O‘quv qo‘llanma
Ashtarxoniylar davri Buxoro me’morchiligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
buxoro tarixi
8.3. Ashtarxoniylar davri Buxoro me’morchiligi
O‘rta Osiyo, ayniqsa Buxoro karvon yo‘llari kesishmasida joylashgan muhim ahamiyatga ega shahar sanalganligi uchun bu shaharda xo‘jalik, ma’muriy va ma’rifiy ahamiyatga ega binolarning ko‘p bo‘lishi tabiiy holat edi. Buxoroda sulolalar almashinuvi ko‘p kuzatilgan bo‘lishiga qaramay, shaharda qurilgan binolar o‘zining mahobati, bezak uslublari, foydalanish jihatlariga ko‘ra o‘zgarib boravergan. Ayniqsa, Buxoro va Samarqand shaharlarida me’morchilik binolarida avval mavjud bo‘lgan an’analardan foydalanilgan va ularga qisman o‘zgartirishlar kiritib borilgan. Binolarning tashqi va ichki intererlarini bezatishda sirkor g‘isht parchalaridan foydalanish davom etgan 2 . Buxoro Shayboniylar sulolasi taxtdan ketib, ashtarxoniylar sulolasi vakillari hokimiyat tepasiga kelgandan keyin ham o‘zining poytaxt maqomini saqlab qoldi. Buxoro xonligi tasarrufiga kirgan hududlarida shaharsozlik va me’morchilik avvalgi mahobat bilan bo‘lmasa-da ancha rivoj topdi. Ko‘plab ma’rifiy va ma’muriy xo‘jalik binolari, jumladan, masjid, madrasa, karvonsaroy, bozor, xonaqoh va hammomlar barpo etildi. Faqatgina ularning tashqi qiyofasidagi ayrim 1 Хусенов С, Ражабова И. Чор-Бакр. -Тошкент: Шарқ, 2001. -Б. 139. 2 Пугаченкова Г.А., Ремпель Л.И. Очерки искусства Средней Азии. - Москва: Искусство, 1982. – Б. 35. 170 o‘zgarishlarni inobatga olmaganda, avvalgi davrlar an’anasi mavjud bo‘lib qoldi. Buxoro xonlik poytaxti bo‘lgan davrda alohida me’morchilik maktablari 1 tashkil etilib, nafaqat poytaxtda, balki boshqa shaharlarda ham shaharsozlik borasida katta ishlar amalga oshirilgan. Siyosiy vaziyat qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, hukmdorlar va ularning amaldorlari tarafidan qurilish ishlariga alohida e’tibor qaratilgan. Shuning natijasi o‘laroq, poytaxtda Abdulazizxon, Ubaydullaxon madrasalari, Boqi Muhammad, Ubaydullaxon masjidlari, Subhonqulixon Registonda qazdirgan quduq, Dor ash-shifo, Balxda Nodir Muhammad va Subhonqulixon madrasalari, uning atrofida chorbog‘lar, Balx arkidagi imoratlar, hazrati Ali mozoridagi gumbaz 2 hamda boshqalar fikrimizning tasdig‘idir. Ushbu davrda Buxoro me’morchilik maktabi namoyondalari tomonidan barpo etilgan inshootlarda alohida o‘ziga xoslik mavjud bo‘lib, ular bir-birini takrorlamaydi, ya’ni har biri alohida geometrik (aniqrog‘i stereometrik) chizma asosida tuzilgan. Me’morchilik inshootlarining interer qismlari yangi bunyod etilayotganlari uchun rivojlanish yo‘lida manba 3 bo‘ldi va bu an’ana keyingi davr tarixiy yodgorliklariga ko‘chib o‘tdi. O‘zaro urushlar, iqtisodiy tanglik yillarida esa binolarni barpo etishda boshqa oddiyroq, ammo iqlimiy o‘zgarishlarga chidamli mahsulotlardan ham keng foydalanilgan. Jumladan poydevoriga nam ko‘tarilmasligi uchun qamish yotqizilgan holatlar ham uchraydi 4 . Yoki bo‘lmasa, ichki devorlar orasiga g‘isht bo‘laklari va xom g‘ishtlardan ham ishlatilgan. Ashtarxoniylar sulolasining poytaxti bo‘lmish Buxoro shahri me’morchiligida ushbu davrda me’morlar inshootlarning qurilishiga alohida e’tibor berishgan hamda binolarning bezak ishlarida naqshinkor mayolika aralash usuldan foydalanganlar, ko‘pincha terrakota asosida geometrik mozaikani ham ishlatishgan 5 . Ammo 1 История Бухары. Под редакцией И.Муминова. -Ташкент: Фан, 1976.- Б. 145. 2 Азамат Зиё. Ўзбек давлатчилиги тарихи.-Тошкент: Шарқ, 2000.- Б.273. 3 История Бухары. Под редакцией И.Муминова. -Ташкент: Фан, 1976.- Б. 145. 4 Бухоро Шарқ дурдонаси/ Муаллифлар жамоаси.-Тошкент: Шарқ 1997. - Б. 99. 5 Ўзбекистон тарихий обидаларидаги битиклар. Бухоро/ Муаллифлар жамоаси. - Тошкент: Uzbekistan Today, 2016. -Б. 538. 171 siyosiy va iqtisodiy tanazzul oqibatida ularda ishlatilgan bezaklarning sifati tobora pasayib boravergan. Buxoro me’morchilik maktabi Temuriylar davrida bunyod etilgan Ulug‘bek madrasasi asosida shakllangan bo‘lib, buning o‘ziyoq mintaqada me’morchilik an’anasiga aylanadi. Bu shakldagi binolarni barpo etish usuli O‘rta Osiyoning boshqa inshootlarida ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ma’lumki, XVII asr boshlarida Shayboniy Abdullaxon II davrida erishilgan yutuqlardan kam foydalanilib, asosan Temuriylar davri me’moriy inshootlariga taqlid kuchaya borgan. SHu bilan barovarida yirik ansambllar barpo etish an’anasi qayta tiklana bordi. O‘rta Osiyo me’morchiligining go‘zal kompozitsion ko‘rinishi sanalmish Labi Hovuz ansambli bugungi kungacha ko‘pchilik tadqiqotchilarning diqqatini o‘ziga tortib kelmoqda. U bir necha tarixiy me’moriy inshootlardan tashkil topgan. Ansambl inshootlari ichida dastlab qurilgani Ko‘kaldosh madrasasi sanaladi. 1569- yilda Shayboniy hukmdor Abdullaxon tomonidan O‘rta Osiyoda yirik madrasa qurdirishga qaror qiladi. Shuning natijasida davlat amaldori Qulbobo Ko‘kaldosh qurilish ishlariga boshchilik qilgan. Qiziqarli jihati, bu Abdullaxon davrida Ko‘kaldosh qurdirgan yagona madrasa emas edi. 1 Inshoot O‘rta Osiyo madrasalari orasida eng kattasi hisoblanib, o‘z ichiga 160 ta hujrani qamrab olgan. Ammo ushbu o‘quv binosi mablag‘ va turar joyni tejash maqsadida ikkita gumbazli qilib barpo etilgan. 2 Inshoot o‘z davri me’morchilik qoidalariga ko‘ra mozaika va mayolika bilan bezatilgan. Ichki qismida masjid va xujralari mavjud. Lekin bu paytda u ansamblshakliga kirmagan edi. Bugungi kunda me’moriy ansambl tarkibiga kiruvchi yana bir inshoot Nodir Devonbegi xonaqosi sanaladi. Xonaqohlar kamdan kam holatlarda markaziy ansambllarning tarkibiy qismi sanalgan. 3 Asosiy hollarda ular, davlatning boy amaldorlari va shayxlarning muridlari tomonidan bunyod etilgan. Mazkur inshootning ichki qismi kvadrat ko‘rinishidagi zal shakliga ega, uning yuqorisi gumbaz bilan qoplangan. Binoning tashqi tomonidan hujralar taqab qurilganligiga guvoh bo‘lamiz. Asosiy peshtoq mozaika bilan bezatilgan bo‘lib, arab yozuvidagi yozuvlar tasviri mavjud. Inshootning yon tomoni esa 1 Азамат Зиё. Ўзбек давлатчилиги тарихи.-Тошкент: Шарқ, 2000. - Б.251. 2 Бухоро Шарқ дурдонаси/ Муаллифлар жамоаси.-Тошкент: Шарқ, 1997.- Б. 103. 3 Ўша манба. -Б.102 172 guldasta-mezanalar bilan bezatilgan. Ashtarxoniylar hukmronligi davriga kelib, hovuz atrofida binolar qurilishi bilan Labi Hovuz me’moriy ansambliga aylana bordi. 1 Garchi qurilayotgan inshootlar kam bo‘lsa-da, ammo binolarning mahobati bilan avvalgilariga raqobatdosh bo‘lgan. Ma’lumki bu paytda Ko‘kaldosh madrasasi qurib bo‘lingan edi. Qiziqarli jihati bu me’moriy inshootlarning birortasi ham hukmdor nomi bilan atalmasligi bilan alohida ajralib turadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling