O‘quv qo‘llanma toshkent 2020


Download 0.69 Mb.
bet48/93
Sana14.10.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1702357
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   93
Bog'liq
O‘quv qo‘llanma toshkent 2020-fayllar.org

Tayanch iboralari
Mehnat haqi, oddiy va ishbay, asosiy va qo‘shimcha, tabel, dalolatnoma, ish kuni, xizmat safari, ajratma, ushlov, shakl, ijtimoiy sug‘urta, mehnat ta’tili, harajat, tannarx.
Nazorat savollari:
1. Mehnat haqi va unga haq to‘lash hisobining ahamiyati va vazifalarini izoxlang.
2. Mehnat haqi shakllari va turlari nimalardan iborat?
3. Mehnat va unga haq to‘lashning analitik hisobi qanday yuritiladi?
4. Mehnat va unga haq to‘lashning sintetik hisobini yuritish tartibini ayting.

9-BOB. ASOSIY ISHLAB CHIQARISH HARAJATLARI HISOBI




9.1. Asosiy ishlab chiqarish harajatlarining hisobining o‘ziga

xos xususiyatlari va ahamiyati
Odatda, ishlab chiqarish harajatlari mahsulot ishlab chiqarishni tayyorlashdan boshlab uni tayyor mahsulot xolida omborga qabul qilingungacha bo‘lgan harajatlar yig‘indisidan iborat bo‘ladi va ular mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasi va ishlab chiqarishning xususiyatiga qarab har xil bo‘ladi.
Harajatlarning salmogi ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxiga, tannarx esa korxonaning daromadiga ta’sir qiladi. Shu sababli ularni to‘g‘ri hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda harajatlarning tarkibi va turlarini bilish zarur.
Xozirgi vaqtda respubliqamizning hamma korxonalarida, Shu jumladan, sanoati korxonalarida ularning faoliyatini hisobga oluvchi asosiy hujjat -"Mahsulot (ish, xizmat) tannapxiga qo‘shiladigan, uni ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlarning tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi haqidagi” Nizom hisoblanadi. Bu Nizomga asosan tannarxga qo‘shiladigan harajatlar tarkibi quyidagi maqsadlar uchun aniqlanadi:
- buxgalteriya hisobi schyotlarida bevosita mahsulot ishlab chiqarish va sotish jarayonida yuzaga keladigan harajatlar haqidato‘liq va aniq ma’lumotlar tuplash;
- korxonalar faoliyati rentabelligini hisoblash;
- raqobatbardoshligini aniqlash;
- soliqqa tortish asosini to‘g‘ri belgilash.
Ushbu vazifalarni yechish uchun harajatlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
- mahsulotni ishlab chiqarish tannarxiga qo‘shiladigan harajatlar;
- davr harajatlari tarkibida hisobga olinadigan va asosiy faoliyat foydasini aniqlashda e’tiborga olinadigan harajatlar;
- korxonaning umumiy faoliyatidan keladigan foyda yoki zararni aniqlashda hisobga olinadigan moliyaviy faoliyat harajatlari;
- soliqqa tortishdan oldingi foyda yoki zararni aniqlashda hisobga olinadigan favqulodda ko‘zda tutilmagan zararlar yoki foyda.
Sanoat korxonalarida mahsulot ishlab chiqarishda qatnashadigan harajatlarni guruhlarga to‘g‘ri va aniq bo‘lish buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining sifatini oshiradi. Mahsulot ishlab chiqarish harajatlari o‘z navbatida bir necha ko‘rsatkichlari bo‘yicha guruhlarga ajratiladi.
Korxonalarda harajatlar ishlab chiqarish harajatlari, davr harajatlari, moliyaviy faoliyat harajatlari va favqulodda (ko‘zda qutilmagan) harajatlarga bo‘linadi.
Ishlab chiqarish harajatlari o‘z vazifasiga qarab elementlari va kalkulyatsiya moddalariga bo‘linadi. Elementlari bo‘yicha guruhlash ishlab chiqarish harajatlarini ularning iqtisodiy ma’zmuniga ko‘ra aniqlash va tegishli smetalar tuzish uchun xizmat qiladi. Kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha guruhlash esa mahsulot tannarxini hisoblash uchun kerak bo‘ladi.
Korxonalarda harajatlar ishlab chiqarishda qatnashishiga qarab ishlab chiqarish va ishlab chiqarishdan tashqari harajatlarga bo‘linadi. Ishlab chiqarish harajatlariga bevosita mahsulotni tayyorlash va qayta ishlash bilan bog‘liq harajatlar, ishlab chiqarishdan tashqari harajatlarga esa madaniy-maishiy obyektlar harajatlari kiradi.
Korxonalarda mahsulot tannarxiga qo‘shilishiga qarab harajatlar to‘g‘ri va egri harajatlarga bo‘linib, to‘g‘ri harajatlarga mahsulotni tayyorlash va qayta ishlash bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan material, ish haqi va boshqa harajatlar kiradi. Egri harajatlarga esa mahsulot ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan harajatlar, masalan,ssex boshqaruv harajatlari, asbob-uskunalarni saqlash va foydalanish harajatlari va boshqalar kiradi.
Mahsulot ishlab chiqarish hajmiga nisbatan o‘zgarishiga qarab harajatlar o‘zgaruvchan va doimiy harajatlarga bo‘linadi. O‘zgaruvchan harajatlarga miqdori mahsulot ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishi bilan o‘zgaradigan harajatlar, masalan, xom ashyo, texnologiq maqsadlar uchun mo‘ljallangan yoqilgi, energiya va boshqalar kiradi. Doimiy harajatlarga esa miqdori mahsulot ishlab chiqarish hajmi o‘zgarishi bilan o‘zgarmaydigan harajatlar kiradi. Unga boshqaruv xodimlarining ish haqi, boshqaruv binolarini saqlash harajatlari va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin.
Korxonalarning o‘ziga xos xususiyatiga ko‘ra harajatlar tayyorlov va qayta ishlash harajatlariga bo‘linadi. Tayyorlov harajatlariga xom ashyoni sotib olish, saqlash, junatish va boshqa harajatlar qirsa, qayta ishlash harajatlariga esa mahsulotni qayta ishlab mahsulotlar olish bilan bog‘liq harajatlar kiradi.
Ygqorida ta’kidlanganlar buxgalteriya hisobi tizimida harajatlar turli xil yo‘nalishdagi maqsadlar uchun guruhlanishidan dalolat beradi. Bu narsani amaliyotda keng joriy etish boshqaruvchilarga ishlab chiqarishni boshqarish borasida asoslangan qarorlarini qabul qilish imkonini beradi.
Ishlab chiqarish va davr harajatlarining ajratilishi moddiy ishlab chiqarish zaxiralari qoldiqlari qiymatini aniqlash uchun zarur bo‘lib, davr harajatlari tegishli bo‘lgan hisobot davrida hisobdan chiqariladi va sotilmagan mahsulot, tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig‘ida kelgusi davrlarga o‘tqazilmaydi. Bu narsa korxonada baho siyosati sohasida asoslangan qarorlarni qabul qilishda muhim ahamiyatga egadir. Bundan tashqari ishlab chiqarish tannarxi va davr harajatlarining alohida ajratib ko‘rsatilishi: a) korxonaning ishlab chiqarish faoliyati; b) ma’muriy va ishlab chiqarishdan tashqari faoliyati oxirgi natijaga qanday ta’sir ko‘rsatganligini baholash imkonini beradi.
Boshqacha so‘z bilan aytadigan bo‘lsak, mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish tannarxi quyidagilardan iborat bo‘ladi.
Ularga:
- to‘g‘ri va egri material harajatlari;

- to‘g‘ri va egri mehnat harajatlari;


- ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan ustama harajatlari kiradi.
Mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish tannarxini tashkil etuvchi harajatlar iqtisodiy mazmuniga ko‘ra quyidagi elementlar bo‘yicha guruhlanadi:
- ishlab chiqarish material harajatlari (qaytarilgan chiqindilarning qiymati ayirib tashlangan xolda);
- ishlab chiqarish harakteridagi mehnatga haq to‘lash harajatlari;
- ishlab chiqarish xodimlari bo‘yicha ajratilgan ijtimoiy sug‘urta ajratmalari;
- ishlab chiqarish ahamiyatidagi asosiy fondlar va nomoddiy aktivlarning amortizatsiya ajratmalari;
- boshqa harajatlar.
Keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, harajat elementlarida pul harajatlari boshqa harajatlar elementida aks ettirilishi ko‘zda tutilgan. Korxonalarning pul harajatlari, hozirda va keyinchalik katta o‘rin egallashini hisobga olib, ularni alohida element qilib chiqarish maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Bunday guruhlash "Mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga qo‘shiladigan harajatlar" umumiy ko‘rsatkichini hisoblash uchun zarurdir
Korxonalarning boshqaruvchilari bozor iqtisodiyoti sharoitida harajatlar va ularni maqsadi haqida aniq ma’lumotlarga ega bo‘lishi kerak. Faqat bu ma’lumotlar asosidagina mahsulot (ish, xizmat) sotishdan keladigan foyda to‘g‘ri hisoblanishi, rentabellik to‘g‘ri aniqlanishi, sotilayotgan mahsulot bahosining asosli ekanligi taxlil qilinishi va umuman tanlangan xo‘jalik siyosatining to‘g‘ri ekanligi baholanishi mumkin. Alohida bo‘limlar (sexlar, ishlab chiqarishlar) harajatlari haqidagi aniq ma’lumotlarga ega bo‘lingandagina, ular rentabellimi yoki zararlimi, u yerga qo‘shimcha mablag‘ ajratish kerakmi yoki rahbariyatini almashtirish kerakmi yoki bo‘lmasa butunlay yopish kerakmi, degan masalalarni hal qilish mumkin.
Sanoat korxonalarida, yuqorida berilgan elementlardan tashqari, harajatlarning moddalari bo‘yicha ham hisob yuritish muhim ahamiyatga ega.
Harajatlarni kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha hisobga olish, u yoki bu harajat turi qanday maqsadlarga sarflanayotganligini bilish, mahsulotning ayrim turlari tannarxini kalkulyatsiya qilish imkonini beradi.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, korxonalarning boshqaruvchilari bozor iqtisodiyoti sharoitida harajatlar va ularni maqsadi haqida aniq ma’lumotlarga ega bo‘lishi kerak. Faqat bu ma’lumotlar asosidagina mahsulot (ish, xizmat) sotishdan keladigan foyda to‘g‘ri hisoblanishi, rentabellik to‘g‘ri aniqlanishi, sotilayotgan mahsulot bahosining asosli ekanligi tahlil qilinishi va umuman tanlangan xo‘jalik siyosatining to‘g‘ri ekanligi baholanishi mumkin.


Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling