O‘quv qo‘llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet46/110
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1817991
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   110
Bog'liq
buxoro tarixi

Qavola (Qarshi) darvozasi. Ba’zi manbalarda Rangrez 
darvozasi deb ham yuritiladi. Rivoyatlarga ko‘ra, Shayxi Rangrez 
matolarga gul bosish hunari bilan shug‘ullangan va karomatgo‘y 
avliyo ham bo‘lgan. Uning karomatlarini ko‘rgan Shayx ul-Olam 
Sayfiddin Boxarziy (XIII asr) shogirdini haqqa etgan deb hisoblab, 
unga o‘z vaqfidagi qishloqlardan birini hadya etgan. Keyinchalik 
Abdulloxon shaharni kengaytish chog‘ida ushbu qishloq ham qal’a 
devori ichida qolgan. Unda qurilgan darvoza esa Qavola deb yuritila 
boshlangan. Ammo darvoza asosan Qarshi, Kesh aholisining kirish 
joyi hisoblangani bois mahalliy aholi uni Qarshi darvoza deya atay 
boshlagan. 
Mazori Sharif darvozasi. Abdullaxon Buxoro shahrini 
kengaytirgan vaqtida Bahouddin ziyoratiga boradigan yo‘l ustida 
Mazori Sharif darvozasini qayta qurdiradi. Darvoza keng va salobatli, 
18 ta gultojdan iborat bo‘lib, svod timpan (ravoq) kiteba arkasiz qilib 
qurilgan, uchta mo‘ri (teshik)dan iborat bo‘lib, usti tekis g‘isht bilan 
soyali qilib bunyod etilgan. Balandligi 11 metr bo‘lib, shaharning 
qal’a devoriga teng bo‘lgan. Mozori SHarif darvozasi yonida 
soqchilar uchun alohida joy, darvozabonlar uchun maxsus xonalar 
barpo etilgan. Darvoza qattiq qayrag‘ochdan qalin va mustahkam qilib 
yasalgan. Darvozaning mustahkamligini yanada oshirish maqsadida 
yogoch materiallar qizdirilgan yog‘ga botirib olingan. Ular temir 
mixlar bilan yo‘g‘on to‘sinlar yordamida yaxlit tabaqali qilib 
yasalgan. Zulfin va xalqalari mis temiridan haftjush usulida 
tayyorlangan. Darvoza ostonasi tut daraxtidan, tepa to‘sinlari 
gujumdan yasalgan. Shu sababli bu darvozalar har qanday sharoitda 
o‘z sifatini yo‘qotmay, asrlar osha xizmat qilgan. Vafot etgan 
hukmdorlar jasadi Mazori Sharif darvozasidan chiqarilib, Fayzobod 


147 
xonaqosida janoza o‘qilgan. U erdan piyoda Bahouddin Naqshband 
mazoriga eltib, dafn qilingan.
Darvoza yonidan Buxoroning mashhur Shohrud arig‘i oqib 
o‘tgan. Bu darvoza orqali seshanba, chorshanba, ayniqsa hayit kunlari 
shahar aholisi Hazrat Bahouddin ziyoratiga borgan. 
XVI asr Buxoro me’morchiligida asosiy rivojlanish 
yo‘nalishlari bo‘yicha har biri taxminan uch o‘n yillikni qamraydigan 
uchta qurilish davrini ajratish mumkin. 
Birinchi 
davr 

1500-1530-yillar, 
ya’ni Buxoroning 
Temuriylardan keyingi rivojlantirish davrini o‘z ichiga olib, u asosan 
Ubaydullaxonning bunyodkorlik faoliyati bilan bog‘liq. Unda bir 
tomondan, Temuriylar davri me’morchiligi ana’nalari hali kuchli 
bo‘lgan, ikkinchi tomondan, Buxoro me’morchilik maktabining o‘ziga 
xos mahalliy xususiyatlari shakllangan davr edi. Bu davr binolarining 
hali ham boy va sermehnat naqsh-qoshinli sopol, yig‘ma mozaika 
bezatib turadi. Masalan, XVI asr boshlarida qayta qurilgan Masjidi 
Kalon kirish kismining naqshi, shuningdek, Masjidi Baland va Xo‘ja 
Zayniddin masjid-xonaqosining ziynati shular jumlasidandir. Bu 
obidalarda Temuriylar davriga xos “kundal” zarhal naqshlardan ham 
foydalanilgan
1

1530-1560-yillarni o‘z ichiga oluvchi ikkinchi qurilish davri 
qisman Ubaydullaxonning hukmronlik davriga to‘g‘ri kelsa-da, lekin 
asosan uning o‘g‘li Abdulazizxon nomi bilan bog‘liq. 
Bu davrda tomni yopish konstruksiyasi va binolarning 
kompozitsiyaviy usullari takomillashdi. Ikki me’moriy ansambl 
yaratildi va turli fuqarolik inshootlari bunyod etilib, Buxoro 
me’morchiligi maktabining shakllanishi davom etdi. Mazkur davrda 
Buxoro uchun yangi bo‘lgan zil-zilabardosh konstruksiyalar yuz yillar 
avval o‘tgan davrda-XV asrning uchinchi choragidan boshlab 
Temuriylar davri me’morchiligida ixtiro qilingan va ildam 
foydalanilgan bir-birini kesib o‘tuvchi arklar va qalqonsimon qism 
tobora ko‘proq qo‘llana boradi. Bu usul Buxoroda ilk bor, ehtimolki, 
birinchi marta XV asrda Turki Jandiy maqbarasida ko‘llangan
2

XVI asrning ikkinchi choragidan boshlab oldingi davrning eng 
istiqbolli va novatorlik-muhandislik ishlanmalaridan bo‘lmish mazkur 
1
Бухоро шарқ дурдонаси./ Муаллифлар жамоаси. –Тошкент: Шарқ, 1997. –Б.98.
2
Ўша жойда.


148 
konstruksiyalar Buxoro me’morchiligi rivojlanishini izchil davom 
ettirib, nihoyat XVI asr oxirlaridagina poyoniga etdi. 
Ikkinchi qurilish davrida Buxorodagi Mir Arab (1536) 
madrasasining burchak zallari to‘rtta o‘zaro kesishuvchi ravoqlar 
tizimi yordamida qoplandi. Biroq, bunda ular hanuz Temuriylar davri 
me’morchiligiga xos gumbazni ushlab turadigan monumental qism va 
ikki qavat gumbazga ega edi. Ancha keyingi davr qurilishlarida 
ulardan voz kechildi va yakka qavat gumbazning cho‘qqisiga, 
ko‘pincha, ravoqda oynaband tuynuk qo‘yilgan. Bunda ko‘rkam 
kesishma ravoqlar muhandislik g‘oyasi naqshdan xoli bo‘lib, 
yukoridan samarali yoritilgan. 
Ana sha davrda qurilgan Toqi Sarrofon savdo gumbazi va 
Bahouddin 
Naqshband 
qabri 
oldidagi 
xonaqohni 
kovlash 
konstruksiyasi gumbaz qobig‘idan bo‘rtib chiqqan va uzoqdan 
samarali kuzatiladigan to‘rtta kesishuvchi ravoqdan iborat bo‘lgan. 
Ikkinchi davrda asosan “qo‘sh” usulida, ya’ni old tomoni bir-
biriga qaragan bir o‘qda ro‘baro‘ joylashgan Buxoroning yirik 
ansambllari vujudga keladi. Bunga Buxoroning Poyi Kalon bosh 
ansambli fikrimiz dalilidir. Bu erda 1534 yilda ko‘hna yo‘ldan ajralib 
chiqadigan maydonda Masjidi Kalon ro‘parasida “qo‘sh” usulida Mir 
Arab madrasasi barpo etildi. XIX-XX asrlar chegarasida janubdan shu 
maydonga Amir Olimxon madrasasi tutashdi. Uch tomoni obidalar 
bilan egallangan Poyi Kalon maydoni hozirgacha o‘sha ko‘rinishida 
saqlanib qolgan. 
1535-yilda shahriston janubida hozirda buzilib ketgan G‘oziyon 
ansambli barpo etilgan. U “qo‘sh” kompozitsiyasi bo‘yicha bir-biriga 
ro‘ba- ro‘y joylashgan Katta va Kichik G‘oziyon madrasalari va ular 
o‘rtasida G‘oziyon hovuzidan iborat bo‘lgan. Ana shu ansambldan 
faqat Katta Madrasa saqlanib qolganki, hozir Mirza Sharif G‘oziyon 
madrasasi deb yuritiladi
1

Uchinchi qurilish davri 1560-1590-yillarni o‘z ichiga olib, u 
Abdullaxonning kuchli birlashtiruvchilik hokimiyatiga bog‘liq 
ravishda davlatning barqarorlashuvi tufayli XVI asr qurilishi va 
me’morchiligida yuksalishning eng yukori cho‘qqisiga to‘g‘ri keladi. 
Buxoro me’morchilik maktabi faol shakllandi, diniy binolar-masjid, 
madrasa, xonaqoh, shuningdek, fuqarolik inshootlari: timlar, toqlar, 
1
Бухоро шарқ дурдонаси./Муаллифлар жамоаси. –Тошкент: Шарқ, 1997. –Б.100.


149 
karvonsaroy, hammom, hovuz, sardoba, ko‘prik va hokazolarning 
tiplari mukammallashdi. 
XVI asr boshlarida mo‘l bo‘lgan naqsh, ikkinchi va uchinchi 
kurilish davrlarida kamroq qo‘llanildi. Bunday naqshinkor qoplamalar 
endilikda qimmatbaho kiritmalar tarzida asosan binolarning old 
tomonida, hovli ayvonlarida, ravoqning bezakli tokchalarida 
to‘plangan. Buxoroda Markaziy Osiyoda ilk bora bino old tomonida 
ravoq peshayvoni tashqariga qaratib quriladigan bo‘ldi. Masalan, 
dastlab Ulug‘bek madrasasi old tomoni ravoqli peshayvon sifatida 
qurildi. Bu usul birinchi marta shahar tashqarisidagi Bahouddin 
(1545) va Chor Bakr (1560), keyin shahar madrasalari – Ko‘kaldosh, 
Xiyobon, Bozori Go‘sfand va Muhammadyor Otaliq honaqosida 
qo‘llanilgan
1
.
Buxorodagi emas, balki, ehtimol, butun Markaziy Osiyoda 
saqlangan eng ko‘hna mahalla masjidlaridan biri XVI asrga oid 
Masjidi Balanddir. Odatdagi sinchli mahalla masjidlardan farqli 
o‘laroq u, istisno tariqasida, baland tosh supada pishiq g‘ishtdan 
qurilgan, bu hol uning uzoq vaqt yaxshi saqlanishiga imkon bergan.
XVI asr boshlariga oid Xoja Zayniddin masjid-xonaqosi 
me’morchilik va bezatilish uslubi jihatidan yuqorida ko‘rib o‘tilgan 
Masjidi Balandga juda o‘xshash. Lekin undan farqi shundaki, bu bino 
xonaqoh va mahalla masjidi vazifalarini bajarib, ko‘pxonali va 
gumbazli bo‘lgan. Bino joylanishiga ko‘ra majmuada ichki hovli 
hujralari ko‘p bo‘lib, hovli o‘rtasida katta hovuz joylashgan. Gumbazli 
zalning ichki qismi naqshlarga juda boy. Uning paneli XVI asr 
naqshlarining noyob namunasidir.
Gavkushon ansamblida tilga olingan Buxorodagi ikkinchi Xoja 
Kalon jome masjidi 1579-1580-yillarda ko‘rib bitkazilgan. To‘g‘ri 
urchakli bu binoning o‘rtasida hovli bo‘lib, atrofi ustun-gumbazli 
galereyalar bilan egallangan. Asosiy kiraverishni bezagan peshtoq 
ro‘parasidagi hovlining g‘arb tomonida masjidning peshayvonli va 
gumbazli qishki zali “maqsura” joylashgan. 
Buxoro me’morchilik maktabi XVI asrda yana ham rivojlandi. 
Buxoroda naqshga boy va hajmiy kompozitsiyasi bo‘yicha ta’sirchan 
madrasalardan biri 1536-yilda qurilgan Mir Arab, darsxona joylashgan 
madrasa kiraverishdagi shimoliy burchak zalida dafn etilgan. 
1
Бухоро шарқ дурдонаси./Муаллифлар жамоаси. –Тошкент: Шарқ, 1997. –Б.101.


150 
Madrasa tarxi bir gaz 104 santimetrga tent modulidan 
foydalangan holda tuzilganki, bu hol unga aniqlik va muvofiqlik kasb 
etdi. Temuriylar davriga xos manzarali shakllari saqlangan holda bu 
erda novatorlik konstruktiv usullar kiritiladi. Chunonchi, burchak 
zallari tepasidagi ikkita yirik havorang manzarali gumbazlar to‘rtta 
kesishuvchi ravoqlar o‘rnashgan, lekin baland gumbazni tutib turuvchi 
qism oynaband tuynukka aylanadi
1

Ko‘kaldosh madrasasi (1568-1569 yy.) Abdullaxon II ning 
vaziri Qulbobo Ko‘kaldosh tomonidan qurilgan bo‘lib, Buxorodagi 
eng yirik (86x69 metr, 130 taga yaqin hujrasi bor) madrasadir. 
Mablag‘ni va turar joyni tejash uchun u bo‘ylama o‘q bo‘ylab 
ikkitagina gumbazli ayvon qilib qurilgan. Bu erda Markaziy Osiyo 
madrasalari ichida ilk bor odatda yalang, yon tomoni tashqariga 
ikkinchi kavatning ravoqli peshayvoni bilan ochilgan. Kesishuvchi 
ravoqlar devorlarga parallel emas, balki diagonal bo‘ylab joylashgan 
kirish guruhidagi (darsxona) burchak zallaridan birining tom to‘sini 
o‘ziga xosdir
2
.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling