O‘quv qo‘llanma
Garchi Buxoroda oshdi xoja Ismat shuhrati
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
buxoro tarixi
Garchi Buxoroda oshdi xoja Ismat shuhrati
Sozki, Xurosonda yo‘qdir xoja Ismat ismati Mazkur bayt mazmuni: Xuroson va Buxoroda Xo‘ja Ismatdek halol, pok, ma’lum va mashhur inson yo‘qdir. XIV asrda ijod etgan shoirlar orasida Nosir Buxoriy ham o‘z o‘rniga ega edi. U qasida, tarjiband, masnaviy, g‘azal, qita va muxammas janrida ijod etgan. Fozil va darvesh tabiatli bo‘lgan. Hamisha darvesh libosida sayohat qilib, namatdan tikilgan qabo, taqiya, bo‘z cho‘pon kiyib yurgan. Davlatshoh Samarqandiy o‘zining “Tazkirat ush-shuaro” (Shoirlar bo‘stoni) asarida buxorolik shoir-Tohir Buxoriy xususida quyidagilarni ta’kidlaydi: “Ismi shahzoda Tohirdir. Xushfe’l odam bo‘lib, Sulton (Abulqosim) Bobur davrida poytaxt Hirotga kelib qolgan va poytaxt fozillari bilan yaqin aloqada bo‘lgan. ... Poytaxt Hirotda boshqa she’laridan ko‘ra, g‘azallari qo‘proq shuhrat topgan”. Movarounnahrda keng tarqalgan tariqatlar ichida Naqshbandiya tariqati ham Amir Temur e’tiboridan chetda qolmagan. Bunyodkorlik sohasiga katta e’tibor bergan Amir Temur o‘z faoliyatini Naqshbandiya tariqatining osoyishtalik va farovonlik hamda obodonchilik g‘oyalari bilan omuxtalashtira olgan. Tariqat asoschisi Bahouddin Naqshband (1318-1389) hayot yo‘li va ta’limoti xaqidagi asosiy manbalar jumlasiga Salohiddin ibn Muborakning “Anis ut-tolibin va uddat us-solikin”, Muxammad Boqirning “Maqomoti Hazrat Xoja Naqshband”, Muxammad Porsoning “Risolai qudsiya”, Ya’qub Charxiyning “Risolai unsiya” asarlari kiradi. Bahouddin Nakshband xijriy 718-yilning muxarram oyida tavallud topgan. Bu sana milodiy 1318-yilning 5 martidan 3 apreligacha bo‘lgan vaqtga to‘g‘ri keladi. Bu komil inson tug‘ilgan makon Buxoro shahriga yaqin Qasri Hinduvon qishlog‘i bo‘lib, hozirgi kunda Buxoro viloyati Kogon tumanida joylashgan. Bu manzil 1 Давлатшоҳ Самарқандий. Тазкират уш-шуаро (Шоирлар бўстони) / Форс-тожик тилидан Б. Ахмедов таржимаси.–Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, 1981. 224б. 126 Bahouddin Naqshband tug‘ilgandan keyin uning sharafiga Qasri Orifon deb atala boshlagan va hozirgi kungacha shu nom bilan ma’lum va mashhurdir. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling