O‘quv qo‘llanma


maktubi  “ALLOH SUBHONA [TAOLO] TIRIKDIR!


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet95/110
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1817991
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   110
Bog'liq
buxoro tarixi

maktubi 
“ALLOH SUBHONA [TAOLO] TIRIKDIR! 
Oliy hazrat mat’oi manzilat, hidoyat martabat… valoyatpanoh… 
mashoixlar sultoni… avliyolarning munosib vorisi Hazrat Xoja Kalon 
Xoja… arzi niyoz va ixlosdan so‘ng arz qilamizki, bu sodiq muxlis aqidani 
xotir go‘shasidan mahv etmaydi. Ba’zida uni madat fotihasi bilan yod 


291 
etib, [biror] xizmatlari bo‘lsa ishorat qilib sarafroz etsalar…Lutf qilib bars 
so‘ragan ekanlar, uzatdik. Boshqa biror narsa buyursalar bajonidil 
bajaramiz va xizmatni joyiga qo‘yamiz. [Hazrat] Eshonning muxlis va 
qullariman, boshqa pushti panohim yo‘q… Davlatlari [bundan] ham ziyoda 
bo‘lsin”. 
Badaxshonda 
hukmronlik 
qilayotgan 
Temuriylardan 
Sulaymonshohning o‘g‘li Pirmuhammad sulton Xoja Sa’dga qilgan arzida 
quyidagi iltimosni ilgari suradi. Maktub mazmunini aynan keltiramiz. 
 
“U-G‘ANIDIR! 
Arizachi Davlatshoh Pirmuhammad duogo‘y. Arzdan so‘ng shulki, 
chodir va tuya jihatdan ojizmiz. Faqirning Hazrat Eshondan o‘zga 
pushtipanohi yo‘q. Buni o‘zingiz ham bilasiz. Iltimos shulki, inoyat qilib 
chodir va tuya yuborsangiz”.
Xoja Sa’dning ijtimoiy-siyosiy ta’sir doirasi keng ekanligini turli 
viloyat hokimlarining unga qilgan murojaatlaridan ham bilsa bo‘ladi. 
Bandilikdan ozod qilish kabi nozik masalani hal qilishda ba’zan Xoja Sa’d 
obro‘-e’tibori qo‘l kelgan. Badaxshon hokimi temuriy Sulaymonshohning 
Xoja Sa’dga yozgan maktubini misol tariqasida keltiramiz: 
«Duo va niyozmandlik adosidan so‘ng [arzingizga etkazamizki], 
xizmatkorlarimizdan biri Sunbul muqaddas shaharlarni tavof qilishga
otlanib, g‘oyib bo‘lib qoldi. Agar uni Buxoro yoki Balx shaharlariga olib 
borgan bo‘lsalar, oliyhazratdan iltimos shulki, uni bandilikdan ozod 
qilsalar, behad minnatdor bo‘lar edik. Norasida bolalari bor. Agar bolalari 
diydorini ko‘rishga muyassar bo‘lsa, katta savob ish bo‘lardi. Sharif 
mulozamatlariga ba’zi tuhfalar yuborgan edik. Etib bordimi-yo‘qmi, 
bilmadik. Arzimiz inobatga olinadi degan umiddamiz. Gumrohlik qildik».
Kobul hokimi Boburiy
Humoyunning o‘g‘li Mirzo Muhammad 
Hakim ham Xoja Sa’dga ixlosi yuzasidan unga maktub yo‘llab, ijtimoiy-
siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan ba’zi narsalarni bildirib turgan. 
Qaysar SHayboniy sultonlaridan Bobo sulton shayboniyzodalar 
o‘rtasidagi nizolarni bartaraf qilishda Xoja Sa’d vositachiligining 
ahamiyatini yaxshi tushungan holda, unga quyidagi maktub bilan murojaat 
qiladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling