O‘quv qo‘llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet56/110
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1817991
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   110
Bog'liq
buxoro tarixi

 
 
9-MAVZU: MANG‘ITLAR DAVRIDA BUXORO 
 
9.1. Mang‘it hukmdorlari davrida siyosiy hayot 
9.2. Buxoro 
amirligining 
Rossiya 
imperiyasi 
yarim 
mustamlakasiga aylantirilishi 
9.3. Buxoro amirligining markaziy va mahalliy boshqaruvi 
9.4. Mang‘itlar davrida Buxoroda madaniy hayot (me’morchilik, 
adabiyot va san’at) 
 
9.1.Mang‘it hukmdorlari davrida siyosiy hayot 
XVIII asr 40-yillariga kelib Buxoro xonligida siyosiy va 
iqtisodiy inqiroz kuchaydi. Ashtarxoniylar sulolasining so‘nggi vakili 
Abulfayzxon 
(1711-1747) 
hukmronlik 
yillarida 
markaziy 
hokimiyatning zaiflashuvi natijasida Buxoro xonligidan Qo‘qon 
ajralib chiqib, bu erda mustaqil xonlikka asos solindi. Mamlakatning 
bekliklarga bo‘linish xavfi kuchaya bordi. Buning ustiga asli turkman 
urug‘idan bo‘lgan Eron shohi Nodirshoh afshorning (1736-1747) 
Buxoroga hujumi va mamlakatning asosiy shaharlari - Buxoro hamda 
Samarqandning ular tomonidan egallanishi va talanishi siyosiy 
vaziyatni yanada murakkablashtirdi. Shunday murakkab vaziyatda 


181 
tarix sahnasida yangi siyosiy kuch – mang‘itlar sulolasi paydo bo‘ldi. 
Nufuzli mang‘it biylari (beklari)dan Muhammad Hakimbiy otaliq 
(vafoti 1743) mang‘itlar sulolasining hokimiyat tepasiga kelishi uchun 
shart-sharoit yaratib berdi. Muhammad Hakimbiyning o‘g‘li 
Muhammad Rahim zimmasiga yangi sulola va davlatga asos solishdek 
ma’uliyatli vazifa tushdi. Muhammad Rahim 1715-yilda tug‘ilgan. 
Tarixchi Miriy (Mir Husayn ibn Shohmurod)ning yozishicha, u 
Shahrisabzda mo‘g‘ullar quvg‘in qilingan paytda, amakisi 
Muhammad Doniyolbiy otaliqdan 5 yil keyin dunyoga keladi
1
.
Muhammad Rahim o‘spirin va yoshlik yillaridan epchil 
chavandoz bo‘lib, turli qurol-aslahalardan mohirlik bilan foydalangan. 
Otasining ko‘magi bilan u ashtarxoniylardan Buxoro xoni 
Abulfayzxon saroyida yuqori lavozimlarda xizmat qiladi. Eron 
hukmdori Nodirshohning Buxoroga hujumidan keyin mamlakatda 
uning mavqei yanada oshadi. Buning ustiga Abulfayzxonning qiziga 
uylanib,o‘z mavqeini yanada mustahkamlaydi. Tarixchilarning 
yozishicha, u Nodirshoh xujumidan keyin Buxoroning obro‘li 
kishilaridan 12.000 nafarga bosh bo‘lib, ularni oq uyli sifatida Eron 
poytaxti – Mashhadga olib kelgan. Muhammad Rahim otasi vafot 
etganda Nodirshohning ruxsati bilan qiblagohining dafn marosimini 
o‘tkazish uchun 1743-yil Buxoroga kelib ketadi. Keyinchalik 
Ibodullohbiy boshchiligidagi xitoy-qipchoq qavmlari ko‘targan 
isyonni bostirish uchun Nodirshohning buyrug‘i bilan 1745-yil yana 
Buxoroga qaytadi va qo’shbegi lavozimini egallaydi. Nodirshoh va 
Abulfayzxon unga otaliq unvonini berishadi.
Aynan shu yildan boshlab u Buxoro xonligining amaldagi 
hukmdoriga aylanadi. Nodirshohning to‘satdan o‘ldirilishi haqidagi 
xabar Buxoroga etib kelgach, Muhammad Rahim qushbegining 
buyrug‘i bilan 1747-yil Mir Arab madrasasi hujralarining birida 
yashiringan Abulfayzxon o‘ldiriladi. Biroq Muhammad Rahim 
Buxoro taxtiga bevosita o‘zi o‘tirishdan hayiqib, taxtga marhum xon 
Abulfayzxonning 9 yoshli o‘g‘li Abdulmo‘minxonni (1747-1751) 
o‘tqazadi, va yosh “xon” ga qizini berib, uni o‘ziga kuyov qilib oladi. 
Biroq oradan 4 yil o‘tgach, o‘z kuyovi Abdulmo‘minxonni ham 
o‘ldirtirib, taxtga nevarasi Ubaydullaxon III ibn Abdulmo‘minxonni 
1
Қ.Ражабов. Муҳаммад Раҳимхон Манғитлар сулоласи асосчиси. Бухоро мавжлари. № 
3. 2005. Б.36


182 
(1751-1754), 
keyinchalik Sherg‘ozini (1754-1756) o‘tqazadi. 
Muhammad Rahim qushbegi yuqorida nomlari keltirilgan qo‘g‘irchoq 
xonlar davrida markaziy hokimiyatga bo‘ysunishni xohlamayotgan 
Miyonqol, Nurota, Urgut, Jizzax, O‘ratepa, Xo‘jand, Toshkent, 
Shahrisabz, Boysun, Hisor, Qabodiyon, va boshqa bekliklar ustiga 
yurish qilib, ularni bo‘ysundiradi. Xususan, ayirmachilik kayfiyatini 
namoyon qilayotgan Shahrisabz va Kitobdagi kenagaslar ustiga 3 
marta yurish qilib, ularni tobe qiladi. Burqut, bahrin, kenagas, 
qipchoq, yuz, saroy va boshqa o‘zbek qavmlarini mamlakatning turli 
hududlariga ko‘chirib, Buxoro xonligining yaxlitligi va xavfsizligi 
uchun izchil kurashgan.
Muhammad Rahim qushbegi hokimiyatni markazlashtirish 
siyosatini faol suratda olib bornb, qudratli amirlarni lavozimlaridan 
bo‘shatadi va ularning o‘rniga o‘rta tabaqa vakillarini tayinlaydi. 
Nihoyat, Muhammad Rahimxon 1756-yil 12-dekabrda Buxoro xonligi 
taxtiga rasmiy ravishda xon bo‘lib o‘tirgach, Buxoroda mang‘itlar 
sulolasining hukmronligi boshlanadi. Muhammad Rahimxon Xiva 
xonligidagi siyosiy nizolardan foydalanib, Xiva taxtiga ham o‘z 
odamlarini qo‘yadi. Bu haqda o‘sha davr tarixchilarining asarlarida 
ma’lumotlar saqlanib qolgan. Muhammad Rahimxonning xonlik 
taxtiga o‘tirishi o‘sha davr muarrixlari tomonidan muhim siyosiy 
voqea sifatida baholangan. O‘sha davr manbalarida Muhammad 
Rahimxon turli faxriy unvonlar bilan tilga olinadi. Biroq Muhammad 
Rahimxonning mustaqil xonligi uzoq davom etmagan, u ikki yilcha 
xonlik qiladi, xolos. U G‘ijduvon va Shofirkondagi Xoja Abduxoliq 
G‘ijduvoniy, Xoja Orif Revgariy maqbaralarini ziyorat qilib, 
Buxoroga qaytayotganida 1758-yil 24-martda, 45 yoshida to‘satdan 
kasallanib, vafot etadi. Buxorolik tarixchi Mirzo Abdulazim Somiy 
Bo‘stoniy (1839-1908)ning keyinchalik yozishicha, Muhammad 
Rahimxon Buxorodagi Shohrud anhori bo‘yida, Mozor darvozasi 
yonidagi Abu Bakr Tarxon qabristonida dafn qilingan. Xulosa qilib 
aytadigan bo‘lsak, Buxoro xoni Muhammad Rahimxon o‘zining qisqa 
hukmronlik davrida markaziy hokimiyatni mustahkamlashga harakat 
qildi, Abulfayzxon davrida qo‘ldan ketgan Buxoro xonligi hududlarini 
ancha kengaytirdi va Buxoroda 173 yil hukm surgan mang‘itlar 
sulolasiga asos soldi. 
Ma’lumki, mang‘itlar sulolasi 1745-yildan boshlab amalda
1756-yildan esa rasman Buxoro xonligini boshqarganlar. 1758-yil 24-


183 
martda mang‘itlar sulolasi asoschisi Muhammad Rahimxon to‘satdan 
vafot etgach, marhum xonning vasiyatiga ko‘ra Buxoro xonligi taxtiga 
1758-yil mart oyida shoshilinch ravishda Muhammad Rahimxonning 
balog‘at yoshiga etmagan nevarasi Fozil To‘ra o‘tkazilib, unga 
Fozilxon nomi berildi. Fozilxon marhum xonning qizi va saroydagi 
nufuzli biylardan Norbo‘tabiy o‘rtasidagi nikohdan tug‘ilgan xonzoda 
edi. Muhammad Doniyolbiy esa yangi xonga otaliq qilib tayinlandi. 
Chunki Muhammad Doniyolbiy otaliq bu paytda mang‘it urug‘ining 
eng keksa vakili bo‘lgan. Siyosiy hokimiyatning bunday o‘zgarishidan 
norozi bo‘lgan xonlikdagi ayrim viloyatlarning hokimlari, kenagas, 
yuz, bahrin, burqut (berkut), saroy urug‘larining boshliqlari (biylar va 
amirlar) markazlashgan hokimiyatga qarshi isyon ko‘tarib, 10000 
yigitni qurollantirgan holatda poytaxt Buxoro ustiga harbiy yurish 
boshlaydilar. Ularga qarshi kichik miqdordagi qo‘shin bilan ancha 
tortishuvlardan so‘ng bir bitimga kelishadi. Mazkur bitimga ko‘ra, 
Fozilxon taxtdan tushirilib, uning o‘rniga ashtarxoniy shahzodalardan 
bo‘lgan Abul G‘ozixon xonlik taxtiga o‘tkazilgan (758-1785). 
Muhammad Doniyolbiy esa, ham otaliq mansabini, ham amaldagi 
hukmdorlikni o‘z qo‘lida saqlab qolgan va shu bilan birgalikda u 
o‘zini Buxoro amiri deb e’lon qilgan. Muhammad Doniyolbiy amalga 
oshirgan dastlabki tadbir - o‘zboshimcha amaldorlar Tog‘aymurodbiy 
burqut, Nur (Nurota) viloyati hokimi Jahongir saroy va G‘uzor viloyat 
hokimini vazifasidan olib tashlash va ularni qatl qilish bo‘ldi.. 
O‘zining isyonkor harakatlari bilan “tanilgan” etti urug‘ qavmini 
Miyonqoldan Shahrisabzgacha, Boysundan Sherobodgacha tarqatib 
yuboradi. Bu orada yuz urug‘ining etakchisi Fozilbiy yuz Xo‘janddan 
O‘ratepaga kelib, ko‘p lashkarlar bilan Jizzaxni oladi. Samarqand 
ustiga yurish qilib, Buxorodagi Markaziy hokimiyatga qarshi isyonni 
qaytadan avj oldiradi. Muhammad Doniyolbiy otaliq muzokaralar 
o‘tkazib sulh tuzadi. Muhammad Doniyolbiy otaliq “qo‘g‘irchoq xon” 
Abul G‘ozixonni taxtdan nomigagina olib tashlaydi. 1758-yili 
Muhammad Doniyolbiy otaliq Buxoro amiri deb e’lon qilinadi va bu 
uning dushmanlari tomonidan ham e’tirof etiladi. Biroq rasmiy 
ravishda Abul G‘ozixon Buxoro xoni bo‘lib qolaveradi
1

1
Ражабов Қ. Муҳаммад Дониёлбий оталиқ.(бийлик мансабидан амирлик рутбасигача). 
Бухоро мавжлари. № 3. 2005. Б.26-27


184 
Xullas, Muhammad Doniyolbiy 27 yil davomida (1758-1785) 
Buxoro amirligini boshqaradi va siyosiy markazlashuv jarayonini 
mustahkamlashga harakat qiladi. Ba’zi qabila boshliqlarining 
o‘zboshimchaligiga qarshi kurashadi. Qo‘shni davlatlar bilan savdo-
sotiq aloqalarini olib borishga katta e’tibor qaratadi. Rossiya 
podsholigi bilan diplomatik aloqalarni mustahkamlashga e’tibor 
qaratib, 1774-1776 va 1779-1780-yillarda Ernazar elchi (to‘liq ismi 
Mulla Muhammad Ernazarboy Maqsud o‘g‘li) boshchiligadagi 
Buxoro elchilarini Moskva va Sankt-Peterburgga jo‘natadi. Ular 
Rossiya malikasi Ekaterina II va valihd Pavel tomonidan rasmiy 
ravishda qabul qilingan. Shuningdek, Ernazar elchi 1780-yil, 
Muhammad Sharif 1783-1784-yillarda elchi qilib usmonli turk 
sultonligining poytaxti Istanbulga jo‘natilgan. Tarixchi olim va so‘fiy 
Humuliy (1776- taxminan 1852) o‘zining “Tarixi Humuliy” asarida 
keltirishicha, Muhammad Doniyolbiy shayx, so‘fiy va ulamolarga 
saxiylik ko‘rsatgan va ularni juda e’zozlagan. U harbiy qo‘shin 
ta’minotini ham yaxshilaydi. Askarlarni zamonaviy qurollar bilan 
qurollantiradi. 
Amir Muhammad Doniyolbiyning o‘n ikki o‘g‘li bor edi. 
Davlat boshqvruvida ulardan ayrimlarining ishtirokini kuzatish 
mumkin U hukmronlik davrining so‘nggi yillarida davlat ishlarini 
aksariyat hollarda qo‘shbegi, devonbegi va o‘z o‘g‘illariga taqsimlab 
bergan. 1775-yil u saroy a’yonlari va ra’iyat talabi bilan amirlik 
taxtini o‘z o‘g‘li Shohmurodga topshiradi va oradan ko‘p o‘tmay, 75 
yoshida vafot etadi. Amir Muhammad Doniyolbiy Bahouddin 
Naqshband mozori yonidagi “Dahmai shohon”da dafn etilgan.Xullas, 
Buxoro amiri Muhammad Doniyolbiy o‘zining 27 yillik hukmronligi 
davrida mamlakat uchun katta ishlar qildi. Muhammad Rahimxondan 
keyin mang‘itlar saltanatini parchalanib ketishdan aynan u saqlab 
qoladi.
Muhammad 
Doniyolbiydan 
so‘ng 
taxtga 
mang‘itlar 
sulolasining birinchi amiri - amir Shohmurod (1785-1800) o‘tiradi. 
Amir SHohmurod mang‘itlarning ilk hukmdorlaridan edi. Doniyolbiy 
otaliqning o‘n bir o‘g‘lidan eng kattasi bo‘lib, garchi bosh qozi uni 
hokimiyatdan mahrum etishni maslahat bergan bo‘lsa-da, u Buxoro 
taxtiga voris qilib tayinlandi va otasi vafotidan keyin 1785-yilda 
Buxoro amiri sifatida taxtga o‘tirdi. Bu davlat arbobining ham shaxsi 


185 
ziddiyatli bo‘lib, u haqida ko‘pgina mualliflar turlicha fikr 
bildirishgan. 
Amir Shohmurodning davlat arbobi bo‘lib shakllanishida 
so‘fiylik oqimining ta’siri juda kuchli bo‘lgan. Ko‘pgina tarixiy 
manbalarda uning so‘fiy va darveshsifat bo‘lgani qayd etiladi. U 
yoshligida shayx xizmatiga kirib, unga sodiqlikka qasam ichgan, xalq 
ko‘z o‘ngida oddiy hayot kechirib, hammollik bilan shug‘ullangan. 
Tarixchi Mulla Olim Mahdum Hoji o‘zining “Tarixi Turkiston” 
asarida: “Shohmurodbiy ziyoda so‘fiy, xudoga yaqinlashish yo‘lini 
tutgan (doxuli suluk) va taraqqiyparvar, shariat targ‘ibotchisi (shar’i 
sharif), taomi o‘z kasbi halolidan edi”, deb xarakterlaydi
1
. Bundan 
uning Buxoroda vujudga kelib Markaziy Osiyoda keng yoyilgan 
savdogar va hunarmandlar tariqati bo‘lgan Naqshbandiya tariqatiga 
e’tiqod qilganligi yaqqol ko‘rinib turibdi. U ilm ahllarini hurmatlab, 
ularga homiylik qilgan. So‘fiy, podshoh Shohmurodning ba’zi bir 
qarashlari uning o‘zi yozgan “Aynul-hikmat” “Bilimdonlik manbai” 
nomli kitobida ham o‘z ifodasini topgan. Ahmad Donish amir 
SHohmurod haqida “Amirlik gilamini kambag‘allik kiyimi bilan 
bezadi, jahon bog‘idan dushmanlik va yomonlik kiyimini sug‘urib 
tashladi va adolat nihollarini o‘tqazdi”, deb uning faoliyatiga yuksak 
baho bergan edi. Shohmurodning o‘ta so‘fiyligi uni qahrli, qattiqqo‘l 
hukmdor bo‘lishiga, mang‘itlar sulolasining davlat hokimiyatini 
mustahkamlash uchun birqancha islohotlarni amalga oshirishiga 
to‘sqinlik qilmadi. Uning tomonidan o‘tkazilgan harbiy, ma’muriy, 
moliyaviy islohotlar ko‘p o‘tmay o‘z ijobiy natijasini berdi va 
mamlakat iqtisodiyotining o‘nglanishiga xizmat qildi. Xarob holga 
kelgan madrasa hujralarining talabalarga xususiy qilib berilishi va 
ta’mirlash xarajatlarini ular zimmasiga yuklatilishi bilan madrasalar 
ikki yilda nochor ahvoldan chiqib oldi. Shohmurod 1800-yil 63 
yoshida vafot etdi. 
Undan so‘ng taxtga o‘tirgan valiahd amir Haydar (1800-1826) 
otasining markazlashtirish siyosatini davom ettirdi. Amir Haydarning 
onasi ashtarxoniylardan Abulfayzxonning qizi Bonu Shams bo‘lgan. 
Buxoro madrasalarida 10 yil tahsil olib, Qur’oni karim sharhi va hadis 
ilmlarini puxta egallaydi. Yoshlik paytidayoq diniy bilimlarni chuqur 
1
Муқимов З. Амир Шоҳмурод ислоҳотлари. Ҳаёт ва қонун. № 2-3. 1995. Б.27


186 
o‘rganish, Qur’onni yod olish va kunora ro‘za tutishga ahd qiladi
1

Ushbu uch majburiyatni doimiy tarzda bajarib borgan. Otasi 
Shohmurodning vafotidan so‘ng Qarshidan chaqirib olinadi va 
an’anaviy tarzda taxtga o‘tqaziladi. Amir Haydar Buxoro amirligida 
vujudga kelgan keskin siyosiy vaziyatni yumshatishga harakat qiladi. 
Uning hukmronlik yillarida mamlakatda notinchlik hukm 
suradi, ya’ni markaz va viloyatlar hamda kechagina viloyat maqomida 
bo‘lgan, lekin endilikda alohida siyosiy birlik - xonlikka aylangan 
Xiva va Qo‘qon bilan qarama-qarshiliklar avjiga chiqadi va 
mamlakatda har 3-6 oyda uzluksiz ichki urushlar va qo‘zg‘olonlar 
bo‘lib turar edi. Miyonkol, Shahrisabz, Karki, Marvdagi mahalliy 
kuchlar yana o‘zboshimchalik qila boshlaydi. Amir Haydar 
ayirmachilik kayfiyatlarni namoyon qilayotgan Shahrisabz, Kitob, 
Urgut bekliklari, Miyonqol va Samarqand hokimlariga qarshi janglar 
olib borishga majbur bo‘lgan. Amir Haydar Xurosonga ham harbiy 
yurishlar qilib, 1817-yil Balxni, shuningdek, Badaxshon, Qunduz va 
Maymanani Buxoro amirligiga qaytaradi. Marv hokimi Din Nosirbek 
(Amir Haydarning ukasi) Xiva xoni Eltuzarxon qutqusiga uchib, 1804 
yil akasiga qarshi bosh ko‘taradi va mag‘lubiyatga uchraydi. Shu 
asnoda Xiva xoni Eltuzarxon bir necha marta Buxoroga harbiy 
bosqinlar uyushtiradi. Ana shunday yurishlarning birida Niyozbek 
parvonachi boshchiligida 20 ming kishilik Buxoro qo‘shini 
xorazmliklar qo‘shinini mag‘lubiyatga uchratadi. Eltuzarxon 
Amudaryodan qochib o‘tayotganda daryoga g‘arq bo‘lib halok bo‘ladi 
va natijada Eltuzarxonning 3 birodari va qo‘plab xivaliklar asir 
tushishadi. 
Amir 
Haydar 
Eltuzarxonning 
kichik 
birodari 
Qutlug‘murodxonni 400 asir bilan ozod qilib, Urganchga jo‘natadi. 
Eltuzarxondan so‘ng 1821-1825-yillari amir Haydar Miyonkolda 
xitoy-qipchoqlar isyonini bostirish bilan ovora bo‘lganda xivaliklar 
Chorjo‘y va Marvga harbiy yurish uyushtiradilar. Xivaliklar hatto 
Marvni zabt etishga ham muvaffaq bo‘lishadi. Bungacha ham 
amirlikning sharqiy qismida ancha yo‘qotishlar va o‘zgarishlar yuz 
bergan edi. Masalan, Qo‘qon hukmdorlari 1805-yili Xo‘jandni, 1809-
yili Toshkentni, 1816-yil esa Turkistonni ishg‘ol qilib, xonlik 
hududiga qo‘shib olgan edilar. 1806-yili Jizzax, 1806-1813-yillari 
O‘ratepa, 1821-yili Samarqandga tahdid solganlar. 
1
Ахмад Дониш. История мангытской династии. –Душанбе:1967. – Б.12


187 
Amir Haydar o‘z hukmronligi davrida asosan ichki 
dushmanlarga qarshi kurash olib boradi. Shahrisabz, Samarqand
Urgut bekliklarida bo‘lib o‘tgan g‘alayonlar, Marv vohasi uchun Xiva 
xoni Muhammad Rahimxon bilan olib borilgan urushlar amir 
Haydarni davlatda harbiy-siyosiy islohotlar o‘tkazishga majbur qildi. 
Amir Haydar boshqa mang‘it hukmdorlaridan farqli ravishda o‘z 
qo‘shinidagi askarlarga muntazam ravishda yaxshi maosh to‘lab 
borgan. Bundan tashqari u mamlakatdagi soliq yig‘uvchilarga yillik 
maosh ajratish bilan birga, ularga yiliga ikki marta sarupo ulashgan. 
O‘z navbatida kambag‘allar, etim-esirlar, qashshoqlar, darveshlar, 
muhojirlar va mullalarga har yili nafaqa berish uchun katta miqdorda 
mablag‘ ajratardi. Amirlikda xitoy-qipchoqlar tomonidan yuzaga kelib 
turadigan turli mojarolarni oldini olish maqsadida ushbu hududlarga 
nisbatan turli to‘lovlar miqdorini kamaytirgan
1
. Amir Haydar 
hukmronlik davri qanchalik tahlikali, ziddiyatli bo‘lmasin, u ichki va 
tashqi dushmanlarga qarshi kurashish bilan birga mamlakatda birqator 
islohotlarni amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldi.
Amir Xaydardan so‘ng Buxoro amirligi taxtini mang‘itlar 
sulolasining keyingi vakili amir Nasrullo (1826-1860) egallaydi. U 
amir Xaydarning uchinchi o‘g‘li edi. O‘n besh yoshdan otasi uni 
davlat boshqaruviga jalb qiladi. Otasining hukmronligi davrida 
Qarshida hokimlik qildi. Amir Xaydar vafotidan so‘ng hokimiyat 
uchun kurashlarda akalari amir Husayn (1797-1826) va amir Umar 
(vafoti 1826 y) ni oradan ko‘tarib, Buxoro taxtiga o‘tiradi. Amir 
Nasrullo o‘z hukmronligi davrida islom shariati ko‘rsatmalariga qat’iy 
amal qilgan. Jasur va dovyurak bo‘lganligi bois, uning ismiga 
«bahodir», «botir» unvonlari qo‘shib ishlatilgan. Amir Nasrullo davlat 
hokimiyatini mustahkamlash maqsadida urug‘ va qavm boshliqlari 
bo‘lgan ko‘plab amaldorlarni quyi tabaqalardan chiqqan yosh va 
g‘ayratli kishilar bilan almashtirdi. Tarixchi va sayohatchilarning 
ma’lumotlariga qaraganda, amir Nasrullo hukmdor sifatida davlatning 
ichki va tashqi dushmanlariga zarba berdi. Uning tomonidan olib 
borilgan harbiy-siyosiy islohotlar natijasida davlatning harbiy qudrati 
mustahkamlana bordi. 1837-yilda harbiy sohada islohotlar o‘tkazib, 
o‘z qo‘shinining jangovar holatini yaxshiladi. Har biri 800 kishidan 
1
Шодиев Ж.М.. Бухоро амирлиги давлатчилигининг ривожланиши, –Тошкент: 2010. –
Б.21.


188 
iborat 50 ta sarboz bo‘luklari va 250 kishilik to‘pchilar guruhi tashkil 
qilingan. Muntazam piyoda qo‘shinining soni 40000 kishidan ortiq 
bo‘lgan. Amir Nasrullo Xiva va Qo‘qon xonliklarini Buxoro atrofida 
birlashtirishga urindi. Mamlakatning hududiy yaxlitligini tiklash 
uchun Qo‘qon xonlari tomonidan tortib olingan Xo‘jand, O‘ratepa, 
Toshkent, Jizzax va Zominni Buxoro amirligiga qaytardi. 1842-yil 
Qo‘qonga yurish qilib, xonlik hududini egallaydi. Amir Nasrullo 
tomonidan Qo‘qonga Ibrohim parvonachi mang‘itning noib qilib 
qoldirilishi salbiy oqibatlarga olib keladi. Noib mahalliy aholiga zulm 
o‘tkazib, soliqlarni ko‘paytirdi. Natijada tez orada Qo‘qon qo‘ldan 
ketadi. Amir Nasrullo 1843-yil Marvni ham Buxoroga bo‘ysundiradi. 
Shuningdek, Amir Nasrullo 20 yil olib borgan 32 ta harbiy yurishdan 
so‘ng 1856-yil Shaxrisabzni uzil-kesil egallaydi. Shahrisabz markaziy 
hokimiyatga bo‘ysungach, sulh ramzi sifatida mahalliy hukmdor 
Iskandar Valloma (valine’mat)ning singlisi Kenagasxonimga 
uylanadi.
Amir Nasrullo hukmronlik qilgan yillar Turkiston mintaqasida 
Rossiya-Angliya manfaatlari o‘zaro to‘qnashgan davr hisoblanadi. 
Amir Nasrullo Buxoro davlatida qat’iy markazlashtirish siyosatini olib 
bordi. Markaziy hokimiyatga bo‘ysunishni istamagan Shahrisabz va 
Kitob bekliklarining qarshiligini sindirib, ayirmachilik kayfiyatlariga 
barham berdi.Amir o‘z siyosatida butun Movarounnahr va Xorazmni 
yagona davlatga birlashtirishga intildi. U bu rejasini to‘liq amalga 
oshira olmagan bo‘lsa ham, qisqa muddat davomida butun 
Movarounnahrni yagona davlat sifatida boshqardi. Nasrullo 1860-yil 
5-oktyabrda vafot etadi.U 56 yil yashagan va 35 yil hukmronlik 
qiladi
1
. Amir Nasrullo Buxoroda dafn etilgan. Nasrulloning o‘limidan 
so‘ng taxtga uning yagona vorisi Muzaffar (1860-1885) o‘tiradi. U 
otasi 
amir 
Nasrullo 
davrida 
Karmanaga 
hokimlik 
qilgan. 
Muzaffarning hukmronlik davri Rossiyaning O‘rta Osiyo xonliklariga 
qarshi harbiy harakatlari kuchaygan davrga to‘g‘ri keladi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling