O‘quv qo‘llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/110
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1817991
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   110
Bog'liq
buxoro tarixi

Kabir madrasasi VIII asr oxiri va IX asr boshlarida qurilgan. Abu 
Bakr ibn al-Fazl madrasasi IX asr oxiri va X asr boshlarida qurilgan. 
Abdukarim as-Sam’oniy u haqida yozib qoldirgan. Forjak madrasasi 
to‘g‘risida dastlabki ma’lumot Narshaxiyga tegishlidir. Buxoroning 
eng qadimiy madrasalaridan biri edi, milodiy 937-yil may-iyun oyida 
yonib vayron bo‘lgan.
Keyinchalik Madrasa qayta ta’mirlanadi. XII asr mualliflaridan 
Abdukarim as-Sam’oniy uni Farjak darvozasi yonida deb ko‘rsatadi. 
Timchai Xon madrasasi haqida Mu’in al-fukaro Ahmad ibn Mahmud 
axborot beradi. Imom ul-muslimin madrasasi qorixona edi. Balki, 
keyingi davrlarda barpo kilingandir. O‘rnini hozircha aniklay olmadik. 
Ammo Abu Xafs Kabir Buxoriy mozorida joylashgan bo‘lsa kerak, 
degan taxminimiz mavjud”
1

A.Jumanazarovning ma’lumotlariga qaraganda, XI-XIV asrlar 
davomida Buxoroda quyidagi madrasalar faoliyat yuritgan: 
XI-XIV asrlar 
Kulartegin madrasasi 
Jubayi 
baqdolon 
(Baqqollar bozori) guzarida joylashgan. Narshaxiy kitobida ushbu 
madrasaning bunyod bo‘lishi to‘g‘risida qiziqarli ma’lumot keltiriladi. 
Qadrxon Jabrail yoki Kulartegin qoraxoniylar sulolasi hukmdorlaridan 
edi. U 1099-1102-yillarda Arslonxon Muhammad ibn Sulaymondan 
oldin hukmronlik qilgan. 
Arslonxon madrasasi - xon madrasasi deb ham yuritiladi. 
Muhammad SHarif Maxdumning aytishicha, uning asl nomi 
Kalaboddir. XII - XVII asrlar oralig‘ida Arslonxon madrasasi nomi 
bilan ham mashhur bo‘lgan. 
Imom Muxammad G‘azzoliy madrasasi Sufiyon dahasida Imom 
G‘azzoliy guzarida edi. Qorixona bo‘lgan. Qurilgan davri aniq emas. 
Mashhur alloma Abu Hamid Muhammad ibn Muhammad G‘azzoliy 
at-Tusiyning (1058-1111) yashagan davrini hisobga olib mazkur 
ro‘yxatga kirityapmiz
2

Mazkur 
oliy 
o‘quv 
dargohlaridan 
faqat 
Arslonxon 
madrasasining XI asrga mansub vaqf hujjati saqlanib qolgan. 
Jo‘yboriy Abdurahimhoja Kalobod madrasasini qayta qurdirib, unga 
1
Жуманазаров А. Бухоро таълим тизими тарихи. Тошкент: Akademnashr, 2017. – Б.43-
46.(-592 б)
2
Жуманазаров А. Бухоро таълим тизими тарихи. Тошкент: Akademnashr, 2017. – Б.47.


95 
mulklar vaqf qilganida tuzgan hujjati oldidan Arslonxon madrasasi 
vaqf hujjatini ham keltiradi. 
Buxoroda 
Somoniylar 
sulolosining 
hukmronligi 
sharq 
uyg‘onish davri bilan uyg‘un holda kechdi. Bu davrda Buxoroda 
tug‘ilib, ijod qilgan, o‘zining ko‘p qirrali ilmiy faoliyati bilan odamni 
hayratga solgan ko‘p olimlar, fozil-donishmandlar etishib chiqdi. Ana 
shunday allomalardan biri Imom Ismoil al-Buxoriy bo‘lib, u Buxoroda 
tug‘ilib voyaga etdi, ko‘p yillar Makkayu-Madina, Damashq, Bag‘dod 
shaharlarda yashab-al-Jomi’ as-sahih (Sahih hadislar to‘plami)ni 
yaratdiki, bu to‘plam hozirgi vaqtda ham o‘z axloqiy-tarbiyaviy 
ahamiyatini yo‘qotmagan va islom dinida Qur’oni Karimdan keyin 
ikkinchi o‘rinda turadi.
Jumladan, Abu Hafs Kabir (Imomi Hojatbaror) ham islom fiqh 
ilmida dong taratgan ilohiyotchi olimlaridan biri edi. U Qur’oni 
Karimni chuqur o‘rgangan fiqh olimi bo‘lib, butun islom olamida 
islom huquqshunosligi bilan bog‘liq dolzarb muammolar shu kishi 
mashvarati bilan hal qilingan. Muhammad an-Narshaxiy - Buxoro 
tarixi kitobining mualifi, o‘z davrida Mavarounnahr tarixini yozib 
qoldirganki, bu kitob hozirgi vaqtda ham tarixchi olimlar uchun asosiy 
manbalardan biri hisoblanadi. Buxoroda Somoniylar saroyida yashab 
ijod qilgan, Odam-ush-shuaro unvoniga sazovor bo‘lgan Abu 
Abdulloh Ro‘dakiy – butun dunyoda fors-tojik she’riyati asoschisi 
sifatida tan olinadi. Bu tabbaruk siymolar Buxoroni butun dunyo 
ahamiyati ega shaharlardan biriga aylanishida munosib hissa 
qo‘shgan, beminnat xizmat qilgan ma’rifat peshvolari edilar.
Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far an-Narshaxiy 899-959-yillar 
Buxoro yaqinidagi Narshax (hozirgi Vobkent tumanida) qishlog‘ida 
899-yilda tavallud topgan. Narshaxiyning ilmiy asarlari to‘g‘risida 
ma’lumotlar juda kam. Uning faqat “Tarixi Buxoro” (“Buxoro tarixi”) 
asari bizgacha etib kelgan. Asar qo‘lѐzma nusxalarda va hozirgi 
zamon ilmiy tarixiy adabiyotlarda “Tarixi Narshaxiy”, “Taxqiq ul-
Viloyat” (“Viloyat haqiqatini aniqlash”), “Axbori Buxoro” (“Buxoro 
haqida xabarlar”) kabi nomlar bilan atalib kelingan. Asarning turli 
nomlar bilan atalishiga ham sabablar bor. Bu asarning Narshaxiy 
tomonidan yozilgan dastlabki asl nusxasi saqlanib qolmagan. Uning 
bizgacha etib kelgan qismi 1128-yilda Quva shahridan bo‘lgan Abu 
Nasr Ahmad ibn Muhammad ibn Nasr al-Quboviy arab tilidan fors 
tiliga qisqartirib tarjima qilgan nusxasidir. Undan keyingi yillarda ham 


96 
Narshaxiyning asari bir necha tahrirlarga uchragan, ba’zi matnlari 
qisqartirilgan va so‘ngi voqealar asosida to‘ldirilgan.
Abu Nasr Ahmad Qubaviy asar matnini qisqartirish bilan 
chegaralanmay, balki Tabariy, Abu Hasan Nishopuriyning “Hazoiq 
ul-ulum”, Ibrohimning “Axbar-i Muqanna” kabi asarlaridan 
foydalanib, uni to‘ldiradi. Ana shu tariqa, Buxoro tarixiga Narshaxiy 
yashab o‘tgan davrdan keyingi, 1178-1179-yillardan 1220-yillarga 
qadar bo‘lib o‘tgan tarixiy voqealar kirib qolgan.
“Buxoro tarixi” asari o‘zining ilmiy ahamiyatini yo‘qotmagan 
va hozirgi kunda Somoniylar davri tarixi bo‘yicha eng noyob, 
qimmatli asar hisoblanadi. Asarda Somoniylar davlatining siyosiy, 
iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy hayotiga oid ma’lumotlar keltirilgan. 
Movarounnahr va Xuroson aholisining arab bosqinchilariga qarshi 
Muqanna boshchiligidagi qo‘zg‘oloni bilan bog‘liq bo‘lgan 
ma’lumotlar ham bu asarda ma’lum darajada o‘z ifodasini topgan. 
Narshaxiy saroy tarixchisi bo‘lganligi sababli hukmron tabaqa 
siyosatini yoqlab, xalqning hokimiyatga chiqishini qoralagan. 
Narshaxiyning “Buxoro tarixi” kitobida somoniylar davrida 
faoliyat yuritgan hunarmandchilik ustaxonalari to‘g‘risida ham 
to‘xtalib o‘tadi. Jumladan, “Buxoroda-Hisor bilan shahriston 
o‘rtasida, masjidi jome yaqinida bir korxona bor edi unda paloslar, 
darpardalar, yazdiy kiyimliklar, yostiq jildlari, funduqiy joynamozlar 
va ust kiyimlarni xalifa uchun to‘qir edilar; bitta darpardaga (butun) 
Buxoro xiroji sarf bo‘lardi. Bag‘doddan har yili alohida bir omil kelib, 
Buxoro xirojining evaziga shu kiyimlilardan olib ketar edi. Bir vaqt 
kelib bu korxona bekor qoldi va bu hunar bilan shug‘ullanuvchi 
kishilar tarqalib ketdilar”
1

Shuningdek, 
Narshaxiy 
Buxoroda 
tayyorlangan 
mahsulotlarning xalqaro savdodagi ahamiyatini alohida ta’kilaydi: 
“Buxoro shahrida shunday ishga tayin qilingan ustalar bo‘lar edilar: 
viloyatlardan savdogarlar kelib, odamlar zandaniychini olib 
ketganlaridek, u kiyimlardan Shom va Misr, Rum shaharlariga olib 
ketar edilar. Xurosonning hech bir shaharida bunday (matoni) to‘qiy 
olmas edilar. Shunisi qiziqki, bu hunar egalaridan ba’zilari Xurosonga 
bordilar va bu ish uchun kerakli asboblarni shaylab shu kiyimlikdan 
1
Абу Бакр Муҳаммад ибн Жаъфар ан-Наршахий. Бухоро тарихи. –Тошкент: Шарқ 
машаълига илова, 1993. –Б.26.


97 
to‘qidilar, lekin Buxorodagidek sifatli bo‘lib chiqmadi. Bu kiyimlikka 
ega bo‘lmagan birorta ham podshoh, amir, rais yoki boshqa mansab 
egasi yo‘q edi. Uning qizil, oq va yashil ranglisi bo‘lar edi. Bugun 
hamma viloyatlarda u kiyimlidan ko‘ra zandaniychi mashhurroq”
1

Ushbu ma’lumotlar somoniylar savdo-sotiq masalalariga 
alohida 
e’tibor berganligidan dalolat beradi. Chet ellarga 
chiqariladigan mahsulotlar qatoriga tangalar ham o‘rin olgan. X asrda 
Buxorodan tilla (dinorlar), kumush (dirhamlar) va mis (chaqa) 
tangalar chiqarilgan. Dinorlar kichik ko‘lamda zarb qilinib unchalik 
katta rol o‘ynamagan. Ismoil ibn Ahmad nomi bilan so‘qilgan ismoiliy 
dirhamlari ancha mo‘l chiqarildi. Ular yuqori sifatli bo‘lganligidan 
xalqaro savdoda juda faol ishlatildi. SHu boisdan X asr Somoniy 
dirhamlari, jumladan, Buxoro dirhamlari Eron, Iroq, Kavkaz ortida 
ko‘prok, Sharqni va Shimoliy Evropada yanada ko‘proq.  

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling