O‘quv qo‘llanma toshkent 2020


Tayyor mahsuloni hisobga olish


Download 0.69 Mb.
bet53/93
Sana14.10.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1702357
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   93
Bog'liq
O‘quv qo‘llanma toshkent 2020-fayllar.org

10.3.Tayyor mahsuloni hisobga olish
Tayyor mahsulotni buxgalteriyada yoki omborda hisobga olib borish uchun schyotlar rejasiga ko‘ra 2800-"Ombordagi mahsulotlar”aktiv inventar schyotlari ko‘zda tutilgan. Ushbu schyotlar quyidagilardan iborat:

- 2810-"Ombordagi tayyor mahsulotlar”;


- 2820-"Ko‘rgazmadagi tayyor mahsulotlar";


Ushbu schyotlardan omborda qancha tayyor mahsulot borligi va uning harakati to‘g‘risidagi axborotni aks ettirishda foydalaniladi.


2800-"Ombordagi tayyor mahsulot”schyotlarining debeti 2010-"Asosiy ishlab chiqarish", 2310-"Yordam ishlab chiqarish”schyotlarining krediti bilan o‘zaro bog‘lanadi, krediti bo‘yicha esa 9100-"Sotilgan mahsulotlar, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlar"ning tannarxini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘lanadi va bunda 9110-"Sotilgan mahsulotlarning tannarxi”schyoti qo‘llaniladi.
Chet uchun bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar qiymati 2800- "Ombordagi tayyor mahsulotlar”schyotlarida aks ettirilmaydi, bo‘lar bo‘yicha amaldagi harajatlar ishlab chiqarish harajatlarini hisobga oluvchi schyotlardan bevosita 9100-"Sotilgan ish va xizmatlarning tannarxi”schyotlariga o‘tqazilib, hisobdan chiqariladi.
Ishlab chiqarishda mahsulot tayyorlashning analitik hisobi "Ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarning qaydnomasi"da natura va qiymat ifodasida yuritiladi.
Bu ma’lumotlardan ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha rejaning bajarilishini nazorat qilishda, jamlama hisob varaqlarida buxgalteriya yozuvlarini qayd qilishda foydalaniladi. Tayyor mahsulotlarning kirimini qayd etish bilan bog‘liq xo‘jalik muomalalari 10/1-jurnal-orderda amalga oshiriladi.
Dt 2800-"Ombordagi va ko‘rgazmadagi tayyor mahsulotlar”schyotlari
Kt 2010-"Asosiy ishlab chiqarish”schyoti.
Ombordagi tayyor mahsulotlar ombor hisobida miqdor va qiymat ifodasida hisobga olinadi yoki materiallarni hisobga olishga o‘xshab turlari, soni, navi va bahosi ko‘rsatilib hisobga olinadi.
Bu varaqchalar (qartochqalar) subyektning buxgalteriyasi tomonidan tayyor mahsulotning har bir nomenklatura raqami uchun ochiladi va tilxat olib ombor mudiriga topshiriladi. Varaqchalarga yozuvlarni moddiy javobgar shaxslar muomalalar sodir bo‘lishi sari, tayyor mahsulotlarning kelib tushishi va chiqib ketishi to‘g‘risidagi hujjatlarga asoslanib yoziladi. Varaqchada har bir yozuvdan keyin yangi qoldiq hisoblab topiladi. Varaqchalar omborda mahsus qutilarda saqlanadi. Har bir qutida varaqlar tayyor mahsulotlarning guruhlari, ular ichida esa nomenklatura raqamlari bo‘yicha joylashtiriladi.
Moddiy javobgar shaxs har kuni yoki bir necha kunda barcha birlamchi hujjatlarni buxgalteriyaga topshiradi. Hisobning tezkor saldo usuli qo‘llanilganda bu ishlarning hammasi bevosita ombor mudiri tomonidan bajariladi. Buxgalteriya xodimi muttasil, kamida xaftasiga bir marta bevosita omborning o‘zida ombor mudiri ishtirokida mahsulotning harakati xususidagi birlamchi hujjatlarning ma’lumotlarini ombor hisobi varaqchalariga o‘tkazishning to‘g‘riligining tekshirib ko‘rishi va buni o‘z imzosi bilan tasdiqlashi kerak va aniqlangan tafovutlar va xatolar shu yerning o‘zida bartaraf etiladi. Ayni vaqtda birlamchi hujjatlar buxgalteriya xodimiga topshiriladi.
Odatda birlamchi hujjatlarni qabul qilish-topshirish mahsus reestr bilan rasmiylashtiriladi. Lekin moddiy javobgar shaxslarning roziligi bilan har bir muomala bo‘yicha yozuvlarning tekshirilgani to‘g‘risida ombor hisob varaqchasidagi buxgalteriya xodimining imzosi hujjatlarni qabul qilish-topshirish uchun asos bo‘lishi mumkin.
Hisobning tezkor saldo (qoldiq) usulida ombordagi tayyor buyumlarning ham son, ham nav jihatdan hisobga olishning buxgalteriyada xuddi shu buyumlarning qiymat ifodasidagi hisobi bilan aloqasi ombordagi tayyor mahsulotlarning qoldiqlari hisobi qaydnomasi yordamida amalga oshiriladi. Bir oy mobaynida bu qaydnoma buxgalteriyada saqlanadi va ma’lumotnoma sifatida foydalaniladi.
Oy oxirida qaydnoma har bir nomenklatura raqami bo‘yicha ombor hisobi varaqchalaridan oy oxirida tayyor mahsulot qoldiqlarining qancha bo‘lganini yozib qo‘yish uchun omborga beriladi. Shundan so‘ng qaydnoma yana buxgalteriyaga beriladi, bu yerda esa qoldiqlarning miqdori aniqlanadi va summasi hisoblab chiqiladi.
Ayrim subyektlarda ombordagi mahsulotning qoldiqlari qaydnomasi o‘rniga moddiy javobgar shaxsning ombordagi tayyor mahsulotning bir oy mobaynidagi harakati to‘g‘risidagi hisobotidan foydalaniladi. Ushbu hisobot ombor hisobi varaqchalarining yakuniy ma’lumotlariga ko‘ra tuzilib, ularda har bir nomenklatura raqami asosida ombordagi tayyor buyumlarning miqdoriy ifodasi aks ettirilgan bo‘ladi. Buxgalteriyada hisobot ma’lumotlari asosida tayyor mahsulotlarning navlari va turlari bo‘yicha aylanma qaydnomasi tuziladi.
Bundan tashqari, buxgalteriyada tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarishning natura va summa ifodasidagi qaydnomasi, shuningdek 16 - "Tayyor buyumlar harakatini, tayyor mahsulot hamda moddiy boyliklarni yuklab jo‘natish va sotish"ning hisobi qaydnomasi ham yuritiladi.
16-qaydnomaning 1- bo‘limida bir xil mahsulot guruhlari bo‘yicha hisob narxlari hamda amaldagi tannarxga ko‘ra ombordagi tayyor buyumlarning harakati ko‘rsatilgan bo‘ladi. Bu yerda qolgan va ishlab chiqarishdan kelgan tayyor mahsulotning amaldagi tannarx salmog‘ining hisob narxlari bo‘yicha qiymati aniqlanadi. Ushbu foiz nisbatidan buxgalteriyada hisobot oyida yuklab jo‘natilgan, haridorlar tomonidan qaytarilgan va oy oxirida qolgan tayyor mahsulotning haqiqiy tannarxini hisoblashda foydalaniladi.
Oy oxirida omborda qolgan hisob narxlaridagi tayyor mahsulotning qoldig‘i (ombordagi mahsulot qoldig‘ining hisobi qaydnomasiga binoan yoki moddiy javobgar shaxsning hisobotiga ko‘ra) 16-"Tayyor mahsulotlarning harakati, ularni yuklab jo‘natish va sotish”qaydnomasining 1-bo‘limida aks ettirilgan shunga mos qoldiq bilan solishtiriladi. Qoldiqlarning bir xilligi hisobning to‘g‘riligidan dalolat beradi, bir xil chiqmasligi esa, xatolar borligini ko‘rsatadi, bu xatolarni esa o‘z navbatida bartaraf etish lozim.
Masalan. Xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan "A”mahsulotni ishlab chiqarish uchun 100000 so‘m sarflash nazarda tutilgan, ya’ni rejadagi tannarxi 100000 so‘m.
Ishlab chiqarilgan ushbu mahsulotning haqiqiy tannarxi buxgalteriya ma’lumotiga ko‘ra 98000 so‘mni tashkil qiladi. Mahsulotning haqiqiy tannarxi bilan reja tannarxi o‘rtasidagi farq (tejalgan) 2000 so‘mni (100000-98000) tashkil qilgan. Hisobda bu quyidagicha buxgalteriya o‘tkazmalari tuzish bilan schyotlarda aks etadi.
Dt 2810-"Ombordagi tayyor mahsulotlar”schyoti- mahsulot reja tannarxiga (hisobot oyi davomida) - 100000 so‘m(oy davomida).
Dt 2810-"Ombordagi tayyor mahsulot” schyoti- mahsulot haqiqiy tannarxi bilan reja tannarxi o‘rtasidagi farq summasiga (haqiqiy tannarx aniqlangandan so‘ng) (-) 2000 so‘m, oyning oxirida.
Kt 2010-"Asosiy ishlab chiqarish”schyoti - mahsulotning ishlab chiqarish rejadagi tannarxiga 100000 so‘m, oy davomida va
Kt 2010-"Asosiy ishlab chiqarish”(-) 2000 so‘m oyning oxirida.
Tayyor mahsulotni hisobga olishda ulgurji, chaqana narx va reja tannarxidan foydalaniladigan bo‘lsa, u holda jo‘natilgan hamda sotilgan mahsulotning haqiqiy tannarxi bilan hisobda qabul qilingan baho o‘rtasidagi farqni aniqlash zaruriyati tug‘iladi.
Tayyor mahsulotlarning sintetik hisobi 2800 schyotlarda yuritiladi. Bu schyotlarning debeti 2010-"Asosiy ishlab chiqarish", 2310-"Yordam ishlab chiqarishlar”schyotlarining krediti bilan, krediti esa 9110-"Sotilgan mahsulotlarning tannarxi”schyotining debeti bilan korrespondensiyalanadi.
Tayyor mahsulotlar harakatining hisobini to‘g‘ri tashkil qilish uchun korxona tomonidan ishlab chiqiladigan mahsulotlarning turlari nomining ro‘yhati- nomenklaturasidan foydalanish katta ahamiyatga ega. Uni tuzish asosida tayyor mahsulotni turkumlash, ya’ni ushbu subyektda ishlab chiqariladigan bir mahsulot turini boshqa mahsulotdan ajratib turuvchi ma’lum belgilari yotadi. Nomenklatura ro‘yxatini tuzish asosida quyidagi belgilar olinadi: model, fason, artirgul, marka, nav va hokazo.
Har bir mahsulot turiga nomenklatura raqami biriktiriladi va u har xil sondan iborat bo‘ladi. Mahsulot nomenklaturasidan subyektning quyidagi xizmatlarida foydalaniladi:
  • dispetcherlik xizmati mahsulotlarni ishlab chiqarish grafigining bajarilishini nazorat qiladi;


  • sexlar- ishlab chiqarilgan mahsulotlarning assortimentini nazorat qilib omborga tayyor mahsulot topshirishda yukxati yozish uchun foydalanadi;


  • marketing bo‘limi - tayyor mahsulotlarni jo‘natish bo‘yicha shartnomalarni bajarish imkoniyatini nazorat qilish uchun foydalanadi;


  • buxgalteriya - tayyor mahsulotlarning analitik hisobini yuritish, umumiy ma’lumotlar va hisobotlar tuzish uchun foydalanadi.


Tayyor mahsulotlarning haridorga jo‘natilgani, ishlar bajarilgani va xizmatlar ko‘rsatilgani, vositachilik asosida yoki boshqa shunga o‘xshash asoslarda tayyor mahsulotlar sotish uchun o‘tkazilganligi xususida tegishli hujjatlar (yukxatlar, qabul qilish-topshirish dalolatnomalari) bilan rasmiylashtirilganida mahsulot (ish, xizmat)larni yuklab jo‘natilgan (sotilgan) mahsulot, bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmatlar deb ataladi.


"Asosiy xo‘jalik faoliyatdan olingan daromadlar”nomli 2-BXMS muvofiq mahsulot ombordan chiqarilgan yoki to‘lov hujjatlari bankka topshirilgan vaqtdan boshlab, haridorlar ularga haq to‘lashidan qat’iy nazar mahsulot sotilgan deb hisoblanadi.



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling