O‘quv qo‘llanma toshkent 2020


Yaroqsiz mahsulotlarning hisobini yuritish


Download 0.69 Mb.
bet58/93
Sana14.10.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1702357
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   93
Bog'liq
O‘quv qo‘llanma toshkent 2020-fayllar.org

10.4. Yaroqsiz mahsulotlarning hisobini yuritish
Buxgalteriya hisobining vazifalaridan biri daromad keltirmaydigan harajatlar, yaroqsiz mahsulotlar, bekor turib qolishlar, kamomad va moddiy boyliklarning buzilishidan ko‘riladigan yo‘qotishlarni o‘z vaqtida topish va aniqlashdan iboratdir. Bunday ma’lumotlar subyekt mablag‘larining samarasiz sarflanishi sabablari va aybdorlarini bilib olishga imkon beradi.
O‘z sifati jihatidan belgilangan standartlar yoki texnik shartlarga mos kelmaydigan, asosiy maqsadi bo‘yicha foydalanib bo‘lmaydigan yoki yaroqsiz mahsulotni tuzatish uchun qo‘shimcha chiqimlar qilingandan so‘ng foydalansa bo‘ladigan mahsulotlar, yarim tayyor mahsulotlar, detallar, o‘zellar va ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar hisoblanadi.
Yaroqsiz mahsulotlar ishlab chiqarish resurslarining samarasiz chiqimlarini tashkil qiladi. U yaroqli mahsulot ishlab chiqarishning hajmini kamaytiradi va uning tannarxini oshiradi.
Mahsulotni texnik qabul qilishda aniqlangan nuqsonning darajasiga qarab, yaroqsiz mahsulotlar tuzatsa bo‘ladigan va tuzatib bo‘lmaydigan turlarga ajratiladi. Tuzatish uchun qo‘shimcha chiqimlar qilinganidan so‘ng o‘z joyida foydalanish mumkin bo‘lgan mahsulot to‘zatsa bo‘ladigan yaroqsiz mahsulotlar jumlasiga kiradi. To‘zatishning texnik jihatdan imkoni yo‘q yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmagan mahsulotlar, yarim tayyor mahsulotlar va ishlar tuzatib bo‘lmaydigan yaroqsiz mahsulotlar hisoblanadi.
Aniqlash joyiga qarab yaroqsiz mahsulotni, mahsulotni tayyorlagan subyektda aniqlangan- ichki, ya’ni mahsulotga ishlov berish, uni yig‘ish, montaj qilish yoki ishlatish jarayonida aniqlangan va haridor tomonidan aniqlangan- tashqi xillarga bo‘linadi.
Yaroqsiz mahsulotni qabul qilish jarayonida texnik nazorat bo‘limi nazoratchisi yoki ishlab chiqarishdagi ustalar aniqlaydi. Yaroqsiz mahsulot dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi, unda yaroqsiz deb topilgan mahsulotning nomi, miqdori, yaroqsizlik darajasi, paydo bo‘lish sabablari va aybdorlari, Shuningdek yaroqsiz mahsulotning tannarxini moddalar bo‘yicha kalkulyasiyalash uchun zarur ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Yaroqsiz mahsulotni (kelgusida braq) baholash, kalkulyasiyalash, uning o‘rnini qoplash summasini va undan ko‘riladigan yo‘qotishlarni aniqlash uchun 2610-"Ishlab chiqarishdagi (braq) yaroqsiz mahsulotlar” aktiv kalkulyatsiyalash schyoti qo‘llaniladi. Bu schyotning debet tomonida uzil-kesil brak qilingan mahsulotning tannarxi, brakni tuzatish uchun sarflangan harajatlar, ya’ni brak qilingan buyumlarning tannarxi yoki sarflanadigan harajatlar, belgilangan me’yorlarga qo‘shimcha ravishda jixozlarni sozlashda ishdan chiqqan materiallar va yarim tayyor mahsulotlarning qiymati, foydalanish qafolati bilan chiqarilgan mahsulotni tuzatish uchun belgilangan kafolatli tuzatish me’yoridan ortiqcha sarflangan harajatlar aks ettirilgan bo‘ladi.
Ichki uzil-kesil brak ishlab chiqarish tannarxi bo‘yicha, tuzatsa bo‘ladigan brak esa ssex tannarxi bo‘yicha kalkulyatsiya qilinadi.
2610-"Ishlab chiqarishdagi brak” schyotining kredit tomoni bo‘yicha brakdan yo‘qotishlarning o‘rnini qoplash summalari: aybdorlarning mehnat haqidan ushlab qolishlar, uzil-kesil brakdan olingan chiqindilarning foydalanish mumkin bo‘lgan narxi bo‘yicha qiymati, mahsulot yetkazib beruvchilar va brakning kelib chikishiga aybdor bo‘lgan boshqa subyektlar tomonidan qondirilgan yoki tan olingan davo summalari hisobga olinadi.
Bekor turib qolishlar deganda jixozlar, ssexlar yoki butun ishlab chiqarishning rejalashtirilmagan to‘xtashi munosabati bilan mexanizmlar va ishchi kuchining noiloj ishlamasligi tushuniladi.
Bekor turib qolishlar ular haqidagi varaqlar yoki dalolatnomalar bilan rasmiylashtiriladi. Unda ishchilarning ismi-sharifi va tabel raqami, ishlamay turgan stanoqlarning xili va inventar raqamlari, bekor turib qolishning boshlanishi va tugash vaqti, subyektda ishlab chiqilgan nomenklaturaga muvofiq uning sabablari va aybdorlarning kodlari ko‘rsatiladi.
Mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritiladigan bekor turib qolishlar va boshqa samarasiz harajatlararo ular ishlab chiqarishning qaysi bosqichida yuz bergani va bunga sabab nima ekaniga qarab 2510-"Umum ishlab chiqarish harajatlari” va 9400-davr sarflarini hisobga oluvchi schyotlar guruhidagi 9439-"Boshqa muomalaviy sarflar” schyotida hisobga olinadi.
Bekor turib qolishdan yo‘qotishlarga ishlab chiqarishdagi ishchilarga bekor turilgan vaqt uchun to‘lanadigan mehnat haqi, ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar, ishlab chiqarish to‘xtatilgan davrda samarasiz sarflangan materiallar, yoqilgi, energiya qiymati, mashinalar va jixozlarni asrash va ulardan foydalanish harajatlarining bir qismi qo‘shiladi. Tashqi sabablar tufayli hosil bo‘ladigan bunday harajatlar davr harajatlari tarkibida (9439), ichki sabablar tufayli vujudga kelganlari esa umumiy ishlab chiqarish chiqimlari (2510) tarkibida hisobga olinadi.
Bekor turib qolishlarni hisobga olish bo‘yicha buxgalteriya o‘tkazmalari quyidagicha bo‘ladi. Ichki sabablar bilan bekor turib qolishlar bo‘yicha.
2510-"Umumishlab chiqarish harajatlari” yoki 9439-"Boshqa muomalaviy sarflar” schyotining debeti, 1000-"Materiallar” schyotlarining, 6520-"Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha hisoblashishlar", 6710-"Xodimlar bilan mehnatga haq to‘lash bo‘yicha hisoblashishlar” va boshqa tegishli schyotlarning kreditida qayd qilinadi.
Tashqi sabablar tufayli bekor turib qolishdan yuqotishlarning o‘rnini qoplash yuzasidan mahsulot etqazib beruvchilar va boshqa aybdorlarga da’volar topshirilganda tan olingan yoki to‘langan da’volar summasiga quyidagi o‘tqazmalar tuziladi:
4210-"Da’volar bo‘yicha olinadigan to‘lovlar” schyotining debeti va 2510-"Umumishlab chiqarish harajatlari” schyoti yoki 9439-"Boshqa muomalaviy sarflar” schyotining krediti.
Xulosa
Tayyor mahsulot - xo‘jalik yurituvchi subyekt ishlab chiqarish jarayonining pirovard mahsulotidir. Ushbu subyektda ishlovi batamom nihoyasiga etgan turli standartlar va texnikaviy shartlar talabiga javob beradigan, texnika nazorati bo‘limi qabul qilib olgan hamda tayyor mahsulot omboriga topshirilgan mahsulot tayyor mahsulot deyiladi.
Subyektlarda mahsulot hisobi reja bo‘limida natura ko‘rsatkichlarida, omborda esa qiymat ko‘rsatkichlarida olib boriladi.
Tayyor mahsulot buxgalteriya hisobida mahsulotning amaldagi ishlab chiqarish tannarxi, reja ishlab chiqarish tannarxi, sotishdagi ulgurji narxlar, erkin sotish narxlari va ta’riflari, erkin bozor narxlarida baholanishi mumkin. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, tayyor mahsulot korxonaning aylanma mablag‘lari tarkibiga kiradi va shu boisdan amaldagi buxgalteriya hisobi va hisoboti to‘g‘risidagi milliy standartlarga (BXMS) binoan, haqiqiy ishlab chiqarish tannarxi bo‘yicha balansda aks ettirilishi kerak.
Mahsulotni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish rejasi ishlab chiqarish hajmi, nomenklaturasi, ishlab chiqarish va realizatsiya qilish muddatlari ko‘rsatilgan yoyma tizimli dasturidan iborat bo‘ladi.
Yalpi mahsulot - ma’lum davr ichida ishlab chiqarishning to‘liq hajmini qiymat o‘lchovlarida ifodalaydigan ko‘rsatkichdir. U hisobot davridagi tayyor mahsulotni va tugallanmagan ishlab chiqarish hajmini o‘z ichiga oladi.
Buxgalteriya hisobining vazifalaridan biri daromad keltirmaydigan harajatlar, yaroqsiz mahsulotlar, bekor turib qolishlar, kamomad va moddiy boyliklarning buzilishidan quriladigan yo‘qotishlarni o‘z vaqtida topish va aniqlashdan iboratdir. Bunday ma’lumotlar subyekt mablag‘larining samarasiz sarflanishi sabablari va aybdorlarini bilib olishga imkon beradi.


Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling