O‘quv qo‘llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
buxoro tarixi
“U [ALLOH] AZIZDIR!
Oliyjoh… hidoyat martabat…irshodpanoh… zubdat ul-ashob… Hazrat Xoja Kalon Xoja Sizning avlod-ajdodlaringizga ixlosimiz [yuqori] edi. Zamona zayli bilan onhazrat mulozamatlaridan [bir oz] uzoqlashdik, ixlos-aqidamiz boqiy bo‘laversin. Sizdan iltimos shulki, bizni o‘zingizning qadimiy duogo‘yingiz deb hisoblab, xotiringiz hoshiyasidan o‘chirmang. 292 Zamona fasodligi bilan bu [Shayboniy] birodarlar jamoati o‘rtasida nifoq voqe bo‘ldi. Sizdan iltimos, o‘rtaga tushib, gina-kuduratlarga barham bersangiz….. to do‘stlar shodmon, dushmanlar ko‘r bo‘lsin… [Oldingizga] sadr as-sudur Xoja Muhammad Tohirni yubordik. Qolgan gaplarni u aytadi”. Bobo sulton va uning birodarlari tarafidan qilinayotgan talonchilik harakatlarini tizginlashni so‘rab Nurmuhammadxon tomonidan Xoja Sa’dga yuborilgan maktub ham e’tiborga loyiq: «Aqidaga sodiq Nurmuhammadxonning ikkinchi maktubi… Maxfiy qolmasinki, necha yildirki Bobo sulton o‘zining birodarlari bilan har yil kelib, fuqarolarning mol-mulkini talaydi va ularga zarar etkazadi. [Yaxshi] bilasizki, bu bandazodaning ul oliy ostona mulozimlari va hazratdan boshqa umid qiladigan [kishisi] yo‘q…Niyozmandlik va kifoyatlarni Javonmardali mulozimlar arziga etkazadi». (Badriddin Kashmiriy. Ravzat ar-rizvon. O‘zR FA Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmasi, inv. №2094, 331-346 ab sahifalar ) Muhammadyor ibn Arab Qatag‘anning “Musaxxir al-bilod (Mamlakatlarning egallanishi)” asaridan Baroqxon laqabli Navro‘z Ahmadxon ibn Sevinchxoja sultonning zikri Olovdek gurillovchi o‘t yurak podshox edi. Akasi Keldi Muhammad sulton vafot etgach, Toshkent viloyatida mustaqil ravishda hukumat bayrog‘ini hilpiratdi. Abdullatifxon Samarqand shahrida bu jahondan mangulik olamiga ko‘chgach, Barokxon 957 yili xonlik taxtiga chiqib, xutba va tangani o‘z nomi va alqobi bilan bezatdi. Samarqandni Sulton Sa’id sulton va Javonmardalixon qo‘lidan tortib olib, jannatmisol ul o‘lkada ham hukumat bayrog‘ini yuksak ko‘tardi. Ko‘pincha Miyonqol ustiga lashkar tortib, Buxoroni ham bosqin-chopqinga duch qilib yurdi. Hatto, bir marta Buxoroni bosib ham oldi. Biroq, hech qancha vaqt bo‘lmay, u erni tashlab chiqdi va asl egalariga qaytarib berdi. Tahmosbshoh qo‘shini bilan 1528 yil bo‘lgan Jomi urushida boshqa shayboniy sultonlar bilan birga qatnashdi. Xonlik ayyomidan olti yil mustaqil shaklda o‘tgach, Samarqandga qarashli va Ko‘hak daryosi boshlanishi bo‘lgan Xoja rabot mavzeida 963 yili oxiratga ketdi. Undan sakkiz o‘g‘il farzand qoldi. Birinchisi Darveshxon, ikkinchisi Bobo sulton, uchinchisi Do‘st Muhammad sulton, to‘rtinchisi Amin sulton, 293 beshinchisi Jalol sulton, oltinchisi Xorazmshoh sulton, ettinchisi Qosim sulton, sakkizinchisi Tohir sulton. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling