O‘quv qo‘llanma toshkent 2020


Tayyor mahsulotni rasmiylashtirish hujjatlari


Download 0.69 Mb.
bet52/93
Sana14.10.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1702357
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   93
Bog'liq
O‘quv qo‘llanma toshkent 2020-fayllar.org

10.2.Tayyor mahsulotni rasmiylashtirish hujjatlari
Tayyor mahsulotlar subyektning omborida ham, buxgalteriyada ham hisobga olib boriladi. Tayyor mahsulotning omborga kelib tushishi birlamchi hujjatlarda qayd etiladi.
Ushbu hujjatlarda buyumlar turlariga ko‘ra mahsulot ishlab chiqarishning ular soniga qarab natura hisobi yuritiladi. Bunday mahsulotning umumiy hajmi hisobot davri tugaganidan so‘ng baholanishi kerak.
Ko‘rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar dalolatnomalar bilan qayd etiladi.
Tayyor mahsulotni ishlab chiqarishdan omborga topshirish qabul qilish-topshirish yukxatlari bilan rasmiylashtiriladi. Bunday hujjatlarda quyidagilar ko‘rsatiladi:

  • mahsulotni topshirayotgan ssexning nomi;


  • uni qabul qilayotgan ombor;


  • mahsulotning nomenklatura kodi-raqami va nomi;


  • o‘lchov birligi;


  • mahsulotning nomi;


  • topshirish sanasi;


  • javobgar shaxslarning imzolari.


Qabul qilish-topshirish yukxatlarining aniq mazmuni mahsulotning texnologik xususiyatlariga va ishlab chiqarilayotgan mahsulotining sifatiga bog‘liq. Ularga texnika nazorati bo‘limining vakili, mahsulot topshirayotgan ssex xodimi, ombor mudiri (xodimi) yoki mahsulotni asrash uchun qabul qilayotgan boshqa javobgar shaxs imzo chekadi.


Qabul qilish-topshirish yukxatlari bir martalik va yig‘ma (o‘n kunlik, oylik) bo‘lishi mumkin. Bularni topshiruvchi ssex xodimi ikki nusxada yozadi. Bir nusxasi ombor mudiriga beriladi, ikkinchisi esa, mahsulot qabul qilingani haqidagi tilxat bilan ssexda qoladi.
Buxgalteriyada topshirilgan yukxatlar asosida har oyda tayyor mahsulot ishlab chiqarishning jamg‘aruv qaydnomalari yuritiladi.
Oy tugaganidan keyin qaydnomalarda mahsulot turlariga ko‘ra qancha tayyor mahsulot ishlab chiqarilgani hisoblab chiqariladi va haqiqiy tannarxga ko‘ra baholanadi.
Tayyor mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi mahsulot turlari yoki buyurtmalari bo‘yicha asosiy ishlab chiqarishning analitik hisobi ma’lumotlariga ko‘ra belgilanadi.
Har bir mahsulotning turi bo‘yicha belgilangan tannarx summasi tayyor mahsulotni ishlab chiqarish qaydnomasiga yozib qo‘yiladi, so‘ngra jamlanadi. Shunday qilib, butun ishlab chiqarishning haqiqiy ishlab chiqarish tannarxi hal bo‘ladi.
Har tomonlama mustaqillikni qo‘lga kiritgan subyektlar o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlarini erkin narxda, iste’molchilar bilan kelishilgan narxda sotishga intiladilar. Kamyob mollarni mol, tovar birjalari orqali sotish, kim-oshdi savdosi keng rivojlangan.
Omborga qabul qilingan va haridor korxonalarga jo‘natilgan mahsulot buxgalteriya hisobida haqiqiy ishlab chiqarish tannarxi bo‘yicha aks ettiriladi. Biroq ssexlardan mahsulot omborga qabul qilinganda uning haqiqiy tannarxi ma’lum bo‘lmagani uchun mahsulotning harakatini hisobda qabul qilingan reja tannarxi yoki ulgurji bahoda-shartnoma narxda hisobga olinadi, ya’ni baholanadi. Hisobot oyi davomida mahsulot reja tannarxi bilan haqiqiy tannarxi yoki haqiqiy tannarx bilan ulgurji baho o‘rtasidagi farq alohida hisobga olinadi.
Tayyor mahsulot haridorlarga mahsulot yetkazib berish shartnomasi va yuklab jo‘natish rejasiga ko‘ra jo‘natiladi.
Shartnomada yetkazib berilayotgan mahsulotning nomi, miqdori, turi va sifat darajasi yoziladi, narx, hisoblashishlar tartibi, mahsulot yetkazib beruvchi bilan haridorning to‘lov va pochta rekvizitlari hamda boshqa bir qancha ma’lumotlar qayd etiladi. Mahsulot sotish bo‘limi shartnomaga asosan tayyor mahsulot omboriga mahsulotni haridorga kuqlab jo‘natish haqida buyruq beradi. Mahalliy haridorlarga mahsulot ishonchnoma asosida, boshqa shaharlik haridorlarga esa farmoyish va yukxat asosida beriladi.
Farmoyishli yukxatda quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
  • berilishi lozim bo‘lgan va aslida berilgan mahsulotning nomi, navi va miqdori;


  • narxi va umumiy summasi;


  • haridorning manzili;


  • javobgar (topshirgan va olgan) shaxslarning imzolari.


Bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar topshirish dalolatnomalari bilan rasmiylashtiriladi.


Subyektning buxgalteriyasi mahsulotni jo‘natish hujjatlari yoki bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlarni topshirish dalolatnomasi asosida haridor, buyurtmachi nomiga to‘lov hujjatlarini, ya’ni schyot-faktura (ilova), to‘lov talabnomasi (ilova) va to‘lov talabnoma-topshiriqnomalarini (ilova) yozib beradi. Bu hujjatlar mahsulot sotib oluvchini tayyor mahsulot yuklab jo‘natilganidan xabardor qiladi va uning haqining to‘lanishini talab qiladi. To‘lov hujjatlarining nusxalari buxgalteriyada qoladi va jo‘natilgan mahsulotlarni hisobga olishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
Texnik nazorat bo‘limi tomonidan qabul qilingan, tayyor holga keltirilgan mahsulotlar omborga topshiriladi. Bu jarayon ko‘pchilik subyektlarda topshirish yukxati yoki mahsulotni topshirish qaydnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Bu hujjatlarda topshiruvchi ssex, topshirilish muddati, mahsulotning nomenklatura raqami, uning nomi, miqdori, reja tannarxi va tegishli moddiy javobgar shaxslarning imzosi ko‘rsatiladi. Qabul hujjatlari asosida buxgalteriya mahsulotni topshirish qaydnomasini yuritadi. Bajarilgan ish yoki ko‘rsatilgan xizmatlar qabul qilish-topshirish dalolatnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Omborlarda mahsulot harakatining miqdor ko‘rsatkichlaridagi hisobi varaqalarda yuritiladi. Varaqaga har bir kirim va chiqim hujjatlari asosida mahsulotning harakati bilan bog‘liq muomalalar yozib boriladi.
Tayyor mahsulotning ombordagi hisobi tezkor buxgalteriya usuli bo‘yicha tashkil qilinadi, ya’ni har bir mahsulot nomenklatura raqamiga ombor materiallari hisobi kartochkasi ochiladi (M-17 shakli). Tayyor mahsulotning kelib tushishi va chetga berilishi bilanoq, ombor xodimi hujjatlar asosida ularning sonini qartochkalarga yozib qo‘yadi va har bir yozuvdan keyin qoldiq hisoblab qo‘yiladi. Buxgalter har kuni tugagan sutka uchun yoki belgilangan grafik bo‘yicha ombordan hujjatlarni qabul qilib olishi kerak (qabul qilish-topshirish yukxati, tovar-transport yukxatlari). Ombor hisobining to‘g‘ri yuritilganligi ombor hisobi kartochqasi asosida har oyda tayyor mahsulotning nomenklaturasi, o‘lchov birligi, miqdoriga asoslangan holda tayyor mahsulotning qoldiq hisobi baholari bo‘yicha qoldiqlar aniqlanadi.
Mahsulotning kirimi va chiqib ketishi bilan bog‘liq muomalalar rasmiylashtirilgan dastlabki hujjatlar ombor varaqalariga yozilgandan so‘ng buxgalteriyaga topshiriladi. Bu yerda hujjatlar tekshiriladi, guruhlanadi va ular asosida tegishli hisob registrlari tuziladi. Tayyor mahsulot harakatining pul ko‘rinishda ifodalangan hisobi buxgalteriyada ombor mudirining hisoboti ma’lumotlari asosida yuritiladi.
Hisobning jurnal-order shaklida tayyor mahsulotning analitik hisobi 16-qaydnomada yuritiladi. Bu qaydnomaning 1-bo‘limi "Tayyor mahsulotning pul shaklidagi harakati”deb nomlanadi, unda mahsulotning hisobot oyi boshlanishiga qoldig‘i, omborga qabul qilingani, haridorlarga jo‘natilgani va hisobot oyi oxiriga qoldig‘i, hisobda qabul qilingan baho hamda haqiqiy tannarxda ko‘rsatiladi.
Jo‘natilgan mahsulotni analitik hisobga olish quyidagilarni ko‘zda tutadi:
  • mahsulotni jo‘natishga doir muomalalarni haridor manziliga yuborilgan to‘lov hujjatlari asosida joriy ro‘yxatdan o‘tkazish zarurligini;


  • yuk-xati va to‘lovnomalarni to‘lashdan bosh tortilgan taqdirda ularni ko‘zatib borishni;


  • har bir oy davomida qayd etilgan yozuvlarni umumlashtirishni.


Bu shunday tartibda amalga oshirilishi lozimki, unda jamlama schyotlarga doir buxgalterlik ma’lumotlari ko‘zga tashlanib tursin.


U 16-“Tayyor mahsulotlarning harakati, ularni jo‘natish va sotishni hisobga olish”jurnal-orderining 1-"Mahsulotni jo‘natish, uni berish va sotish”nomli bo‘limida yuritiladi. Jurnal-orderning bu bo‘limida har bir to‘lov talabnoma-topshiriqnomasi (schyot-faktura) qayd etiladi. Ushbu to‘lov talabnoma-topshiriqnomasining tegishli ustunlarida haridorlar, tayyor mahsulotlar, ularning miqdori va qiymati, haridorlar tomonidan to‘lanadigan transport harajatlari, Shuningdek yo‘q (ish, xizmat)larni oluvchilar hisobiga o‘tqaziladigan ustama va chegirmalar ko‘rsatilishi lozim. Bu yerda mahsulotni jo‘natish, sotish (ishlarni bajarish, xizmatlarni ko‘rsatish) hamda haridorlar va buyurtmachilar bilan amalga oshirilgan hisoblashishlarning analitik va sintetik (jamlama) hisobi birlashtiriladi.
Mahsulotlarni jo‘natish va sotishning analitik hisobini tashkil etish ayrim mahsulot turlari bo‘yicha, to‘lov hujjatlari bo‘yicha natura ifodasida ham amalga oshiriladi. Ushbu tadbir ikki xil narxda - sotilish narxlarida va haqiqiy tannarx bahosida amalga oshiriladi.
Hisobga olish narxlari va tayyor mahsulotlarning haqiqiy tannarxi o‘rtasidagi farq ayrim mahsulot turlari bo‘yicha keskin o‘zgarib turishi mumkin bo‘lgan subyektlarda tayyor mahsulotning harakati haqidagi ma’lumotlar mazkur mahsulotlarning guruhlari bo‘yicha aks ettiriladi. Subyekt mahsulotlarni guruhlar bo‘yicha taqsimlashni haqiqiy tannarxning ayrim mahsulotlarning hisobga olish narxiga doir qiymatidan chekinishi darajasidan kelib chiqqan holda amalga oshiradi. Bunday maqsad ularning har bir guruhda taxminan bir xil og‘ishiga erishishdan iboratdir.
16-qaydnomaning 2-bo‘limini ochish va yuritish tartibi quyidagichadir: 16-qaydnoma har oyda ochiladi. Ushbu qaydnomani ochishda unga o‘tgan oydagi qaydnomaga oid to‘lanmagan to‘lovlarning oy boshidagi qoldig‘i ko‘chirib o‘tkaziladi. Shundan so‘ng jo‘natish va to‘lov hujjatlari asosida joriy oyga doir yozuvlar qayd etiladi. Bank ko‘chirmalarining kelib tushishiga qarab qaydnomaning tegishli ustunlarida to‘lovnomalar to‘langani haqida tegishli yozuv qayd etiladi. Unda tushum sanasi, summasi va qaysi schyotga o‘tqazilgani yoki hisoblashish qaysi yo‘l bilan amalga oshirilgani ko‘rsatiladi. Shu bilan 2-bo‘lim yakunlanadi.
16-"Tayyor mahsulotlarning harakati, ularni jo‘natish va sotishni hisobga olish”qaydnomasining 3-bo‘limi "To‘langan va to‘lanmagan schyotlar haqida umumiy ma’lumotlar”deb nomlanadi. Unda jo‘natilgan va sotilgan mahsulotlar to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Ushbu qaydnomaning 4-bo‘limida soliq yuzasidan soliq muassasalari bilan hisoblashishga doir ma’lumotlar aks ettiriladi.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling