O‘quv qo‘llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/110
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1817991
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   110
Bog'liq
buxoro tarixi

 
Somoniylar maqbarasi
Maqbaraning umumiy ko‘rinishi kvadrat planiga mos tushgan. 
Maqbara juda oddiy bo‘lib, ikkita turg‘un shakldan qaror topgan


103 
ya’ni yarim shar shaklidagi qubba bilan tugallangan kub nusxa 
binodan iborat. Binoning to‘rtala tomoni ham arxitektura jihatidan bir 
xilda bezatilganligi maqbaraning sentrik kompozitsiya uslubida 
yaratilganligini ko‘rsatadi. Bino qismlarining muvozanatliligi 
fasadlarining ishlanishida ham, devor va uning ustidagi qismlarining 
uzviy mutanosibligida ham ko‘rinadi. Taglik chizig‘i bino asosini 
ko‘rsatib turadi, bino devorining yuqori qismi esa ravoqlar gallereyasi 
bilan tugaydi, bino burchaklarida chorak qismi devorga tutashib 
ketgan baquvvat ustunlar bor, maqbaraga to‘rtala tomoniga ham bir xil 
qilib ishlangan ravoqsimon peshtoqdan kiriladi. Peshtoqda birin-ketin 
uchta ravoq bo‘lib, ular borgan sari kichiklashaveradi. Har bir ravoq 
etagi to‘g‘ri burchakli romga tutashgan. Maqbaraning ichkarisida ham 
arxitektura elementlari yaqqol ko‘zga tash- lanadi. Devorlarning 
yuqori burchaklarida tokchalar bo‘lib, tokcha va darchalarning usti 
sakkiz qirrali gardish qilib ishlangan. Maqbara gumbazi ana shu 
gardishga qo‘ndirilgan. 
Binoning tashqi va ichki tomonidagi elementlar bir-biriga juda 
monand tushgan. Maqbara ichkarisidagi zamin tashqarisdagi sokol 
sathiga to‘g‘ri keladi, kiraverish ravoqlari yonidagi belboqqa o‘xshash 
chiziq bino ichkarisida ham takrorlangan. Past-past qilib ishlangan 
tashqi gallereyiga ichki tokchalar to‘g‘ri keladi. Ichki tomondan 
panjara qo‘yilgan, kichik ravoqli darchalardan ichkariga etarli 
darajada yorug‘lik tushib turadi. Maqbaraning devorlari va yuqori 
qismlariga mayda yupqa g‘isht, tagligiga esa yirik g‘isht, ayrim 
bezaklarda shakl qilib o‘yilgan g‘ishtlar ishlatilgan
1
.
Shamsulmulk Buxoro tevaragida Shamsobod quriqxonasi barpo 
ettirib, saroy, bog‘, yaylov va xayvonot bog‘i tashkil kildi, shaharning 
o‘zida esa 1069-yili yangidan jome masjid qurdirdi. Shamsulmulk 
vorislaridan biri Buxoroda yana muhtasham qasr qurdirdi. Arslonxon 
Muxammad (1102-1130) bu erda, ayniqsa, ko‘p qurilishlar qildi. U 
qo‘rg‘onni va shaharning tashqi devorlarini tiklatdi. Yangidan 
minorali muhtasham jome masjidi, ikkita hammom, ikkita saroy 
qurdirdi.
Minorai kalon 1127-yili me’mor Baqo loyihasi asosida 
Arslonxon buyrug‘i bilan qurdirgan. Minora poydevori tosh va 
1
Пугаченкова Г.А. Исмоил Сомоний мақбараси. –Тошкент: Госиздат УзССР, 1964. –
Б.2-3.


104 
maxsus qir qorishmasidan terilgan. Er sathidan 9 m chuqur, balandligi 
50,0 m, kursisi qirrador, tanasi g‘o‘lasimon, tepasi gumbazli davra 
qafasa-ko‘shk bilan bog‘langan. Minora yuqoriga ingichkalashib 
boradi va muqarnas bilan tugaydi. Qafasasidagi 16 ravoqli darchalar 
orqali atrofni kuzatish mumkin. Tepaga minora ichidagi 104 pillapoya 
aylanma zina orqali chiqiladi. Masjidi kalon tomonidan minoraga 
o‘tiladigan ko‘prikcha bo‘lgan. Minoraning o‘zagi ham, bezagi ham 
chorsi g‘isht (27x27x4x5 sm) ganchxok loyida terilgan. Bezak g‘ishti 
o‘rniga qarab turli shaklda, sirti silliq pardozlangan. Ustma-ust 
joylashgan turli xil handasiy shakldagi bejirim bezakli halqalari 
g‘ishtin dandanalar bilan hoshiyalangan. Bezaklar orasida tarixiy va 
diniy mazmundagi kufiy yozuvlar uchraydi. Muqarnas ostidagi moviy 
rang sirkor halqalarning har biri turli xil handasiy shaklda bezatilgan. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling