Sayyid Mansur Olimiy. Buxoro - Turkiston beshigi
ناتسیکرت هراوهگ اراخب یمیلاع روصصنم دیس
Amir Olimxonning sovetlarga qarshi qurolli harakat
rahbarlaridan biri Ibrohimbekka Afg‘onistondan yo‘llagan maktubi
(1930 yillar boshlari)
“Vatan ruhi Sizning do‘stingiz va hamrohingiz. U misli oftob singari
ravshandir. Bizning kurashimiz vatan ozodligi va Buxoro xalqining
poymol bo‘lgan haq-huquqlarini qaytarishga qaratilgan. Bunday muqaddas
vazifani siz bir o‘zingiz ado etmoqdasiz, vatan ozodligi uchun xizmat
qilmoqdasiz. Bu xizmatingiz albatta Turkiston tarixi sahifalariga yozilajak.
Vatan ishqi uchun o‘z jonini fido etayotganlarga salom yo‘llaymiz.
Olingan ma’lusotlar shuni ko‘rsatadiki, bolsheviklarning vahshiyona
hamlalari oqibatida Afg‘oniston shimolidagi fidoyilar shahid bo‘ldilar.
Ular soni kundan kunga orta boshladi. Bunday gunoh ishlarga Kobul
davlati ham qo‘l urdi. Bilamizki, jang Afg‘onistonda istiqomat qilayotgan
movarounnahrlik birodarlarimizga ham ko‘p fojialar keltirdi. Bu begunoh
aholini qutqarishning yagona chorasi Sizning Afg‘oniston hududidan
chiqib ketishingiz hisoblanadi. Afg‘oniston hukumati ham shuni istaydi.
Men yaxshi bilaman, bu amr fidoyilar qo‘shinlarini tarqatib yuborishga
qaratilgan. Lekin kurashni davom ettirish ham xatarli oqibatlarga olib
keladi.
Biz Sizga Turkiston qahramoni sifatida qaraymiz. Amudaryoning
narigi tomonida sovetlarga qarshi kurashga tayyorlanavering. Xudodan
Sizga zafar yor bo‘lishini tilab qolaman!
Sayyid Olimxon”
309
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR
MAHKAMASINING
QARORI
BUXORO SHAHRINING TARIXIY QISMIDAGI MADANIY
MEROS OB’EKTLARINI MUHOFAZA QILISH
Do'stlaringiz bilan baham: |