O‘quv qo‘llanma toshkent 2020


Ishlab chiqarish harajatlarining hisobi


Download 0.69 Mb.
bet49/93
Sana14.10.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1702357
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   93
Bog'liq
O‘quv qo‘llanma toshkent 2020-fayllar.org

9.2. Ishlab chiqarish harajatlarining hisobi
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan ishlab chiqarish harajatlarining hisobi 2010 –«Asosiy ishlab chiqarish» schyotida hisobga olinadi. Mazkur schyotning debetida korxonadagi asosiy ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlarning ko‘payishi aks ettirilsa, kreditida esa, hisobot oyining oxirida omborga berilgan tayyor mahsulotlarning qiymati aks ettiriladi.
Misol. Ishlab chiqarish harajatlari va davr harajatlari. AVS Korporatsiyasi ofis mebelining bitta modelini ishlab chiqaradi. Hamma mahsulotlar bir xil. Yil davomida quyidagi harajatlar qilindi:
Ish haqi:
ishlab chiqarish ishchilariga 80000
noishlab chiqarish ishchilariga 25000
sotuvchilarga 30000
ma’muriyat xodimlariga 15000
Ishlab chiqarishda ishlatiladigan xom ashyo 114000
Bino ijarasi 15000
Ishlab chiqarish asbob-uskunalarining amortizasiyasi 5000
Binoni elektr ta’minlash harajatlari 8000

Qo‘shimcha axborot:
  • Yil boshida tovar - moddiy zaxiralar yo‘q edi.


  • Yil davomida 800 birlik mahsulot ishlab chiqarilgan.


  • Yil oxirida mahsulot hajmi ishlab chiqarilib bo‘lindi.


  • 600 birlik mahsulotning har bir birligi 450 dan sotildi.


  • Ishlab chiqarish uchun bino maydonining 2/3 qismi ishlatiladi. Qolgan qismi ma’muriyat ofislari uchun ishlatiladi.


  • Elektr energiyaning 3/4 qismi ishlab chiqarishni ta’minlash uchun sarflanadi.


  • Yanvarda kompaniya aksionerlar qo‘ygan 500.000 ustav kapitali bilan faoliyat boshladi. Hisobot davrida kompaniya nasiyaga xech nima olmagan va sotmagan.




  1. Harajatlar ishlab chiqarilgan mahsulot birliklariga taksimlanishi.

Bevosita ishlab chiqarish harajatlari 80000


Bilvosita ishlab chiqarish harajatlari 25000
Bevosita material harajatlar 114000
Bino ijarasi (15.000 x 2/3) 10000
Ishlab chiqarish asbob - uskunalarining amortizatsiyasi 5000
Elektr ta’minlash harajatlari (8.000 x 3/4) 6000
Jami ishlab chiqarish harajatlari 240000
Mahsulot birligining tannarxi 240000 so‘m / 800 = 300




  1. Download 0.69 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling