O‘quv qo‘llanma
Shayboniylar davrida Buxoroda adabiyot, san’at va
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
buxoro tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ey ashki lolagundolmani man dar bog‘ po‘rgul shud, Maro bo domanigul didu bulbul betahammul shud
7.3. Shayboniylar davrida Buxoroda adabiyot, san’at va me’morchilik Shayboniylar davrida mamlakat poytaxti maqomini olgan Buxoro adabiyot, san’at, me’morchilikning badiiy yuksak namunalari o‘zida mujassam qilgan shaharga aylandi. Hasanxo‘ja Eisoriy, Shayx Jalol, Mushfiqiy, Mavlono Qabuliy Buxoriy, Devona Husomiy, Mavlono Kasiriy Buxoriy va boshqa qator shoirlarning ijodi shu davrda badiiy yuksakllikka erishdi. E’tibolrlisi shundaki, bu davrda ijod qilgan shaxslarda shayxlik xislatlari va qozilik amallari bilan birga nazmga rag‘bat va oshuftalik kuchli edi. Natijada ular tomonidan ko‘plab she’riy misralar, g‘azallar yozilib, Buxoro adabiy muhitining jozibador namunasi sifatida bizgacha etib keldi. Ularning ayrimlari to‘g‘risidagi quyidagi ma’lumotlar diqqatga sazovor. Fatxullaxo‘ja qozi she’riyatga bo‘lgan yuksak ehtiromi oqibatida qozilik vazifasidan voz kechib, ash’or bitishni o‘zining asosiy mashg‘ulotiga aylantiradi. Quyidagi misralar uning qalamiga mansub. Ey ashki lolagundolmani man dar bog‘ po‘rgul shud, Maro bo domanigul didu bulbul betahammul shud Mazmuni: Lolarang ko‘z yoshimdan etagim bog‘ aro gulga to‘ldi, Meni gul yonida ko‘rib bulbul yuragi esa sabr-toqatsizlik ila to‘ldi. 139 Mavlono Komiyning asosiy kasbi to‘quvchilik bo‘lsa-da, shoirlik bobida ham o‘z zamonasining e’tiborli ijodkorlaridan bo‘lgan. To‘quvchilikdan bo‘shagan paytlari she’rlar bitib, devon ta’lif qilish bilan shug‘ullangan. Mavlono Husayn Turkistoniy Buxorodagi Ulug‘bek madrasasida mudarrislik qilish bilan birga, she’rlar mashq qilgan va aruz vaznida she’r bitish borasida yutuqlarga erishgan. SHuningdek, nazmdagi muammo sohasini puxta egallagan. Muammo janrida istalgan tugunni osonlikcha echa olgan. Musiqa sohasida ham ovozasi keng tarqalgan ijod ahlidan edi. Ilohiyot ilmi va shoirlikda nom qozongan shaxslardan biri Shayx Jalol edi.To‘liq nomi Shayx Jalol Hiraviy Buxoriy. Tug‘ilgan yili manbalarda qayd etilmagan. Lekin vafoti sanasi aniq ko‘rsatilgan, ya’ni hijriy 955- (milodiy 1548-1549) yili 70 yoshda vafot etganligi zikr etilgan. Demak, Shayx Jalol 1478- yilda) Hirotda tavallud topgan. O‘z ustozi Shamsiddin Muhammad Rujiydan tariqat asoslarini o‘rganadi. Shamsiddin Muxammad Rujiy o‘z davrining mutasavvif olimi, shoiri, shuningdek, Abdurahmon Jomiyning do‘sti edi. Har ikkalasi ham Sa’diddin Koshg‘ariydan ta’lim olishgan. Shamsiddin Muxammad Rujiy 1489 -yilda vafot etgach, Shayx Jalol Buxoroga keladi. Buxoroga kelishining boshqa sabablari ham mavjud. XVI asr boshlarida Hirotda sunniy va shia ulamolari o‘rtasida keskin nizolar yuz berib, har ikkala tomon bir-birini ta’qib qilishga kirishadi. Ko‘plab sunniy ulamolari, shoirlar, tarixchilar, musavvirlar Movarounnahrga ko‘chishga majbur bo‘ladilar. Bular orasida Shayx Jalol ham bor edi. Shayx Jalol Hirot Muxammad Shayboniyxon tomonidan olingandan keyin Buxoroga kelgan bo‘lishi kerak. U bu erda va’z o‘qish hamda pand-nasihatlar aytish, soliqlarni haq yo‘lga da’vat etish bilan shug‘ullanadi. XVI asrning birinchi yarmida Buxoroning akobiru zodagonlari uning suhbatlarida qatnashib, katta ma’naviy ozuqa olishgan. U murakkab gapirsa-da, lekin suhbatlari ta’sirli va manfaatli bo‘lgan. Xalq orasida tasavvuf olimi va amaliyotchisi, qisman shoir sifatida tanilgan Shayx Jalol Shayboniy Abdulazizxon (1539-1549) e’tiborini qozonib, uning ma’naviy ustoziga aylanadi. Xon tarafidan ko‘p iltifot va muruvvatlar ko‘radi. "Muzakkiri ahbob" muallifi Shayx Jalolning maqom va darajasini yaxshi bilgani va uning xalq orasidagi obruyiga guvoh bo‘lgani bois, shayx to‘g‘risida iliq so‘zlarni yozib 140 qoldirgan. Jumladan, “Baxt nishonli bu xon (ya’ni Abdulazizxon) darvishlar muxlisi bo‘lib, ularga ko‘p e’tiqod qo‘ygan edi. Sidq bilan iroda qaydida etuk ustoz Shayx Jalolga murid ham edi... Shayx Jalol shirin kalom va muaddab kishi edi". Bu ta’rif va tavsiflar Shayx Jalolning ma’naviy-axloqiy cho‘qqilarni egallaganidan va Buxoro ma’naviy olamida o‘z o‘rniga ega bo‘lganidan dalolat beradi. U majlislarda hadis aytib, majlis ahlini o‘ziga rom etgan. Hadis ma’nolari mag‘zini chaqishda esa tengsiz hisoblangan. Uning odatlaridan biri so‘zni takror-takror aytish bo‘lsa-da, bu narsa tinglovchiga hech malol kelmas ekan. Tasavvuf ilmida o‘z davrining kuchli olimlaridan sanalgan Shayx Jalol she’rlar mashq qilgan. Quyidagi matla’ va ruboiylar uning qalamiga mansub: Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling