O‘quv qo‘llanma
Oliy hukmdorlar va Jo‘ybor xo‘jalari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
buxoro tarixi
8.2. Oliy hukmdorlar va Jo‘ybor xo‘jalari Shayboniylar sulolasi vakillari Buxoro xonligini boshqargan XVI asrning o‘rtalariga kelib vaziyat taranglashgan va taxt uchun kurashlar maydoniga bir nechta Shayboniy shahzodalar tushishgan. 1 Прием в России и отпуск среднеазиатских послов в XVII и XVIII столетиях. Составил Н.Веселовский. -Спб.,1884. -С.17 2 Васильев А. Знамя и меч от падишаха. -Москва: Институт востоковедения РАН, 2014. -С.93 3 Азамат Зиё Ўзбек давлатчилиги тарихи.-Тошкент: Шарқ, 2000,-Б.277. 4 Бўрибой Аҳмедов. Ўзбекистон халқлари тарихи манбалари. -Тошкент: Ўқитувчи, 2001. -Б. 232 5 Зияев А. Х. «Силсилат ас-салотин» как исторический источник. /Автореферат. – Ташкент: 1990. -Б. 16 166 Ubaydullaxonning vafotidan keyin kechgan davrda hattoki mamlakatda qisqa muddatga bo‘lsin ikkita xon bo‘lgan. Biroq bunday vaziyat uzoq davom etmaydi. Samarqandda hukmdorlik qilgan Baroqxon Buxoroni zabt etganda taniqli jo‘ybor shayxlaridan biri Xo‘ja Islom uning hokimiyatini tan olmaydi 1 va o‘z shogirdi Iskandarxonning o‘g‘li Abdullani taxtga o‘tqazishga qaror qiladi. Jo‘ybor xo‘jalari o‘zlarini islom dinini targ‘ib qilish uchun Makkadan Nishopurga, undan Buxoroga kelgan Imom Ali Murtazo avlodi deb hisoblaganlar. Ulardan Abu Bakr Sa’dga va uning avlodlariga somoniylar davrida Buxoroning shayx ul-islomi degan mansab beriladi 2 . Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asarida ham ularning kelib qolish tarixi bayon etilgan. Ularning faoliyati, kelib chiqishi,jamiyatda tutgan o‘rni to‘g‘risida Hofiz Tanish Buxoriyning “Abdullanoma” (XVI asr), Husayn as Saraxsiyning “Manoqibi Sa’diya” (XVI asr), Badriddin Kashmiriyning “Ravzat ar-rizvon” (XVI asr), Muhammad Tolibning “Matlab ut-tolibin” (XVII asr), Do‘stmuhammad Buxoriyning “Jo‘ybor al-asror” (XVII asr), kitoblarida ma’lumot berilgan. XVI-XVII asrlarda mamlakat siyosiy hayotida, markaziy hokimiyatni kuchaytirish yo‘lidagi kurashlarda va hattoki ichki va tashqi siyosatda diniy ulamolar, ruhoniylarning bevosita ta’siri bo‘lganligini ko‘rish mumkin. Zero, ularning vakolatlari Shayboniylar davrida qudratli tusga kirib, Jo‘ybor xo‘jalari va Abdullaxon II orasida olib borilgan yozishmalar ham ilmiy o‘rganishda asosiy manbalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Jo‘ybor xojalarining ta’siri Ashtarxoniylar sulolasi hukmronligi yillarida ham sezilarli mavqega ega bo‘lgan. Jo‘ybor xo‘jalari mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi yo‘lida ham xizmat qilishgan. Masjid va madrasalar qurilishi ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar sirasiga kiradi. Ko‘rilayotgan davr nuqtai nazaridan olib qaralganda, ular nafaqat davlatning diniy va dunyoviy ishlarida qatnashishgan, balki ichki va tashqi savdoda ham faol bo‘lganlar. Bunga misol tariqasida 1625-yilda Jo‘ybor xo‘jalaridan Abdurahimxo‘janing Hindistonga elchi qilib jo‘natilishini ko‘rsatish mumkin 3 . 1 Бухоро Шарқ дурдонаси/ Муаллифлар жамоаси.-Тошкент: Шарқ 1997,-Б. 56. 2 Жўйбор хожалари . Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси -Тошкент: Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси /www.ziyouz.com кутубхонаси . . 3 Бухоро Шарқ дурдонаси/ Муаллифлар жамоаси.-Тошкент: Шарқ, 1997,-Б. 57. 167 Imomqulixon faoliyatida Jo‘ybor xo‘jalariga munosabat alohida o‘rin tutardi. U bu xonadon ijtimoiy salohiyatini hisobga olgan holda xonadon vakillari bilan yaxshi aloqa o‘rnatadi. O‘z singlisini Jo‘ybor xo‘jalari vakili Xo‘ja Tojiddinga (1574-1646) nikohlab berib, xon saltanati mavqeini mustahkamlashga harakat qildi. O‘z navbatida Xo‘ja Tojiddin iltimoslarini ham erda qoldirmasdi. Ba’zan ohu ovi bilan mashg‘ul bo‘lgan Imomqulixonning bir bor ovi baroridan kelmadi. Bundan darg‘azab bo‘lib o‘z lashkarlariga ov qilinayotgan hudud atroflarida yashayotgan aholining mol-mulkini talashga buyurdi. Lekin Xo‘ja Tojiddin aralashuvi bilan aholi mol-mulki g‘oratdan saqlab qolindi. Ayrim davlat lavozimlariga odam tayinlashda Imomqulixon Xo‘ja Tojiddin maslahatlarini olib turgan. Nadrmuxammadxon (1642-1645) xukmronligining so‘nggi yillarida Buxoroning e’tiborli zotlaridan Xo‘ja Tojiddin Jo‘yboriy bilan xon o‘rtasidagi munosabatlar sovuklashdi. Xo‘ja Tojiddin xatto uzining tungich farzandi Muxammad Yusuf Xo‘jaga Nadrmuxammadxon bilan aloka kilishni ta’qiqlaydi va u bilan Balxga bormaslikni maslahat beradi. Zero, Nadrmuxammadxonga karshi fitna uyushtirilayotganidan Xo‘ja Tojiddin vokif edi. 1645-yilga kelib amirlarning nizolari avjga chiqdi. Nizolar tepasida amir Boqi turardi. Nadrmuhammadxon amirlar o‘rtasidagi nizolarni bartaraf kilish uchun ular ustiga o‘g‘li Abdulazizxonni yubordi. Rahimbek, Sevinch-biy, Muhammadyor-biy kabi amirlar Abdulazizxonga uni otasi o‘rniga xon kilib ko‘tarmoqchi ekanliklarini, agar bunga rozi bulmasa, har ikkalasini ham Buxorodan badarg‘a qilmokchi ekanliklarini aytishdi. Abdulazizxon ularning shartlarini qabul qilib o‘zini Buxoro xoni deb e’lon qildi. Uning nomi xutbaga qo‘shib o‘qildi. Xo‘ja Tojiddin Jo‘yboriy Abdulazizxonning taxtga chiqish marosimida ishtirok etdi. Ya’ni Arkka borib davlat xazinasini ochdi va hukmdorga shohona liboslar kiydirish marosimini boshqardi. YAngi sohibi toj, ya’ni Abdulazizxon otasiga maktub yullab, bo‘lib o‘tgan hodisa uning xohish-irodasiga zid ravishda sodir bo‘lganligini ta’kidladi va undan kechirim so‘radi. Toj-taxtdan ajragan Nadrmuhammadxon Marv tomonga yuzlandi va boburiy Shohjahondan (1627-1658) yordam so‘rashga majbur bo‘ldi. Marvga etganda u «Meni Hazrat Eshon (Xo‘ja Tojiddin) Buxorodan badarg‘a kildilar», degan ekan. Abdulazizxonning(1645-1680) Buxoro taxtini egallashiga Xo‘ja Tojiddin Jo‘yboriyning aralashuvi Abdulazizxon zimmasiga 168 o‘zi mansub bo‘lgan Jo‘yboriylar xonadoni vakillariga nisbatan muayyan mas’uliyat yuklardi. SHu mas’uliyatdan kelib chiqqan holda, u jamiyat e’tiborida bo‘lgan Jo‘yboriylarga yaxshi munosabatda bo‘ldi va oldingi hukmdorlar tarafidan o‘rnatilgan Jo‘yboriylar bilan chambarchas aloqa olib borish an’anasini davom ettirdi. Abdulazizxon Buxoro xoni deb e’lon qilingan o‘sha suronli kunlarda Samarqanddan Buxoroga otlangan yangi xonni, ya’ni Abdulazizxonni kutib olish va uni muborakbod etish uchun Xo‘ja Tojiddin Jo‘yboriy uning istiqboliga chiqib, Zanjirsaroy mavzeida xon bilan uchrashadi. Bo‘lib o‘tgan muloqotda har ikkala tomon ham bir- biriga iltifotlar ko‘rsatishdi. Hayitlarda Abdulazizxon tomonidan Xo‘ja Tojiddin Jo‘yboriyga alohida hurmat ko‘rsatilib, uni xonning yoniga o‘tqazishardi. Xon saroyidagi oliy majlislar ham Xo‘ja Tojiddin ishtirokisiz o‘tmasdi. Xo‘ja Tojiddinning tashrifi Abdulazizxon uchun alohida mamnuniyat baxsh etgan. Jo‘ybor xo‘jalarining boshqa bir vakili – Muhammad Yusuf Xo‘ja (1593-1651) bilan Imomqulixon munosabatlari juda yaxshi edi. Unga Imomqulixon tomonidan ko‘plab in’omlar qilingan. Lekin xo‘jazodalarning boshqa bir vakili Abdurahimxo‘ja (1575-1628) bilan Imomqulixon o‘rtasida o‘zaro kelishuv amalga oshmadi. Ular o‘rtasida yuz bergan ixtilof oqibatida Abdurahimxo‘ja hajga ketishga majbur bo‘ladi, Mol-mulki esa Imomqulixon buyrug‘i bilan musodara qilinadi. Uning tashabbusi bilan Sumitanda boshlangan madrasa qurilishi oxiriga etkazilmay qoldi va g‘ishtlari turli maqsadlarda tashib ketildi. Sulola namoyandasi Ubaydullaxon davriga kelib, mamlakatda avj olib ketgan o‘zaro kurashlar va ichki nizolar Jo‘ybor xo‘jalariga ham ta’sir qilmay qolmadi. Hukmdorning o‘tkazgan islohotlari natijasida yuqori tabaqa vakillarini siqib chiqarish, hattoki ularning soliq to‘lash daxlsizligi singari huquqlarining poymol etilganligi hodisasi fikrimiz dalili. Vaholanki, Jo‘ybor xo‘jalarigi nisbatan amalga oshirilgan bunday qaltis siyosat vaziyatni yanada murakkablashtirgan. Mamlakatda sodir bo‘layotgan og‘ir inqirozlar, siyosiy nizolar va o‘zaro urushlar natijasida ular o‘zlarining avvalgi mavqe’larini yo‘qota boshlaganlar. Buxorodan uncha uzoq bo‘lmagan joyda Chor-Bakr majmuasi qad ko‘targan bo‘lib, bu erda bir qator ulug‘lar va avliyolar dafn 169 qilingan. Majmua masjid, madrasa, xaziralar, minora, saqoxona va yirik qabristondan iborat. Ziyoratgohga o‘z vaqtida katta vaqf erlari ajratilgan bo‘lib, ularga xo‘jalarning merosxo‘rlari egalik qilishgan va bu erlar ular xo‘jaligining rivojlanishiga asos bo‘lib xizmat qilgan. Mustaqillik yillari Buxoroning boshqa tarixiy obidalari qatorida ushbu majmua ham qayta ta’mirlandi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Jo‘ybor xo‘jalarining ko‘p asrlik tarixini, ularning ilm-fan ravnaqiga qo‘shgan hissalaridan tortib mol-mulklarini ezgulik ishlariga sarflaganliklarini Narshaxiy, Iso ibn Muso, Muhammad Avfiy, Ahmad ibn Mahmud kabi o‘nlab allomalar ijodida ko‘rishimiz mumkin. SHuningdek, rus olimlaridan V.L.Vyatkin, P.P.Ivanov, O.Suxareva, g‘arb olimlaridan Robert Mekch, F.Shvars, o‘zbek olimlaridan B.Ahmedov, H.To‘raev, K.Kattaev, S.Husenov va I.Rajabovalar birmuncha tadqiqot ishlarini amalga oshirganlar 1 . Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling