olinadi:
Debet 2010 “Asosiy ishlab chiqarish harajatlari”
Kredit 6710 “Mehnat haqi yuzasidan hisoblashishlar”
Ishchi yordamchi ishlab chiqarishda band bo‘lsa va unga mehnat haqi hisoblansa,
Debet 2310 “Yordam ishlab chiqarish harajatlari”
Kredit 6710 “Xodimlar bilan mehnat haqi yuzasidan hisoblashishlar”
Sex masterlari va asbob-uskunalarga xizmat qiluvchi xodimlarga maxnat haqinining hisoblanishi esa, quyidagicha hisobga olinadi:
Debet 2510 “Umumishlab chiqarish harajatlari”
Kredit 6710 “Xodimlar bilan mehnat haqi yuzasidan hisoblashishlar”
Xo‘jalik yurituvchi subyektning boshqaruv apparatida band bo‘lgan xodimlarga mehnat haqining hisoblanishi buxgalteriya hisobida davr harajatlarining oshishi va mehnat haqi yuzasidan majburiyatlarning oshishishi sifatida aks ettiriladi.
Dt 9421 “Mehnatga haq to‘lash sarflari”
Kt 6710 “Xodimlar bilan mehnat haqi yuzasidan hisoblashishlar”
Xodimlarning mehnat ta’tiliga to‘lanadigan haq rezerv mablag‘i hisobidan va uzoq muddat xizmat qilinganligi uchun yiliga bir marta beriladigan mukofot puli rezerv hisobidan to‘lanadigan mehnat haqi summasi “Kelgusi davr to‘lovlari va harajatlari yuzasidan zaxira” nomli schyot bilan korrespondensiyalanadi va bunday provodka beriladi ya’ni “Kelgusi davr to‘lovlari va harajatlari yuzasidan zaxira” schyotning debetida va “Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob - kitoblar” nomli schyotning kreditida aks ettiriladi,ya’ni
Dt 8910 “Kelgusi davr harajatlari va to‘lovlari yuzasidan zaxira”
Kt 6710 “Xodimlar bilan mehnat haqi yuzasidan hisoblashishlar”
Asbob-uskuna xarid qilish va saqlash bilan bog‘liq jarayonlari bo‘yicha mehnatga haq to‘lash hisoblansa, “O‘rnatiladigan uskunalar” schyoti debetlanadi va “Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob - kitoblar” schyoti kreditlanadi, ya’ni
Dt 0710 “Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan o‘rnatiladigan uskunalar”
Kt 6710 “Xodimlar bilan mehnat haqi yuzasidan hisoblashishlar”
Kapital qo‘yilmalar sohasida, Shu jumladan montajda ish talab qilmaydigan uskunaning harid qilinishi bilan band bo‘lgan xodimlarga quyidagi provodka beriladi; bunda “Kapital qo‘yilmalar” schyoti debetlanadi va “Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob - kitoblar” schyoti kreditlanadi, ya’ni
Dt 0820 “Kapital qo‘yilmalar”
Kt 6710 “Xodimlar bilan mehnat haqi yuzasidan hisoblashishlar”
Materiallar, boquvdagi va burdoqidagi hayvonlar tayyorlanishi va harid bilan bog‘liq jarayonlarda 1010 - “Materiallar”, 1110- “Boquvdagi hayvonlar” schyotlari debetlanadi va “Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob – kitoblar” schyoti kreditlanadi.
Oldingi jarayonlar 1510 schyot ishlatilganda “Materiallarning tayyorlanishi va harid qilinishi” schyoti debetlanadi va 6710 - “Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob - kitoblar” schyoti kreditlanadi.
Savdoda ishchilarga mehnat haqi hisoblanganda 9414 - “Mehnatga haq to‘lash sarflari” schyoti debetlanadi va 6710 - “Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisoblashishlar” schyoti kreditlanadi.
Ortiqcha mehnat haqi kassaga qaytarilganda 5010 - “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari” schyoti debetlanadi va 6710 - “Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob -kitoblar” schyoti debetlanadi.
Kelgusi davr harajatlari bilan bog‘liq jarayonlar bajarilgandagi xodimga 3120- “Oldindan to‘langan xizmat haqi” schyot debetlanadi va 6710 - “Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob - kitoblar” schyot kreditlanadi.
Tabiiy ofatlarning oldini olish yoki ularni oqibatini tugatish bilan bog‘liq bo‘lgan xodimlarga 9720 - “Favqulodda zararlar ” schyoti debetlanadi va 6710 - “Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob - kitoblar” schyoti kreditlanadi.
Aksiyador xodimlarning daromadlari (devidentlari) xodimlarga mukofot aks ettirilganda 8710 - “Taksimlanmagan foyda” schyoti debetlanib, 6710 - “Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob - kitoblar” kreditlanadi. Mehnatga haq to‘lash asosiy vositalarning chiqib ketishi operatsiyalari bo‘yicha hisoblanganda 9431 - “Asosiy vositalarni sotish va boshqa xolatlarda chiqib ketishi bo‘yicha zararlar” schyoti debetlandi.
“Xodimlar bilan mehnat haqi to‘lash bo‘yicha hisoblashishlar” schyot debetlanganda mehnat haqi, mukofotlar, nafaqalar, korxonadan ishtirok etishdan daromad va hisob - kitoblar uchun to‘langan summalar aks ettiriladi, shuningdek, belgilangan salmoqlar, ijro ettuvchi hujjatlar bo‘yicha to‘lovlar summa va boshqa xil ushlab qolishlar summasi ham aks ettiriladi. Hisoblangan mehnat haqi belgilangan miqdorda (oluvchilar kelmaganligi sababli) to‘lanmagan summalar “Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisoblashishlar” schyoti debetida “Deponentlashtirilgan mehnat haqi” setida aks ettiriladi, ya’ni
Debet 6710 “Xodimlar bilan mehnat haqi bo‘yicha hisoblashishlar”
Kredit 6720 “Deponentlashtirilgan mehnat haqi”
Aksionerlarni daromadlari (devidentlar) “Taksimlanmagan foyda” hamda “Davr harajatlari” schyotlari debetida va “Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob - kitoblar” schyotning kreditida aks ettiriladi.
Devident mehnat haqi kassadan to‘langanda “Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob -kitoblar” schyoti debetlanadi va “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari” schyoti kreditlanadi, ya’ni
Dt 6710 “Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisoblashishlar”
Kt 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari”
Hisoblangan mehnat haqi summalaridan daromad solig‘i, ijtimoiy sug‘urta tashkilotlari bo‘lmish nafaqa fondiga 2,5%, kasaba uyushmasiga 1% ushlab qolinadi. Hisoblangan mehnat haqidan ushlanadigan summalar “Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisoblashishlar” schyoti debetida va mos ravishda “Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha ”, “Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar” schyotlari kreditida aks ettiriladi, ya’ni
Dt 6710 “Xodimlar bilan mehnat haqi yuzasidan hisoblashishlar”
Kt 6410 “Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha gazlar”
Kt 6520 “Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar”
Kreditga sotib olingan tovarlari uchun summa ushlanganda “Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob – kitoblar” schyoti debetlanadi va “Nasiyaga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning qarzlari” schyoti kreditlanadi, ya’ni
Dt 6710 “Xodimlar bilan mehnat haqi yuzasidan hisoblashishlar”
Kt 4710 “Nasyaga sotilgan tovarlar bo‘yicha xodimlarning qarzlari”
Joriy oyga yozgan oylik oborotlar bilan yoziladi, “Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob – kitoblar” schyotining kredit oboroti barcha hisoblashuvlarda va to‘lov qaydnomalarining ko‘rsatkichlari umumlashtirilgan xodimlar bilan hisob - kitoblar bo‘yicha yig‘ma qaydnomadan o‘tqaziladi. Yig‘ma qaydnoma mehnat haqining sintetik hisobida asosiy hujjatlardan hisoblanadi, u bo‘limlar bo‘yicha tuziladi, bu esa har bir bo‘limdagi mehnat haqi yuzasidan hisoblashning to‘g‘ri yuritishni nazorat qilishda juda qo‘l keladi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, “Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha xodimlar bilan hisob - kitob” schyoti bu munosabat yuzasidan sintetik hisob yuritishga mo‘ljallangan. Bu schyot korxonaning xodimlar ro‘yhati tarkibiga kiradigan va kirmaydigan xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha (mehnat haqining hamma turlari, mukofotlar va boshqa to‘lovlar), Shuningdek, mazkur korxonaning aksiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha daromadlarning to‘lanishiga doir hisob – kitoblar haqidagi axborotni umumlashtirishga mo‘ljallangan.
Ortiqcha to‘langan summalar kassaga qaytrilganda 5010 – “Kassa” schyoti debetlanib, 6710 -“Xodimlar mehnat haqi yuzasidan hisoblashishlar” schyoti esa, kreditlanadi.
Ijtimoiy sug‘urtmaga ajratmalar hisobidan nafaqalar va Shu kabi summalar hisoblanganda 6520 - “Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar” schyoti debetlanadi. Yaroqsiz mahsulotlarni tuzatish bilan bog‘liq mehnatga to‘lanadigan haq hisoblanganda 2610 – “Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar” schyoti debetlanadi.
Aksiyalarga obuna bo‘yicha majburiyatlarning uzilishi 4710 – “Muassislarining ustav kapitaliga badallari bo‘yicha qarzlari” schyoti kreditida aks ettiriladi. Hisobdor shaxslarning mehnatiga to‘lanadigan haqlardan qaytarilmagan bunaklar summalari ushlab qolinganda 4420 – “Xizmat safari uchun berilgan bunaklar” schyoti kreditlanadi.
Xodimlarga yordam ssexlar ko‘rsatgan xizmatlar qiymati ushlanganda 2310 - “Yordam ishlab chiqarish” schyoti kreditlanadi.
Xulosa
Korxonada xodimlar ikki guruhga ajratiladi:
1. Asosiy faoliyatda band bo‘lgan xodimlar (sanoat ishlab chiqarish xodimlari);
2. Asosiy bo‘lmagan faoliyatda band bo‘lgan xodimlar.
Mehnat haqi o‘z tarkibiga ko‘raikkiga bo‘linadi:
a) asosiy;
b) qo‘shimcha mehnat haqi.
Mehnatga haq to‘lashning quyidagi shakllari mavjud: ishbay, vaqtbay.
Yangi schyotlar rejasiga asosan, ishchi va xizmatchilar bilan hisob - kitobning sintetik hisobi 6710 - “Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisob - kitoblar” nomli sintetik schyotlarda yuritiladi, bu schyot korxona ro‘yhatidagi va ro‘yhatda turmaydigan xodimlar bilan mehnat haqi to‘lash (barcha turdagi mehnat haqi, mukofotlar, ishlaydigan nafaqaxo‘rlarga beriladigan nafaqalar, hamda boshqa to‘lovlar) bo‘yicha, Shuningdek, mazkurkorxonaning aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlari yuzasidan daromadlarni to‘lash bo‘yicha hisoblashlar bo‘yicha axborotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangandir. Unda quyidagi schyotlar mavjud:
6710 “Xodimlar bilan mehnat haqi yuzasidan hisoblashishlar”.
6720 “Deponentlashtirilgan mehnat haqi”.


Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling