O‘quv qo‘llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
buxoro tarixi
«Omadand va kundand va so‘xtand va kushtand va burdand va
raftand» (Keldilar va emirdilar, yondirdilar va o‘ldirdilar, taladilar va ketdilar.) 1 . Chingizxonning Movarounnahrni egallash tadbirlarining so‘ngida mazkur hudud Chig‘atoy ulusi tarkibiga kirdi. Hududda mo‘g‘ullarga qarshi norozilik harakatlari ham sodir bo‘ladi. Tarixchi Juvayniy, ma’lumotlariga qaraganda, Buxoro va uning atrofidagi qishloqlarda 1238-yilda qo‘zg‘olon yuz berdi. Buxorodan uch farsax narida Torob qishlog‘i bo‘lib, bu qishloqda elakchi Mahmud Torobiy istiqomat qilardi. Mahmud Torobiyning Buxorodagi tarafdorlari o‘rtasida zodagonlardan bo‘lgan olim Shamsiddin Mahbubiy ham bor edi. Shamsiddin Mahbubiy bir qancha sabablarga binoan o‘z maslakdoshlari bilan qattiq janjallashib, yuqori mansabdagi ruxoniylar nazarida murtad bo‘lib qolgan va Mahmud Torobiyning va’z- nasihatlarini zo‘r berib quvvatlay boshlagandi. Shamsiddin Mahbubiy Torobiyga qarata shunday degan ekan: «Mening otam Buxoroning 1 Ҳерман Вамбери. Бухоро ёхуд Мвароуннаҳр тарихи. –Тошкент: Ғафур-Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1990. –Б.24. 111 Torob qishlog‘idan bir podshoh chiqib dunyoni ozod qilishini aytib uning nishonalarini tasvirlab bergan edi. Mazkur podshoh va uning tavsifi kitobda ham bayon qilingan. Qarasam ul nishonalar sizda namoyon bo‘libdir». Mahmud Torobiy haykali Maxmud Torobiyning tarafdorlari kun sayin ko‘paya boradi. Torobda va Buxoroning boshqa qishloqlarida aholiga Mahmud Torobiyning va’z-nasihatlari shu qadar ta’sir qilgan ediki, xalq mo‘g‘ullarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘tarib chiqishga nishona berilishinigina kutib turadi. Torobiy yurgizgan targ‘ibotning muvaffaqiyatlari mo‘g‘ullarning qulog‘iga borib etadi. Buxorodagi amirlar va bosqoqlar qo‘zg‘olonni bostirish chorasini ko‘rish to‘g‘risida kengash o‘tkazadilar va yuz bergan ahvoldan xabardor qilmoq uchun Ho‘jandga hokim Yalavoch oldiga chopar yuboradilar . Bosqoqlar va amirlar o‘zlarining hozircha kuchsizliklarini va Mahmud Torobiy hamda uning tarafdorlariga qarshi ochiqdan-ochiq 112 urush qila olmasliklarini tushunib, xalq yo‘lboshchisini hiyla bilan Buxoroga olib kelmoqchi va yo‘lda o‘ldirmoqchi bo‘ladilar. Shu maqsadda Torob qishlog‘iga Mahmud oldiga Tomsh boshchiligida bir necha mo‘g‘ul lashkarboshisi yuboriladi. Lekin Maxmud Torobiy ularning nayranglarini darrov anglab, yovuz niyatlarini fosh qiladi va shu bilan o‘z hayotini saqlab qoladi. Shunday bo‘lsa-da, u Buxoroga jo‘naydi, Buxoroda xalq uni xursandchilik bilan kutib oladi hamda uni quvvatlashga va’da beradi. Shu narsa diqqatga sazovorki, Mahmud Torobiy Buxoroga kelgandan keyin darrov Malik Sanjarning saroyiga boradi va shu bilan siyosatda Malik Sanjarning yuqorida aytib o‘tilgan 1207-yilgi harakati ruhida ish qilayotganini ta’kidlaydi. Mahmud borgan mahalla va bozorlar,- deb yozadi Juvayniy, - odam bilan liq to‘lib ketgan edi, mushuk o‘ta oladigan joy ham yo‘q edi. Bu orada amirlar va bosqoqlar ham jim o‘tirmay, qandaydir yangi fitnalar hozirlaydilar. Bundan Mahmud Torobiy xabar topadi. U Buxoroda turaverish xavfli ekanligini anglaydi. Bundan tashqari, u qo‘zg‘olon uchun qulay fursat kelganini, chunki Mahmud Yalavochning amir va bosqoqlariga yordam uchun Xo‘janddan yuboradigan askarlari etib kelguncha birmuncha vaqt o‘tishini va binobarin, bu fursatni qo‘ldan bermaslik zarurligini yaxshi tushunadi. SHuning uchun Mahmud Torobiy Buxorodan chiqib, shaharga eng yaqin joydagi Abuxafs tepaligida (shahar devoridan shimolda) turishni eng ma’qul ish deb hisoblaydi. Uning Buxoro shahridagi va shahar atrofida joylashgan qishloqlardagi eng yaqin tarafdorlari bu tepalikka kelib to‘plana boshlaydilar. Maxmud Torobiy o‘z tarafdorlariga murojaat qilib bunday deydi: «Hoy haqiqat homiylari, yana nega sustkashlik qilamiz, yana nimani kutib turamiz? Dunyoni kofirlardan tozalash zarur, har bir kishi bisotida bor yarog‘-aslahasini yoki tayog‘ini shaylasin va ishga solsin». Bu chaqiriq hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Mahmud Torobiy yonida yaxshi qurollanmagan bo‘lsa-da, lekin o‘zlarining qadrdon shahar va qishloqlarini mo‘g‘ullardan va ularga mansub sheriklaridan ozod qilish ishiga fidokorona tayyor turgan sodiq kishilardan iborat katta qo‘shin to‘plandi. Mahmud Torobiy o‘z tarafdorlarining qurollangan qo‘shini bilan yana Buxoroga kelib, Robia saroyiga joylashadi. Bu safar bosqoqlar va amirlar qo‘zg‘olonchilarga faoliyat maydonini bo‘shatib berishdan va ularga kelgusida zarba berish uchun yashirin ish olib borishdan boshqa iloj topa olmaydilar. 113 Bu orada Maxmud Torobiy Buxoroning sadrlari, katta amaldorlari va boylarini Robia saroyiga chaqirtiradi. Juvayniyning yozishiga qaraganda, nufuzli oilaga mansub Sadr A’zam Burhoniddin Mahmudni aql-idrok jihatidan ham, oliyhimmatlik jihatidan ham o‘ziga nomaqbul kishi bo‘lib ko‘rinmaganidan unga xalifalik mansabini berdi, o‘zi (Sadr A’zam)esa Shamsiddin Mahbubiyni Sadr deb e’lon qildi 1 . Mahmud Torobiy o‘zining Buxoro va uning viloyatidagi hokimiyatini xalq qonuniy hokimiyat deb anglashi uchun biror chora topish zarurligini juda yaxshi bilardi. Mana shu chora sifatida u qonuniy ruhoniy va dunyoviy hokimiyatni o‘z qo‘l ostiga olish maqsadida yuqori mansabli musulmon ruhoniylarining vakillari bo‘lgan sadrlarni o‘zini halifa deb e’lon qilishga majbur etadi. Mahmud Torobiy konuniy hukmdor deb e’lon qilinganidan keyin darhol mo‘g‘ullar bilan yaqin aloqa bog‘lab, xalqning nafrati ostida qolgan amaldorlar va zodagonlarga qarshi bir qancha tadbirlarni amalga oshiradi. Oddiy xalqqa va darbadarlarga esa u iltifot va marhamat ko‘rsatadi. Mahmud Torobiy eng qiyin kunlar endi kelishini juda yaxshi bilganidan, Buxoroga kelayotgan mo‘g‘ul qo‘shinlariga qarshi qurolli kurashga zo‘r berib tayyorgarlik ko‘radi. Buxorodan qochib ketgan amirlar va bosqoqlar Karmanada qo‘zg‘olonga qarshi markaz uyushtiradilar. Ular yaqin atrofdagi nohiyalarda bo‘lgan hamma mo‘g‘ullarni Karmanaga to‘plab, kattagina qo‘shin bilan Buxoro ustiga yuradilar. Jangda Mahmud Torobiyning tarafdorlari g‘alaba qozonadilar. Tor-mor keltirilgan mo‘g‘ullar Karmana tomonga qarab qochadi. Qo‘zg‘olonchilarga Buxoro yaqinidagi hamma qishloqlardan yangi kuchlar kelib qo‘shiladi. Tevarak-atrofda yashovchi aholi o‘z qishloqlaridan bolta va belkuraklar ko‘tarib chiqib, dushmanni Karmanagacha quvib boradilar. Bu g‘alaba Mahmud Torobiy harakati erishgan katta muvaffaqiyat edi. Keyinchalik, ya’ni qo‘zg‘olonchilarning kuchlari ancha zaiflashganda bu harakat juda pasayadi. Gap shundaki, qo‘zg‘olon vaqtida Mahmud Torobiy va Shamsiddin Mahbubiy halok bo‘ladilar. Qo‘zg‘olonchilar halok bo‘lgan rahbarlari o‘rniga Mahmudning ikki ukasi Muhammad va Alini o‘zlariga boshliq qilib ko‘taradilar. 1 Баракаев Ж., Ҳайдаров Й. Бухоро тарихи.-Тошкент: Ўқитувчи, 1991. –Б.53. 114 Muhammadda ham, Alida ham tashkilotchilik qobiliyati yo‘q edi. Xalq o‘rtasida ham e’tiborsiz kishilar edi. Shu sababdan qo‘zg‘olonchilar mo‘g‘ullar bilan bo‘ladigan yangi to‘knashuvga hech qanday tayyorgarlik ko‘ra olmaydilar. Jangdan bir haftagina ham o‘tmay, qo‘zg‘olonchilar ustiga mo‘g‘ullarning Eldiz Noyon va Chekan Kurchi boshliq yangi qo‘shinlari hujum qilib keladi. Qo‘zg‘olonchilar tor-mor keltiriladi va urushda ulardan 20 mingga yaqin odam vafot etadi. Mo‘g‘ullar yana xo‘jayin bo‘lib oladilar, ular Buxoroga kirib shahar aholisini shafqatsiz suratda talaydilar. Buxoroliklarga va Buxoro shahri atrofida yashovchi dehqonlarga zo‘ravonlik qilish shu darajaga borib etadiki, xatto o‘ta qattiqqo‘l va shafqatsiz kishi bo‘lgan Mahmud Yalavoch ham Buxoroga kelib, odamlarni bekordan-bekorga urish va o‘ldirishni to‘xtatishni talab qiladi. Mahmud Torobiy qo‘zg‘oloni asosan, soliq, o‘lpon va majburiyatlarning haddan tashqari og‘irligiga, shuningdek, bu soliq va o‘lponlarni undirishdagi suiste’mollarga qarshi qaratilgan edi. Mahmud Torobiy qo‘zg‘olonidan so‘ng mo‘g‘ullar Buxoro va umuman Movarounnahrda mahalliy aholining, ayniqsa dehqonlar va hunarmandlarning ahvoli og‘irligini seza boshlaganlar. Mo‘g‘ul boskinchilarida mahalliy aholini ezish kuchaytirilaversa, yangi xalq harakatlari kelib chiqishidan xavotirlanishni sezadilar.Chig‘atoy ulusiga hokimlik qilgan Mahmud Yalavochning o‘g‘li Ma’sudbek hokimligi davrida (1254-1289 yy.) ham mahalliy aholining mo‘g‘ul bosqinchilari uchun bajaradigan majburiyatlari soni oshirildi. XIII asr ikkinchi yarmida ham Buxoro shahri bosqinchilar tomonidan yana bir necha marta talandi. Bu esa Buxoroning Movarounnahr ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotidagi o‘rniga putur etkaza boshladi. Masalan, 1272-yilda Eronniig mo‘g‘ul podshosi Xulaguxonning qo‘shini Movarounnahrga bostirib kirdi. Kesh va Naxshobni taladi, so‘ngra Buxoroni qamal qildi. 1273-yilning 22 yanvarida Xulaguxon qo‘shini shaharni ishg‘ol qildi. Shaharda talonchilik va qirg‘in boshlandi va bu to‘s-to‘polonlar vaqtida «Ma’sudiya» madrasasi va undagi ko‘p qo‘lyozma kitoblar yonib ketdi. Shahardagi talash va o‘ldirishlar bir haftagacha davom etdi. Natijada Buxoro va uning atrofi butunlay vayron bo‘ladi. Etti yil davom etgan xarobalik o‘z oqibatini ko‘rsatdi, Buxoroning savdo, hunarmandchilik va madaniyat markazi sifatidagi ahamiyati yo‘qoldi. 115 Holbuki,shu vaqtdan salgina ilgari, ya’ni 1262 yildan 1265 yilgacha Buxoroda yashagan aka-uka Pololar Buxoroni O‘rta Osiyo va Eronning eng yaxshi shaharlaridan birideb hisoblagan edilar 1 . Buxoro temuriylar davrida o‘z madaniy-ma’rifiy mavqei bilan Movarounnahrning asosiy shaharlardan biri edi. Shahar kattaligi jihatidan Samarqanddan keyin turgan. Mo‘g‘ullar istilosidan so‘ng shahar va undagi inshootlarning aksariyat qismi ta’mirtalab holga kelgan edi. XIVasrning birinchi yarmida Mo‘g‘ul hukmdorlari G‘ozonxon, Kebekxon, Qozonxon, Qozog‘on davrida Movarounnahr ma’muriy-harbiy tumanlarga bo‘linadi. Ba’zi tuman va shaharlarni mahalliy hokimlarning sulolalari boshqargan bo‘lsa, ayrimlari ruhoniy namoyandalar qo‘lida edi. Mazkur davrda Buxoro va uning viloyati sadrlar boshchiligidagi ruhoniylar mulkiga kirar edi. Amir Temur Buxoroda “sadr ash-shariat” deb nom qozongan katta ruhoniyning qizi Tegina begim mohning farzandi bo‘lgan. Mamlakatni markazlashtirish ishida Amir Temur buxorolik din peshvolarining maslahati va ko‘magiga tayangan. Shuni alohida ta’kidlash joizki, Samarqanddagi sarbadorlar harakatida ishtirok etganlar orasida Xurdaki Buxoriy ham buxorolik bo‘lib mo‘g‘ullar istibdodiga qarshi kurashgan shaxslardan biri bo‘lgan. Temurlar davrida garchi Samarqand saltanat poytaxti deb tanlangan bo‘lsa-da, Buxoro islom dini gumbazi maqomida bo‘lgan. Temuriylar davrida shahar ilm-fan, ta’lim va madaniyat markazlardan biri sifatida qadrlangan. Buxoro shahri poytaxt Samarqandga mudofaa hamda ma’naviy jihatidan eng yaqin markaz sifatida o‘z nufuzini saqlab turgan. Bu davrda shaharda turli ahamiyat va darajadagi imoratlar, jamoat binolari qurilgan va ta’mirlangan. Buyuk ipak yo‘li chorrahasida joylashgan Buxoro savdo-sotiq markazi vazifasini bajargan. XIX asrning oxirida Buxoro topografiyasini o‘rgangan N.F.Sitnyakovskiy Kogondan sharqiy-janubiy tomonda joylashgan hamda xalq orasida Amir Temur farmoyishi bilan qazilgan Temur ariq xususida qimmatli ma’lumotlarni keltirib o‘tgan. Mo‘g‘ullar davrida deyarli vayron Buxoro vohasining suv xo‘jaligi Amir Temur davrida qayta tiklandi. Amir Temurning Buxoro shahriga kelishi bilan bog‘liq 1 Ҳерман Вамбери. Бухоро ёхуд Мовароуннаҳр тарихи. –Тошкент: Ғафур-Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1990. –Б.24. 116 ma’lumotlarni tahlil etish natijasida u yoshligida shaharga tez-tez tashrif buyurganligi, markazlashgan davlatga asos solganidan so‘ng esa shahardagi muqaddas ziyoratgohlarni ziyorat etganligini ta’kidlash mumkin. Jumladan, Amir Temur har gal harbiy yurishlardan zafar bilan qaytganda, albatta Buxoroi sharifga kelib avliyolarni ziyorat qilib, so‘ng poytaxt Samarqandga yo‘l olgan. Sohibqironning siyosiy faoliyatida Buxoro, Xorazm va Oltin O‘rda Xoni To‘xtamish bilan bo‘lgan harbiy harakatlarda muhim rol o‘ynagan. Buxoroning Qorako‘l, Jondor tumanlarida xorazmliklarning doimiy hujumlari amalga oshirilgan. Amir Temurning Xorazmga qarshi olib borgan janglaridan so‘ng ushbu muammo hal etilgan. Oltin O‘rda xoni hisoblangan To‘xtamish ham Amir Temurning unga ko‘rsatgan yordamiga qaramay, sohibqiron saltanatiga rahna solgan. To‘xtamish qo‘shinlari paytdan foydalanib, Buxoro shahrini qamal qilishga ham botingan. Ammo, mustahkam qal’aga aylantirilgan Buxoro ahli bosqinchilarga qarshi qattiq qarshilik ko‘rsata olgan. 1392-yil Eron, Seyiston, Yazd kabi viloyatlarga qaratilgan harbiy harakatlarni amalga oshirish uchun Amir Temur Buxoro shahri orqali o‘tgan vaqtda betoblanadi va shahardan to‘rt-besh kilometr uzoqlikdagi Jo‘yizar mavzesida bir oy davolanadi 1 . 1404-yil noyabrida Samarqanddan Amir Temur saroyidan kaytayotgan Ispaniya elchilari Buxoroga tashrif buyurishdi. Elchi Run Gonsales de Klavixo xotiralarida quyidagilarni o‘qish mumkin: “Boyardi (Buxoro) katta shaharga keldik. Shahar keng tekislikda joylashgan. Atrofi tuproq ko‘tarmasi pasxa devor va suvga to‘la chuqur xandak bilan o‘ralib, uning bir chekkasida qal’a bo‘lib, u ham pasxadan bunyod etilgan. Chunki, bu erda tosh yo‘k..., kal’a yonidan daryo oqqan. Shaxar atrofi keng. U erda xam katta binolar mavjud. Shaxar non, go‘sht, sharob singarn oziq-ovqat va boshka mollarga boy. ... Elchilar bu shaharda olti kun turdilar” 2 . Bobur ham Buxoroga taalluqli xotiralarida shunday yozgan: “Buxoro ko‘rkam shahar. Mevalari mo‘l va ajoyib kovunlari juda yaxshi. Movarounnahrning biron erida Buxorodagidek ko‘p va ajoyib qovun bo‘lmaydi. Buxoro olxo‘rilari ham mashhur. Buxorodagidek 1 Қосимов Ф.Ҳ. Темурийлар даврида Бухоро. –Бухоро: Бухоро нашриёти, 1996. –Б.33. 2 Руи Гонсалес де Клавихо. Самарқандга – Амир Темур саройига саёхат кундалиги / Таржима матнини нашрга тайёрловчи ҳамда сўзбоши ва изоҳлар муаллифи М.Сафаров. –Тошкент: Ўзбекистон, 2010. –Б.209. 117 olxo‘ri hech erda yo‘k. Ularning po‘stini archib tozalaydilar, quritadilar va sovg‘a sifatida bir viloyatdan ikkinchisiga olib boradilar” 1 . Amir Temur vafotidan so‘ng Buxoro ma’naviy-diniy markaz va davlatning ikkinchi poytaxti sifatida o‘z mavqeini yanada mustahkamlagan. Chunonchi, Amir Temur vafotidan co‘ng Samarkandda hokimiyatni Xalil Sulton egallab olganidan keyin Shohruxning taxtga da’vogar va mavjud oliy xokimiyatga karshi kayfiyatda bo‘lgan o‘g‘illari - Ulug‘bek va Ibrohim Sulton Buxoroga kelishdi. Shahar kattaligi jihatidan Samarqanddan qolishmas edi. Shaxzoda va beklar dastavval Amir Temur hukmronlik qilgan davrda qurilgan Ayyub payg‘ambar kabrini (Chashmai Ayub maqbarasini) tavof qilgandan so‘ng Buxoro Arkida joylashishdi. O‘sha davrda Arkning hali ishlab turgan sharqiy darvoza kismini Ulug‘bek, g‘arbiy darvozali ikkinchi qismini esa Ibroxim Sulton egallaydi. Shuni ta’kidlash kerakki, bu vaqt jihatidan Buxoro Arki sharkiy darvozasining so‘nggi bor tilga olinishidir. Chamasi, o‘sha asr davomidayok sharqiy darvoza berkitib qo‘yilgan, chunki keyingi asr manbalarida u tilga olinmaydi. Buxoro faqat Movarounnahrning Samarqandga qarshi kayfiyatda bo‘lgan ikkinchi markaz sifatidagina emas, balki Xurosonga strategik jihatdan yaqin shahar ekanligi uchun xam shahzodalarga qiziqarli bo‘lib, ular Xurosondan Shohruxdan yordam kutar edilar. Biroq, ular bu erda bir oy (mart) ham tura olishmadi, chunki Xalil Sulton tomonga o‘tgan Buxoro lashkarlari kutilmaganda Arkka hujum qildi va shahzodalar kochishdi. Ularning barcha mol- mulki, qo‘shinlari fitna uyushtirgan shaharliklar tomonidan qo‘lga olinib, talon-toroj qilindi . Shunga qaramay, birmuncha keyinroq Shohrux Buxoro shayxlarining aholi kayfiyatiga ta’sirini va ularning davlatdagi ulkan siyosiy ahamiyatini anglab “musulmonlar ishini tashkil qilish, ya’ni Xalil Sulton mavqeini pasaytirib Movarounnahr taxtiga Ulug‘bekni o‘tqazish uchun Buxoro nakshbandiylarining rahbari Muhammad Porso bilan muttasil aloqa qilib turdi. Shuni izohlash kerakki, Samarkand shayxul-islomlari yoki Buxoro sadrjahonlari tarzidagi rasmiy diniy arboblar ilgari 1 Бухоро Шарқ дурдонаси/Муаллифлар жамоаси. –Тошкент: Шарқ, 1997. – Б.51. 118 bo‘lganidek, mazkur davrda ham hokimiyatning zodagon qatlamlaridan chiqqan kishilar bo‘lib, oliy xokimiyat ular tomonida edi. Ko‘pincha Buxoro sadrjahonlari dunyoviy hukmdorlarning rasmiy noiblari xisoblanar edilar. Zahiriddin Muhammad Boburning Movarounnahrni birlashtirishga qaratilgan harakatlari davrida Buxoroda butun quvvat va nufuz Abduali Tarxon, Samarqandda esa Xoja Abulmakarim qo‘llarida edi. Mo‘g‘ullar istilosi Movarounnahrning ko‘pgina shaharlari taqdirida qanchalik ayanchli iz qoldirgan bo‘lsa, Buxoro uchun ham bu istilo mash’um taqdirning ayanchli ko‘rinishini ifoda etdi. Amir Temur va temuriylar, mo‘g‘ullardan farqli o‘laroq, Buxoroga alohida e’tibor qaratib, uning siyosiy, to‘g‘rirog‘i, diniy mavqeini tiklashga sa’y-harakat qildilar. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling