O‘quv qo‘llanma
Darvishxon ibn Baroqxon ibn Sevinchikxonnnig zikri
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
buxoro tarixi
Darvishxon ibn Baroqxon ibn Sevinchikxonnnig zikri
Xalqning arzdodiga etuvchi odil va darveshxislat bir podshoh edi. Hamisha davlat ishlari va tijorat muomalasining sarvari koinot, xulosayi mavjudot shariati asosida bo‘lishini talab etar va o‘zi ham bunga amal qilardi. Shariatga xilof hech bir ishga qo‘l urmasdi. Diyonatda kuchli va unta rioyatda etuk edi. Otasi Baroqxon Samarqandda vafot etgach, o‘sha shaharda turgan akasi Bobo sulton davlatni qo‘lga olib, mustaqil hukumat yurgizishga kirishdi. Bundan xabar topgan sohibqiron Abulg‘oziy Abdulloh sulton ibn Iskandar sulton samarqandlik sulton va amirlarni yoniga olib, Samarqandni olish uchun mulk olish egariga mindi. Bobo sulton bu yurish xabarini eshitib, shahar qal’asini mustahkamladi, darvozalarni ham berkitdi hamda voqeani qalamga olib, maktubni Toshkent sari ukasi Darvishxonga yordam so‘rab yubordi. SHunga ko‘ra, Darvishxon Toshkent, Turkiston va Axsi, Andijonning ko‘p sonli lashkari bilan ilg‘or solib yo‘lga tushdi. Sohibqiron (Abdullaxon) bundan xabar topib, Samarqand qamalini tashlagancha tezlikda parishon hol muxolif qarshisidan chiqdi va Ilon o‘tti darasida taraflar to‘qnashuvi ro‘y berdi. Darvishxon shu urushda ko‘p lashkar va shijoatli aka-ukalari bilan barqarorlik oyog‘ini qattiq tirab, dovyuraklik bilaklarini sarmadi. Biroq, shularga qaramay, ozgina fursat ichida engilib, qochish vodiysi sari yuzlandi. O‘sha paytda Bobo sulton askarlari va lashkari bayrog‘i Samarqand tomondan ko‘rinish berdi. Ikki qo‘shin bir-biri qarshisiga kelgach, har ikki taraf jangchilari g‘arb maydoniga kirdilar. Iskandarnishon sohibqiron maliki mannon inoyati yordamida qisqa bir hamladayoq bu qo‘shin ustidan ham g‘alaba qozondi. Ya’ni, sohibqiron bir kunda ikkita katta g‘alabani qo‘lga kiritdi. Baroqxon avlodlari Samarqand saltanatidan umidlarini uzgach, Toshkent viloyatida to‘planib, Baroqxon farzandlari ichida yosh jihatdan ulug‘ Darvishxonni sultonu no‘yonlar hammasi yakdillik bilan qo‘llab, boshiga saltanat tojini qo‘ydilar va Toshkent mamlakatida uni podshohlik o‘rindig‘iga o‘tqazdilar Turkiston viloyati va unga qarashli erlarni ukasi Bobo sultonga berdi. Andijonni yana bir ukasi Amin sultonga topshirdi Xorazmshoh ismli ukasini Sayram viloyatiga hokim qilib yubordi. Baroqxonning uchinchi o‘g‘li Do‘st Muxammad sultonni Axsikatga voliy qilib tayinladi. Shuningdek, har bir diyor va shaharga bironta qobiliyatli inisi yoki taniqli amirini hokim qildi. 294 Ul diyorning taniqli qo‘shchilaridan va e’tiborli amirlaridan sanalgan amir kabir Ali Sayidiyni o‘ziga otoliq qilib qo‘ydi. Bu yaxshi xulqli amir ul diyor ishlari boshqaruvchisi bo‘lib tayinlangach, fuqaro va xalq ahvolidan xabar olish borasida adolat o‘rindig‘iga o‘tirdi va adolat, insof eshiklarini ochib, zulm va jabr ahlining kirar teshiklarini butunlay berkitdi. Toshkent mamlakati ul saodat buluti adolati sharofatidan ma’mur va obod bo‘ldi. Chunki, ul amir adolat va arzu dod so‘rash qoidasini to‘la ado etdi va yomon ishlar uyini butunlay buzib tashladi. Hech so‘zsiz, amir Ali Sayidiy bu xayrli va savobli ishlari bilan o‘z chiroyli zikrini qiyomat soati etguncha davom etuvchi turmushning kecha-yu kunduz varaqlari sahifasida abadiy qoldirdi. Ancha vaqt o‘tgach, tavfiq yo‘lboshchisi ul aqlli va tadbirkor amirga Ka’bayi tahqiq sari yo‘l ko‘rsatib, baytulloh ziyorati va rasuli alayhissalom Madinayi mukarramasi tavofiga undadi. U ham «kishilar zimmasida Olloh uchun mana shu uy (Ka’ba)ni haj-ziyorat qilish burchi bordir», da’vatini «labbayka» qulog‘i bilan eshitib, ul muqaddas er va mutabarrik oliy vodiy tomon yo‘l oldi. Shundan so‘ng hech qancha vaqt o‘tmay ul oliy tabor tabaqa saltanati poydevori nobudlik tomon yuz burib, hashamatli imorati er tuban qulay boshladi. Toshkent, Turkiston, Axsi, Andijon mamlakatlari ular qo‘lidan chiqib, iskandarnishon sohibqiron Abulg‘oziy Abdullohxon tasarrufi doirasiga kirdi. Alqissa, iskandarnishon sohibqiron qalbida Darvishxonga nisbatan inoyat, iltifot hamda do‘stlik va birdamlik tuyg‘ulari mavjud bo‘lsa-da, biroq ukasi Bobo sultonning doimo qarshilik yo‘lidan yurgani amalda bu yaqinlikni hadeb chippakka chiqaraverdi. Gapning qisqasi, Toshkent shahri yurt oluvchi sohibqiron tomonidan egallangach, odam yuborib, ukasi Bobo sulton topshirig‘i bilan Turkistonda mahbuslikda ushlab turilgan Darvishxonni ozod qildirdi va Toshkentga oldirib kelib, shu yurt taxtiga o‘tqazdi. Iskandar sifat sohibqiron ul mamlakatni Darvish- xonga topshirib qaytgach, Bobo sulton ko‘p qo‘shin to‘plab, Dashti Qipchoq tomondan Toshkentga keldi va ozgina hamla bilan shaharni egalladi. Akasi Darvishxonni ushlatib, shu zahoti o‘ldirishga qaror qildi va ul darvesh asosli podshoh shahodat sharbatini tatidi. Bobo sulton shu tariqa saltanat taxtiga o‘zi chiqib oldi. Darvishxondan ikkita o‘g‘il farzand qoldi: Shoh Muhamma sulton, Muzaffar sulton. (Муhаммадёр ибн Араб Qатаg‘ан. Мусаххир ал-билод (Мамлакатларнинг эгалланиши) /Форс тилидан таржима, изоhлар ва кўрсаткичлар муаллифлари: Исмоил Бекжонов, Дилором Сангирова. - Т.: Янги аср авлоди, 2009.- Б.168-170). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling