O‘quv qo‘llanma


Sayfuddin Boharziy xonaqosi va maqbarasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet34/110
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1817991
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   110
Bog'liq
buxoro tarixi

Sayfuddin Boharziy xonaqosi va maqbarasi 
Sayfiddin Boharziy 1190-yil Xuroson viloyatining Boxarz 
shahrida dunyoga keldi. Xirot va Nishopurda diniy-huquqiy bilimlarni 
egallab, ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, Makka va Madinaga haj 
qildi. O‘qishni tugatgandan so‘ng Xorazmga ko‘chib keladi va bu erda 


120 
Kubroviya tariqatiga kirib, shayx Najmiddin Kubroning muridlaridan 
biriga aylanadi. Tasavvufning muhim jihatlaridan biri - taqvodorlikdir. 
So‘fiylar o‘z izdoshlarini ilhomlantirib, ularni komillikka da’vat 
qilganlar, shuningdek, etika, estetika adabiyot va san’atning rivojiga 
muhim hissa qo‘shganlar. 
Sayfiddin Boharziyning ma’naviy ustozi Najmiddin Kubro ilm 
nurlarini tarqatish uchun uni Buxoroga jo‘natadi. Bu erda u 40 yil 
mobaynida Fathobod xonaqosini boshqardi. Yirik xonaqohlarga 
rahbarlik qilgan shayxlar bu davrda hukumatga, mahalliy zodagonlar 
va xalq ommasiga katta ma’naviy ta’sir ko‘rsatishgan va norozilik 
hamda ijtimoiy fikrni hukmron doiralarga etkazishga jur’at qilishgan. 
Sayfiddin Boharziy mo‘g‘ullar bosqini davrida yashadi. Zamon 
murakkabliklari va ziddiyatlariga qaramasdan, siyosiy maydonda 
javlon urdi. Kechayotgan voqea va hodisalarga faol munosabat 
bildirib, mahalliy aholining ruhiy iztiroblariga hamdard bo‘ldi, uni asl 
qadriyatlarni kayta tiklashga chaqirdi. Mo‘g‘ullar olib borayotgan 
siyosatga aralashishdan, adolatsizlikka karshi norozilik bildirishdan 
cho‘chimadi. Adolatli, haqqoniy mulohazalari natijasi o‘laroq, u 
nafaqat mahalliy aholi, balki mo‘g‘ul xukmron doiralari o‘rtasida 
katta obro‘y qozondi. 
Chingizxon va uning vorislari mahalliy aholini itoatda saqlab 
turish uchun qudratli va yuksak obro‘-e’tiborli shayxlarni o‘z 
tomonlariga ag‘darib olishga harakat qilishgan. Sayfiddin 
Boxarziyning ta’sir kuchi shunchalik ediki, ayrim mo‘g‘ul oqsuyaklari 
islomni qabul qilib, masjid va madrasalar qurilishiga homiylik qila 
boshlaydilar.
Minglab kishilarni hak yuliga, to‘g‘ri yo‘lga da’vat qilgan 
Sayfiddin Boxarziy to‘g‘risida butun musulmon olami ma’lumotga 
ega bo‘lgach, uni «Shayxul olam», Buxoroni esa «Buxoroi sharif», 
deb atay boshladilar. Chingizxonning nevarasi va Botuning ukasi 
Berkaxon Quyi Volga bo‘ylaridan Buxoroga, Sayfiddin Boxarziy 
oldiga islomni qabul qilish uchun maxsus kelgan.
Sayfiddin 
Boharziy 
Buxorodagi 
Xoniya 
madrasasining 
mudarrisi va mutavaliysi edi. U o‘z fikrlarini she’riy tarzda bayon qila 
olishga qodir iste’dod sohibi edi. U Qur’on oyatlariga she’riy sharhlar 
yozgan, shuningdek, arab, fors tillaridagi yirik mumtoz asarlar 
muallifi hisoblanadi. Ulardan ba’zilari, jumladan, «Sharx al-asma al-
xusna» ([Alloxning] ismi va xusni sharxi), «Risola dar ishq» ([Iloxiy] 


121 
ishq to‘g‘risida risola), «Vasiyatnoma», «Voqeai xilvat» (Xilvatdagi 
vokealar), «Ro‘znoma» kabilar bizgacha etib kelgan. 
Sayfiddin Boharziy 1261-yil vafot etadi va xonakoh hududidagi 
maxsus qurilgan kichik dahmaga dafn qilinadi. Yillar o‘tib, bu joy 
tasavvuf tariqatining ma’naviy va g‘oyaviy markaziga aylandi. Shayx 
maqbarasi asrlar davomida va bugun ham muqaddas qadamjo
sayyohlik, donishmandlik markazi va timsoli bo‘lib qolmoqda. 
Fiqh ilmining rivojida Buxoroning o‘z o‘rni mavjud bo‘lganp 
bu erda yashab ijod etgan faqihlar misolida isbotini topadi. Jumladan, 
Alouddin Buxoriy, Mahbubiy Buxoriy, Ubaydulloh Mahbubiy, 
Shamsiddin Buxoriy va boshqa qator faqihlar Movarounnahr fiqh 
ilmining darg‘alari sifatida e’tiborga molik yozma meros qoldirib 
ketdilar. Alouddin Buxoriyning bizgacha etib kelgan “Hayratu-l-
fuqaho” (Faqihlar hayrati) nomli asari Movarounnahr islom 
fiqhshunosligida mashhur hisoblanadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling