O‘quv qo‘llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
buxoro tarixi
Ibn Sino
Ibn Sino barcha zaruriy ilmlarni Buxoroda oldi va ilmiy faoliyati 18 yoshdan boshlandi. Uning birinchi ilmiy asari “Urjuza” deb nomlanib, u Buxoro hukmdori Nuh ibn Mansurga bag‘ishlangan tibbiy she’riy asar hisoblanadi. Asarda nafsoniy quvvatlar masalasi tushunarli bo‘lishi uchun she’riy tarzda bayon qilib berilgan. O‘z qo‘shnisi va do‘sti Abu-l-Husayn al-Aruziyning iltimosiga ko‘ra, ko‘p fanlarni o‘z ichiga olgan navbatdagi ilmiy asari “Al-hikmat al-Aruziy” (Aruziy hikmati) asarini yozadi. Boshqa bir do‘sti Abubakr al-Barqiy iltimosi bilan 20 jildli qomusiy “Al-hosil val-mahsul” (Yakun va natija) va 2 jildli “Kitob albir va-l-iom” (Saxovat va jinoyat kitobi) nomli asarlarini bitadi. 999-yil Movarounnahr Qoraxoniylar tomonidan ishg‘ol qilingandan so‘ng Ibn Sino dastlab Xorazmga ketadi va bir muddat bu erdagi Xorazm Ma’mun akademiyasida ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanadi. Lekin o‘lkadagi siyosiy beqarorlik uni bu erlarni ham tark etishga majbur qiladi. Olimning keyingi hayoti Movarounnahrdan tashqarida, Niso, Obivard, Tus, Ray, Jurjon, Isfahon, Hamadon orasida sarsonlikda kechdi va umrining oxirigacha o‘zga yurtlarda ilmiy, ijtimoiy faoliyat bilan mashg‘ul bo‘ldi. Qomusiy olim umri davomida 450 (280) ortiq asar yozgan bo‘lsa, shulardan 242 (160) tasi bizgacha etib kelgan. Ulardan 80 tasi falsafa, 43 tasi tibbiyot, qolganlari esa fanning boshqa sohalariga oid asarlardir. 100 O‘rta Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharq mamlakatlarida tib ilmining eng taraqqiy etgan davri X –XI asrlarga, ya’ni Ibn Sino yashagan va ijod qilgan davrga to‘g‘ri keladi. Biroq, Ibn Sino kabi olimning vujudga kelishi tasodifiy bir hodisa bo‘lmay, balki ko‘p vaqtlardan beri davom etib kelayotgan mahalliy ilmiy an’ananing mahsuli hisoblanadi. Ibn Sinoga qadar qadimgi yunon olimi Gippokrat, Rim olimi Galen va o‘rta asr Sharqida Zakariyo Roziy kabilar tabobatda eng mashhur hasoblanardilar. Ibn Sino ilmiy merosining bosh asari bo‘lgan “Kitob al-qonun fit-tibb”da yuqoridagi olimlarning fikr - mulohazalari shaxsiy tajriba asosida qayta ko‘rib chiqiladi va inson organizmini o‘rganish sohasida hali ilmda ma’lum bo‘lmagan bir qancha yangiliklar bayon etiladi. Kitob besh mustaqil katta asardan tarkib topgan. Kasallik va uning kelib chiqishi, diagnostika va davolashda Ibn Sino determinizmni asos qilib oladi: har bir kasallik muhit, sharoit, ovqatlanish, tananing o‘ziga hos xususiyatlari, organizmning tashqi ta’sirga munosabati kabi omillar bilan uzviy bog‘liq holda, ma’lum sistemada tekshiriladi. Ibn Sino Pasterdan deyarli sakkiz asr oldin yuqumli kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi mikroblar to‘g‘risidagi fikrni asoslab, buyuk kashfiyot qildi. U inson hayotida pulsning juda katta ahamiyatini aniqladi. “Kitob al-qonun” 600 yil davomida tibbiyotga oid asosiy qo‘llanma bo‘lib keldi. Uning boshqa asari “Kitob ash-shifo”da botanika, geologiya, mineralogiya, astronomiya, matematika, ximiyaga oid ko‘p ma’lumotlar keltiriladi. Abu Abdulloh Ja’far Rudakiy taxminan 960-yilda Samarqand yaqinida joylashgan Panjrudak qishlog‘ida tug‘ilgan. Shuning uchun ham shoirning taxallusi shu tug‘ilgan qishlog‘ining nomidan kelib chiqib, Rudakiy bo‘lib hisoblanadi. YAna boshqa manbalarda aytilishicha, o‘sha davrda xalq cholg‘u asboblari orasida “rud” nomli musiqa asbobi bo‘lib, shoir uni chalishni juda yaxshi o‘rgangan, shuning uchun ham shoir taxallusini shu asbobdan olgan deb ham hisoblaydilar. Rudakiyning ijod qilgan davrda she’riyat, ayniqsa, saroy she’riyati, qasidanavislik, ya’ni shaxsga madhiya o‘qib, ko‘klarga ko‘tarib maqtash keng avj olgan edi. Qasidanavislikdan asosiy maqsad, uning mohiyati maqtov kimning shaxsiga qaratilgan bo‘lsa, 101 o‘sha kishini shaxsni ulug‘lashtirish bo‘lgan. Rudakiy esa ma’lumotlarga qaraganda, qasida to‘qishga usta bo‘lgan. SHuning uchun ham bo‘lsa kerak, uning Somoniylar saroyiga taklif qiladilar. U davrda hokimiyat tepasida Nasr ibn Ahmad turardi. Shu davrdan boshlab, uning hayotida saroy davri boshlanadi. Saroy hayoti o‘zining o‘ta murakkabligi bilan ajralib turgan, fisqu-fasodlarga to‘la bo‘lgan. Rudakiy fors-tojik she’riyatining asoschilaridan biri hisoblanadi. XI asr shoiri Rashidiyning aytishicha, Rudakiyning bir million uch yuz ming bayt she’ri borligi hisoblab chiqilgan. Ammo, bizgacha ming bayt, ikki qismda ellik ruboiy, she’rlar, doston va boshqalar etib kelgan, xolos. Bu asarlarda shoir do‘stlik, muhabbat, yaxshilik qilish, birovning dilini og‘ritmaslik kabi ulug‘ insoniy fazilatlarni ulug‘laydi. Doimo ezgulik qilishga chorlaydi. Bizga qadar Rudakiy qalamiga mansub “Kalila va Dimna”, “Davroni oftob”, “Sindnoma” kabi poemalardan parchalar etib kelgan. Rudakiyning asarlari haqida gap yuritar ekanmiz, uning tili sodda, keng xalq ommasiga juda ham tushunarli bo‘lganligini ko‘ramiz. Shuning uchun ham u keng xalq ommasi orqali shuhrat topgan. Uning asarlari hozirgi o‘zbek tiliga ham tarjima qilingan. Somoniylar va Qoraxoniylar davrida Buxoroda fan, madaniyat va san’atni rivojlantirish bilan birga hokimiyatni markazlashtirish orasida ham bir qancha ijobiy ishlarni amalga oshirgan ekanlar. Jumladan, shahar somoniylar davrida bir qancha qismlardan tashkil topgan. Bu qismlar orasida eng mustahkami Ark (qal’a) edi. U juda baland va qalin devor bilan o‘ralgan deyarli o‘lchab bo‘lmasdi. Arkdan sharq tomonda mustahkamlangan shahriston (shaharning qadimiy qismi) joylashgan. Shahar tashqarisi rabot ham devor bilan o‘ralgan na ichki hamda tashqi rabotlarga bo‘lingan. Arkning g‘arbiy etagida katta Registon maydoni bo‘lib unda 10 ta davlat boshqarmalari devonxona binosi qad ko‘targan. Xuddi shu erda saroy qurilgan bo‘lib, Buxoroga X asr oxirlarida kelgan Mukaddasiy musulmon olamida bunday muhtashamroq saroyni qo‘rmaganini ta’kidlaydi. Registonda shuningdek, hayit namozlari o‘qiladigan iydgoh musallo ham bo‘lgan. Ammo somoniylar davrida shahar aholisi shu qadar ko‘paydiki, natijada eski musalloga barcha namozxonlar sig‘may qoldi. 971-yilda qal’ada yarim farsax - 3-4 kilometr masofada yangi musallo quriladi. Yana bir podshoh saroyi quriladi. 102 IX-X asrlardagi Sharq matematikasining yutuqlari Buxoro me’morlari ijodida o‘z aksini topgan. Buxorodagi Somoniylar davri inshootlaridan faqat Somoniylar maqbarasi Markaziy Osiyoda eng ko‘hna musulmon me’moriy ishooti butunlay pishiq g‘ishtdan ko‘tarilgan. Yodgorlik islom dinigacha bo‘lgan mahalliy so‘g‘diy me’morlar tajribasiga asoslangan. Qadim vaqtlarda me’morlar qurilishda yog‘och va xom g‘ishtdan foydalanganlar. Ma’lumki, ular ancha chidamsiz qurilish materiallari edi. Maqbara gumbazining sakkiz qirrali gardish bilan tokchalar ustida urishi, borgan sari torayib boradigan ravoqli kiraverish joylari pastakkina darchalar, binoga tutashib ketgan burchak ustunlari, ichkaridagi ustunchalar, gishtlarni turlicha terish yo‘li bilan qilingan friz va arxivoltlarning shakli, sopol bezaklar bularning hammasi qadimiy so‘g‘diylar me’morchiligi san’atida ham uchraydi. Binobarin, Buxoroning Somoniylar davridagi hashamatli me’morchiligi so‘g‘diylar me’morchiligining an’analari bilan uzviy bog‘langandir. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling