O‘quv qo‘llanma toshkent 2020


-Sotilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko


Download 0.69 Mb.
bet55/93
Sana14.10.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1702357
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   93
Bog'liq
O‘quv qo‘llanma toshkent 2020-fayllar.org

9100-Sotilgan mahsulotlar, bajarilgan ishlar va korsatilgan xizmatlarning tannarxini hisobga oluvchi schyotlarning chizmasi.
9110-"Sotilgan mahsulotlarning tannarxi"
9120-"Sotilgan tovarlarning tannarxi"
9130-"Bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning tannarxi"
9140-"Tovar-moddiy zaxiralarni sotib olish”(davriy usulda)
9150-"Tovar-moddiy zaxiralarning bahosini muqobillashtirish”(davriy hisob usulida)

Schyotlarning kreditidan


Debet

Schyotlarning debetiga


Kredit


1000-

Inventarizatsiya yakuni natijasida TMZ ko‘payishi

Materiallarning qamayishi


-1000



2010-

Inventarizatsiya natijasida tugallanmagan ishlab chiqarishning o‘sishi

O‘stirishdagi va boquvdagi xayvonlarning qamayishi


-1100



2010-

Ishlarning tugatilgan bosqichlari bo‘yicha hisobdan chiqarilishi

Tugallanmagan ishlab chiqarish summasining qamayishi


-2010



2310-

Yordam ishlab chiqarish xizmatlarining sotilishi

Tayyor mahsulotlarning kamayishi


-2010



2810-

Tayyor mahsulotlarning xaridor va buyurtmachilarga jo‘natish natijasida tannarxini hisobdan chiqarish

Tovarlarning kamayishi


-2910



2810-

Tayyor mahsulotlarning uzoq muddatli investitsiya uchun berilishi

TMZ sotib olish schyotining yopilishi


-9900



2810-

Boshqa bo‘linma va subyektlarga tekinga berilishi

TMZ bahosini muqobillashtirish schyotining yopilishi


-9900



2810-

Tayyor mahsulotlarni qisqa muddatli investitsiya uchun berish







2810-

Tayyor mahsulotlarning o‘sishi







2910-

Tovarlarning sotilishi natijasida tannarxini aks ettirish







2910-

Tovarlarni uzoq muddatli investitsiya hisobiga berish





2910-

Tovarlarni qisqa muddatli investitsiya hisobiga berish





2910-

Tovarlarni ichki bo‘linma va subyektlarga tekinga berish





2910-

Tovarlarning o‘sishi





5000, 6010-


TMZ olish







Subyektlarda mahsulot va tovarlarni sotish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatishga doir axborotlarni umumlashtirish, Shuningdek sotuv natijalarini aniqlash uchun schyotlar rejasida 9910-"Yakuniy moliyaviy natijalar” jamlama schyoti ko‘zda tutilgan.
9910-"Yakuniy moliyaviy natijalar”schyotining debetida sotilgan yoki jo‘natilgan mahsulot (ish, xizmat)larning haqiqiy ishlab chiqarish tannarxi, mahsulotni sotish harajatlari, mahsulot narxiga ustama ravishda to‘lanadigan idish bahosi, qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi, aksiz va bojxona soliqlari summasi aks ettiriladi. Ushbu summalar asosan 9110-"Sotilgan mahsulotlarning tannarxi", 9410 va boshqa schyotlarning kreditidan olinadi.
9910-"Yakuniy moliyaviy natijalar”schyotining kreditida sotilgan yoki jo‘natilgan mahsulot (bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat) uchun to‘lov hujjatlari bo‘yicha ko‘rsatilgan summalar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haridorlardan olinadigan summalar (4010) va bank schyotlariga o‘tqazilgan summalar qayd qilinadi. Ushbu summalar tegishli 9010-"Mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan olingan daromadlar”va 9030-"Bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar”schyotlarining debetidan olinadi.
Mahsulot jo‘natilganidan yoki sotilganidan so‘ng va to‘lov hujjatlari ko‘rsatilganidan keyin subyektning buxgalteriyasida quyidagi yozuvlar qayd etiladi:
  • sotuv narxlarining qiymati miqdoriga:


4010-"Haridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” schyotining debeti;


9010-"Mahsulotlarning sotilishidan olingan daromadlar”schyotining krediti;

  • bir vaqtning o‘zida:


9110-"Sotilgan mahsulotlarning tannarxi”schyotining debeti va


2810-"Tayyor mahsulot”schyotining krediti haqiqiy ishlab chiqarish tannarxi miqdoriga.
Mahsulotlarni jo‘natish va sotish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish)ning hisobi 11-jurnal-orderda yuritiladi. Mazkur jurnal-order 2800-"Tayyor mahsulotlar", 2910-"Tovarlar", 9110-"Sotilgan mahsulotlarning tannarxi", 9130-"Bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning tannarxi", 4010-"Haridorlar va buyurtmachilardan olinadigan to‘lovlar”schyotlarining kreditiga oid muomalalar hamda 9010, 9030 va 9110 schyotlarining analitik ma’lumotlarini aks ettirishga mo‘ljallangandir.
11-jurnal-order va 15,16-qaydnomalar analitik ma’lumotlar asosida yuritiladi. 9110, 9130 va 9010, 9030 schyotlarining analitik ma’lumotlari haqiqiy tannarx, hisob narxlari, taqdim etilgan to‘lovnoma yoki uning narxini ko‘rsatib o‘rnini bosuvchi hujjatga doir summa, shuningdek hisobot oyi muomalalari hamda yil boshidan beri amalga oshirilgan hajmi bo‘yicha soliq summalari ham 11-jurnal-orderda keltiriladi.
9010, 9030 va 9110, 9130 schyotlarining analitik hisobi sotilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning har bir turi bo‘yicha ayrim olgan holda yuritiladi.
Sotilgan mahsulotning haqiqiy tannarxini hisoblash uchun dastlab 11-jurnal-orderda yil boshidan beri jo‘natilgan mahsulotlarning haqiqiy tannarxi muomalasi uning taqdim etilgan to‘lovnomalar (yoki ularning o‘rnini bosuvchi hujjatlar) bo‘yicha qiymatiga foiz nisbati belgilanadi. Olingan foiz bilan oy yakuni holatiga ko‘ra xali to‘lanmagan, lekin jo‘natilgan mahsulotning haqiqiy tannarxi aniqlanadi. Buning uchun oy yakuni xolatiga ko‘ra xali to‘lanmagan barcha to‘lovnomalarning sotuv qiymati ushbu foiz nisbatiga kopaytiriladi. Sotilgan mahsulot (bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat) va haridorlarga jo‘natish harajatlarining haqiqiy tannarxga ularni hisobot oyida jo‘natish qiymati (qaytarilgan mahsulot summasi bunga kirmaydi) qo‘shiladi va undan oy oxiridagi qoldig‘i ayirib tashlanadi.
11-jurnal-orderda shuningdek, yaroqsizligi uchun haridorlar tomonidan qaytarilgan mahsulotlarga doir muomalalar ham aks ettiriladi. Agar mahsulot uning qiymati to‘langunga qadar qaytarilsa, hisobda quyidagi yozuvlar qayd etiladi:
  • sotuv narxi qiymati miqdoriga:


9040-"Sotilgan mahsulotlarning qaytarilishi”schyotining debeti;


4010-"Haridorlar va buyurtmachilardan olinadigan to‘lovlar”schyotining krediti;

  • mahsulot (ish, xizmat)larning haqiqiy tannarxi miqdoriga:


2810-"Tayyor mahsulot”schyotining debeti;


9110-"Sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning tannarxi”schyotining krediti;

  • foyda yoki zarar summalarining hajmi esa 9910-"Yakuniy moliyaviy natijalar”schyotida aniqlanadi:


9010-"Sotilgan mahsulot (ish, xizmatlardan olingan daromadlar”schyotining debeti;


9910-"Yakuniy moliyaviy natijalar”schyotining krediti;
9910-"Yakuniy moliyaviy natija”schyotining debeti;
9040-"Sotilgan mahsulotlarning qaytarilishi”schyotining krediti;
9110-"Sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning tannarxi”schyotining kreditidan 9910-"yakuniy moliyaviy natija”schyotining debetiga o‘tqaziladi.
  • haqiqiy tannarx miqdoriga:


2810-"Ombordagi tayyor mahsulotlar”schyotining debeti, 2010-"Asosiy ishlab chiqarish”schyoti krediti va 9110-"Sotilgan mahsulotlarning tannarxi”schyotining debetiga 2810-"Ombordagi tayyor mahsulotlar”schyotining kreditidan o‘tqaziladi.


Agar mahsulot haqi haridor tomonidan to‘langan bo‘lsa, bu holda sanab o‘tilgan buxgalteriya yozuvlaridan tashqari kelib tushgan pul mablag‘lari summasiga quyidagi buxgalteriya o‘tqazmasi amalga oshiriladi:
6310-"Haridor va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar”schyotining debeti va 4010-"haridorlar va buyurtmachilardan olinadigan to‘lovlar”schyotining krediti va qolgan summa 5010, 5110 yoki 5210 schyotlarining debetida va 4010 schyotining kreditiga qayd qilinadi.
Haridorlar tomonidan qaytarilgan yaroqsiz mahsulot quyidagicha rasmiylashtiriladi:
2610-"Ishlab chiqarishdagi brak” schyotining debeti va 6860-"Da’volar bo‘yicha to‘lanadigan to‘lovlar”schyotining krediti.
Mahsulotni haridorga o‘z hisobidan yetkazib berishga doir transport harajatlari uchun quyidagi o‘tkazma amalga oshiriladi:
9410-"Mahsulotni sotish bilan bog‘liq sarflar”schyotining debeti va 2310-"Yordam ishlab chiqarish”schyotining krediti.
Braq mahsulotining haridor tomonidan yetkazib berilishiga doir transport harajatlari quyidagicha aks ettiriladi:
2610-"Ishlab chiqarishdagi brak”schyotining debeti;
5110-"Pul mablag‘lari”schyotining krediti.
Mahsulot (ish, xizmat)larning sotilishining moliyaviy natijasi 9910-"Yakuniy moliyaviy natijalar”schyotining krediti va debeti jamlamalarini taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi. Agar 9910-schyotning kredit tomonidagi jamlamasi debet tomonidagi jamlamasiga qaraganda yuqoriroq bo‘lsa, bu holda subyekt foyda olgan hisoblanadi va oyning jamlama schyotida to‘laligicha hisoblab chiqariladi hamda bu holda ma’lumotlar 15-jurnal-orderda qayd qilinadi:
Agar 9910-schyotning kreditdagi jamlama summasi debetidagi jamlama summasidan kam bo‘lsa, u holda subyekt zarar ko‘rgan bo‘ladi hamda 11-jurnal-orderda qayd qilinadi.
Mahsulotni sotish harajatlariga quyidagilar kiradi:
  • mahsulotning jo‘natilishini tashkil etish (marketing muomalalari)ga doir harajatlar;


  • tayyor mahsulotlar omboridagi mahsulotning idishi va uni o‘rab-bog‘lash harajatlari;


  • mahsulotni yetkazib beruvchi hisobidan u jo‘natiladigan stansiya (port)ga yetkazib berish, vagonlar, kemalar, avtomobillar va boshqa transport vositalariga yuklash harajatlari;


  • mahsulotni jo‘natish va boshqa vositachilik yig‘imlari (ajratmalari)ni to‘lash harajatlari;


  • mahsulotni sotish joyidagi ular saqlanadigan binolarning qarovi va qishloq xo‘jaligi korxonalarida sotuvchilarning mehnatiga haq to‘lashga doir harajatlar;


  • reklama harajatlari;


  • boshqa, yuqorida qayd qilingan harajatlardan tashqari maqsadli harajatlar.


Mahsulotni o‘rab-bog‘lash va saqlashga oid harajatlar haridorlar tomonidan sarflansa sotuv harajatlariga kiritilmaydi.


Ombordagi tayyor mahsulotlarni haridorlarga sotish subyektning marketing bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu jarayonni amalga oshirish uchun haridorlar bilan oldindan tuzilgan shartnomalar va jo‘natish grafigiga asosan subyekt rahbarining buyrug‘i chiqariladi yoki mahalliy iste’molchilarga yuk xatiga asosan sotiladi. Subyektning moliya bo‘limi yoki buxgalteriya haridor-subyektning nomiga schyot yoki to‘lov-talabnoma hujjatini yozib, tovar sotuvchi subyektga xizmat ko‘rsatadigan bankka topshiradi.
To‘lov-talabnoma mol yetkazib beruvchining schyot-fakturaga mos ravishda ortib jo‘natilgan mahsulot qiymati uchun haridorning hisoblashish raqamidan mablag‘ni o‘tkazib berishi to‘g‘risida bankka bergan buyrug‘idir. Unda ortib jo‘natilgan mahsulot qiymati va sotish bahosi, miqdori va assortimenti qayd qilinadi.
Franko-ombor mol yetkazib beruvchining ombori.
Ushbu tartibda mahsulotni ortib-jo‘natish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha harajatlarni haridor o‘z zimmasiga oladi va to‘lov talabnomasida ko‘rsatilmaydi. Bu sarflar mahsulotlarni yuklash, bekatga olib borish, temiryo‘l ta’rifi va mahsulotni vagonga ortish harajatlarining yig‘indisidan iborat.
Mahsulot ombordan haridor-subyektning vakiliga berilgan ishonchnomasi asosida jo‘natiladi va tovar transport yukxati hujjati bilan rasmiylashtiriladi. Mahsulot jo‘natilgandan so‘ng sotilgan mahsulot qiymati 2810-"Ombordagi tayyor mahsulotlar”schyotining kreditidan 9110-"Sotilgan mahsulotlarning tannarxi”schyotining debetiga yoziladi va shu vaqtda 4010-"Haridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar"ning debeti va 9010-"Sotilgan mahsulotlardan olingan daromadlar”schyotining kreditida qayd qilinadi. Mahsulotni sotish bilan bog‘liq harajatlarga doir axborotlar 9400-"Davr harajatlari”schyotlarining 9410-"Sotish bilan bog‘liq sarflar”schyotlarida to‘planadi. Mahsulotni jo‘natish va sotishga doir barcha harajatlar ko‘rsatib o‘tilgan nomenklaturaga muvofiq ravishda 9400-"Davr harajatlari”schyotlari guruhiga kiruvchi 9410 schyotlarining debetida ko‘rsatiladi. Har bir hisobot davrining oxirida 9410-"Sotish bilan bog‘liq sarflar”schyotidagi summa 9910-"Yakuniy moliyaviy natijalar”schyotining debet tomoniga o‘tqaziladi.



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling