O‘quv qo‘llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
buxoro tarixi
Qorako‘l darvozasi. Buyuk ipak yo‘li savdo tarmog‘idagi
asosiy darvozalardan biri bo‘lgan Qorako‘l darvozasi Abdullaxon tomonidan 1558-1575-yillar oralig‘ida qurdirilgan. Darvozaning ichki tomonida bozor bo‘lib, to Volidai Azizxon, Havzi Navgacha davom etgan. Qorako‘l darvozasi ikki katta “guldasta”, svod, arkali qilib qurilgan. Kvadrat shaklidagi 25×25 santimetrli g‘isht bilan terilib, ustki qismi kungurali gultoj bilan zeb berilgan hamda qal’a devorlariga tenglashtirib bunyod etilgan. Darvoza 1975-yilda usta Ahror Asrorov tomonidan qayta ta’mirlangan. Buxoro xalqi shu darvoza orqali haj ziyorati uchun yo‘lga chiqqan. Shuning uchun uni “Haj darvozasi” deb ham atashgan. Eron, Xuroson, Turkiya davlatlaridan keladigan savdogarlar shu darvoza orqali shaharga kirishgan. Ayni paytda darvoza qal’a devorlaridan ajralgan holda bo‘y cho‘zib turibdi. Shayx jalol darvozasi. Buxoroning janub tomonida joylashgan, shonli tarixga ega bo‘lgan darvozalardan biri Shayx Jalol darvozasidir. Uning tarixi Abdulazizxon davri (XVI asr)ga borib taqaladi. O‘sha davrda SHayx Jaloliddinga murid bo‘lgan Abdulazizxon hazrat shayx sharafiga ilgari Darvozai bobi morkushon nomi bilan mashhur bo‘lgan darvozani uning nomi bilan ataydi. Abdulazizxon 1549-1550-yillar oralig‘ida darvozani ta’mirlab, koshin burish rangli g‘ishtlar bilan jilo berib, unga yaqinroq joyda xonaqoh, hovuz, minora hamda hujralar 1 Абу Бакр Муҳаммад ибн Жаъфар ан-Наршахий. Бухоро тарихи. –Тошкент: Шарқ машаълига илова, 1993. –Б.45. 145 qurdiradi. Darvozaning balandligi 11-12 metr bo‘lib, kengligi 14×20, tashqi hamda ichki tomonida peshtoqlari bor. Abdulazizxon darvozaninig ustki qismini gultoj bilan bezatib, xonaqoh ustiga ko‘k gumbazlar qurishni buyuradi. 1898-yilda esa ushbu gumbazga e’tibor berilmay quyilganligi bois koshinlari ko‘chib tushgan. Mazkur davr ustalari gumbazni qayta tiklay olmaganlar. Natijada xonaqoh, minora, hovuz, darvoza ham lokaydlik sababli vayronaga aylangan va buzib tashlangan. Darvozai Shayx Jalol hamda shu nom bilan yuritiluvchi mahalla haqida 1691-1692-yilga oid hujjatlarda ma’lumotlar uchraydi. Darvozadan tashqarida juda katta bog‘lar bo‘lib, shu qatori Xo‘ja Ismatulloh Buxoriy bog‘lari hamda maqbaralari ham shu hududda joylashgan. 2008-2009-yillar oralig‘ida asliyatga ko‘ra tayyorlangan loyihaga asosan usta-me’morlar Muzaffar Mirzaev hamda Sharif Rahimovlar tomonidan Darvozai Shayx Jalol qaytadan qurildi. Yon atrofidagi qadimiy qal’a devori ham tiklandi. Namozgoh darvozasi. Namozgoh darvozasi qurilgan yili ma’lum bo‘lmay, Abdulazizxon tomonidan 1540-1550-yillarda qayta ta’mirlanadi. U juda chiroyli mayolika va koshinlar, terakotalar ishlatilib, arka svodtimpan kiteba qilib, “guldasta”larning usti oltita gultojlar bilan bezatilib qurilgan. Yuqori qismi 12 ta gultojdan iborat bo‘lib, eski qal’aga tenglashtirib bunyod etiladi. Odamlar shahar ichidagi masjidlarga sig‘maganlari uchun Ibrohim darvozasidan Namozgoh masjidiga yig‘ilishgan. Namozgoh gavjum bo‘lgan. Turk xoqoni Arslonxon farmoni bilan Namozgoh atrofi to‘liq tartibga solindi va bog‘lar barpo etilib, pishiq g‘ishtdan minorali devorlar quriladi. Darvoza balandligi 11 metru 6 sm, kengligi 13,8 metrga teng qilib bunyod etilgan. Salloxona darvozasi. Salloxona yoki Mir-Mas’ud darvozasining tashqi tomonida amir askarlari joylashgan bo‘lib, bu erda 1920- yillarga qadar harbiy mashq o‘tkazilgan. Sobiq sho‘ro davrida ancha vaqtlar parad va anjumanlar shu maydonda o‘tkazilar edi. Salloxona darvozasi Abdulazizxon tomonidan 1540-1549-yillarda qadimiy devor bilan birga qurilgan. O‘sha davrda ziyoratchilar uchun maqbara, masjid, hovuz, quduq va hujralar bunyod etilgan. Afsuski, ular bizning davrimizgacha etib kelmagan. Salloxona darvozasi haqidagi ma’lumotlar vaqf hujjatlarida (1683-1684-yillar) uchraydi. Darvozaning balandligi 11 metru 10 sm, kengligi 21 metr, asosi bir yarim metrni tashkil etgan. Usti 21 ta gultojdan tuzilgan, “guldasta”lar 146 ikki qavatli bo‘lib, qorovullar turadigan xonasi bo‘lgan. Shaharga kiraverishda yo‘lning o‘ng tomonida ikki qavatli Abdullabek hovlisi bo‘lgan. Uning yonida esa Arabon masjidi qurilgan bo‘lib, bu masjidda mahalla ahli namoz o‘qigan. Salloxona darvozasi orqali odamlar Toqi Sarrofon, Toqi Telpakfurushon va Toqi Zargarondan o‘tib, shaharning markaziy savdo rastalariga borishgan. Buxoroning boshqa darvozalari qatori Salloxona darvozasi ham 2009-yil oktyabr oyidan boshlab qaytadan tiklandi va asl holatiga keltirildi. Bunyodkorlik va qurilish ishlarini usta-me’morlar Muzaffar Mirzaev hamda SHarif Rahimovlar olib bordi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling