O‘quv qo‘llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet31/110
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1817991
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   110
Bog'liq
buxoro tarixi

Test topshiriqlari 
1. Somoniylar davrida qaysi devon xazina sarfiyoti nazoratini 
amalga oshirgan.
a. devoni muhtasib 
b. devoni mushriflar 
s. devoni adliya 
d. devoni vaqf
2. Vobkent minori qaysi davrda qurib bitkazilgan. 
a XIII asr 
b XV asr 
s XII asr 
d III asr 
3. Kulartegin madrasasi Buxoroning qaysi guzarida joylashgan. 
a. Zargaron 
b. Sufiyon 
s. Jubayi bakdolon 
d. Shergiron 
4. Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far an-Narshaxiyning Buxoro 
tarixi kitobi dastlab qaysi tilda yozilgan. 


107 
a. Fors 
b. Arab 
s. Turkiy 
d. So‘g‘d 
5. Quyida qaysi yodgorlikning balandligi 40,3 metrni tashkil 
etadi. 
a. Minorai Kalon
b. Vobkent minori 
s.Ismoil Somoniy maqbarasi 
d. Ark 
 
 
 
6-MAVZU: XIII-XV ASRLARDA BUXORO 
 
6.1.Mo‘g‘ullar va temuriylar davrida Buxoroda siyosiy hayot 
6.2.XIII-XV asrlarda Buxorodagi madaniy jarayonlar 
 
6.1. Mo‘g‘ullar va temuriylar davrida Buxoroda siyosiy 
hayot
XIII-XV asrlarda Buxoro shahri ikki bir-biriga zid jarayonni 
boshidan kechirdi. Ya’ni, mo‘g‘ullar istilosi natijasida yarim 
vayronaga aylangan shahar temuriylar davrida qayta tiklanib, 
Movarounnahrning ilmiy-madaniy markazlaridan biriga aylandi.
XIII asrning birinchi choragida Movarounnahr hududi 
mo‘g‘ullar tomonidan istilo qilindi. O‘tror, Sig‘noq, Jand, Buxoro, 
Samarqand, Xiva kabi shaharlar mo‘g‘ullar qo‘shiniga qarshi 
mardonavor qarshilik ko‘rsatdi. Yaxshi tayyorlanmagan Buxoroga 
mo‘g‘ullar 1220-yilning fevralida yaqinlashdi. Mo‘g‘ul qo‘shini 
shaharni egallashdan oldin uning shimolida joylashgan Sartoqqa 
hujum qiladi. Mo‘g‘ullar o‘z odatlariga binoan shaharga elchi 
yuboradilar. Urush natijasida shahar mo‘g‘ullarga taslim bo‘ladi. 
Natijada mo‘g‘ullar Sartoqqa «Qutlug‘ baliq» (Baxt shahri), deb nom 
beradilar 
Buxoroga qarshi yurishda Chingizxon zabt etgan ikkinchi 
shahar - Nur bo‘lgan. Herman Vamberining ma’lumotlariga ko‘ra, 
mo‘g‘ullar Nurga qadar turkman qabilalari yordami bilan yangi 


108 
yo‘ldan kelishgan va keyinchalik bu yo‘l ko‘p zamonlargacha «Xon 
yo‘li» deb ataldi.
Herman Vamberi Nur qal’asiga hujum qilish uchun mo‘g‘ullar 
Tohir Bahodir ismli bir musulmon yoki turk rahbarligida Nur 
atrofidagi o‘rmonlarda uzun narvonlar yasalganligi xususida ma’lumot 
beradi. Narvonlarni otda va qo‘lda ko‘tarib kelib shahar devoriga 
qo‘yadilar. Qal’a darvozalari qisman Chingizxonning kuchiga, qisman 
Sulton Muhammad yordamiga ishonib yopib qo‘yilgan. Tohir Bahodir 
ularga: «Haqiqatan ham kuchli bo‘lgan mo‘g‘ul xoni, ya’ni 
Chingizxon keladir. Agarda shahar aholisi qarshilik ko‘rsatmasa, u bir 
necha kun qoladi», dedi. Shundan so‘ng Nur shahrining darvozalari 
ochildi
1

Ular buyruqqa muvofiq shaharda qishloq xo‘jaligi uchun 
kerakli asboblar va hayvonotni qoldirib chiqib ketdilar. So‘ngra 
mo‘g‘ullar shaharga kirdilar. Uylarni taladilar, faqat odamlarni 
o‘ldirmadilar, xolos. Aholi nomidan Chingizxon oldiga borgan 
muzokarachilar hay’ati iltifot bilan qabul qilindi. «Hozirgacha qancha 
soliq to‘ladinglar?», degan savolga ular 500 dinor deb javob berishdi. 
Shundan keyin Chingizxon bu miqdor pulni qo‘shinning 
mahkamasiga berishni amr etib, hay’atni xushhollik bilan qaytarib 
yubordi. 
Shundan so‘ng Chingizxon Buxoro tomonga otlandi. 1220-yil 
fevral oyida u o‘z qarorgohini Buxoro devorlari yoniga tikdi. Uning 
tayyor askarlari o‘sha zahoti shaharning tashqi burjlariga hujum qila 
boshladi. Albatta, Buxoro ahli avval sodir bo‘lgan qonli voqealardan 
xabardor edilar. Binobarin, ular o‘z boshiga kelgan baloni bartaraf 
etishga tayyor ham emasdi. Qal’aning devorlari ortida 20 ming 
kishilik qo‘shin yashiringan edi. Bu qo‘shinga Sevinchxon, Qushlixon 
ham Ko‘kxon boshliq edi. Keyingisi mo‘g‘ullardan qochib kelgan 
uyg‘urlardan edi. Kuch jihatdan bir necha baravar ortiq bo‘lgan 
mo‘g‘ullarga qarshi Buxoro lashkari qarshilik ko‘rsatdi. Ular 
mo‘g‘ullarga hujum qildilar va deyarli butunlay qirilib ketdilar. 
Ularning ozgina qismi shahar ichiga kirib qutuldi.
Herman Vamberi mo‘g‘ul xonining Buxoro shahriga kirib 
kelishini quyidagicha tasvirlaydi: “Chingizning ko‘zi dastlab ulug‘ 
1
Ҳерман Вамбери. Бухоро ёхуд Мовароуннаҳр тарихи. –Тошкент: Ғафур-Ғулом 
номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1990. –Б.22.


109 
Somoniy tarafidan muhtasham bezaklar bilan qurdirilgan jome 
masjidiga tushdi. U o‘g‘li Tulu bilan birga otdan tushmay masjidga 
kirdi.Minbar oldiga borib to‘xtadi. Tuli otdan tushmay minbar oldida 
turib qoldi. Chingiz so‘radi: «Bu sultonning o‘z saroyimi?» Unga: “Bu 
baytulloh” deb javob berildi. Shundan so‘ng otdan tushdi. Minbarning 
bir necha zinasiga ko‘tarildi-da, orqasida turgan mo‘g‘ullarga 
qichqirdi. «O‘tloq o‘rildi, otlaringizga em beringiz!». Bu talon-taroj 
qilishga ruxsat ishorasi edi. Mo‘g‘ullarning baxtsiz Buxoroga qanday 
hujum qilganlari, O‘rta Osiyo poytaxtining zeb-ziynatlariga ko‘zlari 
ko‘r bo‘lgan sahroyilarning qanchalik hirs bilan tashlanganliklarini 
mulohaza etish oson. 
Barcha uylar vayron qilindi, hamma sandiqlar buzildi. Behisob 
xazinalar talandi. Ko‘rinishdan hech bir qiymati bo‘lmagan muqaddas 
narsalarni ham ayamadilar. Kitoblar yirtilib, hayvonlar oyog‘i ostiga 
somondek sochildi. Muqaddas kitoblar saqlangan sandiqlarni otlarga 
oxur sifatida ishlatdilar. Ilm yulduzlari bo‘lgan mullolar, shayxlar, 
qullar kabi e’tiborli jangchilarga xizmatkor qilib, goho esa, mo‘g‘ul 
baxshilariga masxara uchun berildi. Ko‘pgina mo‘‘tabar qozilar eshak 
va xachir boqishga majbur qilindi. Chingizxon shaharda bir necha soat 
turdi. Keyin shahar tashqarisidagi hayit namozi o‘qiladigan musalloga 
bordi. Butun aholi shu erda yig‘ilgan edi. Mo‘‘tabar kishilar, boylar 
kimlar ekanini so‘radi. Unga 280 kishi ko‘rsatildi. (190 kishi 
buxorolik bo‘lib, 90 tasi ajnabiy savdogarlar edi). Chingiz ularga xitob 
qilib hamda Sulton Muhammadning zulmiga ishora etib dedi: «Ey 
odamlar! Bilingiz, sizlar og‘ir gunoh qildilaringiz. Buning asosiy 
sababchisi sizlarning xonlaringiz. Sening o‘zing kimsanki, biz bilan 
bunday gaplashmoqdasan, deb so‘rarsiz. Bilingiz, men Tangrining 
farzandiman. Agarda siz gunohkor bo‘lmasangiz, Tangri sizning 
jazoingizni berishga meni yubormas edi. Endi, sizning er ustidagi 
boyliklaringiz to‘g‘risida sira ma’lumot so‘ramaymiz, ammo siz, erga 
yashirganlaringizni aytishingiz va ularni topib berishingiz kerak» . U 
bu paytda shahardan saylangan kishilarni hujum va masxaradan 
saqlash uchun mo‘g‘ul va turklardan soqchi qo‘yishni unutmaydi. 
Ishlar shu tarzda bordi. Lekin Sulton Muhammadning shaharda 
yashiringan askarlari Chingizni tungi hujumlari bilan bezor qilishgani 
uchun ularni tutib berishlarini talab qildi. 
Buxoroliklar g‘olibning buyrug‘ini bajarmay, ularni asrab 
turdilar va tungi hujumlariga yordam berdilar. Shundan keyin 


110 
Chingizxon nihoyatda g‘azablanib, shaharni yondirishga amr etdi. 
Aksari yog‘och imoratlardan iborat bo‘lgan Buxoro bir necha kun 
ichida tagigacha yonib tushdi. Faqat tosh va g‘ishtdan qurilgan 
masjidlar, saroylargina o‘t dengiz ichida qora tosh va nuqtalar bo‘lib 
qoldilar. Zarafshon ustidagi ma’mur shahar xas-xashakka aylandi. 
Qal’a ichidagi askarlar Ko‘kxon rahbarligida mudofaani davom 
ettirdi. Uning qahramonligiga biz hamisha qoyil qolamiz. Mo‘g‘ullar 
bu qal’ani zabt etish uchun barcha tadbirlarni qo‘llab ko‘rdilar. Hatto, 
hujum boshiga buxoroliklarni ham qo‘yib ko‘rishdi. Lekin hammasi 
bekor ketdi. Qal’a ichidagi barcha chuqurlar odam va hayvon 
mayitlari (jasadlari) bilan to‘lib toshgandan, qahramon mudofaachilar 
jonlarini fido qilganlaridan keyingina ularning qarorgohlari zabt etildi. 
Bu jasoratli qarshilik uchun shahar aholisi qurbon qilindi: 30 mingdan 
ziyod aholi halok etildi. Qolganlari esa,tabaqalariga qaramay, qul 
qilindi. San’ati, ilm-ma’rifati, nozik tabiati va axloqi go‘zal bo‘lgan 
Buxoro aholisi baxtsiz va masxara etildi. Buyuk bir el shamolday 
tarqab ketdi. Bu qochoqlardan biri Xurosonga kelib, o‘z vatanining 
ahvoli haqida keng shuhrat qozongan quyidagi baytni aytgan edi: 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling