O‘quv qo‘llanma


Somoniylar davri tangalari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet27/110
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1817991
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   110
Bog'liq
buxoro tarixi

 
Somoniylar davri tangalari 
Movarounnahrda, Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarida tib 
ilmining eng taraqqiy etgan davri X-XI asrlarga, ya’ni Ibn Sino (980-
1037) yashab ijod etgan yillarga to‘g‘ri keladi. Biroq Ibn Sino kabi 
buyuk olimning vujudga kelishi tasodifiy bir hodisa bo‘lmay, balki 
ko‘p vaqtlardan beri davom etib kelayotgan mahalliy ilmiy an’ananing 
mahsuli edi. Ibn Sinoga tabobatdan dars bergan buxorolik tabib Abu 
Mansur Qumriyning ilmiy merosi ushbu fikrni tasdiqlaydi. U X 
asrning boshlarida Buxoroda tug‘iladi va somoniy amirlari saroyida 
tabib bo‘lib xizmat qiladi. Taxminan 999-yili vafot etadi. 
O‘sha davrdagi ko‘pchilik olimlardan farqli o‘laroq, Qumriy 
turli xil fanlar bilan baravar shug‘ullanmasdan, o‘z diqqatini asosan 
tib ilmiga qaratdi. Tabobatga oid asarlaridan sakkiztasi tib ilmida 
mo‘‘tabar sanaladi, Jumladan, “Kitob al-g‘ino va-l-muno” (Etarli va 
istalgan kitob), “Kitob at-tanvir fi-l-istilohot at-tibbiya” (Tibbiy 
istilohlarni yorituvchi kitob), “Kitob al-ilal al-ilal” (Kasalliklar sababi 
1
Шу манба –Б.22.5


98 
haqida kitob). Qumriyning “Kitob al-g‘ino va-l-muno” kitobining 
ahamiyati avvalo Shundan iboratki, u Ibn Sinoning “Tib qonunlari” 
asarining yuzaga kelishiga zamin tayyorladi. Qumriy o‘z asarini 
yozishda foydalangan manbalari va ularning mualliflarini qayd etadi. 
Qumriyning bizgacha etib kelgan “Kitob at-tanvir” asari tibbiy 
istilohlarni izohlovchi arab tilida tuzilgan birinchi lug‘at hisoblanadi
1

Abu Ali Ibn Sino (980-1037) Buxoro yaqinidagi Afshona 
qishlog‘ida amaldor oilasida tug‘iladi. U jahon ilm-fani rivojiga katta 
hissa qo‘shgan ensiklopedik olimdir. Ibn Sino olti yoshga to‘lganda, 
ya’ni 986 yil oilasi Buxoroga ko‘chadi. Buxoro bu davrda ilm-fan, 
adabiyot, she’riyat ravnaq topgan va uzoq ilmiy-ma’rifiy, madaniy 
an’analar davom etib kelayotgan Somoniylar davlatining ma’muriy-
siyosiy markazi edi. Buxoro butun Movarounnahr, O‘rta va YAqin 
SHarqda madaniyat o‘choqlaridan biri bo‘lib, shaharda tabobat, 
falsafa, mantiq, nazm, fiqh, tarix bilan shug‘ullanuvchi etuk olimlar, 
shoirlar to‘plangan edi. Ibn Sino boshlang‘ich ma’lumotni shu erda 
oldi. U iste’dodli, xotirasi kuchli, zehni o‘tkir bo‘lgani bois o‘z 
davrida ma’lum bo‘lgan ilmlarni tezda egalladi. O‘n yoshida Qur’onni 
to‘liq yod oldi. 10-13 yoshidan boshlang‘ich matematika, mantiq, 
fiqh, falsafa ilmlari bilan shug‘ullana boshladi. U yosh bo‘lishiga 
qaramay, Abu Abdulloh Notiliydan falsafa ilmini, o‘sha davrning 
mashhur tabibi Abu Mansur Qumriydan esa tibbiyotni o‘rgandi. Ba’zi 
masalalarda ustozlaridan o‘zib ketdi. 
U Sharq mutafakkirlarining asarlarini chuqur o‘rganish bilan 
birga, qadimgi yunon tabiiy-ilmiy va falsafiy merosini, xususan, 
Aristotel, Evklid, Ptolomey, Galen, Gippokrat, Pifagor, Porfiriy 
kabilarning asarlarini ham qunt bilan o‘rgandi. Ibn Sino 17 yoshida 
mashhur tabib sifatida tanildi. Buxoro hukmdori Nuh ibn Mansurni 
davolash evaziga saroy kutubxonasidan foydalanish huquqini oldi va 
bu mashhur kutubxonada yuqorida tilga olingan olimlarning asarlari 
bilan tanishish va ularni o‘zlashtirishga muvaffaq bo‘ldi. 
1
Каримов У.И. Ибн Синога табобатдан дарс берган олим // Шарқшунослик (тўплам).- 
№1.-Тошкент: Фан, 1990.- Б.12-16.


99 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling