O‘quv qo‘llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet87/110
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1817991
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   110
Bog'liq
buxoro tarixi

Buxoro shahri ariqlari 
Madinada ham, ko‘handizda ham oqar suv yo‘q, chunki ular baland 
erda joylashgan. Ularning ichimlik suvi Samarqanddan oqib keluvchi eng 
azim daryodan. Bu daryodan shaharga bir necha ariqlar ajralib chiqqan. 
Ulardan biri Fashirdiza nomli ariq bo‘lib, u Buxoro daryosidan al-Bapag‘ 
nomli erda suv oladi va Darb Murdkashon darvozasi va Jo‘ybor 
Ibrohimdan oqib o‘tib, Bob al-Bal’amiy darvozasiga etib boradi va 
Navkanda arig‘iga quyiladi. Bu ariq atroflarida undan ichimlik uchun suv 
oluvchi ikki mingga yaqin bog‘lar, qasrlar va ko‘plab erlar joylashgan. Bu 
ariqning boshlanish eridan oxirigacha masofa bir farsaxga yaqin.
Jo‘ybor Bakor nomli ariq yuqorida zikr etilgan katta ariqdan shahar 
markazidagi Ahyad masjidi nomli erda suv oladi va Navkanda arig‘iga 
quyiladi. Bu ariqdan rabodning bir qismi va mingga yaqin bog‘lar suv 
ichadi. Hozir uning atroflaridagi suvli erlarga ko‘p daraxtlar ekilgan. 
Jo‘ybor al-Qavoririyin nomli ariq madinada al-‘Orid
masjidi degan 
erda [katta] ariqdan boshlanadi va rabodning bir qismini sug‘oradi. U 
Bakor arig‘idan ko‘ra kattaroq bo‘lib, erlar va bog‘larga ko‘proq [suv] 
beradi. 
Ju-[y] G‘ashaj nomli ariq al-‘Orid masjidi yonida [katta] ariqdan 
boshlanib, rabodning bir qismini sug‘oradi va Navkanda [arig‘i]ga chiqadi. 
U taxminan Jo‘bor al-‘Orid [arig‘i] bilan teng. 
Nahr Baykand nomli ariq [katta] ariqdan madinada Xata’
12 
ko‘chasining boshi yonida boshlanib, rabodning bir qismini sug‘oradi va 
Navkanda [arig‘i] ga quyiladi. 
Navkanda arig‘i [katta] ariqdan Dor Hamduna yonida boshlanadi. U 
[hamma ariqlarning] suvlari to‘planadigan eridir. Uning suvidan rabod 
aholisining bir qismi ichimlik uchun [foydalanadi]. [Keyin] u cho‘lga 
ketadi va uning suvidan ichimlik uchun hech kim [foydalanmaydi]. 
Undan keyin at-Tohuna arig‘i keladi. U [katta] ariqdan madinada an-
Navbahor degan erda boshlanadi. Uning [atrofida] rabod aholisining bir 
qismining uylari [joylashgan]. U ko‘p sonli qo‘l tegirmonlarini aylantiradi 
va Baykandga etib boradi. Undan Baykand ahli suv ichadi. 
Nahr Kushna nomli ariq madinada [oqib o‘tuvchi katta] ariqdan an-
Navbahor [mahadlasi] yonida suv oladi. Undan raboddagi an-Navbahor 
[mahallasi] ning ahli suv ichadi. [Keyin u] qal’alar, ko‘plab qishloqlar va 
bog‘lardan o‘tib, Qo‘shna va Moymurg‘ga boradi. 
Raboh nomli ariq ar-Regisgon nomli ariqdan boshlanib, rabodning 
bir qismini sug‘oradi va Raboq qasrigacha etib boradi. U mingga yaqin 
bog‘lar, u erdagi qasrlar va [bu] bog‘lardan boshqa ko‘p erlarni sug‘oradi.


283 
ar-Registon arig‘i [katta] ariqdan ar-Registon yaqinida boshlanadi. 
Undan ar-Registon, kuhandiz va amir saroyida yashovchi aholi ichimlik 
uchun [suv] oladi. [Keyin] u Jaloldiza qasrlarigacha etib boradi. 
Madinada Hamduna ko‘prigi yaqinida [katta] ariqdan [yana bir] ariq 
boshlanib, er ostidan Bob Bani Asad [darvozasi] yonidagi hovuzlargacha 
oqib boradi. Uning [suvining] qoldiqlari kuhandiz suv omboriga quyiladi. 
Nahr Zug‘orkanda nomli ariq [katta] ariqdan Varag‘ degan erda 
boshlanib, Darvozacha darvozasidan oqib o‘tadi. Uning bo‘yida 
Darvozacha [mahallasi]ning uylari [joylashgan]. [Keyin] u Samarqand 
darvozasidan [oqib o‘tib], Sabiz-Moshagacha etib boradi. Bu [masofa] 
taxminan bir farsaxdan kuproq bo‘lib, unda qasrlar, bog‘lar va ko‘plab 
erlar [joylashgan]. Bu ariqlar Buxoro va uning bog‘laridan oqib o‘tadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling