O‘quv qo‘llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
buxoro tarixi
MASALALARI TO‘G‘RISIDA
Buxoro shahrining shakllangan tarixiy qismidagi madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni yanada takomillashtirish va tartibga solish, tarix, madaniyat va me’morchilik yodgorliklarini har tomonlama o‘rganish, ommalashtirish va targ‘ib qilish, o‘zbek xalqining bebaho milliy qadriyatlarini kelgusi avlodlar uchun saqlab qolish, Buxoro shahrining tarixiy qismi yagona kompleks sifatida to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Belgilab qo‘yilsinki, Buxoro shahrining tarixiy qismidagi ko‘chmas madaniy meros ob’ektlarini restavratsiya qilish ilmiy asoslangan tadqiqotlarni, tarixiy hujjatlar va arxiv hujjatlaridan foydalanishni, shahar muhitining tarixiy qadriyatlarini, jamiyatning zamonaviy ehtiyojlarini hisobga olgan holda, tarixiy markazni rekonstruksiya qilish yuzasidan ishlab chiqilgan maxsus normalar va qoidalarga muvofiq, Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Idoralararo komissiya bilan kelishgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Keyingi tahrirga qarang. 2. Buxoro viloyati hokimligi (Xusenov) Buxoro shahrining bosh rejasini ro‘yobga chiqarishda: Buxoro shahrida qurilishlarni shaharni rivojlantirish yuzasidan tasdiqlangan bosh reja talablariga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshirsin; Buxoro shahrining tarixiy qismida yangi qurilishlarni taqiqlasin; shakllangan tarixiy muhitni saqlab qolishni hisobga olgan holda shaharning qismini mukammal rejalashtirish loyihasi ishlab chiqilishini ta’minlasin; 310 konservatsiya qilish, ta’mirlash, restavratsiya qilish, zamonaviy foydalanish uchun moslashtirish, shuningdek ular bilan bog‘liq ilmiy- tadqiqot, loyihalashtirish va ishlab chiqarish ishlarini o‘z ichiga olgan madaniy meros ob’ektlarini saqlab qolish chora-tadbirlarini ko‘rsin, bunda «Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Vazirlar Mahkamasining «Madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishni yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida» 2002 yil 29 iyuldagi 269-son qaroriga qat’iy amal qilsin. 3. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Buxoro shahrining madaniy meros ob’ektlarini tadqiq etish, konservatsiya qilish, restavratsiya qilish va zamonaviy foydalanish uchun moslashtirish hamda 2020 yilgacha bo‘lgan davrda amalga oshirish davlat dasturini 2008 yil 1 noyabrgacha ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 4. «Davarxitektqurilish» qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan birgalikda 2008 yil 1 iyulgacha SHNK 2.07.01—03 «Shaharsozlik. Shahar va qishloq aholi yashash punktlari hududlarida qurilishni rivojlantirishni rejalashtirish» qoidalarining aholi yashash punktlarini qurishda madaniy meros ob’ektlarini muhofaza qilishga oid qismiga belgilangan tartibda qo‘shimchalar kiritsin. 5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari N.M.Xanov va R.S.Qosimov zimmasiga yuklansin. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling