O‘quv qo‘llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet36/110
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1817991
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   110
Bog'liq
buxoro tarixi

 
Ulug‘bek madrasasi 
 
G‘ijduvondagi Ulug‘bek madrasasi 


124 
G‘ijduvonda 1433-yil qurilgan Mirzo Ulug‘bek madrasasi bu 
hukmdorning Samarqand va Buxoroda qurdirgan madrasalari ichida 
eng kichik va soddarog‘i hisoblanadi. Madrasa bir qavatli, murabba 
tarxli (33x30m), masjid, darsxona va yotoqxonadan iborat. Peshtog‘i 
chuqur ravoqli. O‘rtada miyonsaroy, ikki yonida masjid va darsxona 
(8x4,6 m), burchaklarida guldasta joylashgan. Miyonsaroy to‘ridagi 
eshikdan hovliga chiqiladi. Hovli (15x13m)ning 2 yonida 5 ta hujra 
bo‘lib, uning to‘rttasi murabba tarhli, tomi qubbali.
Bizgacha madrasaning bosh tarzi, unga tutashgan ayvon va 
minora saqlangan XIV asr oxiri - XV asr boshlarida Buxoroda Xo‘ja 
Ismat al-Buxoriy, Nosir Buxoriy, Burunduq Buxoriy, Tohir Buxoriy, 
Hayoliy Buxoriy, Muhammad al-Buxoriy, Muhammad Porso kabi 
allomalar yashab ijod etganlar. Amir Temur o‘z saroyining 
kutubxonasiga dorug‘a sifatida kitobdor Mavlono Orif Buxoriyni 
tayinlagan.
Temuriylar davri Buxoro adabiy muhitida etakchi mavqeda 
turgan Xoja Ismatullo Buxoriyning (1365-1436) adabiy merosi va 
shaxsiyati o‘z davrida Alisher Navoiyning e’tiborini tortgan edi. 
Alisher Navoiy «Majolis un-nafois»da yozishicha, «Xo‘ja Ismatullo 
Movarounnahr buzurgzodalaridandir. Zohir ilmini takmil qilg‘ondur. 
G‘oyat xush-ta’bligidin o‘zin she’rg‘a mansub qilib, devoni mashhur 
bo‘ldi». Ismatullo turk, fors va arab tillarida ijod etgan, Buxoro adabiy 
muhitida zul-lisonayn, ya’ni ikki tillilik (forsiy, turkiy) an’anasini 
boshlab bergan shoirlardan. Uning sakkiz ming baytli bir devoni va 
turkiy tilda yozilgan «Ibrohim Adham» nomli 1035 baytli asari 
bizgacha etib kelgan.
U ko‘proq she’riyatning g‘azal, qasida, masnaviy, ruboiy 
janrlarida asarlar yaratgan. Ismatullo Buxoriyning she’rlari ravonligi, 
ta’sirchanligi, falsafiy fikrlarga va original tasviriy vositalarga boyligi 
bilan Movarounnahrda shuhrat qozongan. Shoirning devoni 19 
qo‘lyozma nusxada Toshkent, Buxoro, Dushanbe, Sankt-Peterburg
Filadelfiya (AQSh), London va Kalkutta (Hindiston) kutubxonalarida 
saqlanadi. 
Burunduq Buxoriy hayotiga oid ma’lumotlar kam uchrasa-da, 
adabiy merosini tarannum etuvchi she’rlari bizgacha etib kelgan. U 
temuriy Husayn Boyqaro xizmatida bo‘lgan. Husayn Boyqaro Balxda 
taxtga o‘tirganda shoir saroyga chaqirilgan va u hukumdorga atab 


125 
noma yozgan
1
. Burunduq Buxoriyning Xo‘ja Ismatullo Buxoriyga 
atab bir bayti saqlanib qolgan: 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling