O‘quv qo‘llanma


Mirzo Sirojiddinning “Tuhfai ahli Buxoro”asaridan


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet105/110
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1817991
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   110
Bog'liq
buxoro tarixi

 
Mirzo Sirojiddinning “Tuhfai ahli Buxoro”asaridan 
Buxorolik ma’rifatparvar Mirzo Sirojiddin (1876-1912) Buxoro 
jadidchilik harakatining ilk darg‘alaridan. Uning faoliyati bir tomondan 
tadbirkorlik, ikkinchi tarafdan ma’rifatparvarlik g‘oyalari bilan 
sug‘orilgan. Ikki bir-birini istisno qilmaydigan faoliyatni uyg‘un tarzda 
olib borish va bu sohalarda e’tiborga molik muvaffaqiyatlarga erishish 
kamdan kam jadid ma’rifatparlariga nasib etgan. Mirzo Sirojiddin ana


307 
shundaylardan. Qisqa umr ko‘rganiga qaramay, dunyoning ko‘p 
mamlakatlariga sayohat qilib, ham tijorat ham ma’rifat ishlari bilan 
shug‘ullandi. Tijoratchi bo‘lganda ham, haqiqiy vatanparvar, e’tiqodli, 
xalqiga sodiq, vatan ravnaqi va taqdiri uchun qayg‘uradigan tijoratchi edi. 
O‘z zamonasining ziyoli, ilg‘or fikrli namoyandasi sifatida vatanining 
umumjahon taraqqiyotidan orqada qolganini angladi, buning sabablarini 
qidirdi, o‘z xulosalarini ilgari surdi. Qoloqlikdan qutulish uchun jiddiy 
islohotlar zarurligini, ilg‘or Evropa davlatlari tajribasiga tayanish 
lozimligini, faqat ma’rifatgina najot yo‘lini munavvar qiluvchi omil 
ekanligini qayta-qayta takrorladi. U Buxoro jadidlari organi bo‘lgan 
“Buxoroi sharif” gazetasi muassislaridan. O‘z ijtimoiy-ma’rifiy 
qarashlarini “Tuhfai ahli Buxoro” (Buxoro ahliga tuhfa) nomli asarida 
bayon etdi. Asar “Sayohatnoma” nomi bilan 1913 yil “Buxoroi sharif” 
gazetasida chop etildi.
Besh yoshimda otam meni maktabga berdi. O‘n yoshimda savodim 
chiqib, forsiyda o‘qish va yozishni o‘rgandim. So‘ngra qariyb ikki yil 
mobaynida o‘z uyimda bir savodli muallim qo‘lida axloq va tarixga oid 
ba’zi forsiy kitoblarni, arab lug‘atlarini va she’rlarni mutolaa qildim. 
Kasbim sarroflik bo‘lganligi sababli, otamning maslahati bilan 
sarmoyadorlik bilan shug‘ullanib, sarroflik do‘kolarining birida o‘tirdim. 
Lekin o‘qish va yozishga maylim kuchli edi. SHuning uchun bir yildan 
so‘ng rus tilini biladigan muallim qo‘lida ruscha o‘qish va yozishni o‘rgana 
boshladim va olti oyda ruscha o‘qish va yozishni o‘rgandim. SHundan 
so‘ng o‘sha paytda Buxoroda ochilgan yangi rus maktabiga o‘qishga 
kirdim. Bir yil davomida til, matematika, geografiya fanlaridan saboq 
oldim. Rus va turk gazetalariga obuna bo‘lib, turkiyni ham yaxshi 
o‘rgandim. Olti oy muddatda bir fransuz muallimi qo‘lida tahsil olib, bu 
ilmni ham o‘zlashtirdim. Ba’zan she’r yozishni ham mashq qilardim. 
Arabcha o‘qishni ham o‘rgandim.
Bu ishlar orasida kasbim bilan ham shug‘ullanib turardim. Tijorat 
do‘koni ochib, tijorat ishlari bilan shug‘ullandim. Xizmatkor va 
o‘rinbosarlarim bor edi. Ko‘p hollarda paxta bilan savdo qilardim. Natijada 
katta tijorat idorasi paydo bo‘ldi. 
Buxoroda ham odamlar mening paxtamni sotib olishardi. Har oyda 
bir marotaba Buxoroga kelib, o‘z manzilimda qolib ketardim va bu erdagi 
ishlarim bilan mashg‘ul bo‘lardim. So‘ng yana Farg‘onaga otlanardim. 
CHunki Farg‘onada mashina va paxta zavodlari ko‘p, hatto qishloqlarda 
ham bor edi. Bu erdagi tijorat Turkistonning biror shahrida yo‘q. Mamlakat 
boyliklaridan keladigan foydani ko‘pincha banklar, rus kampaniyalari 


308 
ko‘rardi. Aholi ilm-fan va tijoratdan bexabar. Farg‘ona aholisiing 
aksariyati dehqon, kosib va to‘quvchidir.
Samarqanddagi uch kunlik muqimlikdan so‘ng Buxoroga keldim va 
bir kecha tunab, yana tezda Qo‘qonga yo‘l oldim. Pillalarim qurigandan 
so‘ng idoraga borib, o‘z odamlarimdan ba’zilarini ta’tilga chiqardim va 
yana Buxoroga qaytdim. Uch vagon pilla Marselga jo‘natilgan edi. 
Ularning kvitansiyalaridan bittasini saqlab qolganini Buxorodagi Xitoy 
banki bo‘limiga topshirdim. Barcha pilla Marsel va Milanga jo‘natildi. 
Qariyb o‘n kun Buxoroda o‘z ishlarim bilan mashg‘ul bo‘ldim. 
Keyinroq Fransiyaga safar qilish maqsadida Evropaga ravona bo‘ldim. 
CHunki dunyo voqealari havasimni tortardi... 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling