O‘quv qo‘llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet54/110
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1817991
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   110
Bog'liq
buxoro tarixi

 
Bolohovuz masjidi 
Ubaydullaxonning hukmronlik yillari o‘sha davr saroy 
munshiysi vazifasida faoliyat yuritgan Mir Muhammad Amin 
Buxoriyning “Ubaydullanoma” kitobida 1702-1716-yillar orasida ro‘y 
bergan voqealar bayon etilgan
3
. Ammo kitob uning vafotidan keyin 
yozilgani ma’lum. Bundan tashqari Ubaydullaxon mamlakatda 
1
Х. Алимов. Бухоронинг қадимий ҳаммомлари. Мозийдан садо, 2011.№1-2.-Б.
2
Б. Буранов. Бухоро шаҳнишинлари. Мозийдан садо, 2003. № 3-4.-Б. 56
3
Бўрибой Аҳмедов. Ўзбекистон халқлари тарихи манбалари. -Тошкент: Ўқитувчи, 2001. 
-Б. 232


178 
obodonchilik ishlariga e’tibor qaratgan. U madrasa va Buxoroning 
g‘arbida Xonobod chorbog‘i(1709)ni barpo qilgan
1

XVIII asr shaharsozligida Buxoro Registoni g‘arbiy tomonida, 
Ark qal’asining to‘g‘risidi 1712-yilda Bolo-Hovuz masjidi barpo 
etildi
2
. Joniylar davri me’morchiligining ko‘plab inshootlari bizning 
kunimizgacha etib kelmagan va tadqiqotchilar nigohini o‘ziga tortib 
kelmoqda. Bundan tashqari Buxoro shaharsozligida o‘rta asr uylari 
andazasi saqlangan bo‘lib, tor ko‘chalar suv va daraxtlari kam holatda 
uchrab turgan
3
. Buxoro shahridagi boy zodagon va savdogarlarning 
uylari 3 qismdan iboart bo‘lib, xo‘jalik, erkaklar va ayollar hovlilariga 
bo‘lingan. Buning yorqin namunasi bizning kunimizgacha saqlanib 
qolgan Ubaydulla Xo‘jaev uyi sanaladi. Ushbu hovlidagi 
mehmonxonalar, xonalarning soni, katta-yu kichikligi xonadon 
sohibining jamiyatdagi mavqeini belgilagan
4

Ushbu davrlarda hukmdorlar saroylari ikki xil vazifani 
bajarganligi manbalarda yozilgan. Birinchisi – asosan ma’muriy-
siyosiy vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan bo‘lib, qal’a yoki hisor 
ichiga qurilgan. Ikkinchisi - shahar tashqarisidagi qarorgoxlar bo‘lib, 
bog‘-rog‘lar bag‘rida edi. Bu erda ham qabul marosimlari bazm bilan 
o‘tgan. Buxoro Arkida yashagan Nosirxon To‘ra “Tahqiqot” asarida 
qarorgohda joniylar sulolasi davrida barpo etilgan inshootlarni ham 
sanab o‘tadi
5

Ashtarxoniylar davriga kelib shaharsozlikda asosan ansambl 
shakldagi tarixiy-me’moriy inshootlar qad ko‘tarishni boshladi va bu 
hozirgi kunda Buxoro shahrining eski shahar qismida saqlanib qolgan 
tarixiy inshootlarda o‘z aksini topadi. Ular o‘z davri 
me’morchiligining ulkan va betakror namunalari sanalib, katta 
hajmdagi qurilish ishlari ushbu davrda ham jadal davom etganligini 
ko‘rsatadi. Eng qiziqarli jihati shaharni obodonlashtirish va yangi 
inshootlarning qurilishiga saroy amaldorlari ham o‘z hissalarini 
qo‘shib, o‘z nomlarini tarix sahifalariga bitib qo‘yishdi. 
Me’morchilikda ushbu davrda me’morlar inshootlarning qurilishiga 
1
Убайдуллахон
.
Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси -Тошкент: Ўзбекистон Миллий 
Энциклопедияси /www.ziyouz.com кутубхонаси
.
2
Пугаченкова Г.А, Ремпель Л.И “История искусств Узбекистана” -Москва: Искусства, 
1965. -С 375
3
Ўша манба. -С. 383
4
Буранов Б. Бухоро шаҳнишинлари /Мозийдан садо, 2003. № 3-4. -Б. 56
5
Андреев М.С, Чехович О.Д, Арк Бухары. -Душанбе: Дониш, 1972. -С. 14


179 
alohida e’tibor berishgan hamda binolarning bezak ishlarida 
naqshinkor mayolika aralash usuldan foydalanganlar, ko‘pincha 
terrakota asosida geometrik mozaikani ham ishlatishgan
1
. Ammo 
siyosiy va iqtisodiy tanazzul oqibatida ularda ishlatilgan bezaklarning 
sifati tobora pasayib boravergan. Hozirga qadar saqlanib qolgan 
joniylar davri masjid va madrasalardagi devoriy bezaklar bunga misol. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling