O‘quv qo‘llanma toshkent 2020


-Asosiy (muomalaviy) faoliyatdan olingan daromadlarni hisobga oluvchi schyotlarning chizmasi


Download 0.69 Mb.
bet57/93
Sana14.10.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1702357
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   93
Bog'liq
O‘quv qo‘llanma toshkent 2020-fayllar.org

9000-Asosiy (muomalaviy) faoliyatdan olingan daromadlarni hisobga oluvchi schyotlarning chizmasi
9010-"Tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlar"
9020-"Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar"
9030-"Bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar"
9040-"Sotilgan tovarlarning qaytarilishi”
9050-"Haridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar"
Mahsulot yetkazib berish rejasining bajarilishini tezkor hisobga olish, axborot to‘plash va jo‘natish jarayonlarini boshqarish, turli iste’molchilarga yil davomida mahsulot sotish uchun juda zarurdir. U haridorlar va sotilayotgan mahsulot nomenklaturasi bo‘yicha tuziladigan, tayyor mahsulotni jo‘natish va sotish qaydnomalari bo‘yicha yuritiladi.
Hisobot ma’lumotlarida ko‘rsatilgan tayyor mahsulotning amalda omborda mavjud bo‘lgan tayyor mahsulotga muvofiq kelishi tayyor mahsulotni inventarizatsiya qilish asosida aniqlanadi.
Mahsulot yetkazib berish rejasining bajarilishini hisobga olish tezkor hisobga olishning maxsus registrida yuritiladi.
Mazkur registr asosida tayyor mahsulotni belgilangan hajmda yetkazib bermaslik yoki to‘lovning kechiktirilishi sabablari aniqlanadi va tegishli chora-tadbirlar ko‘riladi.
Tayyor mahsulotni inventarizatsiyadan (yuqlamadan) o‘tqazish tartibi aylanma mablag‘larning tarkibiga kiruvchi boshqa moddiy boyliklarni inventarizatsiya qilish tartibi bilan bir xil. Ba’zi farqlari shundan iboratki, tayyor mahsulotlar qator xolatlarda nafaqat o‘zining omborlarida, balki ssexlarning omborlarida va mahsulotlarni sotib beruvchi subyektlarning omborlarida javobgarlik asosida saqlanadi. Buxgalteriya hisobida va inventarizatsiya ro‘yhatlarida ular yaxlit holda aks ettiriladi. Tayyor mahsulotlarning harakati jadal ravishda ro‘y beradi, shuning uchun tayyor mahsulotlarning inventarizatsiyasini imkoni boricha qisqa muddatlarda o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Inventarizatsiya jarayonida tayyor mahsulotlarni qayta hisoblash, o‘lchash va tortib qurish yo‘li bilangina emas, balki ularning butligi, navi va boshqa sifat tavsiyalari ham tekshiriladi.
Inventarizatsiya ro‘yxatlarida moddiy boyliklarning kodi, nomi, miqdoridan tashqari ularning nomenklatura raqami, markasi (rusumi) va navi hamda boshqa alohida belgilari ham ko‘rsatiladi.
Turib qolgan va qimmati to‘liq bo‘lmagan mahsulotlar uchun alohida ro‘yxat tuziladi. Yaroqsiz holga kelgan mahsulotlar ro‘yxatga kiritilmaydi. Ular yuzasidan mahsus dalolatnoma tuziladi. Bu dalolatnomada tayyor mahsulot buzilishining sababi va aybdor shaxslar, qadrsizlanish summasi ko‘rsatiladi.
Inventarizatsiya o‘tqazish vaqtida mahsulotlar inventarizatsiya komissiyasi ishtirokida qabul qilinadi va alohida ro‘yxatga kiritiladi. Jo‘natilgan deb hisoblangan yoki haqi to‘langan, lekin ombordan olib chiqib ketilmagan mahsulotlar ham alohida qayd etiladi. Joylash va saqlash idishi ham turi, maqsadi va toifasiga qarab (yangi, foydalanishda bo‘lgan tayyor mahsulot bilan birga inventarizatsiyadan o‘tqaziladi.
Jo‘natilgan mahsulotlar va tovarlar va haridorlar tomonidan muddatida haqi to‘lanmagan mahsulotlar va tovarlar yuzasidan har bir yuklab jo‘natish bo‘yicha alohida yuqlama ro‘yxati tuziladi. Ularda mahsulot, tovarlar va haridorning nomi, jo‘natish sanasi, to‘lov topshiriqnomasi yozib berilgan sana, uning raqami va berilgan schyot-faktura bo‘yicha summasi ko‘rsatiladi.
Boshqa subyektlar (konsignator)ning omborlarida saqlanayotgan tayyor mahsulotlar ushbu moddiy boyliklarning mas’uliyatli saqlashga topshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida ro‘yxatga kiritiladi. Mas’uliyatli saqlashga qoldirilgan mahsulot uchun saqlash tilxatlarini inventarizatsiya boshlangan sanaga yaqin sanaga qayta rasmiylashtirish lozim.
Inventarizatsiya natijalari yuzasidan taqqoslash qaydnomalari faqat hisobga olish ma’lumotlaridan chekinishga yo‘l qo‘yilgan mahsulotlarning turlari bo‘yicha tuziladi.
Inventarizatsiya natijalarida aniqlangan tayyor mahsulotlarning qoldiqlari joriy hisobda qabul qilingan narxlar bo‘yicha baholanadi.
Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mavjud tayyor mahsulotlarning qoldig‘i va hisobga olish ma’lumotlari o‘rtasidagi farq moddiy boyliklar uchun qabul qilingan umumiy tartibda bartaraf etiladi.
Agarda inventarizatsiya natijasida tayyor mahsulotlar ortiqcha chiqsa ular omborga qabul qilinadi. Debet 2810-"Ombordagi tayyor mahsulotlar”va 9390-"Boshqa muomalaviy daromadlar”schyoti kreditlanadi.
Mabodo inventarizatsiya natijasida tayyor mahsulotlarning me’yor darajasidagi kamomadi aniqlansa dalolatnomaga muvofiq 9439-"Boshqa muomalaviy sarflar”schyotining debetida va 2810-"Ombordagi tayyor mahsulotlar” schyotining kreditida, agarda javobgar shaxs zimmasiga yuklatilsa 4630-"Moddiy zararlarni qoplash yuzasidan xodimlarning qarzi”schyotining debetiga 2810-"Ombordagi tayyor mahsulotlar”schyotining kreditidan o‘tqaziladi.


Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling