O‘quv qo‘llanma


Bahouddin Naqshband ziyoratgohi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet38/110
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1817991
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   110
Bog'liq
buxoro tarixi

Bahouddin Naqshband ziyoratgohi 
Bahouddin Naqshbandning asl ismi Muxammad Bahouddin. Bu 
nom u kishi erishgan maqom, darajani tavciflab va ylyg‘lab berilgan. 
“Baho” arab tilidan olingan bo‘lib, “husn”, “jamol”, “go‘zallik”, 
“ravshanlik” ma’nolarini anglatadi. “Bahouddin” dinning xusni, 
jamoli, go‘zalligi, ravshanligi demakdir. Muhammad ibn Muxammad 
al-Buxoriy shunday kamolot darajasiga etganlarkim, u kishiga nazar 
qilib islom dinimizning qadr-qiymatini, husni-jamoliyu, go‘zalligini, 
dillarni ravshan etuvchi nuru tarovatini ko‘rish mumkin bo‘lgan. 
Shoh Naqshband naqsh bog‘lovchilarning shohi degan ulug‘ 
nom otasi bilan kimxob matosiga naqsh bog‘lash kasbi bilan mashg‘ul 
bo‘lganligini bildirsa-da, aslida Bahouddin Naqqoshi Azal - Allohni 
qalbida mukammal naqshlagan va mudom uning zikri, fikri, shukri 
bilan mashg‘ul bo‘lgani va ta’limotlari, nazarlari, ibratlari orqali 
insonlar qalbida ham Alloh, naqshini naqshlay olganini anglatadi. 
Bahouddin Naqshband “Naqshni qalbga bog‘la”, deb ta’lim bergan. 


127 
Bahouddin Naqshbandning otasi Sayyid Muhammad Buxoriy ibn 
Sayyid Jaloliddin bo‘lib, kimxob to‘quvchi hunarmand bo‘lgan. Onasi 
Bibi Orifa Xojai Xizr avlodidan bo‘lgan. Bahouddin Naqshband 1336-
yilning kuz faslida Buxoroda Xalil ota bilan uchrashib u kishiga murid 
bo‘ladi va 12 yil u kishidan ta’lim va tarbiya oladi va xizmatida 
bo‘ladi.
Bahouddin Naqshband yigirma to‘qqiz yoshidan Buxoroga 
yaqin Revartun qishlog‘ida yashay boshlaydi va butun umrini 
darveshlikka bag‘ishlaydi. 1347-yildan 1354-yilgacha Sayyid Mir 
Kuloldan ilm oladi. 1354-yildan 1360-yilgacha Orif Deggaroniy 
xizmatida bo‘ladi va Qusam Shayxdan ilm olib, 1361-yildan o‘zi 
mustaqil faoliyat yurita boshlaydi. 1370-yil Amir Kulol vafotidan 
keyin Bahouddin Naqshband Naqshbandiya tariqatini tashkil etadi
1

Buxoroda tashkil topgan bu tariqat keyinchalik boshqa hududlarga 
keng tarqaldi. Bahouddin Naqshband ikki bor hajga borgan va 
ikkinchi bor borganda hirotlik shayx, Amir Temurning ma’naviy 
ustozlaridan biri Zayniddin Toyibodiy bilan uchrashadi. 
Xojagon-Naqshbandiya ta’limoti asosida 11 tamoyil, ya’ni 
qoida yotadi. Xojagon tariqatidagi sakkiz tamoyilga yana uch tamoyil 
qo‘shib Bahouddin Naqshband insonlarni g‘aflatdan uyg‘otib, Haq 
yo‘liga kiritishning yangi uslubini kashf etdi. Bahouddin Naqshband 
insoniyat kamoloti uchun zarur deb hisoblagan va o‘zi kiritgan yangi 
uch tamoyil quyidagilar: “Vuqufi zamoniy”- zamondan ogoh bo‘lish, 
“Vuqufi adadiy” - adad, sondan ogoh bo‘lish, ya’ni zikr payti sanoqqa 
rioya qilish (yoki ko‘plik orasida birni - kasrat ichida axadni- ko‘ra 
olish), “vukufi qalbiy” - qalbdan ogoh bo‘lish, ya’ni inson qalbiga 
tavajjuh qilib, yuzlanib, qalbi esa Allohdan keladigan fayzga intizor 
bo‘lib, uni qabul etish va mushohada qilish. Bahouddin Naqshband 
vaqt, son, qalb xaqidagi tasavvufiy ta’limotlarni boyitib, ularning 
yangi qirralarini kashf etdi va birinchi bo‘lib inson kamoloti uchun 
asosiy amaliyot sifatida kiritdi. 
Bahouddin Naqshband asos solgan Naqshbandiya ta’limoti 
jahonshumul ahamiyatga ega. Bu ta’limotni Alouddin Attor
Muhammad 
Porso, Alouddin Fijdyvoniy, Ya’qyb Charxiy 
takomillashtirdilar, Xoja Ahror Valiy uni jahonshumul ta’limotga 
1
Наврўзова Г., Зоиров Э. Бухорои шарифнинг етти пири. –Тошкент: Muharrir nashriyoti, 
2018. –Б.71


128 
aylantirdi va bu tariqat naqshbandiya- mujaddidiya, naqshbandiya-
xolidiya nomlari bilan keng tarqaldi
1

Xoja Alouddin Attor – Bahouddin Naqshbandning sodiq muridi, 
kuyovi va xalifasi. Buxoroda o‘ziga to‘q oilada tavallud topgan. 
Ta’limni Buxoro madrasalaridan birida olgan. Bu shaxs Bahouddin 
Naqshband hazratlarining suhbatlarini tashkil etish, so‘zlarini jamlash, 
farmonlarini 
bajarish, 
sayyohatlarini 
idora 
etib, 
muridlarni 
boshqarishda yuksak qobiliyat sohibi edi. Bahouddin Naqshband 
hayotlik vaqtlaridayoq barcha tolib va muridlarining ta’lim-tarbiyasini 
Alouddin Attorga topshirganlar. 
Alouddin Attor vafotidan oldin xalifasi (shogirdi) Ya’qub 
Charxiyga yaqindagilarni suhbat bilan, uzoqdagilarni esa kitob 
vositasida tarbiyalash lozimligini vasiyat qilib topshiradi
2

Alouddin Attor Hasan Attor (o‘g‘li), Nizomiddin Xomush, 
Ya’qub Charxiy, Xusomiddin Porso Balxiy, Mavlono Abu Said, 
Abdulloh Imomiy Isfahoniy, Shayx Umar Moturudiy, Mavlono 
Ahmad Maska, Sayyid Sharif Jurjoniy kabi shogirdlarni etishtirganlar. 
Bahouddin Naqshbandning ma’rifatga oid so‘zlari Muhammad 
Porsoning “Risolai qudsiya” va Ya’qub Charxiyning “Risolai unsiya” 
asarlarida saqlangan. Bahouddin Naqshbandning ma’rifatga oid 
kalomlarining mohiyatini anglash ancha qiyin bo‘lganligi uchun 
Muhammad Porso “Risolai kudsiya” asarida ularni sharxlagan. 
Bahouddin Naqshbanddan nasriy va nazmiy ko‘rinishdagi o‘gitlar 
saqlangan. 
Yaqub 
Charxiy 

Naqshbandiya 
so‘fiylik tariqatining 
vakillaridan. G‘azna (Afgoniston)ning Charx qishlog‘ida tug‘ilgan. 
Keyinchalik Badaxshonga, u erdan esa Buxoroga kelib, Baxouddin 
Naqshbandning shogirdi Alouddin Attordan tariqat ta’limotini 
o‘rganadi va o‘z davrining eng obro‘li shayxlaridan biriga aylanadi.
Xoja Muxammad Porso (1345-1419) ham Nakshbandiya 
tariqati namoyandasi. Buxorodagi madrasalarda tahsil olgan. Kur’on, 
hadis va kalom ilmini chuqur o‘rgangan. Bahouddin Nakshband uni 
shogirdlikka qabul qiladi va «porso» (taqvodor, dindor) taxallusini 
beradi. Bahouddin Naqshband vafotidan so‘ng uning o‘rniga tariqatga 
1
Наврўзова Г., Зоиров Э. Бухорои шарифнинг етти пири. –Тошкент: Muharrir nashriyoti, 
2018. –Б.67-78.(80б)
2
Ходжа Абдухолиқ Ғиждувоний. Мақомоти Юсуф Ҳамадоний. –Тошкент: Янги аср 
авлоди, 2005. -Б.60-64.


129 
rahbarlik qiladi. Xoja Muhammad Porso Movarounnahr hukmdori 
Xalil Sulton bilan muloqotda bo‘ladi, Shohrux bilan esa turli 
masalalar bo‘yicha yozishmalar olib boradi. Ulug‘bek saroyida, 
shuningdek, Samarqand va Buxoroda bo‘lib o‘tadigan ilmiy 
munozaralarda qatnashib turgan. Tasavvuf va islom tarixiga oid 
«Risolai qudsiya» (Xoja Bahouddinning qudsiy kalimalari haqidagi 
risola), «E’tiqod» (E’tiqod haqida risola), «Tahqiqot» (Tasavvuf 
istilohlari bo‘yicha risola), «Tafsiri Qur’on» (Qur’on tafsiri), «Risolai 
kalifiya» (Karomatlar haqida risola), «Muxtasari tarixi Makka» 
(Makka shahrining qiskacha tarixi), «Maqomoti Xoja Bahouddin 
Naqshband» (Xoja Bahouddin Naqshband maqomoti), «Xaftodu du 
firqa» (Etmish ikki firqa) kabi 20 dan ortiq asar yozgan. Shariat va 
tariqat masalalariga bag‘ishlangan va unga katta shuhrat keltirgan 
asari «Fasl ul xitob bivusulil ahbob» (Do‘stlar visoliga etishda oq ila 
qorani ajratuvchi kitob) bo‘lib, u o‘rta asrlarda islom ulamolari uchun 
qo‘llanma vazifasini o‘tagan. Asar 494-ta masalaga bag‘ishlangan 
bo‘lib, ularning xammasi islomda bahsli xisoblangan va muallif turli 
asarlarga suyangan xolda bu masalalarni echib bergan. Asar bir necha 
marta chop etilgan. 
XIII-XV asrlarda yuz bergan murakkab siyosiy vaziyatga 
qaramasdan, Buxoro madaniy hayoti o‘z hududiy doirasida davom 
etaverdi. Adabiy jarayonlar bilan bir qatorda, ma’naviy ehtiyojga 
xizmat qiluvchi Xojagon-Naqshbandiya tariqatining vujudga kelishi 
va qator tasavvuf allomalarining etishib chiqishi shu davrning mahsuli 
va buyuk ne’mati hisoblanadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling