O‘quv qo‘llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
buxoro tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Abdullaxon madrasasi
Ko‘kaldosh madrasasi 1 Бухоро шарқ дурдонаси./Муаллифлар жамоси. –Тошкент: Шарқ, 1997. –Б.103. 2 Бухоро шарқ дурдонаси./Муаллифлар жамоси. –Тошкент: Шарқ, 1997. –Б.103. 151 Kichik ikki ayvonli Gavkushon va Modarixon madrasalari, shuningdek, ancha oldingi Katta va Kichik G‘oziyon madrasalari (1534-1535 yy.) trapetsiyasimon tarxga ega bo‘ldiki, bu qurilish olib borilayotgan er shaklidan kelib chiqqan. Katta G‘oziyon va Gavkushon madrasalarida butun binoning bir qavatliligida unga muhtashamlik baxsh etish uchun old tomoni ikki qavatli qilib qurildi, bu usul keyinchalik Buxoro, Xiva va boshqa erlardagi madrasallarda ham qo‘llandi. Buxoro me’morchilik maktabi Abdullaxon madrasasida (1589- 1590 yy.) yaqqol namoyon bo‘lgan, unda barcha sanab o‘tilgan mintaqaviy xycusiyatlar majmuasi o‘z aksini topgan. Buning ustiga ana shu to‘rt ayvonli Madrasa ikkita o‘ziga xos usul bilan boyitilgan. Birinchidan, masjidning burchak zali uning mehrobi g‘arbga, ya’ni Makkaga aniq yo‘naltirilishi uchun reja tarxiga nisbatan diagonal holatda joylashtirilgan. Ikkinchidan, hovli peshayvoni ortida, ya’ni hovlining ancha ichkarisida binoning bosh o‘qida sakkiz qirrali mo‘‘jazgina hovli barpo etildi. Abdullaxon madrasasi 152 Umuman, madrasalarning buxorocha turi Markaziy Osiyo boshqa mintaqalarning ana shunday inshootlari me’morchiligiga o‘sha va keyingi davrlarda katta ta’sir ko‘rsatdi. Masjidi Kalon XV-XVI asrlarda Minorai Kalon zamondoshi bo‘lgan katta binoning joyida qurilgan. Masjid peshtoqidagi yozuvlarga asoslanib aytish mumkinki, bu bino 1514-yilda ishga tushirilgan. Bino pishiq to‘rtburchakli va yuzasi sayqal berilgan g‘ishtlar bilan terilgan 1 . Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling