O‘quv qo‘llanma
To husni yor az ruhi xubon namudaast
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
buxoro tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- CHun xok ba rohi ahli dil past shudash.
To husni yor az ruhi xubon namudaast,
Moro xayoli dilbaru shohid rabudaast. Mazmuni: Yor husni xublar yuzida ko‘ringach, mendan dilbaru talabgor xayolini o‘g‘irlab ketdi. Onho ki zi jomi ishq sarmast shudand, Nodida ruhash tamom az dast shudand. Dar rohi talab qadam nihodand zi car, CHun xok ba rohi ahli dil past shudash. Mazmuni: Ishq jomidan sarmast bo‘lganlar Uning yuzini ko‘rmay turib, butunlay qo‘l-oyoqdan tushib qoldilar. Boshlari bilan talab yo‘liga qadam qo‘ydilar, tuproqdek ahli dil yo‘lida erga to‘shaldilar. Buxoro adabiyot muhitida etakchi mavqega ega bo‘lgan shoirlardan biri Abdurahmon Mushfiqiydir (1525-1588). U Shayboniy Abdullaxon saroyida xizmat qilib “Malik ush-shuaro” unvonini olgan. “Devoni mutoibot” (Mutoibalar devoni), “Devoni g‘azaliyot” (G‘azallar devoni), “Devoni qasoid” (Qasidalar devoni), “Sadu yak buvad” (Bir yuz bir tugun) kabi asarlari hajviya, g‘azal va qasidalardan iborat. Mushfiqiy go‘zallik va muhabbatni tarannum etuvchi “Eram bog‘i”, “Soqiynoma”, “Jahonnoma” kabi she’riy asarlar yaratdi. Adabiy tazkiranavislik janrida ijod qilgan Hasanxoja Nisoriyning “Muzakkiri ahbob” asari Buxordagi adabiy jarayonlarning sermahsul namunasi bo‘lib, asar 1566-1567-yillarda 141 yozib tugatilgan. Unda muallif davrigacha yashagan, shuningdek, muallifga zamondosh bo‘lgan ikki yuzdan ortiq shoir va tasavvuf ahli to‘g‘risida biografik ma’lumot beriladi, she’rlaridan namunalar keltiriladi. Adabiy jarayonlar bilan yondosh rivojlangan Buxoro miniatyura san’ati Hirot miniatyura maktabi an’analarini o‘zida mujassam etib, Shayboniylar davrida badiiy mukammallik darajasiga ko‘tarildi va o‘ziga xos yo‘nalish kasb etdi. Umumlashtirish, shaklning ixchamligi, kiyim va bezaklarning aniq va yirik ishlanishi, me’moriy tasvir va zaminning soddalashtirilishi Buxoro miniatyura maktabiga xos bo‘lgan xususiyatlardir. Miniatyuralarda qabul sahnalari, tabiat va maishiy manzaralar, saroy hayotidan olingan lavhalar, shuningdek, ko‘chmanchi hayot ko‘rinishlari va shahar hayotidan olingan janrli lavhalar hamda hunarmandlar faoliyati aks ettirilgan. Mahmud Muzahhib, Shayxzoda, Abdulla Musavvir Buxoro miniatyura maktabining Shayboniylar davrida ijod qilgan yirik namoyandalari hisoblanadi. Bu maktab vakillari tomonidan Sa’diyning “Bo‘ston”, Jomiyning “Tuhfat ul-ahror”, Dehlaviyning “Tarixi Xizrxon” asarlariga miniatyura va bezaklar ishlangan. Shaybonitylar davri Buxoro me’morchiligining badiiy kompozitsion ko‘rinishlari darvozalar, masjid, madrasa va boshqa inshootlar qurilishida o‘z ifodasini topgan. Shayboniylardan Abdullazizxon va Abdullaxon davrida Buxoro atrofi yangi devor bilan o‘rab olindi va darvozalar qurildi. Abdulazizxon barpo ettirgan qal’a devorlarini Abdullaxon g‘arbga tomon kengaytirdi va 11 darvoza barpo etildi 1 . Ular quyidagicha nomlangan: Samarkand darvozasi, Hazrati Imom darvozasi, O‘g‘lon darvozasi, Talipoch darvozasi, Shergiron darvozasi, Qorako‘l darvozasi, Shayx Jalol darvozasi, Namozgoh darvozasi, Salloxona darvozasi, Qavola (Qarshi) darvozasi, Mozori Sharif darvozasi Samarqand darvozasi. Shayboniy hukmdor Abdulazizxon tomonidan qurdirilgan bo‘lib, 1557-1560-yillarda Abdullaxon tomonidan qayta ta’mirlangan. Samarkand yo‘li orqali G‘ijduvon, Toshkent, Qo‘qon va boshqa shaharlardan, uzoq xorijdan kelgan mehmonlar, savdogarlar shu darvozadan shaharga kirishgan. Darvoza 1 Сухарева О.А. К истории городов Бухарского ханства (историко-этнографические очерки).-Ташкент: Изд-во академии наук Узбекской ССР. 1958. 20-36. 142 yaqinida aravasozlik, yog‘och materiallari, eshik, deraza bozori bo‘lgan. Keyinchalik amir Abdulahadxon (1885-1910), amir Olimxon (1910-1920) davrida tiklangan yozgi saroy - Sitorai Mohi-Xossaga eltuvchi yo‘l shu darvoza orqali o‘tgani bois, bu maskan savdogarlar uchun juda ahamiyatli hisoblangan. Darvozaning balandligi 11,4 metr, qadimiy devor balandligiga teng bo‘lib, arka va timpanli, kitobasiz tekis qilib, bir nechta darichalar qo‘yib tiklangan, terakot hamda koshindan belbog‘li qilib jilo berilgan. “Guldasta”lari hamda ustki qismi chiroyli qirrali gultoj bilan bezatilib, qadimiy devorga bir xilda birlashtirilgan. O‘tgan asrning 60-yillarida shaharni kengaytirish bahonasida inshoot buzib yuborildi. 2009 yil yanvar oyidan boshlab muhandis-me’mor Mahmud Ahmedov loyihasi asosida asl qiyofaga mos qilib qayta tiklandi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling