O‘quv qo‘llanma
BUXORO-SOMONIYLAR POYTAXTI
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
buxoro tarixi
BUXORO-SOMONIYLAR POYTAXTI Buxoro ahli qadim zamonlar haqida qiziq rivoyatlar aytib keladilar. [Masalan], ularning [hammasi] bir ovozdan ta’kidlaydilarki, ularning qal’asi va ko‘handizining fazilatlaridan [biri] shuki, undan hech qachon [birorta] hukmdorning janozasi chiqmagan, unda xech qachon chetga chiqib, mag‘lub bo‘lgan [qo‘shin] ning tug‘i yoki bayrog‘i o‘rnatilmagan. Bu g‘aroyib [bir] mos kelish [hollari] dandir. Aytishlaricha, Buxoroning ilk [aholisi]ni qadim zamonlarda Istaxrdan ko‘chib kelgan odamlar [tashkil etgan]. Somon xonadonidan [bo‘lgan] Xuroson hokimlarining qarorgohi Buxoroda, chunki u Movarounnahrning Xurosonga eng yaqin shahridir. Kim u erda [bo‘lgan] bo‘lsa, Xuroson uning oldida, Movarounnahr esa orqasida [bo‘ladi]. [Ular] sodiq itoatli, hukmdorlarga muxolifati oz, [ularning] farmonlarini imkon qadar [bajarish]ga vojiblidirlar. Bularning [hammasi] Movarounnahrning hamma erlaridagi [boshqa] odamlarning yaxshi fazilatlari bo‘lsa ham, [hokimlarning] ular orasida [yashashni] ixtiyor etishlariga olib keladi. [Buxoro] ni birinchi bo‘lib o‘ziga turar joy va Somon xonadonining qarorgohi etib tanlagan [hukmdor], Alloh uning [gunohlarini] kechirsin, Abu Ibrohim Ismoil ibn Ahmad edi. U Buxoroda yashab turgan vaqtda, Xuroson voliysi [etib] tayinlangan edi. U [Buxoro] eridan marhamat olib, o‘zining u erdagi maqomini davom etdirdi, [chunki unda turish] unga rohat bag‘ishlar edi va lazzatlantirardi. Uning avlodlari davrida ham hokimiyat [Buxoro] da qoldi. Ungacha Movarounnahr hukmdorlari yoki Samarqandda, yoki ash-Shoshda, yoki Farg‘onada yashar edilar. Buxoro hukmdorlari Toxiriylar [sulolasi] ning davri tugaguncha Xurosondan mustaqil bo‘lishga intilar edilar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling