O‘quv qo‘llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet88/110
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1817991
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   110
Bog'liq
buxoro tarixi

 
BUXORO RUSTOQLARI 
[Buxoro] ning ko‘p sonli rustoqlari boy va gullab-yashnagan 
nohiyalari, katta viloyatlari va gullab-yashnagan qishloqlari bo‘lib, 
mazmuni va shakliga ko‘ra biror bir mamlakat ahlidagi [qishloq] lar 
ularnikiga o‘xshamaydi. Agar dunyodagi biror-bir nohiya yoki hududda 
boshqalarnikiga o‘xshash [fazilat] lar bo‘lsa, shunda xam ular mo‘l-
ko‘llikda va to‘kin-sochinlikda [Buxoro]dek bo‘la olmaydi. Bular ad-Dar, 
Barg‘idar, Satijan, at-Tavovis rustoqi, Bardaq, Kuyi Xarg‘ona, Naqrina, 
Najor Xitfar, Koxushtuvon rustoqi, Andiyon Kandiyon, Orqa Somjan
Pastki Somjan, Quyi Farovuz, YUqori Farovuz va Arvon kabi [rustoq] 
lardir. 
Bu rustoqlarning hammasi [Buxoro] viloyatini to‘siq kabi o‘rab 
turuvchi devor ichida [joylashgan]. Bu devorning tashqari [tomoni] da esa 
Xuda, SHobxash, Nashar, bu esa Karminiya
rustoqi, YUqori Xarg‘ona, 
G‘arqand
20
pycmoqu, Baykand va Farabr [rustoqlari joylashgan]. 
 
BUXORO VILOYATI ARIQLARI 
 
Al-Buttam tog‘laridan tushib, Samarqand tomondan Buxoroga oqib 
keluvchi daryo Nahr as-Sug‘d deb ataladi, as-Sug‘d va Samarqandda esa 
[u] Nahr Buxoro deb ataladi. Buxoro chegarasida shahar tashqarisidagi 
tashqi devorga etmasdan [joylashgan] at-Tavovis nohiyasidan [boshlab] 
Bob al-Madina [darvozasi]ga etguncha undan ko‘p ariqlar ajralib chiqib
devor o‘z ichiga olgan qishloq va ekinzorlarga tarqalib ketadi, Buxoro 
qishloqlarining tirikchiligi shu [ariq] larga asoslangan. 


284 
Ulardan [biri] Shofrikom deb atalgan ariq bo‘lib, u daryodan 
boshlanib, Vardona [qishlog‘i]ga etguncha [xamma] qishloqlarni suv bilan 
ta’minlaydi, [Vardona ahli] ning ichimlik suvi undan. 
Xapg‘on-rud nomli ariq daryodan boshlanib, Zovash [qishlog‘i]
ga 
etguncha [hamma] qishloqlarni sug‘oradi, [Zovash ahli] ning ichimlik suvi 
undan. 
Najor Xitfar nomli ariq daryodan boshlanib Xurmitanga
etguncha 
[hamma] qishloqlarni sug‘oradi, [Xurmitan ahli] ning ichimlik suvi undan. 
Nahr Jarg‘ nomli ariq daryodan boshlanib, Jarg‘ nomli chiroyli 
qishloqgacha boradi, uning [ahli] ichimlik suvini undan [oladilar]. Suvning 
ortib qolgan qismi yana daryoga qaytib qo‘yiladi. 
Navkanda nomli ariq daryodan boshlanib, Faroya [qishlog‘i] ga 
etguncha [hamma] qishloqlarni sug‘oradi, [Faroya ahli] ning ichimlik suvi 
undan.
Nahr Baraxsha nomli ariq daryodan boshlanib, Baraxsha
[qishlog‘i] 
ga etguncha [hamma] qishloqlarni sug‘oradi, [Baraxsha ahli] ning ichimlik 
suvi undan. 
Nahr Kushna nomli ariq daryodan boshlanib, Kushna [qishlog‘i]
ga 
etguncha [hamma] qishloqlarni sug‘oradi, [Kushna ahli] ning ichimlik suvi 
undan. 
Nahr ar-Romitana nomli ariq daryodan boshlanib, ar-Romitana
[qishlog‘i]
ga etguncha [hamma] qishloqlarni sug‘oradi, [ar-Romitana ash] 
ning ichimlik suvi undan.
Quyi Farovuz nomli ariq daryodan boshlanib, Boryoba
[qishlog‘i] ga 
etguncha [hamma] qishloqlarni sug‘oradi, [Boryoba ahli] ning ichimlik 
suvi undan. 
Arvon nomli ariq daryodan boshlanib, Bonab [qishlog‘i]ga etguncha 
[hamma] qishloqlarni sug‘oradi, [Bonab ahli] ning ichimlik suviga 
umidlari undan. 
YUqori Farovuz nomli ariq daryodan boshlanib, Rivaqon
[qishlog‘i] 
ga etguncha [hamma] qishloqlarni sug‘oradi, [Rivaqon ahli] ning ichimlik 
suvi undan. 
Xoma nomli ariq daryodan boshlanib, Xoma [qishlog‘i] ga etguncha 
[hamma] qishloqlarni sug‘oradi, [Xoma ahli] ning ichimlik suvi undan. 
Nahr Navkanda nomli ariq daryodan boshlanib, Navbor al-Amir 
[qishlog‘i] ga etguncha [hamma] qishloqlarni sug‘oradi, [Navbor al-Amir 
ahli] ning ichimlik suvi undan. 
Bu ariqlarga [suv] beruvchi as-Sug‘d daryosi suvining ortib qolgan 
qismi ad-Dar nomli daryoga quyiladi. Bu Buxoro rabadini sug‘oruvchi 


285 
daryo bo‘lib, rabadda undan yuqorida zikr etilgan shahap ariqlari 
[tarqaladi]. 
Ularning ko‘pchiligida suvning ko‘p va mo‘l-ko‘lligidan qayiqlar
yuradi. Ularning hammasi Buxoro devorining ichida at-Tavovis nohiyasi 
ning chegarasida boshlanadi va shahargacha oqib keladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling